Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.2019 16.03.2009 yildagi 70-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.2019
Hujjat 31.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IKKILAMChI QOGʻOZ ChIQINDILARINI TOʻPLASh, TAYYORLASh VA QAYTA IShLASh UChUN YETKAZIB BERISh TIZIMINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarmoqda nazorat, hisobga olish va boshqarishni maqbullashtirish asosida qogʻoz chiqindilarini tayyorlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, real sektor korxonalarining, kichik va xususiy biznes subyektlarining ikkilamchi qogʻozga boʻlgan ehtiyojlarini yanada toʻliq taʼminlash uchun ikkilamchi xomashyodan sanoat yoʻli bilan foydalanishning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek tarmoq korxonalarining, shu jumladan “Sanoatqalinqogʼozsavdo” XI OAJ va “Oʻzbek qogʻozi” OAJning mavjud quvvatlaridan foydalanishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Sanoatqalinqogʼozsavdo” XI OAJ va “Oʻzbek qogʻozi” OAJning kelgusida qayta ishlash uchun joylarda toʻplangan ikkilamchi xomashyo — qogʻoz chiqindilarini qabul qilish punktlari tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi foydalanilmayotgan turar joy boʻlmagan binolarni qogʻoz chiqindilarini qabul qilish punktlari tashkil etish uchun “Sanoatqalinqogʼozsavdo” XI OAJ va “Oʻzbek qogʻozi” OAJga belgilangan tartibda bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida qogʻoz chiqindilarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qogʻoz chiqindilarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan “Sanoatqalinqogʼozsavdo” XI OAJ va “Oʻzbek qogʻozi” OAJning qogʻoz chiqindilarini tayyorlash va qabul qilish punktlariga topshirish boʻyicha 2009-yilning II — IV choraklari va keyinchalik har yil uchun prognoz koʻrsatkichlarni oʻn kun muddatda belgilasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qogʻoz chiqindilarini toʻplash va tayyorlash boʻyicha tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishi har oyda nazorat qilib borilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼul xodimlarini qogʻoz chiqindilari tayyorlash boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlarni bajarganlik va oshirib bajarganlik uchun ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarga muvofiq qogʻoz chiqindilarini toʻplash va topshirishni belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Sanoatqalinqogʼozsavdo” XI OAJ va “Oʻzbek qogʻozi” OAJ qabul qilish punktlari qogʻoz chiqindilarini tayyorlash va topshirish boʻyicha hisob-kitoblarni erkin narxlarda, shu jumladan ularni jismoniy shaxslardan qabul qilib olishda — naqd pul bilan va yuridik shaxslardan qabul qilib olishda — naqd pulsiz amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Sanoatqalinqogʼozsavdo” XI OAJ “Oʻzbek qogʻozi” OAJ hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qogʻoz chiqindilarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qogʻoz chiqindilarini toʻplash va topshirishning tashkil etilishi uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari javob beradilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
budjet tashkilotlari boʻyicha qogʻoz chiqindilarini sotishdan olingan mablagʻlar ularning budjetdan tashqari hisob raqamiga oʻtkaziladi va ulardan tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Respublika tijorat banklariga tarmoq qayta ishlash korxonalariga, shu jumladan texnologik asbob-uskunalarni modernizatsiyalash uchun, kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.R. Shoismatov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 16-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 16-martdagi 70-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qogʻoz, ularni toʻplash, tayyorlash va chiqindilarini qayta ishlash uchun yetkazib berish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xanov N.M.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi‎
Shoabduraxmonov R.M.‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari‎
Parpiyev A.P.‎ —‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri‎
Shoumarov Gʻ.B.‎ —‎ Xalq taʼlimi vaziri‎
Alixonov B.B.‎ —‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisi‎
Alimov B.Sh.‎ —‎ Matbuot va axborot agentligi bosh direktori‎
Abdullayev A.X.‎ —‎ “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktori‎
Abduvaliyev A.A.‎ —‎ “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori‎
Yakubov R.Y.‎ —‎ “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisining oʻrinbosari‎
Ahmedov O.Y.‎ —‎ “Oʻzkommunxizmat” agentligi bosh direktorining oʻrinbosari‎
Eshonqulov Q.T.‎ —‎ “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori‎
Zaripov‎ B.K. —‎ “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati raisi‎
Umarov M.M.‎ —‎ “Oʻzbek qogʻozi” OAJ boshqaruvi raisi‎
Osmonov Sh.M.‎ —‎ “Sanoatqalinqogʼozsavdo” XI OAJ boshqaruvi raisi‎
Omonov F.B.‎ —‎ “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisi‎
Sodiqov M.M.‎ —‎ Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Alimov A.M.‎ —‎ “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi ‎
Axmedov A.A.‎ —‎ “Mahalla” jamgʻarmasining raisi‎
Yunusov A.X.‎ —‎ “Sharq” nashriyot-matbaa aksionerlik kompaniyasining bosh direktori‎
Qurbonov D.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika komple�si, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, komissiya kotibi‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika komissiyasi tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qurilish va kommunal xoʻjaligi masalalariga mutasaddi oʻrinbosarlari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-dekabrdagi 412-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 602-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 131-modda; 2016-y., 52-son, 602-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)