Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2018 02.07.2009 yildagi 184-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.05.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-apreldagi 127-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 2-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
184-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-iyuldagi 184-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda “markazlar” deb ataladi) tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomning amal qilishi yakka tartibda uy-joy qurishni amalga oshiradigan quruvchilar, shuningdek uy-joyni rekonstruksiya qiladigan uy-joy mulkdorlariga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Markaz belgilangan tartibda pulli xizmatlar koʻrsatadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quruvchi yoki uy-joy mulkdori tegishli ravishda yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni rekonstruksiya qilishni amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni markazga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda rasmiylashtirish, shuningdek loyihalarni kelishish huquqiga ega.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Zarur hollarda, ushbu Nizom doirasidagi amaliy harakatlar quruvchi yoki uy-joy mulkdori nomidan ularning vakillari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy — inson yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar joylar, jumladan yakka tartibdagi uylar, koʻp qavatli uylardagi kvartiralar, shuningdek yakka tartibdagi uylarga tegishli boʻlgan yordamchi-xoʻjalik qurilmalari va dam olish yoki shaxsiy xoʻjaligini yuritish uchun moʻljallangan hovlidagi imoratlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rekonstruksiya — arxitekturaviy rejalashtirilgan yechimlarni oʻzgartirish, ustqurmalar qurish, qisman buzgan holda, ishdan chiqqan va maʼnaviy eskirgan konstruksiyalar va muhandislik jihozlarini, shu jumladan tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqlardan tashqari) almashtirgan holda yonma-yon imoratlar qurish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Uy-joy qurishda ruxsatnomalar olish va vakolatli organlarda loyihalarni kelishish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Uy-joy qurishga ruxsatnomalar olish uchun quruvchi yoxud uning vakili hokimning yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisidagi qarorining qabul qilingan raqami va sanasini koʻrsatib va tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan uy-joy qurishga loyihani ilova qilgan holda markazga ariza beradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ariza maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkaziladi va quruvchi yoxud uning vakiliga ariza olingan sana koʻrsatilgan koʻchirma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quruvchi yoki uning vakilidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va kelishuvlar taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Uy-joy qurishga loyiha quyidagilardan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
er usti va yer osti muhandislik kommunikatsiyalari aks ettirilgan yer uchastkasi tarhi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
poydevorlar, yertoʻlalar, qavatlar, ularning kesimlari va binoning old tomoni tarhlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy smeta hisob-kitobi (kredit olishga ehtiyoj boʻlgan taqdirda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bitta yer uchastkasida bir nechta turar joy qurishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Markaz arizani olgandan keyin bir kun muddatda:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga — uy-joy qurishga loyihani kelishish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga — yer uchastkasiga egalik huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli buyurtmanomalar beradi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) uch kun muddatda uy-joy qurishga loyihani kelishadi, undan keyin hujjatlarni markazga yuboradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga ikki kun muddatda tegishli guvohnomani rasmiylashtirgan holda yer uchastkasiga egalik huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, undan keyin hujjatlarni markazga yuboradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Markaz bir kun muddatda quruvchiga yoxud uning vakiliga kelishilgan loyiha va boshqa hujjatlarni beradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kelishilgan yakka tartibdagi yoki namunaviy loyiha uy-joy qurish boʻyicha qurilish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Uy-joyni rekonstruksiya qilishda ruxsatnomalar olish va vakolatli organlarda loyihalarni kelishish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Uy-joyni rekonstruksiya qilishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun uy-joy mulkdori yoxud uning vakili markazga moʻljallanayotgan ishlarni bayon qilgan holda rekonstruksiya qilishga ariza beradi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joyga mulk huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli litsenziyasi boʻlgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan turar joyni rekonstruksiya qilishga loyihaning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan texnik xulosa;
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Ariza maxsus jurnalda roʻyxatdan oʻtkaziladi va mulkdorga yoxud uning vakiliga ariza olingan sana koʻrsatilgan koʻchirma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdor yoki uning vakilidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va kelishuvlar taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Markaz ariza olingandan keyin bir kun muddatda tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi)ga rekonstruksiya qilish boʻyicha hujjatlarni kelishish uchun tegishli buyurtmanoma beradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) buyurtmanoma olingandan keyin uch kun muddatda belgilangan tartibda rekonstruksiya qilish boʻyicha hujjatlarni kelishadi, keyin ularni markazga yuboradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Markaz bir kun muddatda rekonstruksiya qilish boʻyicha kelishilgan hujjatlarni mulkdorga yoxud uning vakiliga beradi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Rekonstruksiya qilish boʻyicha hujjatlar kelishuvi rad etilgan taqdirda ariza beruvchiga uning arizasini qondirish uchun toʻsqinlik qilgan sabablar va holatlar, shuningdek uning markazga qayta murojaat qilishi mumkin boʻlgan shartlar yozma shaklda tushuntiriladi. Rad etish ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Kelishilgan rekonstruksiya loyihasi uy-joyni rekonstruksiya qilish boʻyicha qurilish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Qurilishi (rekonstruksiya qilish) tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Uy qurish va uy-joyni rekonstruksiya qilish tugallangandan keyin quruvchi yoki uy-joy mulkdori yoxud ularning vakillari uy-joyni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan markazga murojaat qiladilar. Markazning buyurtmanomasiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali oʻn kun muddatda uy-joyni texnik xatlovdan oʻtkazadi. Uy-joyni xatlovdan oʻtkazish xizmatlari qiymati belgilangan tartibda belgilanadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Texnik xatlovdan oʻtkazish ishlari bajarilgandan keyin tuman (shahar) hokimligi huzurida tashkil etilgan doimiy faoliyat koʻrsatadigan qabul komissiyasi uch kun muddatda joyning oʻziga chiqib uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi kelishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy quruvchining oʻz kuchi bilan qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) taqdirda bitta yashash xonasi, oshxona, hojatxona qurilishi tugallanganda, loyihaga muvofiq muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlanganda alohida turgan yordamchi-xoʻjalik qurilmalari va hovli imoratlarisiz hamda hududlarni obodonlashtirmasdan, uyning bir qismini qabul qilishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Markaz Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tegishli tuman (shahar)dagi filiali hamda tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (boʻlimi) bilan kelishgan holda uch kun muddatda tuman (shahar) hokimiga uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror loyihasini kiritadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tuman (shahar) hokimining qarori tegishli qaror loyihasi kiritilgandan keyin ikki kun muddatda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tuman (shahar) hokimining uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori asosida markaz Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga uy-joyga mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun murojaat qiladi. Uy-joyga mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, tegishli guvohnoma berilgan holda, ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tayyorlangan hujjatlar quruvchi yoki uy-joy mulkdoriga yoxud ularning vakillariga bir kun muddatda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun quruvchilar va uy-joy mulkdorlarining javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni rekonstruksiya qilishni amalga oshiradigan quruvchilar va uy-joy mulkdorlari (jismoniy va yuridik shaxslar) shaharsozlik normalari va qoidalari, uy-joy qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihasi, shuningdek ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 27-son, 316-modda; 2011-y., 31-son, 327-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda, 35-son, 931-modda, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)