16.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1982
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrug‘i
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SUG‘URTALOVCHI VA QAYTA SUG‘URTALOVCHINING INVESTITSIYA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 16-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1982]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 158-modda) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 3-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68-son

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009-yil 3-iyuldagi 68-son buyrug‘iga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsion faoliyati to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 15-son, 158-modda) muvofiq sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatiga oid talablarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom davlat ijtimoiy sug‘urta tashkilotlariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom maqsadlarida qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diversifikatsiya — mablag‘lar yoki ulardan olinadigan daromadlarning ehtimol tutilgan yo‘qotishlar tavakkalchiligini pasaytirish maqsadida sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) mablag‘larining turli qo‘yilma obyektlari o‘rtasida taqsimlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 10-sentabrdagi 39-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1982-1, 25.09.2020-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 10/20/1982-1/1321-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiyalar — foyda olish maqsadida iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga joylashtiriladigan sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) har qanday shakldagi qo‘lga kiritilgan yoki nazorat qilinadigan aktivlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya faoliyati — sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
likvidlik — sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun mablag‘larining nominal qiymatini saqlab qolgan holda ularni pul mablag‘lariga tezlik bilan konversiyalash imkoniyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mas’ul shaxs — investitsiya faoliyatini tashkil etish bo‘yicha majburiyat yuklatilgan sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) xodimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalilik — sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiyalaridan daromad olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qaytarilish — sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) mablag‘larini joylashtirishning aniq sharoitlarida investitsion tavakkalchilikni eng past darajaga keltirish orqali imkon qadar yuqori xavfsizligini ta’minlash. Ushbu holatda investitsion tavakkalchilik deganda investitsiyalardan olingan haqiqiy foyda mo‘ljallangan foydadan past bo‘lishi ehtimoli tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Investitsiya faoliyati obyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiya faoliyatining obyektlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank sertifikatlari (depozit sertifikatlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit tashkilotlariga qo‘yilgan omonatlar (depozitlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘char va ko‘chmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa moddiy boyliklar) hamda ularga doir huquqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslarning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqarish va muomalaga kiritishga ruxsat berilgan, yoki tegishli vakolatli organ tomonidan berilgan qimmatli qog‘ozlar bozorida savdoni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga (ruxsatnomaga) ega bo‘lgan xorijiy emitentlar tomonidan chiqarilgan hamda qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalaga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari ustav kapitalida ulushli ishtirok etish, shuningdek ipoteka qimmatli qog‘ozlarini sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
lizing tashkilotlariga qarzlar (moliyaviy yordam);
(3-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 10-sentabrdagi 39-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1982-1, 25.09.2020-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 10/20/1982-1/1321-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga muvofiq chiqarilgan korporativ obligatsiyalar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 13-dekabrdagi 76-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1982-2, 22.12.2021-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 10/21/1982-2/1180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiyalarni qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan investitsiya faoliyatining boshqa obyektlariga ham amalga oshirishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Barpo etilishi va foydalanilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablarga javob bermaydigan, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan obyektlarga investitsiya kiritish taqiqlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Investitsiya faoliyatiga oid asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) o‘z aktivlarini qaytarilish, likvidlik, diversifikatsiya va foydalilik prinsiplari asosida joylashtirishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiya faoliyatini amalga oshirishda quyidagi asosiy shartlarga rioya etishga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiyalar va ular bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni malakali boshqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotlarning shaffofligi va konfidensialligini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Investitsiyalar va ular bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni malakali boshqarish sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatiladigan investitsiya siyosatini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarurat bo‘lganda, investitsiya faoliyatini tashkil etishga investitsiya maslahatchilari, investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa professional ishtirokchilarini jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiyalash obyektlarini tahlil qilish va olingan daromadlilikni davriy baholash va h. k.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Axborotlarning shaffofligi va konfidensialligi quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotni qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq oshkor etish;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilgan investitsiyalar to‘g‘risida ta’sischilar oldida har yil hisobot berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) xodimlari va boshqaruv organlari a’zolari tomonidan xizmat va maxfiy axborotdan sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya siyosatiga muvofiq foydalanish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiya faoliyatini amalga oshirishda quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22-apreldagi 41-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 1806, 2008-yil 12-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 178-modda) bilan belgilangan sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) aktivlarini joylashtirishga oid talablarga va O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 107-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risidagi nizom” (ro‘yxat raqami 1882, 2008-yil 15-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 529-modda) bilan belgilangan sug‘urta zaxiralarini joylashtirish tartibiga oid talablarga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) moliyaviy, texnik va axborot resurslari mavjudligini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mablag‘larni investitsiya qilish maqsadga muvofiqligi haqida mas’ul shaxsning yozma xulosalarini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) mas’ul shaxsning ushbu Nizom bilan belgilangan malakaviy talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan va sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) to‘lov qobiliyatiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini tashkil etishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) joriy moliyaviy yilning 20-dekabriga qadar keyingi moliyaviy yil uchun sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) Kuzatuv kengashi yoki boshqa vakolatli organi tomonidan tasdiqlanadigan investitsiya siyosatini har yil ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Investitsiya siyosati quyidagi asosiy elementlarni nazarda tutishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning tahlili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarining investitsiya faoliyati obyektlari bo‘yicha uzoq muddatli taqsimlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarining investitsiya faoliyati obyektlari, geografik hududlar va iqtisodiyot sohalari bo‘yicha taqsimlanish limitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya faoliyatining ma’lum bir obyektlariga investitsiya qilishning cheklovlari va taqiqlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mas’ul shaxslarning qarorlarni qabul qilishdagi vakolat chegaralari va sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) aktivlarini investitsiya qilishdagi cheklovlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mas’ul shaxslarga qo‘shimcha malakaviy talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mas’ul shaxs tomonidan ekspertiza o‘tkazish va xulosa tayyorlash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya faoliyati bilan bog‘liq yomon sharoitlar oqibatlarini yumshatishga oid favqulodda holatdagi tadbirlar rejasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mablag‘larni investitsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar mas’ul shaxs zarur hujjatlarni (biznes-reja, hisobotlar va h. k.) yig‘adi va mablag‘larni investitsiya qilish maqsadga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazadi. Mas’ul shaxs ekspertiza natijasi bo‘yicha zarur hujjatlarni olgan kundan boshlab bir haftalik muddat ichida o‘zining yozma xulosasini tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mas’ul shaxs o‘z xulosasining to‘g‘riligi, obyektivligi va asosliligi uchun shaxsan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Investitsiya qaytarilishi muddatini kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasi faqatgina yetarli asos bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiya obyektlari va turlari bo‘yicha taqsimlanishi, investitsiyalarni joylashtirish va tugatish sanalari, foiz stavkalari, olingan dividendlar (foizlar), bitimlar bo‘yicha foydalar aks ettirilgan investitsiyalar bo‘yicha ichki hisobot yuritishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) quyidagilarni o‘z ichiga olgan qarorlar qabul qilish va investitsiya faoliyatidagi cheklovlar bo‘yicha majburiyatlarning turli bo‘linmalari o‘rtasida taqsimlanishini ta’minlash uchun tegishli nazoratni amalga oshirishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mas’ul shaxs buxgalteriya operatsiyalarini o‘tkazmasligi, pul mablag‘larini qabul qilmasligi, buxgalteriya provodkalari solishtirmasini tasdiqlamasligi va amalga oshirmasligi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) investitsiya faoliyatini tashkil etish hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda birlamchi hujjatlar va buxgalteriya yozuvlari bilan solishtirilgan bo‘lishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) har yili o‘z investitsiya faoliyatining qonunchilik shartlari va talablari va tasdiqlangan investitsiya siyosatiga rioya etilishi yuzasidan ichki nazoratni amalga oshirib borishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ichki nazoratni olib borish natijalari bo‘yicha Kuzatuv kengashi yoki sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) boshqa vakolatli organiga taqdim etiluvchi hisobot tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Mas’ul shaxsga qo‘yiladigan malaka talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Mas’ul shaxs quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida olingan oliy (iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya, matematika, axborot texnologiyalari sohalarida) ma’lumotga yoki xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalarida olingan hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olingan oliy (iqtisodiyot, moliya, buxgalteriya, matematika, axborot texnologiyalari sohalarida) ma’lumotga ega bo‘lishi;
(21-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 13-dekabrdagi 76-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1982-2, 22.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 10/21/1982-2/1180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuridik shaxsning moliyaviy va iqtisodiy faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan 1 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lishi (yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi).
(21-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 13-dekabrdagi 76-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1982-2, 22.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 10/21/1982-2/1180-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, mas’ul shaxs quyidagilardan biriga ega bo‘lgan taqdirda, unga ish stajiga ega bo‘lish bo‘yicha talab qo‘yilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sertifikatlangan ichki auditor (CIA)” yoki “Sertifikatlangan moliyaviy tahlilchi (CFA)” xalqaro sertifikatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sertifikatlangan xalqaro professional buxgalter (CIPA)”, “Sertifikatlangan diplomli buxgalter (ACCA)”, “Xalqaro moliyaviy hisobot bo‘yicha diplom (DipIFR)” yoki “Sertifikatlangan jamoatchi buxgalter (CPA)” xalqaro buxgalterlik sertifikatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sertifikatlangan risk menejeri (CRM)” yoki “Moliyaviy risk menejeri (FRM)” tavakkalchilikni boshqarishga oid xalqaro sertifikatlari.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 13-dekabrdagi 76-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1982-2, 22.12.2021-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 10/21/1982-2/1180-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Mas’ul shaxs etib, ushbu shaxs tomonidan amalga oshirilgan harakatlar yuridik shaxsni bankrotlikka yoki uni majburiy tugatish to‘g‘risida sud tomonidan qaror chiqarilishiga olib kelganligi bo‘yicha ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda, bankrot deb topilgan yoki sud tomonidan uni majburiy tugatish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan paytgacha bir yil mobaynida yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalteri yoki xodimi bo‘lgan shaxs tayinlanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) qarori yoki qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa tartibda amalga oshirilishi mumkin.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni saqlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 29-son, 340-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 10/20/1982-1/1321-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 22.12.2021-y., 10/21/1982-2/1180-son)