12.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2015
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining buyrugʻi, 12.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2015
Дата вступления в силу
22.10.2009
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“SANOATKONTEXNAZORAT” DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 12-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2015]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 56-sonli (roʻyxat raqami 2015-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 674-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 7-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
170-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 7-sentabrdagi 170-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 56-sonli (roʻyxat raqami 2015-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 674-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Qoidalar texnik etil spirti ishlab chiqaruvchi barcha turdagi tashkilotlar (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatni muhofaza qilish holatini oʻrganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 56-sonli (roʻyxat raqami 2015-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 674-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 56-sonli (roʻyxat raqami 2015-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 674-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalariga mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish va ushbu ishlar oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 56-sonli (roʻyxat raqami 2015-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 674-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga boʻysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 56-sonli (roʻyxat raqami 2015-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 674-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-3, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2015-3/0115-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda qayta attestatsiyadan oʻtishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Maʼmuriyat barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Texnik etil spirti ishlab chiqarish xodimlari uchun quyidagi asosiy xavfli va zararli omillar xosdir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish joyi hududi havosini changlanishi va gazlanishi (etil spirti, karbonat angidrit, formaldegid va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shovqin, tebranish, issiqlik nurlanishi va noqulay mikroiqlim (yuqori harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻirligi ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Har bitta tashkilot yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlariga ega boʻlgan kasblar, ish oʻrinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi koʻrsatilgan roʻyxatiga, ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik koʻrsatkichlari, mehnat jarayonining ogʻirlik koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bugʻ, gaz, chang koʻrinishida ajratishi mumkin boʻlgan texnologiyalardan foydalanishda ularning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli omillar yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarishlarida yoxud yangi ishlab chiqarish uskunalarni joriy qilishda roʻyxatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tashkilot hududi va xonalar ish joylaridagi tovushning bosim darajasi va tovush balandligi ruxsat etilgan koʻrsatkichlardan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tashkilot xodimlari ish joylaridagi mehnat sharoitlarining ahvoli va muhofaza qilinishi, bunda lozim boʻlgan shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va tovon pullari toʻgʻrisida axborot talab qilish huquqiga egadirlar, maʼmuriyat esa ularga bunday axborotni berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Har bir tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Bunday ishlarga xavfli moddalar bilan ishlash, balandlikdagi ishlar, sigʻimlar, qozonlar, yuk koʻtarish mexanizmlari, elektr uskunalariga xizmat koʻrsatish va boshqalar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Oʻta xavfli ishlarga xizmat koʻrsatish ishlari bilan shugʻullanish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan, maxsus oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Barcha ishchilar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olish va ishlarni bajarishda xavfsizlik usullarini oʻzlashtirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻta xavfli ishlarini bajarish, faqat belgilangan tartibga muvofiq masʼul xodim qoʻl qoʻyib, rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnoma mavjudligida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tashkilot (sex) maʼmuriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va ularga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq holda amalga oshirish uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Elektr uskunalarda bajariladigan ishlar xavfsizligini taʼminlovchi chora-tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq bajariladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-18-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-3, 10.02.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2015-3/0115-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Ishlovchilarni himoya qilish vositalarini qoʻllash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Jamoaviy himoya vositalari (ventilyatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, mahalliy soʻrgʻichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz ishchilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ish beruvchi Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) muvofiq ishchi va xizmatchilarni maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlashi lozim. Ish joyiga mos maxsus kiyimi, maxsus poyabzal va shaxsiy himoya vositalari toʻplami boʻlmagan shaxslarni ishga qoʻyish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Namuna olishda himoya koʻzoynagi va qoʻlqoplarda ishlash lozim. Koʻzni himoyalash uchun himoya koʻzoynagidan, oʻta xavfli vaziyatlarda — maskali gazniqobdan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Koʻzoynakning oynasi, gardishi va korpusini vaqti-vaqti bilan sovunli suv bilan yuvish va yumshoq salfetka bilan quruq holga kelgunicha artish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Tashkilot ishchilari amaldagi meʼyorlarga binoan sovun, shuningdek qoʻlni kislotalar taʼsiridan saqlovchi pasta va kremlar bilan taʼminlanishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Korxona xodimlari ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullari hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga oʻqitilib, olingan bilimlari tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq 18 yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 25/YUB-18-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2015-3, 10.02.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/2015-3/0115-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Mehnat muhofazasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun ish bajaruvchi, shuningdek alohida sex ustalari masʼul ijrochilari hisoblanadi. Ularga topshirilgan obyektlar doirasida quyidagilarni bajaradilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir ish joyida xavfsizlik texnikasi boʻyicha dastlabki yoʻl-yoʻriq berish, xavfsiz mehnat usullari boʻyicha kundalik nazoratni olib borish va xodimni oʻqitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarni maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash va ulardan toʻgʻri foydalanishni nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zinapoya, oʻtish yoʻllari va ariqlarni ish joyi toʻsiqlarini yaroqlilik holatiga javob berishini ularning oʻz vaqtida taʼmirlanishini, xodimlarni xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishini, ish joylari, yoʻlaklar va harakat yoʻllarining yoritilganligi darajasini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xavfli ish joylarini xavfsiz mehnat usullari boʻyicha ogohlantiruvchi yozuvlar, plakatlar va yoʻriqnomalar bilan taʼminlash, baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqishda qatnashish, ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ish ustasi ish joyida yoʻl-yoʻriqdan oʻtmagan, maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari boʻlmagan shaxslarni ishga qoʻymasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Xavfsizlik texnikasi boʻyicha qoʻyiladigan oshirilgan talablar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarning bunkerlarda, quritish barabanlarida, quduqlar, aralashtirgichlar, chang kameralari, qorishtirgichlar, siloslashda, filtrlarda, mazut saqlash uchun rezervuarlarda va tonnelli, kovakli hamda issiqlik ishlab chiqaruvchi vertikalli kameralarda va boshqa yopiq sigʻimlarda boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan tayyorlov, tozalov va taʼmirlov ishlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish asbob-uskunalarini yigʻish, qismlarga ajratish, oʻrta va kapital taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar, inshootlar va ishlab chiqarish asbob-uskunalari, konstruksiya qismlarini balandlikda vaqtinchalik havozalarda bajarilishi lozim boʻlgan ishlarni bajarishning xavfsiz usullari boʻyicha yoʻl-yoʻriq bermasdan va masʼul shaxs tomonidan tasdiqlangan maxsus rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomasiz amalga oshirish man etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ish ishlab chiqaruvchining tayinlanishi toʻgʻrisidagi masalani muayyan ishning turi, murakkabligi, hajmi va xavfsizlik darajasiga qarab masʼul ish rahbari hal qiladi. Muhandis-texnik xodimlar, ish ustalari, brigadirlar yoki topshirilgan ishni xavfsiz bajarilish texnologiyasini, uslubini va usullarini biluvchi malakali ishchilar ishlab chiqaruvchi xodim sifatida tayinlanishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Masʼul rahbar va ishlab chiqaruvchi xodim vazifalarini bir shaxs tomonidan birga qoʻshib olib borishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Naryad-ruxsatnoma boʻyicha ishlab chiqaruvchi xodimni qoʻshib, tarkibida ikki kishidan kam boʻlmagan brigada bajarishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 9-yanvardagi 6-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2015-1, 15.01.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 3-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga oʻtkazishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Davriy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Ishlab chiqarish binolari, inshootlari, uskunalari, texnologik jarayonlari ishlovchining sogʻligʻi va mehnatini himoyalash talablariga javob berishi kerak va SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Oʻtish, chiqish yoʻllari, koridor va tambur, narvonlar, turli predmetlar, asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilishiga ruxsat etilmaydi. Evakuatsiyaga chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha oson ochilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Pollar tekis, yoriqlarsiz, teshiklarsiz va qavariq joylari boʻlmasligi, SHNQ 2.03.13-24 “Pollar” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga binoan bajarilgan boʻlishi kerak. Pollarni taʼmirlashda pollar qanday materiallardan tayyorlangan boʻlsa, xuddi shu materiallarni qoʻllash zarur.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Portlash xavfi boʻlgan va portlash xavfi boʻlmagan xonalar orasidagi ichki devorlar gazlarni oʻtkazib yubormaydigan qilib qurilgan boʻlishi kerak. Devorlarning suvogʻi va choklarning ulanish holatiga jiddiy eʼtibor qaratish va ular buzilganda shikastlangan joylarni tezda tuzatish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Bir xodimga ishlab chiqarish xonalari hajmi 15m³ dan, maydoni 4,5m² dan kam boʻlmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Evakuatsiyaga chiqish yoʻllarining soni, ularning joylanishi SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq bajariladi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Boshqarish pultlari — zararli va portlash xavfi boʻlgan bugʻ, gaz va changlar ajralib chiqadigan, shuningdek yuqori vibratsiyaga ega boʻlgan texnologik asbob-uskunalar oʻrnatilgan ishlab chiqarish xonalarida joylashtirilishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Xom ashyo va tayyor mahsulot transport qilinadigan devordagi ochiq teshiklar yongʻin, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini tarqalishiga yoʻl qoʻymaydigan moslama va qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Oʻtish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga oʻxshash) joylashgan isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga oʻxshashlar), ruxsat etilgan oʻtish yoʻlkalarining enini kamaytirmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Ishchi joylariga ochiq darvoza, eshik yoki texnologik teshikdan keluvchi havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishda 21°S, oʻrta ogʻir ishda 17°S, ogʻir ishda 16°S dan past boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha boʻlgan masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(10-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-son qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Suv bilan taʼminlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi kerak.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-son qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Tashkilotning ishlab chiqarish oqova suvlari, oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga oqizishdan oldin zararli moddalardan tozalanishi kerak.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-son qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Tozalangandan soʻng suvda zararli moddalarning tarkibi sanoat tashkilotlarini loyihalashtirish sanitar normalari oʻrnatgan, chegaralangan ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshib ketmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar boʻlishi kerak. Suv quvurlari boʻlmagan taqdirda baklarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha boʻlgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Ichimlik suvining harorati 8 °S dan 20°S gacha boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Sanoat tashkiloti hududidagi hojatxonalar issiq va maishiy oqova suvlar tizimiga ulangan boʻlishi lozim.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-son qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi boʻlmaganida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralariga ruxsat etiladi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-son qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Tashkilot maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(79-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Yoritish uskunalarini oʻrnatishda qandillarning turlari, lampalarning quvvati va ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos boʻlishi kerak. Montaj paytida va undan soʻng ham har qanday oʻzgarish va qoʻshimchalar amaldagi meʼyorlarga javob berishi va loyihaga tegishli oʻzgartirish kiritilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Bir tekis taqsimlangan umumiy yorugʻlik qandillari mashinalar guruhi orasidagi yoʻlaklarda, poldan 4—6 m balandlikda, lokallashgan umumiy yorugʻlik qandillari esa ish kameralari tarafidan shneklarni boshqarish balandligida va operator tarafidagi maydonchadan 2—2,5 m balandlikda joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Ishlab chiqarish sexlaridagi, xom ashyo omborlari va yuk tushirish-ortish maydonlaridagi texnologik uskunalar umumiyga qoʻshimcha ravishda koʻchma yoritish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Avariya yoritish tarmoqlariga birorta elektr energiya isteʼmolchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Yorugʻlik tushuvchi oynalarni har yili ikki martadan kam boʻlmagan holda tozalash lozim. Yorugʻlik tushadigan deraza va eshiklarni begona predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) toʻsib qoʻyishiga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85. Uchastkalarda va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar miqdori yigʻilishi ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan himoyalangan holda bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86. Yuqori xavfli xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Oʻta xavfli xonalarda, xonalardan tashqari hamda uskunalar va inshootlar (bunkerlar, silososlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak. Barcha koʻchma yoritqichlar metall himoyalanish toʻri hamda shisha qalpoq bilan uskunalangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87. Shovqin darajasi ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida GOST 12.1.003-83, tebranish darajasi esa GOST 12.1.012-90 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agar u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shovqinli uskunalarni (ventilyator, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, ventilyatorlar va shunga oʻxshashlar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak. Bu agregatlarni bino konstruksiyalariga qattiq mahkamlab qoʻyish taqiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchilar dam olishi uchun shovqindan izolyatsiyalangan xonalar tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchilarning eshitish aʼzolarini shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, shaxsiy himoyalanish vositalaridan foydalanish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-§. Maishiy xonalarga, ularning soniga, holatiga va joylashishiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90. Sanitariya-maishiy xonalar tarkibiga: kiyim almashtirish, yuvinish, choʻmilish, ayollarning shaxsiy gigiyenasi, chekuvchilar, ishlovchilarni isinish, dam olish, quritish, ish kiyimini changsizlashtirish va yogʻsizlantirish, kir yuvish xonalari kiradi va ular SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
(90-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91. Ovqat isteʼmol qilish uchun maxsus binolar jihozlanadi. Suvni faqat ichimlik favvoralaridan yoki gazlangan suv avtomatidan ichishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92. Ishlab chiqarish binolarining ish joylaridan hojatxona, chekish joylari, isinish xonasi, dushxona, ichimlik suvi taʼminoti moslamalarigacha boʻlgan masofa 75 m dan koʻp boʻlmasligi, ishlab chiqarish maydonchalaridagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93. Kiyim yechish xonasi, dushxona va dushxona oldi xonasi, yuvinish xonasi, hojatxona, maxsus kiyimning changdan tozalash, quritish uchun xonalarning devorlari va toʻsiqlari, yuvish vositalarini qoʻllab, issiq suv bilan yuvish mumkin boʻladigan materiallardan qilingan, balandligi kamida 2 m boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94. Ishlab chiqarish xonalarida koʻzni yuvish uchun favvorachalar, terini yuvish uchun bosimi katta boʻlgan dushlar, shuningdek sexda dori qutichasi koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95. Har bir smenadan keyin ishchilar dush qabul qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(96-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlarga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Brajka (bijgʻitilgan suslo) dan texnik etil spirti va texnik etil spirti xom ashyosini olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97. Ishlab chiqarish jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98. Ishlab chiqarish xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99. Elektr toki va statik elektrdan odamni himoya qilish xavfsizlik tadbirlari GOST 12.1.019-79 “Elektrxavfsizlik. Umumiy talablar” va GOST 12.1.018-93 “Statik elektr. Uchqun xavfsizligi. Umumiy talablar”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100. Ishlab chiqarish xonalarida shovqin va tebranish darajasi GOST 12.1.003-04 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranish. Umumiy xavfsizlik talablari”da belgilangan miqdordan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101. Apparat boʻlimi xonasiga kirish oldida GOST 12.4.026-76 “Signal ranglar va xavfsizlik belgilari”ga muvofiq “Begonalarga kirish taqiqlanadi. Portlash xavfi bor!” soʻzlari yozilgan plakatlari boʻlishi lozim (xona V-1 klassli, muhit 2-B).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102. Elektrotexnika korpuslari, texnik etil spirti qabul qilish idishlari, texnik etil spirti harakatlanuvchi kommunikatsiyalar elektr oʻtkazgichlar orqali yerga ulanishi lozim. Elektr oʻtkazgichlar qarshiligi 4 Om dan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103. Apparat boʻlimi xonasida gugurt yondirish yoki alanga beruvchi boshqa manbalardan foydalanish, yoqilgʻi materiallarini saqlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
104. Xonada ishlatganda uchqun chiqarmaydigan asboblardan foydalanish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
105. Statik elektr hosil boʻlishining oldini olish maqsadida texnologik uskuna va idishlar, quvur oʻtkazgichlar elektr oʻtkazgich simlar bilan yerga ulanishi, yerga ulash qurilmalari elektruskunalar bilan birga ulanishi lozim. Statik himoyani yerga ulash qurilmalari qarshiligi 100 Om ga qadar ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
106. Metall yoki nometall elektr oʻtkazgichlar, quvur oʻtkazgichlar, havo oʻtkazgichlar, apparatlarning ustki qoplamalari uzluksiz elektr tarmogʻini tashkil etib, sex doirasida kamida 2 joyidan yerga ulash konturiga ulanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
107. Barcha quvur oʻtkazgichlar, metall konstruksiyalar, metall narvonlar oraligʻi 10 sm dan ortiq boʻlganda har 20—25 m oraliqda oʻzaro bogʻlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108. Statik elektr toʻplovchi sintetik kiyimlarda, mixli oyoq kiyimlarda apparat boʻlimiga kirish va ishlar bajarish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
109. Texnik etil spirti haydash apparatlari joylashgan xonada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vodoprovod suvi toʻxtab qolganda ishlatishga 30 minutlik zaxira saqlaydigan yuqorida oʻrnatilgan idish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avariya holatidagi yoritgichlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qozonxona bilan aloqa qilish uchun telefonlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
110. Haydash apparatlari qismlari va yordamchi uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun yoʻlaklar boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
111. Haydash kubida har yili tekshiruvdan oʻtkaziladigan, bosimning yuqori qiymati belgilangan manometr oʻrnatilgan himoyalovchi qurilma boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
112. Texnik etil spirti uzatish trubasida texnik etil spirti fonari oldida kondensatsiyalanmagan texnik etil spirti parlarini va korbonat angidrid gazini tashqariga chiqarish uchun havo yoʻli boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
113. Isitgich, kub, kolonna va truboprovodlar issiqlik oʻtkazmaydigan materiallar qoplanganda kuzatish oynalari, qopqoqlari, regardlar va boshqa armaturalar ochiq qoldirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114. Uskunalarga xizmat koʻrsatish maydonlari, ularga chiqish narvonlari metalldan yasalgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
115. Haydash apparati kubini brajka yoki haydalishi lozim boʻlgan suyuqlik bilan 2/3 qismigacha toʻldirilishiga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
116. Spirt, efir, sivush moyini oraliq va yigʻuvchi baklarining germetik yopish lyuklari boʻlib, atmosfera bilan spirtni ushlagichlarga ega boʻlgan havo yoʻllari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
117. Uskunalarning va idishlarning oynali qismlari mexanik shikastlanishdan saqlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
118. Haydash apparatini boshqarishni, ishni sozlashni, kuzatishning qulay boʻlishi uchun spirt, suv fonarlari, filtrlar, oʻlchov priborlari apparatining ish joyi yaqin boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
119. Haydash apparatini tozalash, sozlash ushbu Qoidalarning talablariga amal qilgan holda bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
120. Deflegmator, kondensator, muzlatkichlarni issiqlik almashinish yuzalarini tozalash, belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
121. Taʼmirlangan yoki yangi apparatni, uni ishga tushirishdan avval, deflegmatorning yuqori nuqtasigacha suv toʻldirish yoʻli bilan sinaladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
122. Barcha issiqlik qurilmalari yilda bir marta konstruksiyalardagi oʻzgarishlarni va ishlash parametrlarini aniqlash maqsadida ishchi sinovdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
123. Apparat boʻlimi binosida minimal texnik etil spirti (1 sutkali ishlab chiqarish quvvati doirasidan oshmagan) boʻlishi lozim. Ortiqcha texnik etil spirti texnik etil spirti omboriga berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
124. Apparat boʻlimida ustida saqlanadigan individual himoya vositalari (shlangasi tashqariga chiqariladigan protivogaz, 12 voltli portlashdan himoyali yoritgich yoki akkumulyatorli fonar, qutqarish arqonli himoya kamari, kerakli dorilar bilan taʼminlangan dori qutichasi) boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
125. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari” va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
126. Har bir sex, uchastka, omborda mavjud meʼyorlar asosida, hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
127. Har bir tashkilotda maʼmuriyat tomonidan tayinlangan barcha ishlab chiqarish, yordamchi va maishiy xonalarda yongʻin xavfsizligiga masʼul xodim boʻlishi lozim. Yongʻin xavfsizligiga masʼul shaxs familiyasi, yongʻin xavfi signali va oʻt oʻchirish boʻlimi telefonlari varaqda koʻrsatilib, koʻzga koʻrinadigan joyga osib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
128. Yongʻin xavfsizligiga masʼul shaxs majburiyatlari yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnomada belgilangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
129. Har bir tashkilotda yongʻinga qarshi asboblar toʻplami, oʻt oʻchirish vositalari, soni va joylashtirilishi yongʻin xavfsizligi idoralari bilan kelishilgan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
130. Barcha ishchi va xodimlar oʻqitish tizimida yongʻin xavfsizligi qoidalarini keng oʻrganish maqsadida, tashkilot, sex, ishlab chiqarish uchastkasi, qurilma, bino yoki inshoot uchun maxsus yongʻinga qarshi tayyorgarligidan oʻtadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
131. Yongʻin-texnik minimum dasturidan oʻtishni tugatishda, ishchi va xizmatchilardan zachyotlar qabul qilinishi lozim. Yongʻin-texnik minimumi boʻyicha oʻtkazilgan zachyot natijalari hujjatlashtirilib, unda oʻrganilgan tema boʻyicha baholar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
132. Yongʻinga qarshi tayyorgarlikdan oʻtmagan shaxslar ishga qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
133. Ishlab chiqarish uchastkasida, laboratoriyada, omborda yoki maʼmuriy xonalarda (egallagan lavozimidan qatʼi nazar) ishlayotgan har bir ishlovchi yongʻin xavfsizligi qoidalarini aniq va qatʼiyan bajarishga majbur boʻlib, yongʻin yoki olovlanishga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
134. Obyektda 15 kishidan ortiq ishlovchi boʻlganda ixtiyoriy yongʻin drujinasi, muhandis-texnik personal boʻlganda qoʻshimcha yongʻin-texnik komissiyasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
135. Tashkilotning barcha bino va inshootlariga kirishni ochiqligi taʼminlanishi lozim. Bino va yongʻin suv manbalari yoʻlaklari, hamda yongʻin vositalariga va uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Texnik etil spirtni qabul qilish, saqlash va berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
136. Texnik etil spirti omborlarining binolari va inshootlari qurilish va yongʻinga qarshi meʼyorlar va qoidalar talablariga mos kelishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
137. Texnik etil spirti qabul qilish boʻlimi spirtni saqlash xonalaridan brandmauer (yonmaydigan) devor bilan ajratilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
138. Texnik etil spirti qabul qilish boʻlimiga asosiy kirishdan tashqari bevosita tashqariga chiqadigan qoʻshimcha chiqish yoʻli boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
139. Texnik etil spirti ombori va texnik etil spirti qabul qilish boʻlimi xonalaridagi pol temir qoʻshilib sementlanishi, eshikka qarama-qarshi tomonga qiyaligi boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
140. Texnik etil spirti omborining oʻrasi chuqurligi texnik etil spirti omborida mavjud boʻlgan barcha sigʻimlarning hajmiga teng boʻlgan hajmda boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
141. Binodan tashqaridagi ochiq texnik etil spirti omborida barcha sigʻimlarning poydevorlari atrofida texnik etil spirti omborida mavjud boʻlgan barcha sigʻimlarning hajmiga teng boʻlgan hajmni hosil qiluvchi devorlari boʻlgan temir qoʻshilib sementlangan maydonchasi boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
142. Texnik etil spirti omborlarining xonalarida maydonchalar, oʻtish koʻprikchalari, panjarali zinalar metalldan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
143. Texnik etil spirti omborida derazalar yer sathidan kamida 2 m, balandlikda, shimolga qaratilgan, panjaralar va temir toʻsinlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
144. Yopiq texnik etil spirti omborida xonaning havosida etil spirti bugʻlarining miqdori 1000 mg/m3 dan oshmaydigan ravishda havo almashuvi tutib turilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
145. Texnik etil spirti omborida yashin qaytargich bilan jihozlangan sigʻimlarning metall korpuslari yerga tutashtirilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
146. Texnik etil spirti omborlarining xonalarida faqat bugʻli nasoslar oʻrnatilishiga ruxsat etiladi. Elektr taʼminotli nasoslarni qoʻllash portlashdan himoyalangan turida elektr dvigateli taʼminoti oʻrnatilgan holdagina ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
147. Texnik etil spirti omborida sigʻimlar oʻrtasida hamda sigʻim korpusidan devorgacha 1,5 m dan kamroq masofa boʻlishiga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
148. Texnik etil spirti omborida spirtni berish va qabul qilish uchun moʻljallanmagan uskunalarni oʻrnatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
149. Sisternalar va oʻlchagichlarda texnik etil spirti sathi koʻrsatkichlarining shisha qismlari mexanik zararlanishdan himoyalanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
150. Texnik etil spirti omborida va texnik etil spirti qabul qilish boʻlimida yonuvchan materiallar va chet buyumlarni saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
151. Texnik etil spirti ombori va texnik etil spirti qabul qilish boʻlimini yongʻin oʻchirgichlar, bugʻ bilan alanga oʻchirishning yongʻin joʻmraklari hamda boshqa yongʻinga qarshi vositalar bilan taʼminlash yongʻin nazorati idoralarining talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
152. Texnik etil spirti omborining kirish eshigida “Begonalarning kirishi taqiqlangan!” yozuvi bilan, binoning ichida esa “Alanga yondirilmasin!”, “Chekish taqiqlanadi!” yozuvlari osilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
153. Texnik etil spirti omborining xonasi havo beruvchi-soʻruvchi va avariyali shamollatish bilan hamda yoritish bilan jihozlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
154. Texnik etil spirti omborida havo muhitining holati ustidan doimiy nazorat yuritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
155. Texnik etil spirti omborlari xonalarida payvandlash ishlarini, shuningdek sisternalar va oʻlchagichlarni ulash va kesish ishlarini bajarish taqiqlanadi. Ushbu ishlar barcha sisternalarni spirtdan boʻshatib, ularni toza suv bilan toʻldirib, yonma-yon xonalarga boruvchi texnik etil spirti quvurlarda barcha joʻmraklarni yopishdan keyin ruxsat etiladi (joʻmraklar boʻlmagan quvurlarda tiqinlar oʻrnatiladi). Kesish, ulash, payvandlash va hokazolar kerak boʻlgan sisterna suv bilan yuvilishi va shamollatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
156. Sisterna ichiga yuvish yoki taʼmirlash uchun kirish lozim boʻlganda uni avval spirtdan toʻliq boʻshatib, ichki devorlarini suv bilan yuvish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
157. Ishchilar sisternaning ichiga kirishidan avval masʼul muhandis-texnik xodim joyida shaxsan tayyorlash ishlarining toʻgʻri oʻtkazilganiga ishonch hosil qilishi, sisternaga kirish uchun tayinlangan ishchi esa kislorodli izolyatsiyalovchi asbobni hamda arqon bogʻlangan muhofaza belbogʻini taqishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
158. Taʼmirlash hamda yoritish yetishmagan hollarida faqat akkumulyatorli chiroqlardan foydalanish ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
159. Transportdan spirtni qabul qilish tugaganda uning nasos bilan olinmagan qoldiqlari faqat uzatish idishida qolishi mumkin. Oʻlchagichlarda va bosib kiritish quvurida texnik etil spirti qolishiga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
160. Texnik etil spirtni ochiq usulda quyishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
161. Yuklash-tushirish ishlari Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
162. Yozgi paytda joʻnatish uchun bochkalarga quyilgan spirtni koʻpi bilan ikki sutkagacha saqlash ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
163. Yozgi paytda spirtni tashishda bochkalar oʻz sigʻimining 5 foiz hajmiga boʻsh qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
164. Texnik etil spirti omborida texnik etil spirti solingan boʻsh bochkalarning saqlanishiga ruxsat etilmaydi. Shuningdek, texnik etil spirti quyilgan bochkalarni bir-birining ustiga qoʻyish va ularni boʻyiga ikkitadan ortiq bochkani yoni bilan qoʻyishga ruxsat etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
165. Texnik etil spirtni tashishga faqat avtomobil, temir yoʻl sisternalarida yoki metall baklarda (bochkalarda) ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
166. Texnik etil spirtdan boʻshagan idishlarni yuvishdan keyin tiqinlar bilan berkitib, xonalarda yoki maxsus maydonchalarda bostirma ostida ombor va ishlab chiqarish xonalaridan kamida 20 m uzoqlikdagi masofada saqlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Laboratoriyada ishlashga qoʻyiladigan umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
167. Laboratoriya xonalari qurilish va sanitariya meʼyorlari va qoidalari talablariga javob berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
168. Umumiy oqma-soʻrma ventilyatsiyadan tashqari, laboratoriya xonalari havo tortuvchi moslamalar (javonlar) yoki havoni soʻrib olish uchun ventilyatsiya qurilmalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
169. Laboratoriya xodimlari qoʻllanilayotgan kimyoviy moddalar, materiallarning yongʻin jihatidan xavflilik darajasini bilishlari va ular bilan ishlaganda xavfsizlik choralariga rioya qilishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
170. Moddalar va materiallar laboratoriyada qatʼiy navlari boʻyicha saqlanishi kerak. Oʻzaro kimyoviy taʼsiri yongʻin yoki portlashni yuzaga keltirishi mumkin boʻlgan moddalarni birgalikda saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
171. Laboratoriyadagi mebel va uskunalar odamlarni chiqishiga toʻsqinlik qilmaydigan tarzda oʻrnatilishi kerak. Uskunalar oraligʻidagi eng kam yoʻl qoʻyiladigan masofa 1 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
172. Zaharli moddalar bilan ishlashga moʻljallangan xonalar laboratoriyaning boshqa xonalaridan ajratilgan, tegishli tarzda jihozlangan va boshqa xonalarning ventilyatsiyasiga bogʻliq boʻlmagan havo soʻruvchi moslamalarga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
173. Zararli va yonuvchi bugʻ va gazlar ajralishi bilan kechadigan ishlar olib borilayotgan tortuvchi shkaflar yuqori va qoʻyi soʻrmalar, shuningdek, suyuqlikning polga oqib tushishini oldini oluvchi yon devorlar bilan jihozlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
174. Javonning 15—20 sm ga ochib qoʻyilgan tabaqalari koʻndalang kesimida havoning tezligi 0,5 dan 0,7 m/s atrofida boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
175. Oʻta zararli moddalar (sariq qonsimon tuz) bilan ishlaganda havoning tezligi 1 dan 1,2 m/s oraligʻida boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
176. Tortuvchi shkaflar germetik gaz oʻtkazmaydigan armatura ichiga joylashtirilgan elektr lampochkalar bilan jihozlanishi, ularning vklyuchatellari tortuvchi shkafdan tashqarida, shtepsel rozetkalari esa ish stolining qisqa yon tomoni boʻylab tortuvchi shkafdan tashqarida joylashishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
177. Olov hamda yonish va portlash xavfi bor moddalar bilan ishlashga moʻljallangan ish stollari va shkaflar yonmaydigan material bilan toʻliq qoplangan boʻlishi, kislota va ishqorlar bilan ishlashga moʻljallangani esa zanglamaydigan material bilan qoplanib, yonmaydigan materialdan yon devori boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
178. Ish stollari va shkaflardagi gaz va suv kranlari ularning old devorlari tomonida joylashtirilishi va kranni tasodifan ochib yuborishning imkoni boʻlmaydigan tarzda oʻrnatilishi kerak. Katta miqdordagi kimyoviy laboratoriya idishlarini yuvish uchun alohida ajratilgan yuvish xonasi mavjud boʻlib, imkon qadar laboratoriyaning markazida joylashishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
179. Yuvish xonasi yuvish stollari bilan jihozlanishi kerak: ulardan biri zararli va hidi kuchli moddalarni yoʻqotish hamda xromli aralashma bilan yuvish uchun tortuvchi shkafli, ikkitasi esa sodali va toza suv bilan yuvish uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
180. Laboratoriyadagi havo almashinuvi shunday hisob-kitob qilinishi lozimki, ishchi xonalarning havosidagi zaharli portlovchi gazlar, bugʻlar va changning amaldagi konsentratsiyasi amaldagi SanQvaM 0046-95 “Gigiyenik meʼyorlar. Ishchi hududi havosidagi zararli moddalarning chegaraviy ruxsat etilgan eng koʻp miqdori”da belgilangan eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan miqdoridan ortib ketmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Kislotalar va ishqorlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
181. Kislota va ishqorlar kimyoviy moddalar omborida joylashtirilishi kerak. Kislota va ishqorlarni maydonchalarda saqlaganda ularga havo yogʻinlari va quyosh nurlari tushishining oldini olish uchun soyabon qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
182. Kislota va ishqorlarni podval xonalarda saqlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
183. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar qoʻyiladigan pollar kislotaga chidamli materialdan ishlanib, toʻkilgan kislotani maxsus idishga yoʻnaltiradigan tarnovlar tomon qiyaligi boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
184. Kimyoviy moddalar omborlari toʻkilgan ishqor yoki kislotani neytrallash uchun yetarli darajada vositalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
185. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlar dastali mustahkam toʻqilgan savatlarga yoki maxsus yashiklarga joylanishi lozim, ularsiz mazkur suyuqliklarni tashish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
186. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shisha idishlarni qoʻlda ikki kishi uzogʻi bilan 25 m masofaga tekis yuza boʻylab tashishga yoʻl qoʻyiladi, bunda suyuqlik sachrashiga qarshi zarur ehtiyot choralari koʻrilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
187. Kislota va ishqorlar toʻldirilgan shishalarni faqat ichiga asbest toʻshalgan maxsus (taxtadan yoki metalldan yasalgan) yashiklarda tashishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
188. Kislota va ishqorlar bilan ishlaydigan barcha xodimlar saqlagich koʻzoynaklar (gardishi teridan yoki rezinadan ishlangan) va rezina qoʻlqoplardan, ayrim paytlarda esa rezinali (yoki rezina qoplangan) fartuk va rezina etiklardan foydalanishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
189. Kislota va ishqorlar bilan saqlagich koʻzoynaklarsiz ishlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
190. Kislota va ishqorlarni shisha idishlardan kichik idishlarga sifon yoxud qoʻl nasoslari vositasida quyish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
191. Oltingugurt kislotasini tayyorlash uchun uni suvga tizillagan oqim bilan quyib, tinmay aralashtirib turish kerak. Oltingugurt kislotasiga suv quyish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
192. Qattiq holatdagi oʻyuvchi natriyli barabanlar (bochkalar) maxsus keskichlar yordamida, yoʻriq olgan tajribali ishchilar tomonidan ochilishi kerak. Shu maqsadda temir iskana va bolgʻa ishlatish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
193. Boʻshagan baraban kristalli qattiq natriyning qoldiqlaridan, soxta tubli alohida bakka ochilgan qopqoqli tomoni pastga qaratib joylashtirilib, eritish yoʻli bilan tozalanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
194. Barabanni bakka joylash va uni soxta tubga oʻrnatish koʻtarma mexanizmlar (telfer, tal va shu kabi) yordamida bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
195. Boʻshagan barabanlarni bakdan, ularni faqat suv bilan yuvgandan keyin chiqarishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
196. Ishqor eritishda tinmay aralashtirilayotgan suvga moddaning kichik boʻlaklarini sekin-asta qoʻshib borish zarur, bunda ishqor boʻlaklarini faqat qisqich bilan ushlash darkor. Oʻyuvchi ishqorlarning katta boʻlaklarini maxsus ajratilgan joyda, ustini zich mato (belting) boʻlagi bilan yopib, mayda boʻlaklarga maydalash zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
197. Toʻkilgan kislota va ishqorlar ustiga darhol qum toʻkilishi, neytrallanishi va shundan soʻnggina yigʻishtirilishi lozim. Shisha parchalarini choʻtka va xokandoz yordamida yigʻib olish zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
198. Ishlatilgan kislota va ishqorlar maxsus idishlarga alohida toʻplanishi va neytrallanganidan soʻng oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga, loyli oʻraga yoki mahalliy sharoitdan kelib chiqib, shu maqsadga moʻljallangan boshqa joyga toʻkilishi kerak.
(198-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-son qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
199. Kislota va ishqorlardan boʻshagan idishlar zararsizlantirilib, puxta yuvilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Yongʻin va portlash xavfi bor suyuqliklar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200. Tez alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar (past haroratda qaynaydigan moddalarni istisno qilganda) laboratoriya xonalarida tiqini jips yopiladigan devori qalin bankalar (shisha idishlar) da saqlanishi lozim. Bankalar qopqogʻi jips yopiladigan, devori va tubiga asbest qoplangan maxsus metall yashiklarda saqlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
201. Yashik yetib borish uchun qulay, yoʻlaklar va qizitadigan asboblardan uzoqda polda joylashtirilishi kerak. Yashik qopqogʻining ichki tomonida mazkur xona uchun yonuvchi va tez alangalanuvchi suyuqliklarning nomlari va saqlashning umumiy meʼyorlari koʻrsatilgan aniq yozuv tushirilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
202. Tez alangalanuvchi suyuqliklar uchun shisha idishning sigʻimi 1 l dan oshmasligi, sigʻimi kattaroq boʻlganda esa germetik yopiladigan metall gʻilofga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
203. Laboratoriya xonalarida past kislotali moddalarni (dietil efiri, atseton va boshqalar) saqlash qatʼiyan man qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
204. Ishlar yakunlangandan soʻng ushbu moddalar saqlash uchun maxsus xona (ombor) ga chiqarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
205. Dietil (oltingugurt) efiri boshqa moddalardan ajratilib, sovuq va qorongʻi xonada saqlanishi lozim, chunki uni yorugʻda saqlaganda portlovchi modda — etil perekisi hosil boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
206. Tez alangalanuvchi va yonuvchi moddalarni ombordan laboratoriyaga yopiq, sinmaydigan idishda yoki gʻilofga solingan shisha idishda tashib keltirish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
207. Laboratoriyaning har bir ishchi xonasida bir paytda saqlanadigan yongʻindan xavfli suyuqliklarning umumiy miqdori bir sutkalik ehtiyojdan ortmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
208. Tez alangalanuvchi moddalar va yonuvchi suyuqliklar bilan barcha ishlar ventilyatsiya ishlab turgan tortuvchi shkaflarda va gaz yondirgichlar va elektr asboblari qatʼiyan oʻchirilgan holatda oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
209. Yonuvchan moddalar bilan ishlashni laboratoriyaning tajribasiz xodimiga topshirish qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
210. Past qaynovchi yonuvchi moddalarni (atseton, benzol, efirlar, texnik etil spirti va hokazo) haydash va qizdirish qiyin eruvchi shishadan qilingan aylana tubli kolbalar, mazkur moddaning qaynash haroratiga bogʻliq (suv, moy) tegishli issiqlik tashuvchilar bilan toʻldirilgan idishlarda amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
211. Ichida past qaynovchi mahsulotli va yonuvchan idishlarni ochiq olovda, shuningdek barcha elektr qizdiruv jihozlarida qizdirish qatʼiyan taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
212. Yuqoriroq qizish haroratiga ega boʻlgan suyuqliklar yopiq turdagi elektr kolba qizdirgichlarda qizdirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
213. Tez yonuvchan moddalarni qizdirish uchun qoʻllaniladigan barcha apparatura toʻla tuzatilgan boʻlishi, kontaktlardan uchqun chiqishining oldini olish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
214. Benzol, nitrobenzol, xloroform, dietil efiri, spirt, organik kislotalar efirlari, oltingugurt uglerodi va shu kabi kuchli hidlanuvchi zaharli moddalarning laboratoriya havosiga hatto ozroq bugʻlanishi bilan bogʻliq barcha ishlar faqatgina havo tortuvchi javonda amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
215. Portlashning oldini olish uchun dietil efirini quriguncha bugʻlantirish taqiqlanadi. Bugʻlantirish paytida bir muncha qismi kolbada qolishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
216. 0,5 l dan koʻp miqdordagi tez yonuvchan moddalarni qizdirishda asbob ostiga avariya holatida suyuqlikning toʻkilishini oldini olish maqsadida yetarlicha hajmli kyuvet (vannacha) qoʻyilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
217. Yoqilgʻi suyuqliklari bilan ishlaganda ishlatilgan idishlar ishlar tugagandan soʻng darhol yuvib tashlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
218. Ishlatib boʻlingan yoqilgʻi suyuqliklarini kun yakunida laboratoriyadan generatsiya yoki bu suyuqliklarni yoʻqotish uchun olib ketilishi lozim boʻlgan maxsus germetik berkitiluvchi idishga yigʻish lozim. Yoqilgʻi suyuqliklarini oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga toʻkish taqiqlanadi.
(218-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 5-fevraldagi 38-son qarori (roʻyxat raqami 3777, 19.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
219. Yongʻin va portlashda xavfli suyuqliklar tasodifan toʻkilganda gaz gorelkalari, qizdirish asboblari darhol oʻchirilishi, tashqaridagi umumiy elektr oʻchiruvchi bilan xona uzib qoʻyilishi, toʻkilgan moddalar koʻp miqdorda boʻlganda qoʻshni xonalardagi barcha qizdirish asboblari ham oʻchirilishi, toʻkilgan joyga qum sepilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
220. Yoqilgʻi moddalarining alanga olgan holatida (yongʻin paydo boʻlganda) maxsus yoʻriqnomaga muvofiq yongʻinni oʻchirish choralari koʻrilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV bob. Ishlab chiqarish asbob-uskunalariga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Uskunalarga qoʻyiladigan asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
221. Texnik etil spirti ishlab chiqaradigan tashkilotlar ishlab chiqarish uskunalari GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq har bir alohida turi, ularni tayyorlash va foydalanishda tasdiqlangan texnikaviy shartlari talablariga javob berishi, xom ashyo, yarim tayyor mahsulot va tayyor mahsulotga tegadigan texnologik uskunalar esa, gigiyena sertifikati va muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
222. Asbob-uskuna va uning uzellari tuzilishi, quvuroʻtkazgichlar va armatura SHNQ 3.05.05-22 “Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalari, shuningdek mazkur Qoidalar, GOST 12.1.003-04 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranish. Umumiy xavfsizlik talablari”da bayon etilgan qurilish meʼyorlari va qoidalariga javob berishi, shuningdek xizmat koʻrsatishda, taʼmirlashda va sanitariya ishlovini berishda xavfsizlik va qulaylikni taʼminlashi lozim.
(222-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2015-4, 24.07.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
223. Asbob-uskunalar tuzilishi uning tarkibiga kiruvchi bugʻ oʻtkazgichlar, elektr oʻtkazgichlarning tasodifan shikastlanish ehtimolini istisno qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
224. Asbob-uskunalar konstruksiyasi elementlari ishlovchilarni jarohatlashi mumkin boʻlgan uchli qismlar va notekis yuzalarga ega boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
225. Barcha harakatlanuvchi uzellar, yuritmalar, asbob-uskunalarning uzatma mexanizmlari, ularning qismlari (shkivlar, qayishlar, zanjirlar, aylanuvchi vallar) uskuna korpusining ichida joylashishi kerak. Konstruksiya ichiga joylashning imkoni boʻlmaganda, yaxlit yoki toʻrli toʻsiqlar nazarda tutilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
226. Muhofaza toʻsigʻining tuzilishi qoʻshimcha shovqin, vibratsiya, xavfli vaziyatlarni keltirib chiqarmasligi, uskunalarga xizmat koʻrsatishni qiyinlashtirmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
227. 2 m gacha balandlikda joylashgan asbob-uskunalarning barcha aylanadigan va harakatlanadigan, tegib ketish ehtimoli bor qismlari, harakat tezligidan qatʼi nazar, yaxlit yoki toʻrli toʻsiqlar bilan yopilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
228. Toʻsiqlar yengil, mustahkam, harakatchan birikmali (oshiq-moshiq, sharnir va shu kabilar), elektr yuritmasi blokirovkali boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
229. Tishli va zanjirli uzatmalar taxtalangan tunukadan toʻsiqqa ega boʻlishi kerak. Harakatchan qismlarining toʻsiqlari nosoz yoki yechilgan mashina va mexanizmlarda ishlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
230. Faqat uskuna toʻliq toʻxtatilgandan soʻnggina asbob-uskunani taʼmirlash yoki tozalash uchun toʻsiqni yechishga yoki uning harakatchan eshigini ochishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
231. Vertikal texnologik sigʻimlar kamida ikkita lyukka ega boʻlishi, ulardan biri yon devorining quyi qismida, ikkinchisi esa qarama-qarshi yon tomonning yuqori tubida joylashishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
232. Dumaloq shakldagi quyi lyukning diametri kamida 450 mm, ellips shaklidagining oʻlchami esa, oʻqlar boʻyicha kamida 300 x 450 mm boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
233. Qabul qiluvchi bunker va taʼminlovchi shnekning tuzilmasi uzumni bunkerdan toʻliq chiqarib tashlanishini taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
234. Mexanizatsiyalashgan oqim liniyalari tarkibida yoki alohida ishlaydigan avtomat, press va mashinalarning barcha harakatchan qismlari avtomatik moylovchi asboblar yoki asbob-uskunalarni ishga tushirguncha toʻldiriladigan yetarlicha sigʻimga ega sigʻimli yogʻdonlar bilan taʼminlanishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
235. Mashina, apparatlar, truboprovodlarning barcha issiqlik chiqaradigan yuzalari ishonchli tarzda termoizolyatsiya qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
236. Portlashdan xavfli binolar (texnik etil spirti omborlari, apparat boʻlimi) ishqalanish yoki zarba natijasida uchqun chiqishi imkoniyatiga qarshi quyidagi choralar bilan taʼminlanishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oʻrnatilayotgan uskunaning panjaralari va uzatma kamarlari orasidagi masofa 100 mm dan kam boʻlmasligi va uzatma kamarlari ishqalanish paytida paydo boʻladigan statik elektrni oladigan uskunalar bilan jihozlanishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tishli uzatmalar turli metallardan tayyorlangan boʻlishi yoki moyli muhitda turishi kerak, lyuklardagi boltlar, koʻchiriladigan nasoslar shlanglarining birlashtiradigan muftalari, qoʻl jihozlari va asboblar zarba paytida uchqun paydo boʻlishiga yoʻl bermaydigan bronza, jez va boshqa materiallardan tayyorlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
237. Qiya transportyorlar, konveyerlar va yuklarni siljitishning boshqa vositalari uzatmalari lenta, zanjir yoki boshqa tortuvchi organning oʻz-oʻzicha teskari harakatga yoʻl qoʻymaydigan uskuna (xrap, tormoz va hokazo) bilan taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
238. 0,8 m masofadan yuqorida joylashgan transportyorlar tashilayotgan narsaning oxirgi oʻlchamlarining eng kamida yarmigacha keladigan balandlikdagi bortlar bilan taʼminlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
239. Elektr uzatmalarning ishga tushirish uskunalari zanjirda kuchlanish tiklangandan soʻng, elektr uzatmasining oʻz-oʻzicha ishlab ketishiga yoʻl qoʻymaydigan nolli blokirovka bilan taʼminlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
240. Avtomatik oqimli liniyalar sozlash va avtomatik tartiblarda ishlash uchun markaziy boshqaruv pultlariga ega boʻlishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
241. Oqimli avtomatik liniya tarkibiga kiruvchi har bir mashina bevosita mashinaning oʻzida joylashgan boshqaruvning individual vositalari bilan jihozlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
242. Bu liniyaning avtomatik boshqaruv liniyasi liniyaning sozlash tartibidan avtomatik tartibga oʻz-oʻzicha almashuviga yoki sozlash paytida uni markaziy pultdan ishga tushirishi imkoniyatiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
243. Avtomatik yoki sozlash tartiblari avtomatik liniyalarda turgan mashinalar, avtomatlar va agregatlar texnologik ketma-ketlikda ishlashini taʼminlaydigan blokirovkaga va liniyani sozlash va avtomatik tartibda ishga tushgani haqida ogohlantiradigan, shuningdek mashinalarning detallari sinib qolganligi va texnologik jarayonning buzilganligidan xabar beradigan signal uskunalariga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
244. Masofadan yoki avtomatik ishga tushiriladigan mashinalar atrofida “Ehtiyot boʻling, avtomatik yoqiladi” plakatlari osilgan boʻlishi lozim. Toʻla avtomatlashgan zavodda bunday plakatlar talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
245. Uskunani ishga tushirish va toʻxtatish jihozlarida xizmat koʻrsatayotgan xodimlar ular bilan ish joyidan foydalanishlari qulay boʻlgan tarzda joylashishi lozim. Mexanizatsiyalashgan oqim liniyalar, alohida apparatlar, mashinalar va mexanizmlarning ish joyidan 1,5 m dan ortiq masofada joylashganda, ish joyining bevosita oʻzida oʻchiradigan uskuna koʻzda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
246. 10 m dan uzun transportyorlar va konveyerlar ularga xizmat koʻrsatishning istalgan joyidan elektr uzatmani toʻxtatish uchun uskunalar bilan, shuningdek ikki tomonlama signalizatsiya bilan jihozlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
247. Tashkilotda namunaviy yoʻriqnomalarga muvofiq xavfsizlik texnikasi boʻyicha ishlab chiqarish yoʻriqnomalari ishlab chiqilishi lozim, ular ishlovchilarga imzo chektirib tarqatilishi hamda ish joylarida osib qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Uskunalarni joylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
248. Ishlab chiqarish uskunalarining joylashtirilishi xavfsizlikni, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash qulayligini taʼminlashi, texnologik jarayon ketma-ketligi talablariga va texnologik loyihalashning tasdiqlangan meʼyorlariga javob berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
249. Sex yoʻlaklari boʻsh, xom ashyo va tayyor mahsulot bilan band boʻlmasligi, sex ichki transporti harakatlanish hududidan holi joyda boʻlib, ishlab chiqarish jarayoni ustidan kuzatishning qulayligini taʼminlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
250. Yoʻlak oraliqlari uchun minimal masofalar poydevor, izolyatsiya, toʻsiq va shu kabi qoʻshimcha qurilmalarni hisobga olgan holda, uskunalarning eng turtib chiqqan qismlari oraligʻida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
251. Ishlab chiqarish uskunalari, quvur oʻtkazgichlarni koʻrikdan oʻtkazish va tekshirish tashkilotning texnikaviy rahbari tasdiqlagan jadvalga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
252. Uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish ishlab chiqarish tashkilotlarining foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi (texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnomasi)ga muvofiq bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
253. Montaj yoki taʼmirlash ishlari barcha operatsiyalarni amalga oshirish ketma-ketligi, uskunalarning yechiladigan qismlarining joylashtirilishi nazarda tutilgan ishlarni bajarish rejasiga muvofiq bajarilishi lozim. Ishlar tashkilot boʻyicha buyruq bilan tayinlangan muhandis-texnik xodimlar tarkibidan masʼul shaxs rahbarligida amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
254. Uskunalarni joylashtirishda quyidagi masofalar nazarda tutilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
odamlar doimiy oʻtadigan yoʻlakda — kamida 1,5 m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
devor va uskuna oraligʻidagi yoʻlakda — kamida 0,8 m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uskunalarning turtib chiqqan qismlari oʻrtasida — kamida 0,8 m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sigʻimlar oraligʻida (quvuroʻtkazgich armatura boʻlmaganda) — kamida 0,3 m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr lavhalardan uskunalarning turtib chiqqan qismlarigacha — kamida 1,25 m.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
255. Sigʻimlar oraligʻidagi yoʻlakning kengligi yoʻlakdan koʻchiriladigan uskunalar kengligining 1 m ga orttirilganidan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V bob. Taʼmirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
256. Portlashdan va yongʻindan xavfli xonalarni taʼmirlash, demontaj va montaj ishlarini oʻtkazishga tayyorlash uchun quyidagi ishlarni bajarish kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
texnologik jarayonni toʻxtatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apparatlar, yigʻuvchi moslamalar va boshqa sigʻimlarni portlashdan xavfli suyuqliklardan tozalash, yaxshilab yuvish va suv bilan toʻldirib qoldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xonani shamollatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlar oʻtkaziladigan xonada, shuningdek qoʻshni xonalarda havo tahlilini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
havoda etil spirtining bugʻlari miqdori 1000 mg/m³ dan oshmasligini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
257. Yirik oʻlchamli va ogʻir uskunalarni montaj qilish, taʼmirlash, tozalash, ularni alohida ehtiyotkorlik talab etiladigan joylarda koʻtarish va siljitish faqat mexanizatsiya vositalari qoʻllangan holda, mexanik yoki ishlarni olib boruvchining bevosita nazorati ostida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
258. Uskunalarni montaj qilishda ushbu uskunalardan foydalanishda, ishlab chiqarishda shovqinni cheklash yuzasidan amaldagi normalar bilan belgilangan qiymatlardan yuqori boʻlgan shovqinlar va tebranishlar yuzaga kelishining oldini oluvchi choralar koʻrilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
259. Montaj qilinuvchi uskunalarni koʻtarish joyida oʻtish yoʻllari yopiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
260. Portlashdan xavfli xonalarda montaj, demontaj va taʼmirlash ishlarini oʻtkazish faqat davlat yongʻin nazorati mavjudligida hamda sex boshligʻining yozma koʻrsatmasiga asosan ruxsat etiladi, ushbu koʻrsatma u yongʻin xavfsizligi boshligʻi bilan kelishilgan, tashkilotning bosh muhandisi tasdiqlagan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
261. Uskunalarni montaj va taʼmirlashdan keyin qabul qilish va sinash belgilangan tartibda oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
262. Uskunalarni ishda sinash va tekshirishdan avval quyidagilar zarur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sinashda ishtirok etuvchi shaxslarni ishlar oʻtkazilishining tartibi va xavfsizlik choralari bilan tanishtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy boltlarning mustahkamlanishi, uskunalar elektr qismining izolyatsiyasi hamda yerga tutashuvining holatini, atrofini oʻrovchi moslamalar, ishga tushirish, tormoz va bloklash moslamalarining, muhofaza va nazorat-oʻlchov asboblarining mavjudligi va sozligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu ishlarni bajarish uchun tayinlanmagan shaxslarni sinalayotgan uskuna oldiga yoki sinov joyiga qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish joyining yoritilganligini, yongʻinga qarshi choralarga rioya qilinishi va xavfsizlik texnikasi yoʻl-yoʻriqlarining mavjudligini tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uskuna ichida yoki tagida odamlarning, chet buyumlarning yoʻqligini tekshirish va undan keyin lyuklarni yopish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quvurlar texnologik sigʻimlarining (jumladan shisha sigʻimlari) mustahkamligi va germetikligini faqat gidravlik usulda tekshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
263. Mashinalar, elektr ulangan mexanizmlar, transport moslamalari va hokazolarni ishlash paytida tozalash, moylash va taʼmirlash qatʼiy man etilib, ular toʻliq toʻxtatilganidan keyingina ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
264. Mashinalar, elektr ulangan mexanizmlar, transport moslamalari va hokazolarni koʻrib chiqish, tozalash va taʼmirlashda koʻrilayotgan yoki taʼmirlanayotgan mashina (mexanizm) elektr dvigateliga bexosdan kuchlanish berilishining oldini olish choralari koʻrilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
265. Ishga tushirish moslamalarida (magnit oʻchirgich tugmalari, rubilniklar va hokazolar) “Yoqilmasin — odamlar ishlayapti!” degan yozuvlar osilishi lozim, bunda elektr ulanishi zanjiridan saqlagichlarning eruvchan qismlari olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
266. Texnik etil spirti ishlab chiqarish tashkilotlarida uskunalar va texnik qurilmalarni taʼmirlashda bajariladigan alangali ishlar, elektr-gaz payvandlash, uchqunli metallarga ishlov berish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilar elektr qurilmalaridan texnik foydalanishning amaldagi qoidalari, isteʼmolchilar elektr qurilmalaridan foydalanishdagi xavfsizlik texnikasining qoidalari va sanoat tashkilotlari uchun yongʻin xavfsizligining umumiy qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumalmashuv havo kelish-tortishli shamollatish bilan jihozlangan xonalarda amalga oshirilishi, bunda keluvchi havo payvand qilinmagan joylarga berilishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sigʻimlar, sisternalar, baklar, sigʻimlarda ishlaganda alangali ishlar yuritish joylarida mahalliy havo tortish shamollatish bilan jihozlanish va ishlovchining bevosita nafas olish joyiga havo yetkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Apparatlar va sigʻimlar ichidagi ishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
267. Apparatlar va texnologik sigʻimlar ichida turli xil ishlarni amalga oshirish muhandis-texnik xodimlardan boʻlgan, ishlarni oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxsga berilgan sex boshligʻining yozma ruxsati bilan oʻtkaziladi. Ishlar faqat naryad-ruxsatnoma mavjud boʻlganda, kunduzgi vaqtda oʻtkazilishi kerak, tungi ishlarga faqat avariya hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
268. Apparatlar va sigʻimlar ichidagi ishlarga 18 yoshdan kichik boʻlmagan, jismoniy sogʻlom, tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslar qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
269. Sigʻimlar ichidagi ishlar ikki va undan ortiq kishidan iborat boʻlgan brigada tomonidan oʻtkazilishi kerak (bittasi ishlaydi, ikkinchisi uni kuzatadi). Kuzatuvchisiz (dublyorsiz) ishlashga ruxsat etilmaydi. Portlashdan xavfli muhit boʻlgan yoki gazdan xavfli sirasiga kiritilgan apparatlar va sigʻimlarda ishlashda kuzatuvchilar ikkita boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
270. Apparat yoki sigʻim ichida ishlashdan avval sex yoki smena boshligʻi quyidagilarni taʼminlashi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apparat yoki sigʻimni mahsulotdan yaxshilab tozalashi va keyin uni suv bilan obdon yuvishi, suyuqlikning qoldigʻi ishchini apparatda yoki sigʻimda boʻlmagan vaqtda ketkazilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apparat yoki sigʻimni suv, bugʻ, mahsulot va boshqa xil quvurlaridan joʻmraklar, tiqin joʻmraklarini yopish hamda quvurlarda zich tiqinlarni oʻrnatish yoʻli bilan ishonchli oʻchirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avvaldan shamollatish uchun, shuningdek butun ish davomida yuqori va quyi tuynuklarni ochish (zarur boʻlganda majburiy shamollatishni amalga oshirish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Taʼmirlash — odamlar ishlayapti” ogohlantirish yozuvini osib qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apparat yoki sigʻimning ichida havo muhitining tahlilini amalga oshirish, sinamalar yuqori zonada lyukdan kamida 1 m masofada va quyi zonada — tubidan koʻpi bilan 0,2 m masofada olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaruriy ashyolar va asboblarning mavjudligi va sozligi, portlashdan xavfli muhit hosil boʻlishi mumkin boʻlgan sigʻimlarda ishlash paytida ashyolar va asboblar zarba tufayli uchqun yuzaga kelishining oldini olishi lozim (asbobga mis qoplanishi lozim);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
portlashdan xavfli muhiti boʻlgan (spirt, konyak, texnik etil spirti qoʻshilgan vinolar va hokazolardan tozalangan) sigʻimlarda ishlash uchun portlashdan himoyalangan turdagi chirogʻi boʻlgan 12 V kuchlanishli koʻchma elektr chiroqlari (akkumulyatorli chiroqlar) yoxud boshqa joylarda ishlash uchun suv oʻtmaydigan turdagi chiroqlar mavjud boʻlishi kerak. Ochiq alangadan foydalanish qatʼiy taqiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoya muhofaza vositalarining mavjudligi va sozligi, sinov raqami va sanasi koʻrsatilgan yorligʻi boʻlgan shlangli yoki kislorodli toʻliq ajratuvchi protivogaz, qutqarish arqoni boʻlgan muhofaza belbogʻi. Muhofaza belbogʻi va arqonning pasporti boʻlishi va u har 6 oyda 5 daqiqa davomida statik yuk bilan (300 kg) sinovdan oʻtishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sigʻim yoki apparat ichida ishlashga ishlashning xavfsiz usullariga maxsus oʻrgatilgan ishchilarning qoʻyilishi, shuningdek ular bilan qoʻshimcha xavfsizlik texnikasi koʻrsatmalari oʻtkazilib, boʻlgʻusi ishning turi hamda uning xavfsizligini taʼminlaydigan chora-tadbirlar tahlil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
271. Ishchini sigʻim yoki apparatga tushirishdan avval uning poyabzalini maxsus toza poyabzalga almashtirish lozim. Sex yoki smena boshligʻi shaxsan ishchida mazkur Qoidalarning avvalgi bandida koʻrsatilgan asboblar, himoya va muhofaza moslamalarining mavjudligini va sozligini tekshirishi lozim va shundan keyingina unga apparatga tushishga ruxsat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
272. Ishchilarning yuqori va quyi tuynuklarga ega boʻlgan apparatlar va sigʻimlarga kirishi quyi tuynuk orqali, quyi tuynuklari boʻlmagan sigʻimlarga (amforalar va hokazo) tushish esa, yuqori tuynugi orqali tuynukka ilish uchun ilmoqlari boʻlgan narvon orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
273. Sigʻimlar ichidagi ishlarni bajarish uchun pastidan rezina uchliklari boʻlgan koʻchma (tirab qoʻyiladigan) narvonlardan foydalanish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
274. Apparat yoki sigʻimning ichida shlangli protivogazda toʻxtovsiz ishlash koʻpi bilan 15 daqiqaga ruxsat etiladi, undan keyin ishchiga ochiq havoga chiqqan holda 15 daqiqaga tanaffus berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
275. Shlangning boʻsh uchi (havo olish uchi) toza havo kelishini taʼminlaydigan joyda mustahkamlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
276. Olib chiquvchi shlangning uzunligi 20 m dan ortiq boʻlganda unga purkagich yordamida havo kiritilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
277. Apparat yoki sigʻim ichida ishlar tugaganidan keyin sex (smena) boshligʻi quyidagilarni bajarishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apparat yoki sigʻim ichida odamlar, shuningdek ashyolar va asboblarning yoʻqligini shaxsan tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
apparatlar yoki sigʻimlar ulangan quvur-simlardan yopqichlarning olinishi hamda tuynuklarning bekitilishi uchun yozma ruxsat berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Sigʻimlarga himoya qoplamlarini qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
278. Texnologik sigʻimlarni qoplamlar qoplashga tayyorlash ishlaridan avval mazkur qoidalarda koʻrsatilgan chora-tadbirlarning bajarilishi taʼminlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
279. Himoya qoplamlarini tayyorlash xonalarida, himoya qoplamlarini qoplash ishlari oʻtkaziladigan xona va sigʻimda qoplamlar tarkibiga kiruvchi erituvchilar, texnik etil spirti va boshqa uchuvchan moddalar bugʻlari uchun umumalmashinuv havo tortish ventilyatsiyaning ishlashi, himoya qoplamlarini tayyorlash joylaridagi mahalliy havo tortish ventilyatsiyasi ishlatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
280. Ishlarni bajarish joylarida oʻt oʻchirishning birlamchi vositalari: koʻpikli oʻt oʻchirgichlar, qumli yashiklar, namat yoki asbest koʻrpalar va hokazolar boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
281. Himoya qoplamlarini qoplash ishlari oʻtkaziladigan xonada odatiy turdagi umumiy yoritish chiroqlari va ularning oʻchirgichlari ishlar oʻtkazish paytida tokdan oʻchirilishi kerak. Sigʻimlarning ichi portlashdan xavfsiz turdagi kuchlanishi 12 V dan oshmagan chiroqlar bilan yoki akkumulyatorli chiroqlar bilan yoritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
282. Koʻchma chiroqni ulash sigʻimdan tashqarida amalga oshirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
283. Ichi koʻrsatilgan yorliqlari boʻlmagan idishlardagi boʻyoqlar va erituvchilar (bankalar, bidonlar, bochkalar va hokazo) boʻlmasligi lozim. Ushbu boʻyoqlarni ishlar oʻtkaziladigan xonada saqlash taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
284. Ishlarni oʻtkazish joyining atrofi oʻralib, oʻrash vositalarida ogohlantirish yozuvlari osilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
285. Sigʻim sirtini kuyiklardan, zang, ifloslar va hokazolardan tozalash uchun quruq qum quyish usulini qoʻllash mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI bob. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganligi uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
286. Mazkur Qoidalarni buzgan mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(286-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
287. Xodimlar mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomada koʻrsatilgan xavfsizlik qoidalari talablarini buzgan taqdirda qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(287-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
288. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 21-avgust
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 21-avgust
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 21-avgust
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 21-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 21-avgust
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi G. IBRAGIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 21-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 451-modda; 2014-y., 3-son, 42-modda; 2017-y., 28-son, 674-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 10.02.2022-y., 10/22/2015-3/0115-son; 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son; 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)