O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRIShDA IMPORT BOJXONA BOJI VA QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘IDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK JIHOZLAR, BUTLOVChI BUYuM VA EHTIYOT QISMLAR RO‘YXATIGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 30-avgustda 1802-2-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3, 01-02/8-44-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2436, 20.03.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-son Farmonining 5-bandiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 2-maydagi 52, 46, EG-01/19-2784 va 01-02/8-38-son qarori (ro‘yxat raqami 1802, 2008-yil 3-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 19-son, 163-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Ro‘yxatiga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-avgust,
80-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-avgust,
84-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-avgust,
EG-v-01/10-5247-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-avgust,
01-02/20-21-son
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2009-yil 15-avgustdagi 80, 84, EG-v-01/10-5247, 01-02/20-21-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Ro‘yxatiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
1. “TIF TN kodi (2007-yil versiyada)” grafasida:
18-qatorda “8421” sonlari “8421 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
39-qatorda “8443 (8443 31 — 8443 99 dan tashqari)” so‘zlari “8443*** (8443 31 —8443 99 dan tashqari)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
40-qatorda “8444 00” sonlari “8444 00 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
41-qatorda “8445” sonlari “8445 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
42-qatorda “8446” sonlari “8446 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
43-qatorda “8447” sonlari “8447 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
44-qatorda “8448” sonlari “8448 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
45-qatorda “8449 00 000 0” sonlari “8449 00 000 0 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
46-qatorda “8451” sonlari “8451 ***” sonlari bilan almashtirilsin;
47-qatorda “8452 21 000 0, 8452 29 000 0” sonlari “8452 21 000 0 ***, 8452 29 000 0 ***” sonlari bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 841 i 842-qatorlar bilan to‘ldirilsin:
| “ | | |
|
841 |
9011 10 900 0, 9011 80 000 0 |
Mikroskop, trixonoskop |
|
842 |
9012 10 900 0 |
Mikroskop raqamli universal IMS, BMU |
| | |
”. |
3. Quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“*** Import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgan yili 3 yildan ortiq bo‘lgan to‘qimachilik sohasi korxonalarini tashkil etish, modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihalari uchun korxonalar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga korxona ustav fondiga ulush sifatida keltiriladigan texnologik uskunalarga qo‘llaniladi.
Imtiyozlarni qo‘llash uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
“O‘zbekyengilsanoat” DAK va “O‘zengsanloyiha” MChJning keltirilayotgan uskunaning zamonaviy texnologiyalar talablariga va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlashi to‘g‘risidagi ekspert xulosasi;
import qilinayotgan uskunalar o‘rnatiladigan korxonaning, ushbu uskunalarni korxona ustav fondiga ulush sifatida kiritilishini ko‘rsatadigan ta’sis hujjatlari.
Ko‘rsatib o‘tilgan xulosalar (hujjatlar) uskunalarni erkin muomalaga chiqarish rejimida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida BYuD bilan birga taqdim etilishi zarur”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 36-son, 396-modda)