Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.02.2012 14.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1939
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 14.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1939
Дата вступления в силу
24.04.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.02.2012
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

AVVAL XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALAR-YaGONA SOLIQ TOʻLOVI TOʻLOVChILARINI UMUMBELGILANGAN SOLIQLARNI TOʻLAShGA OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 14-aprelda 1939-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 27-yanvardagi 24-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2319, 27.01.2012-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ilova qilinayotgan Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,

2009-yil 10-mart,

30-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 10-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-7-son

Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 10-martdagi 30, 2009-7-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAQTINChALIK NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Vaqtinchalik nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avval xususiylashtirilgan korxonalar — davlat korxonalari negizida tuzilgan, xususiylashtirilgan kundan boshlab bir yildan ortiq muddat oʻtgan korxonalar, investorlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq investitsiya majburiyatlari bajarilayotgan korxonalardan tashqari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyektiv sabablar — taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bogʻliq boʻlmagan, ushbu taraflar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarila olmaydigan holatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiat hodisalari (zilzila, koʻchkilar, boʻron, qurgʻoqchilik va boshqalar), boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, davlat manfaatlarini koʻzlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni va realizatsiya qilishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qaror;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qaror;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sudning qaroriga asosan yuridik shaxsning faoliyatini tugatish, toʻxtatib turish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Vaqtinchalik nizom amalga oshirayotgan faoliyat turidan qatʼi nazar, yagona soliq toʻlovchisi boʻlgan barcha avval xususiylashtirilgan korxonalar uchun tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Avval xususiylashtirilgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi soʻnggi ikki chorakda obyektiv sabablarsiz, mol-mulk va yer soligʻining hisoblangan oʻn karra miqdoridan kam boʻlgan summani tashkil etgan avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovchilari, bundan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni amalga oshiruvchi korxonalar mustasno, soliq organining xabarnomasiga asosan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashni amalga oshiruvchi avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovchilari, agar ularning realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi soʻnggi toʻrt chorakda mol-mulk va yer soligʻining hisoblangan oʻn karra miqdoridan kam boʻlgan summani tashkil etsa, umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 24-dekabrdagi 110, 2010-55-sonli qarori (roʻyxat raqami 1939-1, 28.12.2010-y.) tahririda —OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 528-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovchilari boʻyicha davlat soliq inspeksiyalarining balanslarni va soliq hisobotini qabul qilish boʻlimi xodimlari taqdim etiladigan soliq toʻlovchilarning moliyaviy va soliq hisobotlari asosida realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmini mol-mulk va yer soligʻining normativ belgilangan miqdori bilan solishtiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish hajmi yagona soliq toʻlovi boʻyicha soliq hisoboti — Yagona soliq toʻlovi hisob-kitobi (02-varaq) (010-satr “Jami” ustuni) asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mol-mulk va yer soligʻi summasining normativ belgilangan miqdori hisob-kitob maʼlumotlaridan kelib chiqib quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N = (N1 + N2) x 10, bu yerda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N — mol-mulk va yer soligʻi summasining normativ belgilangan miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N1 — chorak hisobida mol-mulk soligʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N2 — chorak hisobida yer soligʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mol-mulk soligʻi oʻtgan soliq davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) asosida aniqlanadi va chorak hisobda hisoblab chiqariladi (4-ustun 012-satri + 4-ustun 022-satr) /4 x mol-mulk soligʻi stavkasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer soligʻi vakolatli organning yer uchastkalarini ajratib berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlari asosida aniqlanadi va chorak hisobida hisoblab chiqariladi (er uchastkasi maydoni x belgilangan stavkasi)/4);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulk va yer soligʻi summasining normativ belgilangan miqdori joriy soliq davri uchun shartli doimiy kattalik boʻlib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu Vaqtinchalik nizom tatbiq etiladigan har bir avval xususiylashtirilgan korxona boʻyicha davlat soliq inspeksiyalarining balanslarni va soliq hisobotini qabul qilish boʻlimi xodimlari hisoblab chiqarilgan mol-mulk va yer soligʻining normativ belgilangan miqdoridan kelib chiqqan holda ushbu Vaqtinchalik nizomning 1-ilovasiga muvofiq Maʼlumotnomani toʻldiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat soliq xizmati organlari maʼlumotnomadagi maʼlumotlar asosida, obyektiv sabablar boʻlmagan taqdirda, agar ikki ketma-ket keluvchi chorak davomida tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish hajmi mol-mulk va yer soligʻi summasining normativ belgilangan miqdoridan kam boʻlsa, avval xususiylashtirilgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat soliq xizmati organi avval xususiylashtirilgan korxonani uni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazilishi toʻgʻrisida ushbu Vaqtinchalik nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklda, choraklik va yillik hisobotni taqdim etish uchun belgilangan muddatidan keyin 5 kun ichida yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Avval xususiylashtirilgan korxona davlat soliq xizmati organining xabarnomasi olingan hisobot davri boshidan boshlab umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtadi. Bunda qoʻshilgan qiymat soligʻi tugaganidan soʻng korxona umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtishi lozim boʻlgan hisobot choragidan keyingi oyning 1-kunidan boshlab hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazilgan avval xususiylashtirilgan korxona yagona soliq toʻlovini toʻlashga faqatgina ketma-ket keluvchi toʻrt chorak davomida tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishning haqiqatdagi hajmi mol-mulk va yer soligʻi summasining normativ belgilangan miqdoridan yuqori boʻlgan taqdirda oʻtishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilishning hajmi mol-mulk va yer soligʻi summasining normativ belgilangan miqdoridan kam boʻlgan taqdirda avval xususiylashtirilgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish ustidan nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan ushbu Vaqtinchalik nizomda oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Davlat soliq qoʻmitasi har chorakda yagona soliq toʻlovi hisobotini topshirishdan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazilgan korxonalar soni toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ushbu Vaqtinchalik nizom 2012-yil 1-yanvargacha amal qiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 24-dekabrdagi 110, 2010-55-sonli qarori (roʻyxat raqami 1939-1, 28.12.2010-y.) tahririda —OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 528-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA

_____________ soliq davri uchun umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazishni belgilovchi koʻrsatkichlar boʻyicha

‎MAʼLUMOTNOMA

Koʻrsatkichlar I chorak‎ II chorak‎ III chorak‎ IV chorak‎
1. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish hajmi‎
2. Mol-mulk va yer soligʻining normativ belgilangan miqdori‎

‎________________________tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasining balanslarni va soliq hisobotini qabul qilish boʻlimining masʼul xodimi

‎________________________________________

‎‎______________

‎(F.I.Sh.)

(imzo)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avval xususiylashtirilgan korxonalar — yagona soliq toʻlovi toʻlovchilarini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Soliq toʻlovchini umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazish toʻgʻrisidagi

XABARNOMA

‎____________________________________________ davlat soliq inspeksiyasi

(tuman, shahar nomi)

‎Sizni
STIR
__‎_________________________________________________________________,

(soliq toʻlovchining toʻliq nomi)

‎manzil ____________________________________________________________,

‎(pochta indeksi, shahar (tuman, qishloq),

‎___________________________________________________________________,

‎koʻchaning nomi va uy (xonadon)ning raqami

‎shu haqda xabardor qiladiki, ________________________________ dan boshlab

(oʻtish sanasi)

umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtkazilasiz.‎
Oʻtish uchun asos ______________________________________________________
‎____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ ____________________________________________________________________

‎Davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi

‎‎‎____________

‎_____________________

‎(imzo)

‎(F.I.Sh.)

‎‎M.Oʻ.
‎Joʻnatish sanasi:

‎(kk/oo/yy)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 204-modda; 2010-y., 52-son, 528-modda)