30.03.2009 yildagi PQ-1083-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq qiyofasini va qishloq aholisining uy-joy sharoitlarini sifatli yaxshilash, qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, uy-joy qurilishini uzoq muddatli imtiyozli kreditlash tizimini keng joriy etish maqsadida hamda tasdiqlangan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “G‘alla-bank” aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlari qarori va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Markaziy bankining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“G‘alla-bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat banki ustav kapitalini 150 mlrd. so‘m miqdorida shakllantirish, ulushlarni uning aksiyadorlari orasida ilovaga* muvofiq taqsimlash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi hamda mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlar, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini saqlash hamda o‘z vaqtida qaytarishni kafolatlovchi talablar bo‘yicha “G‘alla-bank” aksiyadorlik tijorat bankining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish borasidagi ehtiyojlarni amalga oshirishda aholi hamda yuridik shaxslarga kredit berish va bank xizmati ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha uy-joylar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish hamda ta’mirlashni amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlarga kredit berish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi, zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqaradigan, tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloqda obyektlar qurishning industrial va yig‘ma texnologiyalarini joriy etadigan barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga kredit berish va kompleks tarzda bank xizmatlarini ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq qiyofasini sifatli yaxshilashni, qishloq joylarda muhandislik hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va takomillashtirishni, jumladan, yo‘llar, energiya va suv ta’minoti tizimlari, qishloq vrachlik punktlari, maktablar, bolalar sporti obyektlarini rekonstruksiya qilish, qishloq aholi punktlarini transport kommunikatsiyalari, ichimlik suvi, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi obyektlari, telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlashni nazarda tutgan holda investitsiya faoliyatini olib borish, shuningdek loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
universal tijorat banki sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi boshqa kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining resurs bazasini quyidagilar hisobidan qo‘shimcha shakllantirish manbalari borasidagi takliflari qabul qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yillik 3 foizli foiz stavkasi bo‘yicha va 2010-yilda Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar hisobidan 5 yil imtiyozli davr bilan 170,0 mlrd. so‘mgacha miqdorda kamida 15 yil muddatga beriladigan maqsadli kredit liniyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy moliya-kredit tuzilmalarining maqsadli, uzoq muddatga mo‘ljallangan imtiyozli kreditlari, investitsiyalari hamda grantlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan qo‘shimcha chiqariladigan aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotishdan tushadigan mablag‘lar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan, shu jumladan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining ustav kapitalini shakllantirish uchun ajratiladigan mablag‘lar tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirishga maqsadli tarzda yo‘naltiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarga tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun kreditlar foiz stavkasi yiliga 7 foiz, 1 yillik imtiyozli davr bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 000 baravarigacha miqdorda 15 yil muddatgacha beriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yildan boshlab tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun jismoniy shaxslarga kredit mablag‘lari 15 yilgacha bo‘lgan muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 1000 barobarigacha bo‘lgan miqdorda, 1 yillik imtiyozli muddat bilan, dastlabki 5 yil davomida yillik 7 foiz va qolgan 10 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki foiz stavkasining 90 foizi o‘rtacha hisoblangan yillik foiz stavkasida ajratiladi.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 2 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-sentabrdagi PQ-4435-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2019-y., 07/19/4435/3682-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yilda davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirishda jismoniy shaxslarga qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish uchun kreditlar 20 yil muddatga, 1 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil davomida har yili foiz stavkasini qat’iy belgilangan 7 foizdan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida beriladi;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalarni bank tomonidan bozor shartlari asosida jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish hamda boshqa bank xizmatlarini ko‘rsatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tijorat asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yilda Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar hisobiga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 170,0 mlrd so‘m miqdoridagi maqsadli kredit liniyasining asosiy qarz, foizlar va boshqa to‘lovlar summasi respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda bankning resurs bazasini mustahkamlash uchun xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy moliya-kredit tuzilmalarining imtiyozli kreditlari, investitsiyalari hamda grantlarini jalb etishda “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankiga ko‘mak bersin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki foyda va mulk solig‘i, shuningdek olib kelinadigan bank jihozlari va texnikasi uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 2017-yilning 1-yanvarigacha ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining bank ustav kapitalidagi ulushini ko‘paytirishga maqsadli tarzda yo‘naltirilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 1-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘n kun muddatda “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashining shaxsiy tarkibini va filial shoxobchalari joylashuvini tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishini kreditlash tartibini tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 30-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1083-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 14-son, 154-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2012-y., 5-son, 41-modda; 2013-y., 47-son, 615-modda; 2015-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.07.2018-y., 07/18/3863/1544-son; 04.09.2019-y., 07/19/4435/3682-son, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son; 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)