O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNCHILIK PALATASI KENGASHINING VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGASHINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING INSON HUQUQLARI BO‘YICHA VAKILI (OMBUDSMAN) KOTIBIYATI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA” 2008-YIL 30-SENTABRDAGI 875-I/554-I-SON QO‘SHMA qARORI)
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 27-oktabr,
283-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-oktabrdagi 283-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishlari bilan bog‘liq kafolatli to‘lovlarni berish tartibining 1-bandiga:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Konstitutsiyaviy huquqlarga va inson erkinligiga rioya qilish komissiyasi faoliyatida qatnashish”;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshi tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turarjoylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida:
a) 20-bandga “Senati” so‘zidan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 21-bandga “senatorlar” so‘zidan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va uning o‘rinbosari” so‘zlari qo‘shilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 44-son, 467-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)