Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 24.03.2009 yildagi 85-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“TARAQQIYOT YOʻLIDA OZIQ-OVQATLAR BILAN TAʼMINLASh” DASTURI DOIRASIDA QIShLOQ XOʻJALIGI VA SOGʻLIQNI SAQLASh SOHASIDAGI USTUVOR LOYIHALARNI MOLIYALAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amerika Qoʻshma Shtatlari Hukumati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi “Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqatlar bilan taʼminlash” dasturi boʻyicha qishloq xoʻjaligi mahsulotlari berish toʻgʻrisidagi Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan grantdan samarali foydalanilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan “Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqatlar bilan taʼminlash” dasturi doirasida 2005 — 2008-yillar davrida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Namangan viloyatida Rezaksoy suv ombori qurilishi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Aviatsiya va koinot orqali qishloq xoʻjaligi monitoringi olib borilishini tashkil etish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fargʻona viloyati Furqat tumani “Surpa” posyolkasini suv bilan taʼminlash”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sirdaryo viloyati Sardoba tumani suv taʼminoti tizimini rekonstruksiya qilish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Shovot” kanalida suv sathini barqarorlashtirish boʻyicha himoya-tartibga solish ishlari”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish boʻyicha oilaviy tadbirkorlikni mikrokreditlash”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, oziq-ovqat mahsulotlari sifati ustidan nazoratni kuchaytirish, hayvonlarning alohida xavfli yuqumli kasalliklarining oʻz vaqtida diagnostikasini takomillashtirish sohasidagi siyosatni amalga oshirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2-son Bolalar uyini taʼmirlash va jihozlarini almashtirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qoraqalpogʻiston Respublikasida Boʻston kanalini qurish” loyihalari amalga oshirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatilgan loyihalarni amalga oshirish uchun 6991,7 mln. soʻm mablagʻ moliyalashtirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hukumatlararo bitimga muvofiq tashkil etilgan Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma ishchi guruhining “Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqatlar bilan taʼminlash” dasturi doirasida grant mablagʻlari hisobiga ilovaga muvofiq qishloq xoʻjaligi va sogʻliqni saqlash sohasidagi ustuvor loyihalarni moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda boshqa masʼul bajaruvchilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda budjet tarkiblari boʻyicha iqtisodiy asoslash hisob-kitoblarini ishlab chiqsinlar hamda loyihalarni moliyalashtirishning yil va choraklarga boʻlingan jadvallarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlardan samarali foydalanilishini taʼminlasinlar va loyihalarni amalga oshirishning borishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga har chorakda axborot bersinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi masʼul bajaruvchilar bilan birgalikda ilovaga kiritilgan kapital qurilish obyektlarini belgilangan tartibda 2009-yilning manzilli roʻyxatiga kiritsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilovaga kiritilgan loyihalarning “Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqatlar bilan taʼminlash” dasturi boʻyicha tushadigan mablagʻlarni jamlash uchun ochilgan Moliya vazirligining maxsus hisob raqamidan oʻz vaqtida moliyalashtirilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan monitoring olib borsin, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda esa — loyihalarni moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻysin va moliyalashtirishni tiklash toʻgʻrisidagi masalani Oʻzbekiston-Amerika qoʻshma ishchi guruhi majlisiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 24-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 24-martdagi 85-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Taraqqiyot yoʻlida oziq-ovqatlar bilan taʼminlash” dasturi doirasida moliyalashtirilayotgan loyihalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r‎ Loyihaning nomi‎ Loyihaning maqsadi‎ Moliyalashtirish summasi (mln. soʻm) Mablagʻlarni oʻzlashtirish muddatlari‎ Masʼul bajaruvchilar‎
I. Ilmiy loyihalar
1.‎ Mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari tomonidan tender asosida “brakon” ishlab chiqarish boʻyicha 3 ta liniya tayyorlash.‎ Paxta hosilini saqlash hamda pestitsidlar qoʻllanishini kamaytirish maqsadida respublikaning turlicha iqlimli mintaqalarida mexanizatsiyalashtirilgan liniyada “brakon” ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish.‎ 300,0‎ 2009-yil‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo respublika markazi‎
2.‎ Gʻoʻzani turlararo va uzoq gibridlarga qayta chatishtirish usuli bilan uning serhosil viltga chidamli navlarini yaratish.‎ Oʻzbekiston Respublikasining turlicha tuproq-iqlimli mintaqalaridan olingan gʻoʻzaning kolleksiyalangan nav namunalari, navlari, har xil tup tizimli liniya va shakllarining viltga chidamliligiga vertitsilum zamburugʻining har xil virulentli turlarining taʼsirini, shuningdek tabiiy yuqumli sharoitda gʻoʻzaning mahsuldorligi, tola chiqishi va sifati hamda boshqa morfoxoʻjalik belgilarini oʻrganish.‎ 25,0‎ 2009-2010-yillar‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston seleksiya va urugʻchilik ilmiy-tekshirish instituti‎
II. Sogʻliqni saqlash tizimini qoʻllab-quvvatlash loyihalari
3.‎ Oʻzbekiston Respublikasida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish samaradorligini oshirish.‎ Baxtsiz hodisalar, yoʻl-transport hodisalari va halokatlari natijasida jabrlanganlarga kasalxonaga borgunga qadar bosqichda shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha paramediklar va birinchi respondentlar tayyorlash tizimini yaxshilashda koʻmaklashish. Tez yordam mashinalari sotib olish va ularni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash.‎ 450,0‎ 2009-2010-yillar‎ Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vrachlar xalqaro ligasi, Oʻzbekiston anesteziologlar va reanimatologlar uyushmasi‎

JAMI‎

775,0‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 13-son, 146-modda)