07.04.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1937
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrug‘i
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SANOAT MULKI OBYEKTI PATENTINING AMAL QILISHINI TIKLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 7-aprelda 1937-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi O‘RQ–164-son Qonuniga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat patent idorasi direktori B.A. AMONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 11-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-son

Davlat patent idorasi direktorining 2009-yil 11-martdagi 33-son buyrug‘i bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-yil, 19-son, 143-modda) (bundan buyon matnda Qonun deb yuritiladi) muvofiq sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qonunning 281-moddasiga muvofiq patentni o‘z kuchida saqlab turganlik uchun patent boji belgilangan muddatda to‘lanmaganligi sababli amal qilishi tugatilgan sanoat mulki obyekti patentining (bundan buyon matnda Patent deb yuritiladi) amal qilishi patent egasining iltimosnomasiga ko‘ra tiklanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi) patentning amal qilishi tugatilgan sanadan e’tiboran uch yil muddat ichida, biroq patentning Qonunda nazarda tutilgan amal qilish muddati tugagunga qadar topshirilishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Patentning amal qilishini tiklash uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda patent boji to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Patentning amal qilishini tiklashga doir ishlarni yuritish mustaqil ravishda patent egasi yoki patent vakili tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Iltimosnomani berish va ko‘rib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Patentning amal qilishini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma mazkur Qoidalarga ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iltimosnoma patent egasi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Yuridik shaxs nomidan iltimosnoma lavozimi ko‘rsatilgan holda rahbar tomonidan imzolanadi. Imzo muhr bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Patent egasining patentning amal qilishini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomasiga patentning amal qilishini tiklash uchun belgilangan miqdorda patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunning 34-moddasiga muvofiq patent egasi tomonidan, shuningdek tegishli yilda patentni o‘z kuchida saqlab turish uchun patent boji to‘lanishi hamda bu haqda ham iltimosnomaga tegishli hujjat ilova qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Patentning amal qilishini tiklash va patentni o‘z kuchida saqlab turish uchun boj to‘langanlik holati bitta to‘lov hujjati bilan tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan miqdorda patent bojlari to‘langanligini tasdiqlovchi yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda, iltimosnomani ko‘rib chiqishga doir yuridik ahamiyatga ega harakatlar amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Zaruriyat bo‘lganida iltimosnomaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma, shuningdek vorislik huquqi yoki merosga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar Vazirlikka bevosita beriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Iltimosnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddat ichida barcha kerakli hujjatlarning mavjudligi va ularni ushbu Qoidalarning 1 — 8-bandlarida belgilangan talablarga mos kelishi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu Qoidalarning 5 — 7-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan kerakli hujjatlar mavjud bo‘lmagan va/yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan taqdirda, patent egasiga yoki uning vakiliga mavjud bo‘lmagan va/yoki tuzatilgan hujjatlarni so‘rovnoma jo‘natilgan sanadan boshlab uch oy ichida taqdim etish zarurligi to‘g‘risida so‘rovnoma yuboriladi. Bunda iltimosnomani ko‘rib chiqishning belgilangan muddatining o‘tishi yetishmayotgan yoki tuzatilgan hujjatlarning oxirgisi kelib tushgunga qadar to‘xtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelganida patentning amal qilishi tiklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Patentning amal qilishini tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli Davlat reyestriga kiritiladi va Vazirlikning rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi. Patent egasiga yoki uning vakiliga patentning amal qilishi tiklanganligi to‘g‘risida bildirishnoma yuboriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Taqdim etilgan hujjatlar mazkur Qoidalarning talablariga mos kelmaganida, shuningdek tuzatilgan yoki yetishmayotgan hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Vazirlik patent egasiga yoki uning vakiliga iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi to‘g‘risida rad etish asoslari ko‘rsatilgan bildirishnoma yuboradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoat mulki obyekti patentining amal qilishini tiklash qoidalariga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (pochta aloqasi), Tel.: ________ E-mail:__________

‎ ‎_____________________________ ‎

(F.I.O., yoki yuridik shaxsning nomi)‎

Manzil ______________________
‎Telefon______________________ ‎

‎‎‎ILTIMOSNOMA‎

 — ixtiroga‎
‎‎ —‎ foydali modelga
 — sanoat namunasiga (keraklisi [x] bilan belgilansin)
‎‎
‎________ — raqamli patentning amal qilishini tiklab berishingizni so‘rayman.
‎‎Patentning amal qilishi patentni o‘z kuchida saqlab turish uchun patent boji to‘lanmaganligi sababli tugatilgan. ‎

‎Ilova qilinayotgan hujjatlar (keraklisi [x] bilan belgilansin)‎‎
‎‎
‎‎ — patentning amal qilishini tiklash uchun boj hamda tegishli yilda patentni o‘z kuchida saqlab turish uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;‎
‎‎‎ — merosga bo‘lgan huquqni yoki vorislik huquqini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;‎
 — ishlarni yuritish uchun ishonchnoma.

‎‎‎
Patent egasi ‎

______________________________‎

(lavozimi, F.I.O., imzo)‎

Sana _________ ‎

(M.O‘.)‎

(ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3392, 17.10.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 15-son, 193-modda; 2011-y., 40-son, 418-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son)