Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.03.2001 yildagi 114-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“OYIM TEKSTIL” OʻZBEKISTON-XITOY QOʻSHMA KORXONASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish asosida jahon bozorida va ichki bozorda raqobatbardoshli paxta kalavasi, oqartirilgan trikotaj gazlama ishlab chiqarishni tashkil etishni taʼminlash hamda mahsulot chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Andijon viloyatining Jalolquduq tumanidagi Oyim shaharchasida Oʻzbekiston korxonasi — “Bunyod-M” aksiyadorlik jamiyati hamda Xitoyning “VIMAKOT LTD” (Gonkong) firmasi tomonidan ustav fondi 17379,5 ming yevroga teng boʻlgan yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oyim Tekstil” Oʻzbekiston—Xitoy qoʻshma korxonasi tashkil etilayotganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston tomoni — “Bunyod-M” aksiyadorlik jamiyatining ulushi ustav fondida 8526,7 ming yevroga teng miqdorni (49%), Xitoyning “VIMAKOT LTD” (Gonkong) firmasi ulushi esa 8852,8 ming yevroga teng miqdorni (51%) tashkil etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaga muvofiq “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasi 4365 tonna paxta kalavasi xamda 4200 tonna oqartirilgan gazlama ishlab chiqarilishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy muassis hamda “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasi kreditdan foydalanishning butun davri mobaynida marketingni hamda ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 70 foizi tegishli davrda shakllangan jahon narxlari boʻyicha tashqi bozorda sotilishini taʼminlashi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasining umumiy qiymati 47750,8 ming yevro miqdoridagi yigiruv-toʻquv fabrikasi qurilishi loyihasi 1-ilovaga* muvofiq sxema boʻyicha 17379,5 ming yevro miqdorida “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasi ustav fondi mablagʻlari xamda 30371,3 ming yevro miqdorida xorijiy bank krediti, shuningdek, “Paxta-bank” kreditlari hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kontrakt boʻyicha asbob-uskunalar qiymatining 15 foizi (5359,7 ming yevro) Xitoyning “VIMAKOT LTD” firmasi 1-ilovaga* muvofiq ustav fondiga qoʻshgan valyuta mablagʻlari hisobidan “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasining oʻz mablagʻlari hisobiga toʻlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy qarz, foizlar hamda loyihani amalga oshirish uchun beriladigan va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan xorijiy kreditga xizmat koʻrsatish xarajatlari “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasining oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga 2-ilovaga* muvofiq jadval boʻyicha tuzilgan kredit bitimda belgilangan muddatlarda va shartlarda qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kontrakt qiymatining 85 foizini (30371,3 ming yevro) mablagʻ bilan taʼminlash uchun xorijiy bank bilan belgilangan tartibda qarz bitimi tuzsin va kredit resurslarini “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasiga qayta moliyalashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining xorijiy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha, “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasi majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolat berishga vakil qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining xorijiy bankka kafolati boʻyicha yuridik xulosani belgilangan tartibda rasmiylashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Paxta-bank”ka Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi boʻyicha milliy valyutada “Bunyod-M” aksiyadorlik jamiyatiga koʻrsatib oʻtilgan obyekt qurilishini tugallash uchun zarur boʻlgan kredit resurslarini belgilangan tartibda ajratish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Andijon viloyati hokimligi “Oyim Tekstil” qoʻshma korxonasining 4365 tonna paxta kalava ishlab chiqarish quvvatlari 2002-yilning I choragida xamda 4200 tonna trikotaj gazlama ishlab chiqarish quvvatlari 2002-yilning IV choragida ishga tushirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9 Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z.Usmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2001-yil 7-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114-son