Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2017 28.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2027
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining qarori, 28.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2027
Дата вступления в силу
07.11.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NOBANK KREDIT TAShKILOTLARIDA JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BOʻYIChA IChKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-oktabrda 2027-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 313-V-4, 25-sonli “Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2027-4, 04.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 13-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23/5-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 13-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 23/5, 31-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2006-y., 37-38-son, 372-modda), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda) qonunlariga muvofiq nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish hamda amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nobank kredit tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan va tegishli faoliyat turini amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan lombard yoki mikrokredit tashkiloti;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazorat — nobank kredit tashkilotining maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki nazorat xizmati — nobank kredit tashkilotining ichki nazoratni amalga oshirilishi boʻyicha masʼul boʻlgan maxsus boʻlinmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masʼul xodim — ichki nazoratni amalga oshirilishi uchun masʼul shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki qoidalarda belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradigan harakatlari yigʻindisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki qoidalar — nobank kredit tashkilotlarida va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Departament);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani amalga oshirish toʻgʻrisida nobank kredit tashkilotiga ariza bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning haqiqiy egasi — yuridik shaxs — mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxs, yaʼni mijoz va (yoki) amalga oshirilayotgan operatsiyadan manfaat koʻradigan shaxsga nisbatan mulkiy yoki nazorat huquqiga ega boʻlgan bir yoki bir necha shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gumonli operatsiya — mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida nobank kredit tashkilotida gumon uygʻotuvchi, uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shubhali operatsiya — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida nobank kredit tashkilotida uni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — mazkur Qoidalar bilan belgilangan shubhalilik mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida aniqlanadigan hamda Departamentga xabar qilinishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir marotabalik operatsiyalar — jismoniy shaxslar tomonidan bir marotabalik tartibda amalga oshiriladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muntazam ravishda amalga oshiriladigan operatsiyalar — tahlil qilinadigan davr mobaynida mijoz tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tahlil qilinadigan davr — keyingi tekshiruv bosqichida nobank kredit tashkiloti mijozning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini tahlil qiladigan hamda davomiyligi mijoz tomonidan bajarilgan operatsiya turiga koʻra bir necha kundan bir necha oygacha boʻlishi mumkin boʻlgan davr;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozni identifikatsiyalash — nobank kredit tashkiloti tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi maʼlumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash — nobank kredit tashkiloti tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan taʼsis hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaxs boʻlgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tugʻdiruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar yoki hududlar;
(2-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi organlar — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan kontrol va nazorat qilish funksiyalariga ega boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi va boshqa davlat organlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ichki nazorat tizimi maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nobank kredit tashkilotining qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondi (kapitali)ga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning, shuningdek, nobank kredit tashkilotini boshqarishga jinoyatchi shaxslarning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarning haqiqiy egasini aniqlash va oʻrganish, shuningdek, operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash boʻyicha asosli va koʻrilishi mumkin boʻlgan choralarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan mezonlar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlar (hujjatlar)ni Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli qarorlar qabul qilish uchun nobank kredit tashkiloti rahbariyatini zarur boʻlgan aniq axborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda taʼminlab borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shubhali operatsiyalar amalga oshirilgan yoki amalga oshirishga boʻlgan urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan aloqador shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, bunday maʼlumotlarni boshqa kredit tashkilotlari hamda davlat organlari bilan qonun hujjatlariga muvofiq oʻzaro almashib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun nobank kredit tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish tahdidini oldini olishga alohida eʼtibor qaratilishi maqsadida zarur boʻlgan tadbirlar qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) muvofiq oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻrovnomalar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlashdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ichki nazorat tizimi maqsad va vazifalariga erishish uchun masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati quyidagilar boʻyicha funksiyalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun nobank kredit tashkiloti xizmatlaridan foydalanish tahdidini oldini olish uchun qonun hujjatlarida, mazkur Qoidalarda va ichki qoidalarda koʻzda tutilgan choralarni koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nobank kredit tashkiloti tomonidan qonun hujjatlari va ichki qoidalar talablariga rioya etish monitoringini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nobank kredit tashkiloti faoliyatidagi qonun hujjatlari va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik va xatolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyat koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi), Departamentning vakolatli xodimlari, nobank kredit tashkilotining ichki audit xizmati xodimlari va tashqi auditorlar tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida ichki nazorat tizimini tashkillashtirish va uning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishini monitoring qilish;
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazoratni tashkil etish, xodimlar tomonidan qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablari buzilish holatlarini ogohlantirish va bartaraf etish masalalari boʻyicha Markaziy bank va Departament bilan hamkorlik qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Nobank kredit tashkilotlari mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda, ichki qoidalarni, quyidagilarni aks ettirgan holda, ishlab chiqishi lozim:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazorat tizimini tashkil etish tartibi va uning tuzilmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan, mijozlarni va ularning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek, mijozlarning operatsiyalari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur boʻlgan axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini taʼminlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departamentga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gumonli operatsiyalarni aniqlashning qoʻshimcha mezonlari va ularning alomatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid xatarlarni aniqlash, baholash, ularni kamaytirish va rasmiylashtirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish tartibi hamda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nobank kredit tashkilotining ichki qoidalari mazkur Qoidalarga muvofiq boʻlishi hamda aniqlangan xatarlar va ularning bahosidan kelib chiqib tuzilishi kerak. Ichki qoidalar, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar nobank kredit tashkilotining oliy boshqaruv organi yoki kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Ichki nazorat tizimini tashkillashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ichki nazorat tizimi nobank kredit tashkiloti faoliyatining jihatlari, asosiy yoʻnalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bogʻliq xatarlar darajasini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ichki nazorat tizimi tuzilmasi, shu jumladan, nobank kredit tashkilotining filiallaridagi tuzilmasi tashkilotning yuqori yoki kuzatuv boshqaruv organining qarori bilan belgilanadi va Markaziy bankning talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ichki nazorat nobank kredit tashkilotining yuqori yoki kuzatuv organi tomonidan tayinlanadigan masʼul xodim yoki nobank kredit tashkilotining Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari, shuningdek, tashkilotning har bir filialidagi masʼul xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ichki nazorat xizmati ichki nazorat maqsadlariga samarali erishish va vazifalarni unumli bajarish uchun yetarli miqdorda xodimlar bilan shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarining oʻrtacha yillik soni 25 kishidan ortiq boʻlmagan va filiallarga ega boʻlmagan nobank kredit tashkilotida masʼul xodim funksiyalari tashkilot rahbariga yoki bosh buxgalterga yuklatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining rahbari lavozimiga tayinlanuvchi shaxsdan quyidagilar talab qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nobank kredit tashkilotlari faoliyati sohasidagi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bilish;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buxgalteriya hisobi qoidalari haqidagi bilimga ega boʻlish, shuningdek, muntazam ravishda malakani oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari lavozimiga quyidagi shaxslar tayinlanishi mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz faoliyati va axloqida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Nobank kredit tashkiloti ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish, nobank kredit tashkilotining masʼul xodimini yoki Ichki nazorat xizmati rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgandan soʻng 10 (oʻn) kun muddat mobaynida, tayinlangan shaxslar toʻgʻrisidagi soʻrovnoma maʼlumotlarini ilova qilgan holda bu haqida Markaziy bankka xabar berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida nobank kredit tashkiloti boʻlinmalari rahbarlari va xodimlaridan kerakli farmoyish beruvchi va buxgalteriya hujjatlarini talab qilib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, nobank kredit tashkilotining elektron maʼlumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalari mutaxassislaridan yordam soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nobank kredit tashkiloti boʻlinmalarining xonalariga kirish, shuningdek, nobank kredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining yozma ruxsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan (arxivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul ombori), kompyuter maʼlumotlarini qayta ishlash va maʼlumotlarni elektron shaklda tashuvchi qurilmalarda saqlash xonalariga kirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijro etuvchi organ rahbarining yozma roziligi bilan terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni toʻxtatib turish haqida nobank kredit tashkiloti filiallari rahbarlariga koʻrsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarning operatsiyalariga nisbatan kelgusi harakatlari, jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish yoki mavjud maʼlumotlarni tekshirish yuzasidan nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organiga takliflar taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari nobank kredit tashkiloti nomidan toʻlov (hisob-kitob) va buxgalteriya, shuningdek, nobank kredit tashkiloti zimmasiga xatarlar keltiradigan boshqa hujjatlarni imzolash yoki ushbu hujjatlarga imzo qoʻyish orqali rozilik bildirish (vizalash) huquqiga ega emas, mazkur Qoidalarning 10-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlardan tashqari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining rahbari va xodimlari oʻz vazifalarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nobank kredit tashkilotining tegishli boʻlinmalaridan olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vazifalarini amalga oshirishda olingan maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga oid xatarlarni aniqlash va baholash, ularni rasmiylashtirish va kamaytirish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish;
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari bevosita nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi rahbariga hisobdor va nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalaridan mustaqildir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nobank kredit tashkilotining filiali masʼul xodimi bevosita nobank kredit tashkilotining Ichki nazorat xizmati rahbariga hisobdordir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Nobank kredit tashkiloti boʻlinmalarining xodimlari masʼul xodimga yoki Ichki nazorat xizmatiga uning vazifalarining amalga oshirilishida mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq koʻmaklashadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Nobank kredit tashkilotining boʻlinmalari xodimlarining masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tartibi ichki qoidalar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida nobank kredit tashkilotlari muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fuqaroviy-huquqiy munosabatlarga kirishishda, jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
grant va tekin taqdim qilinuvchi boshqa mablagʻlarni olganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz va kreditlarni olganda (jalb qilganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼsischilar (ishtirokchilar, aksiyadorlar) tarkibiga yangi shaxslar kirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha ariza bilan murojaat qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi shaxslar mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi eng kam oylik ish haqi miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summadagi majburiyatlarini bajarish uchun murojaat qilganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mijoz eng kam oylik ish haqi miqdorining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summada bir martalik maslahat yoki axborot xizmatlaridan foydalanishni soʻrab ariza bilan murojaat qilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) shubhali operatsiyalar yoki alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar amalga oshirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) mijozning shaxsi toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubhalar mavjud boʻlganda.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazishni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Nobank kredit tashkiloti tomonidan mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida koʻzda tutilgan maʼlumotlar, shuningdek, operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olingan axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligiga shubhalar mavjud boʻlsa, nobank kredit tashkilotlari ushbu axborotlarni (hujjatlarni) tekshirish (verifikatsiyalash) boʻyicha choralarni koʻrishlari lozim. Bunday holatlarda, nobank kredit tashkilotlari mijozlar haqidagi axborotlarning (hujjatlarning) ishonchliligini (haqiqiyligini) aniqlashtirish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishga haqli.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/18-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 30-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2027-2, 19.11.2010-y.) muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 430-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada kuchini yoʻqotmagan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Nobank kredit tashkiloti tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Bunda, nobank kredit tashkiloti mustaqil ravishda bunday hujjatning asli bilan tanishib chiqishi va ushbu hujjatdan nusxa olishi shart.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Yuridik shaxs — mijozlarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora — tadbirlar bajarilayotganda nobank kredit tashkilotlari ulardan davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni olishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mijoz yoki mijozning haqiqiy egasi mulkchilik tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablari tatbiq qilinuvchi yuridik shaxs hisoblansa, bunday yuridik shaxsning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ni aniqlash va tasdiqlash talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Nobank kredit tashkiloti yuridik shaxs — mijozni batafsil oʻrganish maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz ustav fondi (kapitali)ning roʻyxatga olingan miqdoriga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining oʻtkazilishi talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Mijozni va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash majburiy hisoblanmaydi, agar ushbu mijoz va mijozning haqiqiy egasi mazkur Qoidalarga muvofiq nobank kredit tashkiloti tomonidan avval indentifikatsiyalangan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijoz va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash avvalgi identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar aniqligiga gumon tugʻilgan hollarda amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashda nobank kredit tashkiloti olingan maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament tomonidan shakllantiriladigan va nobank kredit tashkilotlariga taqdim qilinadigan, mazkur Qoidalarning 37-bandida koʻrsatilgan shaxslar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyxati bilan solishtirib chiqishi shart.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/2, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 43-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash jarayonida Roʻyxatga kiritilgan shaxslar aniqlangan taqdirda nobank kredit tashkiloti mazkur Qoidalarning VIII bobida oʻrnatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi hollarda mijozga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqlidirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs boshqaruv organi yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzining joylashgan eri (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shak-shubhasiz notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun hujjatlariga muvofiq soʻralayotgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Nobank kredit tashkilotlariga quyidagilar taqiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning shaxsan oʻzi yoki uning vakili boʻlmagan hollarda xizmat koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soxta nomdagi shaxslarga xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz kredit va qarz berish hamda faktoring xizmatlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lombardlarda — mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarisiz mulklarni saqlash uchun qabul qilish.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Mijozni lozim darajada tekshirishni amalga oshirishning imkoni mavjud boʻlmagan taqdirda nobank kredit tashkiloti Departamentga xabar berish masalasini koʻrib chiqishi va ish munosabatlariga kirishishni yoki bunday mijozning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini amalga oshirishni rad etishga yoxud u bilan har qanday ish munosabatlarini toʻxtatishga majbur.
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/18-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 30-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-2, 19.11.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 430-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nobank kredit tashkilotlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida oxir natijada mijozning mulkdori boʻlgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning haqiqiy egasi – jismoniy shaxsni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan mijozning hamda uning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda joylashgan oʻzlarining shoʻba tashkilotlari, filiallari va vakolatxonalari tomonidan tegishli xalqaro standartlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirishlari kerak;
(33-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet eldagi shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, nobank kredit tashkilotining bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida nobank kredit tashkilotlari bu haqda Markaziy bankka va Departamentga xabar berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nobank kredit tashkilotlarining chet eldagi shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/2, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 43-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Gumonli va shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda gumonli operatsiya deb tan olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uchinchi shaxslar tomonidan mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi eng kam oylik ish haqining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summadagi majburiyatlarining bajarilishi (majburiyatlarda shaxslarning oʻzgarishi);
(34-bandning 1-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning 2-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) eng kam ish haqining 1000 baravariga teng boʻlgan yoki undan oshadigan summada naqd pul koʻrinishida kredit yoki qarz olinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) jismoniy yoki yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining operatsiyada ishtirok etishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tugʻilishi va (yoki) operatsiya toʻgʻrisidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri haqidagi maʼlumotlar nobank kredit tashkilotida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga muvofiq kelmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) operatsiyani amalga oshirish uchun ariza bilan murojaat qilinganda mijozning xatti-harakatlarining gʻayrioddiyligi, masalan: asabiylashishi, ikkilanish, mijozning xatti-harakatlarini boshqarib turuvchi shaxslarning mavjudligida uning agressivligi yoki uning boshqa shaxslarga arzimas sabab yuzasidan telefon orqali maslahat uchun murojaat qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) mijozning maxfiylik masalalari yuzasidan gʻayrioddiy tashvishlanishi yoki nobank kredit tashkiloti tomonidan operatsiya haqida soʻralgan maʼlumotlarni mijoz tomonidan asossiz rad etilishi yoxud taqdim etilishida nooʻrin kechiktirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) amalga oshirilayotgan operatsiya boʻyicha mijoz hamkorlarini aniqlash imkoni yoʻqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) operatsiya iqtisodiy mohiyatga ega emasligi hamda yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor — mijoz faoliyatining tavsifiga va turiga muvofiq kelmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) mijoz tomonidan operatsiya amalga oshirilishini asoslanmagan holda tezlashtirishni talab qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) nobank kredit tashkiloti ishtirokida mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning operatsiyalarni amalga oshirishning umumqabul qilingan amaliyotiga aniq nomuvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) mijoz tomonidan operatsiyaning avval kelishilgan amalga oshirish sxemasiga uning ijro qilinishini bevosita boshlanishidan oldin, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklar harakat yoʻnalishiga taalluqli boʻlgan jiddiy oʻzgartirishlar kiritilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda shubhali operatsiya deb tan olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) nobank kredit tashkiloti tomonidan xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar toifasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan gumonli operatsiya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mazkur bandning 1 va 2-kichik bandlarida nazarda tutilgan mezon va alomatlarga ega boʻlmagan, mazkur Qoidalar va nobank kredit tashkilotining ichki qoidalari bilan belgilangan gumonli operatsiyalar toifasiga kirmaydigan, biroq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va (yoki) terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligiga nobank kredit tashkilotida shubha mavjud boʻlgan operatsiyalar.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) asosan 3-kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ichki qoidalar bilan gumonli operatsiyalarni qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar mezonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Operatsiya bajaruvchi tomonlaridan biri quyidagi shaxslar hisoblanishi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlganida har qanday operatsiya alohida hollarda xabar qilinishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Xatar darajasini aniqlash va baholash
(VI bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Nobank kredit tashkiloti mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirilishi boʻyicha xatar darajasini (bundan buyon matnda xatar darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va uni kamaytirish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatar darajasi mijoz taqdim qilgan tegishli hujjatlar asosida, mijozning amalga oshiradigan operatsiyalari turlari va mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar hamda mijozni lozim darajada tekshirish natijalarini inobatga olgan holda masʼul xodim tomonidan aniqlanadi va baholanadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Nobank kredit tashkiloti avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritishi majbur boʻlib, ularga nisbatan nobank kredit tashkiloti kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi lozim:
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/2, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 43-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotganligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning nazorati ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoki shugʻullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori ekanligi yoxud uni nazorat qilayotganligi toʻgʻrisida mavjud boʻlgan maʼlumotga tegishli shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmagan tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) haqiqiy egasi mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar hisoblangan tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) muntazam ravishda (masalan, 3 oy davomida ketma-ket) shubhali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e1) mijozlarning nobank kredit tashkiloti oldidagi eng kam ish haqining 10 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summadagi majburiyatlarini bajarmoqchi boʻlgan shaxslar;
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) asosan “e1” kichik bandi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Nobank kredit tashkiloti quyidagi mezonlarga javob beradigan operatsiyalarni yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritishi majbur boʻlib, ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi lozim:
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/2, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 43-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishtirokchilari mazkur Qoidalarning 39-bandining “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar hisoblangan operatsiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa operatsiyalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarilishiga qarab, nobank kredit tashkiloti, zarur hollarda, u bilan ishlash boʻyicha xatar darajasini qayta koʻrib borishi lozim. Nobank kredit tashkilotlari barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalarga, shuningdek, iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq boʻlgan operatsiyani gʻayrioddiy amalga oshirish sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Identifikatsiyalash jarayonida olingan maʼlumotlar, shuningdek, mijoz bilan ishlash boʻyicha belgilangan xatar darajasi operatsiyalarning mijoz faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun va zarur hollarda mablagʻlar manbalarini oʻrganish uchun oʻtkaziladigan mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning monitoringiga asos boʻlib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Mijozlar operatsiyalarining joriy tekshiruvi nobank kredit tashkilotining mijozlarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi (masʼul ijrochilar, kassirlar va shu kabi) tegishli xodimlari tomonidan, lavozim majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur xodimlar, gumonli operatsiyalar aniqlangan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita oʻz rahbariga, masʼul xodimga yoki Ichki nazorat xizmatiga yozma ravishda zudlik bilan xabar berishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijozlar operatsiyalarining keyingi tekshiruvi masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning oʻtgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Gumonli operatsiyalar aniqlanganda nobank kredit tashkilotining mijozlarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi xodimlari Ichki nazorat xizmatining topshirigʻiga binoan zarur hollarda oʻtkazilayotgan operatsiya haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar yuzasidan mijozga murojaat qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Mijoz va gumonli operatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yanada oʻrganib chiqilishi uchun masʼul xodimga yoki Ichki nazorat xizmati rahbariga yoxud nobank kredit tashkilotining filiali masʼul xodimiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nobank kredit tashkilotining filiali masʼul xodimi mijoz va operatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganadi hamda ularni Ichki nazorat xizmati rahbariga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Asosli shubhalar mavjud boʻlgan taqdirda masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash toʻgʻrisida qaror qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Operatsiyalarni shubhali deb tan olish har bir alohida holda mazkur Qoidalarda belgilangan shubhali operatsiyalarning mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan soʻng, masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari nobank kredit tashkilotining mijozga nisbatan kelgusi harakatlari yuzasidan, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departamentga shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nobank kredit tashkilotining tegishli rahbarlarini va uning mijozlar bilan bevosita faoliyat yuritadigan mutasaddi boʻlinmalari rahbarlarini operatsiya shubhali deb tan olinganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz bilan ishlash xatar darajasini qayta koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz bilan operatsiyalar amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish zaruriyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq shartnoma munosabatlarini toʻxtatish haqida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shubhali operatsiya haqidagi xabar nobank kredit tashkiloti tomonidan u aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq Departamentga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Har bir xabar berilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnalida qayd etib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Nobank kredit tashkilotlari, shuningdek, tegishli operatsiyani shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday maʼlumot yuzasidan darhol Departamentga xabar berishlari zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Alohida hollarda xabar berilishi lozim boʻlgan operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Agar mijoz bilan munosabatlarni oʻrnatish davrida, yoki ushbu munosabatlarni amalga oshirishda, yoxud bir marotabalik operatsiyalarni oʻtkazishda masʼul xodimda yoki Ichki nazorat xizmatida mazkur Qoidalarga muvofiq operatsiya alohida hollarda xabar qilinishi lozimligi toʻgʻrisida shubhalar paydo boʻlsa, masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishlari lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijoz va mijozning haqiqiy egasini batafsil identifikatsiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish toʻgʻrisida asoslantirilgan farmoyish qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida operatsiya toʻgʻrisidagi xabarni Departamentga yuborish uchun tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatsiya haqidagi maʼlumotni masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnaliga kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Operatsiyani toʻxtatish faqatgina nobank kredit tashkilotida mijoz toʻgʻrisidagi mavjud axborotlar Roʻyxatdagi maʼlumotlar bilan toʻliq mos kelgan taqdirda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Operatsiya toʻxtatilgan taqdirda mijozning topshirigʻi asosida hisobvaraqlardan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijoz topshirigʻi operatsiyalari toʻxtatilgan mijozlarning topshiriqlari roʻyxatga olinadigan alohida jurnalda roʻyxatga olinishi, shuningdek, operatsiya toʻxtatilishi muddati tugaguniga qadar maxsus jildga joylashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Operatsiyalari toʻxtatilgan mijozlarning topshiriqlarini roʻyxatga olish uchun alohida jurnalda toʻxtatilgan operatsiyani, shuningdek, ushbu operatsiya ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi maʼlumotlar qayd etib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Departamentning operatsiyani ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmasi mavjud boʻlganda, nobank kredit tashkiloti uni koʻrsatilgan muddatgacha toʻxtatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan Departament soʻrovlarining bajarilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Departament jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni, shu jumladan nobank kredit tashkilotining avtomatlashtirilgan axborot, maʼlumotnoma tizimlaridan hamda maʼlumotlar bazalaridan soʻrash va bepul olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Nobank kredit tashkilotlari Departamentning soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi xorijiy organlar soʻrov bilan Departamentga murojaat qiladilar. Departament Markaziy bank orqali tegishli soʻrovni nobank kredit tashkilotlariga taqdim etadi. Nobank kredit tashkilotlari bunday soʻrov asosida soʻralayotgan barcha maʼlumotni Departamentga taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan maʼlumotlar va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va maxfiyligini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bilan bogʻliq boʻlgan, toʻliq yoki qisman xorijiy tilda tuzilgan hujjatlar, zarur hollarda, nobank kredit tashkiloti tomonidan davlat tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan talab etilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligiga gumon va boshqa zarurat paydo boʻlganda taqdirda, nobank kredit tashkiloti tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalarini taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tuziladigan mijoz soʻrovnomasida qayd etiladi. Nobank kredit tashkiloti ichki qoidalarga muvofiq mijoz soʻrovnomasiga boshqa maʼlumotlarni kiritish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Soʻrovnomalar maxsus dasturlar yordamida barcha mijozlar boʻyicha elektron shaklda toʻldiriladi. Shubhali operatsiyalarni amalga oshiruvchi va yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritilgan mijozlar boʻyicha soʻrovnomalar qogʻoz shaklida ham toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shaklda toʻldirilgan mijoz soʻrovnomasi qogʻoz shaklida chiqarilganda nobank kredit tashkilotining bosh buxgalteri yoki u boʻlmagan taqdirda, uning muovini tomonidan tasdiqlanadi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 23-oktabrdagi 34/18-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2010-yil 2-noyabrdagi 30-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-2, 19.11.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 47-son, 430-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Mijozlar soʻrovnomalari mijozlar maqomi boʻyicha (yuridik va jismoniy shaxslar boʻyicha) xronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati tomonidan saqlab boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shaklda toʻldirilgan soʻrovnomalar nobank kredit tashkilotining mijozlarni identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Mijoz soʻrovnomasi nobank kredit tashkilotida mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilgan kundan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan maʼlumotlarning oʻzgarishiga, shuningdek, u tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, nobank kredit tashkilotlari zarur hollarda mijoz bilan ishlash boʻyicha xatar darajasini qayta koʻrib borishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Nobank kredit tashkilotlari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni hamda xizmat yozishmalarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻxtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlarga (Markaziy bank va Departament bilan yozishmalar, jumladan taqdim etilgan xabarlarning qogʻoz va elektron shakldagi nusxalari, mijozlarning qogʻoz va elektron soʻrovnomalari, jurnallar va boshqa) kirish imkoniyatini cheklash maqsadida bunday hujjatlar va ularning roʻyxati bevosita masʼul xodim tomonidan maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shakldagi hujjatlar dasturlash yoʻli asosida arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi vositalarga yozilishi va masʼul xodim tomonidan ularning roʻyxati bilan birga yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi kerak.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
661. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati faoliyatida foydalanilgan hujjatlar quyidagi muddatlar mobaynida saqlanishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Departamentga taqdim etilgan xabarlarning qogʻoz va elektron shakldagi nusxalari — 5 yil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gumonli va shubhali operatsiyalarni roʻyxatga olish kitoblari — ular yangisi bilan almashtirilgandan keyin 5 yil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank, Departament va nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalari bilan yozishmalar — 5 yil.
(661-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Nobank kredit tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning operatsiyalari haqida Departamentga xabar berilganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emaslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nobank kredit tashkiloti ichki nazorat vazifalarini bajarish jarayonida olingan maʼlumotlarni nobank kredit tashkiloti xodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (yoki ulardan shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmasligini) taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Uchinchi shaxslarga maʼlumotlar, shu jumladan mijozning identifikatsiya maʼlumotlari tarkibidan iborat boʻlgan soʻrovnomadan maʼlumotlar taqdim qilinishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar, nobank kredit tashkiloti mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishni amalga oshirish xatari yuqori deb baholagan taqdirda kamida bir yilda bir marotaba hamda boshqa hollarda kamida uch yilda bir marotaba yangilanib borilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XI. Nobank kredit tashkilotining, masʼul xodimning, Ichki nazorat xizmati va boshqa boʻlinmalar rahbar va xodimlarining javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Nobank kredit tashkilotlari, masʼul xodim, Ichki nazorat xizmati va tashkilotning boshqa boʻlinmalarining rahbar va xodimlari mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Qonun hujjatlari, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini nobank kredit tashkiloti xodimlari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida buzish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlib qolgan nobank kredit tashkiloti xodimlari ushbu dalillarni darhol masʼul xodimga yoki Ichki nazorat xizmatiga yozma ravishda yetkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XII. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Markaziy bank tomonidan va zarur hollarda Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, nobank kredit tashkilotining ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qilib boradi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek, zarur holda samarali ishlashini taʼminlash uchun uning faoliyatini kuchaytiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nobank kredit tashkilotida ichki audit xizmati mavjud boʻlganda, masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining faoliyati samaradorligini monitoringi ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi rahbari ichki nazorat tizimi kamchiliklari aniqlangan taqdirda ushbu kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf qilinishini taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tugʻilgan sanasi va joyi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Fuqaroligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat rekvizitlari: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (agar mavjud boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Uy telefoni raqami (agar mavjud boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yuridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) toʻliq, shuningdek, agar, davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) soliq toʻlovchining identifikatsion raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) joylashgan eri (pochta manzili);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) yuridik shaxs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsni identifikatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) yuridik shaxs taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) yuridik shaxs boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) telefon raqamlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mazkur Qoidalarning 1-ilovasida koʻzda tutilgan maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) telefon raqamlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Ichki nazorat qoidalariga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, mazkur Qoidalarning 1, 2-ilovalarida koʻrsatilgan maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xatar darajasi haqida maʼlumot, shu jumladan xatarni baholash asoslari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nobank kredit tashkiloti tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar natijalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mijoz bilan munosabatlar oʻrnatilgan sana.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mijoz soʻrovnomasi toʻldirilgan va oʻzgartirish kiritilgan sana.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mijoz bilan ishlashga masʼul xodim familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2013-yil 16-fevraldagi 4/2, 6-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-3, 28.03.2013-y.) tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 173-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qogʻoz shaklidagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan xodim imzosi (familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan holda) va elektron koʻrinishdagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa maʼlumotlar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 476-modda; 2010-y., 5-son, 43-modda; 2010-y., 47-son, 430-modda; 2013-y., 13-son, 173-modda)