Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

×
 ×
16 YoShGAChA BO‘LGAN BOLALARNI NOGIRON DEB TOPISh HAQIDA TIBBIY XULOSA BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA

ILOVA
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida tibbiy xulosa berish tartibi to‘g‘risidagi NIZOM

I. Umumiy qoidalar

II. Bolalarni nogiron deb topish tartibi

III. Tibbiy xulosani rasmiylashtirish tartibi

IV. Tibbiy xulosani bekor qilish tartibi va asoslari

V. Yakuniy qoidalar

1-ILOVA
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarga nafaqa olish huquqini beruvchi tibbiy ko‘rsatmalar RO‘YXATI

I. 1 yil muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomlari va ularning klinik ko‘rinishlari

II. 2 yil muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomlari va ularning klinik ko‘rinishlari

A. Asab tizimi faoliyatining buzilishi

B. Ichki a’zolar va tizimlarning buzilishi

V. Ortopedik va xirurgik kasalliklar

G. Ko‘z kasalliklari

III. 16 yoshgacha bo‘lgan muddatga nogironlik belgilanadigan kasalliklarning nomi va ularning patologik holatlari

A. Asab tizimining kasalliklari va ruhiy buzilishlar

B. Ko‘z va uning qo‘shimcha apparati kasalliklari va jarohatlari

V. Ichki a’zolar kasalliklari

G. O‘sma kasalliklar

D. Xirurgik kasalliklar va anatomik nuqsonlar hamda deformatsiyalar

E. Endokrin tizimi kasalliklari

J. Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari

Z. Immun mexanizmini jalb etuvchi ayrim buzilishlar

I. Quloq, tomoq va burun kasalliklari

3-ILOVA
Nogiron bolalarga protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari berish uchun asos bo‘luvchi tibbiy ko‘rsatmalar RO‘YXATI

I. Nogiron bolalarning protez-ortopediya mahsulotlariga muhtojligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rsatmalar

II. Nogiron bolalarni reabilitatsiya texnik vositalariga muhtojligini aniqlash uchun tibbiy ko‘rsatmalar

4-ILOVA
16 yoshgacha nogironlikni qayd qilish DAFTARI

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 277-modda) muvofiq 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqida (bundan keyingi o‘rinlarda bolalar deb yuritiladi) tibbiy xulosani berish tartibini belgilaydi.
6. Bolalarni tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazish jarayonida shifokorlar (pediatr, terapevt, psixiatr, ftiziatr va boshqalar) tomonidan ularda ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan “16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarga nafaqa olish huquqini beruvchi tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati”da (bundan keyingi o‘rinlarda Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati deb yuritiladi) ko‘rsatilgan kasalliklar va nogironlik belgilarini aniqlagan hollarda, bolalarning tibbiy hujjatlari (kasallik tarixidan ko‘chirma, zaruriyat bo‘lgan hollarda rentgen, UTT, EEG, kompyuter tomografiyasi, laboratoriya-bioximik sinamalari va o‘tkazilgan boshqa tekshiruvlar) asosida ularning qonuniy vakillari — ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning doimiy yashash joyidagi TMK tomonidan tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi.
12. Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatining II-bo‘limida ko‘rsatilgan patologik holatlar, ya’ni bolalar organizmi funksiyalarining kuchli darajada buzilgan, ularning o‘zgalar yordamiga muhtojligi sezilgan va o‘z-o‘ziga xizmat qilishi chegaralangan, lekin bolalarda tuzalish ehtimoli bo‘lgan holatlarda tibbiy xulosa 2 yil muddatga beriladi. Bunda, bolalarning fiziologik, anatomik, tana a’zosi va a’zolar tizimlarining kompensator holatlari, ularning tez o‘suvchanligi va tiklanishi hisobga olinadi.
13. Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatining III-bo‘limida ko‘rsatilgan holatlar, ya’ni o‘z-o‘ziga xizmat qilishning to‘liq yo‘qolishiga olib keluvchi organizm faoliyatining keskin, turg‘un va orqaga qaytmas buzilishi natijasida bolalarning yashash faoliyatining kuchli darajada chegaralanishiga va ijtimoiy hayotga moslasha olmaslikka olib boradigan a’zo va uning tizimlarining patologik holatlarida tibbiy xulosa bolalarning 16 yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga beriladi. Bunda, bolalarning ahvolini dinamik kuzatish, ularni reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash va hayotga moslashuvchanligini belgilash maqsadida tibbiy xulosa dastlab 2 yil muddatga beriladi. Mazkur muddat tugagach TMK tomonidan tibbiy xulosa bolalarning 16 yoshga to‘lgungacha bo‘lgan muddatga beriladi.
17. Tibbiy xulosa TMK tomonidan ushbu Nizomning 2-ilovasida belgilangan shaklda rasmiylashtiriladi va hududiy TMK raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda mazkur davolash-profilaktika muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi.
18. Tibbiy xulosa 1 yoki 2 yillik muddatga berilgan holatlarda tibbiy xulosada 17-bandda ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, shuningdek bolaning navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi ham ko‘rsatiladi.
19. Ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq tibbiy xulosada bolalarga berilishi lozim bo‘lgan mazkur bolalar uchun protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalari ko‘rsatiladi.
20. TMK tomonidan ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq 16 yoshgacha nogironlikni qayd qilish daftari yuritiladi.
29. Tibbiy xulosani bekor qilish ushbu Nizomning 5-ilovasiga muvofiq TMK xulosasi asosida amalga oshiriladi.

Kasalliklarning nomlari va patologik holatlari

Klinik ko‘rinishlar va funksional holatlarning tavsifi

1. Bosh va orqa miya jarohatlari hamda tug‘ruq jarohatlari oqibati, bosh va orqa miya qon aylanishining og‘ir buzilishlari, periventrikulyar leykomalatsiya, markaziy nerv sistemasining virusli infeksiyalari, tug‘ma nuqsonlar oqibati, aqliy-nutqiy rivojlanishdan orqada qolishi, gidrotsefaliyani dekompensatsiya davri.Harakat, ruhiy va nutq buzilishlarining aniq klinik ko‘rinishlarida harakatning (chuqur parez, plegiya, paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiplegiya, gemiparez, tetraparez, tetraplegiya, afaziya, dizartriya, porsial va generallashgan epileptik xuruji, xotirani) buzilishi.
Spastik tetraparez, gemiparez, kontraktura, aqliy rivojlanishning orqada qolishi, tutqanoq xurujlari, g‘ilaylik, yutinishni buzilishi, nutqni kuchli buzilishi.
Subdural, subaraxnoidal, parenximatoz, qorinchalar ichiga va boshqa qon quyilishlar, yelka pleksiti va boshqa pleksitlar, miyelit. Qo‘l va oyoqlarda parez, falajlik, mushak gipotrofiyasi, tutqanoq xuruji, aqliy va nutqiy rivojlanishda orqada qolish, g‘ilaylik, disfagiya, dizartriya, chanoq a’zolari funksiyasining buzilishi.
Tez-tez (oyda 4 va undan ko‘proq) tutqanoq xuruji, giperkinez, gemiparezlar, parezlar, aqliy hamda harakat rivojlanishining orqada qolishi.
Kuchli miya qutisi gipertenziyasi, tez-tez (2-3 xuruj bir hafta davomida) takrorlanuvchi talvasa xurujlari, ko‘z tubidagi asoratlar, parezlar, plegiyalar, aqliy, nutqiy va harakat rivojlanishida orqada qolishlar.
2. Xirurgik amaliyotidan keyingi holatlar: ichki a’zolarida, suyak-mushak tizimida, miya qutisida, quloq-tomoq-burun a’zolarida va suyak-mushak tizimini tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari va deformatsiyalari) bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda uzoq nazoratni va korreksiyani talab qiladigan holatlari.Operatsiyadan keyingi davrda uzoq qayta tiklash va reabilitatsion muolajalarni talab qiladig�n holatlar, deformatsiyani gips bog‘lami yordamida bosqichma-bosqich davolash holati.
3. Siydik tanosil sistemasi kasalliklari.Buyrak funksiyasi buzilishining yaqqol klinik ko‘rinishlari, buyrak to‘qimasida patologik jarayonning yuqori faollik darajasi (jarayon 6 oydan uzoq davom etsa). Har yili 2 oydan ko‘proq qaytalanadigan patologik holatlar (buyrak yetishmovchiligining II-III darajasi, bitta buyrak yo‘qligida ikkinchi buyrakning piyelonefrit bilan kasallanishi).
4. Trombotsitopenik Purpura va boshqa gemorragik holatlar.Koagulopatiya va trombotsitopatiya, trombotsitopenik purpura og‘ir asorat bilan 2 oy va ortiq har yili bitta yoki undan ortiq xurujlar bilan kechishi. Trombotsitlarning soni 50000 dan kam bo‘lishi, trombotsitlar funksiyasini keskin pasayishi hamda gemorragik toshmalar va qon ketish (burun, og‘iz bo‘shlig‘i, bachadon, oshqozon-ichak va boshqalar) holatlari.
5. Oshqozon yara kasalligi. 12 barmoqli ichak yarasi. Asoratli kechishi. Kasallik xurujining bir yilda ikki va undan ortiq qaytalanishi, qon ketishi.
6. Bachadondan disfunksional qon ketish.Kasallikning asoratli kechishi. Anemiya (NV 60 g/l dan past bo‘lishi), surunkali kechishi (6 oydan ortiq).
7. Biriktiruvchi to‘qimaning sistem shikastlanishi (sistem qizil yuguruk, dermatopolimiozit), yoshlar revmatoid artriti va tugunchali periarteritning og‘ir turlari.Har yili 3 oydan ko‘proq qaytalanadigan patologik holatlarning yuqori faollik darajasi, funksional yetishmovchilik yoki buzilishining II-III darajasi.
8. Yurak va qon aylanish sistemasi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari: ochiq arterial yo‘li, bo‘lmachalararo tug‘ma nuqsoni, qorinchalararo tug‘ma nuqsoni) operatsiyadan keyingi holati. O‘pka gipertenziyasi va gipoksemiya bilan asoratlangan holatlarda bo‘lishi.
9. Uzoq vaqt davom etadigan kasalliklarda, 3 oydan ko‘proq kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar qo‘llanilganda vujudga keladigan holatlar.Terapevtik yondoshishni talab qiladigan modda almashuvi, immun tizimi, qon tomirlar devorining buzilishi, periferik qonda patologik o‘zgarishl�ri (umumiy oqsilni pasayishi, gemoglobinni 60 gr/ldan kamayishi, anizotsitoz).
10. Gepatit V, S va Delta-Agentli turlari.Periferik qonda giperfermentemiya (2-3 faollik darajasida — AST, ALT 1 mmol/l, TIMOL miqdorining 7 mmol/l, va bilirubinning 20,5 mmol/l dan yuqori bo‘lishi), gepatosplenomegaliya natijasida dispeptik va astenik buzilishlar.
11. Irsiy modda almashinuvi kasalliklari (fenilketonuriya, galaktozemiya, tseliakiya va boshqalar).Tashxis qo‘yilgan vaqtidan boshlab maxsus parxezni zarurlik davridan to maxsus parxezni tugatilish davriga qadar.
12. Xavfli o‘smalar.Xirurgik va boshqa davolash usullari hamda ximioterapiya va nur bilan davolashdan so‘ng hamda “II-III bosqichda”gi holatlar.
13. Tug‘ma gidrotsefaliya.Belgilari: kuchli miya qutisi gipertenziyasi, tez-tez takrorlanuvchi talvasa xurujlari, ko‘z tubidagi asoratlar, parezlar, plegiyalar, aqliy, nutqiy, motor rivojlanishida orqada qolishlar.
14. Ko‘krak qafasi a’zolari sili: Ko‘krak ichi limfa tugunlar sili, birlamchi sil kompleksi, o‘pka sili, sil plevriti.Yuqori darajali intoksikatsiya. O‘pka, yurak faoliyati yetishmovchiligining II darajasi.
1. Hiqildoq va traxeyaning tug‘ma va orttirilgan kasalliklari.Traxeostomiyasiz mustaqil nafas olmaslik.
2. Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari va immun mexanizmni jalb etuvchi ayrim buzilishlar.Yilida 1-marta anemik krizlar, periferik qonda gemoglobin miqdorining 60 g/ldan pasayishi, eritrotsit, leykotsit, trombotsitlar sonining kamayishi (eritrotsitlar — 2,5 mln.dan, leykotsitlar — 3 mingdan, trombotsitlar — 100 mingdan pasayishi), anizotsitoz, poykilotsitoz, mikrotsitoz.
3. Astma. O‘rta va og‘ir kechishi (yilda 4 va undan ortiq qaytalanishi, gormonlarga moyilligi). Nafas yetishmovchiligining II-III darajasi.
4. Oshqozon, 12 barmoqli ichak yara kasalligi. Ichakning boshqa kasalliklari. Seliakiya. Jigar (jigar fibrozi va tsirrozi, surunkali virusli gepatit), o‘t pufagi, o‘t yo‘llari va oshqozon osti bezi kasalliklari va tug‘ma rivojlanish nuqsonlari.Ovqat hazm qilish va jigar funksiyasining yaqqol buzilishi darajasida (giperfermentemiya, ikkilamchi jigar belgilari).
Ovqat hazm qilish jarayonining yaqqol buzilishi: surunkali diareya, oqsilsiz shishlar, steatoreya, glyukozatolerantlik sinamasida yassi qand egriligi, teridagi xloridlar sinamasida S1-60mmol/ldan yuqori bo‘lishi. Maxsus parxezning zarurligi, jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi.
5. Qon aylanish sistemasi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari, ma’lum bir yoshgacha operatsiya qilib bo‘lmaydigan holatlar, yurak va yirik qon tomirlarida o‘tkazilgan xirurgik amaliyotidan keyingi holatlar).Turg‘un yurak va qon aylanishi yetishmovchiligining II-III darajasi, yaqqol surunkali gipoksemiya, sinkopal holat, yurak ritmining buzilishi, jumladan kardiostimulyator implantatsiyasidan so‘ngi holati.
6. Teri va teri osti kletchatkasi, shilliq parda kasalliklari: Teri va shilliq pardaning tarqoq shikastlanishi (yaralangan, eritrodermiya va boshqalar).
tug‘ma bullez epidermoliz;Qo‘l va oyoqlarning yoziluvchi sohalarida, barmoqlarining ustki yuzalarida pufaklar, eroziyalar, ularni o‘rnida chandiqli atrofiya hosil bo‘lishi. Mutilatsiya va kontrakturalar bilan kechishi. Toshmalar doimo arzimagan shikastlar (mikrotravma) natijasida qaytalanib turishi.
po‘rsildoq (puzirchatka);Badanda, og‘iz shilliq qavatlarida qobig‘i bo‘sh pufaklar, yuzalari namlanib turadigan og‘riqli eroziyalarni hosil bo‘lishi, kasallikni surunkali kechishi, sezilmas sabab natijasida qaytalanishi.
tug‘ma ixtioz;Tug‘ilgandan boshlab bolaning teri qalinlashib, tangachalar hosil bo‘lishi (baliq tangachasi) hamda teri elastikligi kamayib, yorilish bilan kechishi.
sklerodermiya, qizil yuguruk (krasnaya volchanka);Teri va shilliq pardaning tarqoq shikastlanishi (eritrodermiya, atrofiya va uning natijasida badanda assimetrik o‘zgarishlar). ko‘pincha yuzni yonoq sohasida burun terisida kapalak shaklidagi qizarish so‘ng qalinlashuv va atrofiya paydo bo‘lishi, sistemali klinik shaklida ichki a’zolarda o‘zgarishlar va kasallik belgilari doimo kuchayib borishi bilan kechishi.
entropatik akrodermatit;Tabiiy teshiklar atrofidagi terining shikastlanishi (eritrodermiya, shilinishi, tangacha va qatqaloqlar bilan qoplanishi) va ich ketishi bilan kechishi.
tug‘ma porfiriya;Quyosh nuri tushgan sohalarda teri qizarishi, pufakchalar, eroziya yaralar va pigmentatsiyalar hosil bo‘lishi hamda tirnoq va sochlarni atrofiyasi bilan kechishi. Siydik va qonda porfirinlar miqdori ko‘payishi.
Dyuringni uchiqsimon dermatiti.Teri va shilliq pardaning tarqoq shikastlanishi (yaralangan, eritrodermiya, qichishi).
7. Tug‘ma va irsiy kasalliklar va sindromlar, shu qatorda mitoxondrial kasalliklar hamda modda almashuvi buzilishlari kasalliklari.
Miopatiyalar, nevral amiotrofiyalar, irsiy neyrodegenerativ kasalliklar — leykodistrofiya, gepatolentikulyar degeneratsiya va boshqalar.
Irsiy raxitsimon kasalliklar, mukopolisaxaridozlar, tugallanmagan osteogenez, Marfan sindromi, Elers-Danlo sindromi va boshqalar.
Xromosoma buzilishlari: Daun sindromi, Klaynfelter sindromi, Shershevskiy-Terner sindromi, Patau sindromi, Edvards sindromi va boshqalar.
Doimiy yaqqol ko‘rinishidagi o‘rtacha harakat buzilishlari: paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiparez, gemiplegiya, tetraparez, tetraplegiya, giperkinezlar, boshqaruvning buzilishi, nutq, ko‘rish, chanoq a’zolarining, orqa miya faoliyatining buzilishlari.
Hayotiy faoliyatining hamda tayanch-harakat tizimining kuchli buzilishi. Giperkinezlar, boshqaruvning hamda nutqning buzilishi.
Tez-tez (4 xuruj bir oy davomida) qaytalanuvchi davolanishga rezistent tutqanoqlar.
6 oy va undan ko‘proq davom etadigan og‘ir ruhiy holatlar.
Yaqqol aqliy zaiflik (aqliy zaiflikning chuqur va og‘ir darajasiga mos keladigan holatlar). Doimiy yaqqol ko‘rinishidagi o‘rtacha harakat (generallashgan gipo- va gipertoniyalar) buzilishlari: paraparez, paraplegiya, triparez, triplegiya, gemiparez, gemiplegiya, tetraparez, tetraplegiya, giperkinezlar, boshqaruvning buzilishi, nutq, ko‘rish, chanoq a’zolarining, orqa miya faoliyatining buzilishlari.
Genetik tekshiruv har bir kasallikka xos tekshirish natijalari asos bo‘lib xizmat qiladi.
1. Suyak-mushak sistemasi va biriktiruvchi to‘qima kasalliklari, (etiologiyaga bog‘liq bo‘lmagan poliartritlar, kollagenozlar, osteomiyelitlarning og‘ir shakllari va ularning asoratlari, mutilatsiya, tug‘ma anatomik nuqsonlar, kontraktura, sindaktiliya, polidaktiliya, artropatiya. Suyak-bo‘g‘im tizimida og‘ir operatsiyalardan so‘nggi holatlar. Kuyishdan keyingi kelloid chandiqli kontrakturalar.a) Suyak to‘qimasining yaqqol destruksiyasi (osteoporoz, tog‘ay bilan uzviyligi), mushaklardagi patologik o‘zgarishlar, mushak va suyaklarning nuqsoniga olib keladigan, ya’ni qaytalanuvchi patologik sinishlar, bo‘g‘imlar faoliyatining II-III darajali funksional yetishmovchiligi.
b) Umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasining III-IV darajali deformatsiyasi natijasida tayanch-harakat apparatining va nafas olish faoliyatining II-III darajali funksional yetishmovchiligi. Bir yoki bir nechta bo‘g‘imlarning kontrakturalari va ankilozlari, katta naysimon suyaklarning yolg‘on bo‘g‘imlari.
v) bir oyoq-qo‘l yoki uning segmentida tug‘ma nuqsonlar bo‘lishi natijasida oyoq-qo‘llar funksiyasining III-IV darajali buzilishlari.
g) bir yoki ikkala oyoq va qo‘llardagi deformatsiyaga olib kelgan holatlar.
2. Lab va tanglay yorig‘i (quyon lab va bo‘ri tanglay), til, og‘iz va halqumning boshqa tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari).Qattiq va yumshoq tanglayning tug‘ma defekti, manqalanish, ovqatning nafas yo‘llariga o‘tishi va nutq defekti bilan kechishi.
3. Qizilo‘ngach, ovqat hazm qilish va siydik-tanosil sistemasi kasalliklari (buyrakning bujmayishi, uretropiyeloplastika, tsistoplastika operatsiyalari va qayta plastik operatsiyalaridan keyingi holat), jarohatlanishi va nuqsonlari, oshqozon va yo‘g‘on ichakning total rezeksiyasi yoki ingichka ichakning 2/3 qismini kesilishi — kalta ichak sindromi, ichakning oqmalari (iliostoma, kolostoma) qorin oraliq proktoplastikasi, yarali chandiqli torayishlar tufayli me’daga gastrostoma qo‘yish, sun’iy qizilo‘ngach plastikasi.Ovqat hazm qilish funksiyasining turg‘un buzilishi, siydik va axlat tutaolmaslik, ichak, siydik va siydik-tanosil oqmalari, xirurgik aralashuvga yoki vaqtiga qarab xirurgik davolash mumkin bo‘lmagan ichak, siydik va siydik-tanosil oqmalari.

16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga beriladigan

TIBBIY XULOSA

____-son

20___ y. “__” __________

___________ tuman (shahar)

1. Bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi_______________________________
_______________________________________________________________________.
2. Tug‘ilgan yili (oyi, sanasi) ____________________________________________
3. Bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning F.I.Sh.
_______________________________________________________________________ _______________________________________________________________________.
4. Ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning doimiy yashash joyi _______________________________________________________________________
_______________________________________________________________________
_______________________________________________________________________
5. Tashxis (kasallikning nomi, patologik holati): ____________________________
Asosiy ________________________________________________________________
_______________________________________________________________________
_______________________________________________________________________
Asorati _______________________________________________________________
Qo‘shimcha tashxis ________________________________________________________
6. Xulosa: kasallik (patologik holat) _______________________________________ ___________ taalluqli bo‘lim _____________ bandga __________ band bo‘limiga ________________________ tegishliligi
7. Xulosaning haqiqiyligi ________________________gacha
8. Navbatdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tish sanasi _______________ gacha
9. Bolaning protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalarga muhtojligi:
Ha (nomi) ______________________________________________________________
Yo‘q.

TMK raisi

___________________________________

(F.I.Sh., imzosi)

TMK a’zolari___________________________________

(F.I.Sh., imzosi)

M.O‘.

20__ y. “__” ______________

16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaga beriladigan

TIBBIY XULOSA-KOREShOGI

____-son


20___ y. “__” __________


___________ tuman (shahar)


1. Bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi_______________________________
_______________________________________________________________________.
2.Tug‘ilgan yili (oyi, sanasi) _____________________________________________
3. Bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rini bosuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi (keraklisini chizing) _________________________________
_______________________________________________________________________.
4. Ota-onasining yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning doimiy yashash joyi
_______________________________________________________________________
_______________________________________________________________________.
5. Kasallik (patologik holat) _____________________________________________
___________________ taalluqli bo‘lim ________________ bandga_______________
band bo‘limiga _______________________ tegishliligi _______________________
_______________________________________________________________________
Tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxati
20___ y. “___” ________ gacha haqiqiy
Bolaning protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya texnik vositalarga muhtojligi:
Ha (nomi) ______________________________________________________________
Yo‘q.

Qayta ko‘rikdan o‘tish sanasi 20___ y. “___” ______________

TMK raisi

___________________________________

(F.I.Sh., imzosi)

TMK a’zolari___________________________________

(F.I.Sh., imzosi)

20 ___ y. “___” __________ tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limiga yuborildi
Manzili: _______________________________________________________________
Aloqa bo‘limining kvitansiyasi № _________________ dan

16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni nogiron deb topish haqidagi tibbiy xulosani bekor qilinganligi to‘g‘risida

TMK XULOSASI ___-son

20___ y. “__” __________

___________ tuman (shahar)


Ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi _________________________________________________________
_______________________________________________________________________.
Nogiron bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi _________________________
_______________________________________________________________________.
Tug‘ilgan yili (oyi, sanasi) _______________________________________________
Yashash manzili __________________________________________________________
_______________________________________________________________________.
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolani nogironlik hisobidan chiqarish sabablari:
1. Sog‘ayganligi sababli ....................................................................................................
2. 16 yoshga to‘lganligi sababli ...........................................................................................
3. Vafot etganligi sababli ...............................................................................................
4. Ko‘chib ketganligi sababli .............................................................................................

TMK raisi _____________________________________________________________

(F.I.Sh., imzosi)

TMK a’zolari __________________________________________________________

(F.I.Sh., imzosi)

M.O‘.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi