Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.10.2014 31.03.2005 yildagi 02/124-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining qarori, 31.03.2005 yildagi 02/124-son
Дата вступления в силу
31.03.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.10.2014
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISh TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI QOʻLLAShNING AYRIM MASALALARI HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 3-oktabrdagi 17/266-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17 va 47-moddalariga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Sudlar aksiyadorlik jamiyatlari ishtirokidagi ishlarni koʻrishda inobatga olishlari lozimki, bunday jamiyatlarning tuzilishi, faoliyati va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq munosabatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari reyestri toʻgʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan 1996-yil 15-avgustda tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996-yil 16-avgustda 274-raqam bilan roʻyxatga olingan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi toʻgʻrisidagi namunaviy Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli qaroriga 1-ilova);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyatining ijroiya organi toʻgʻrisidagi namunaviy Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-sonli qaroriga 3-ilova);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyatida affillangan shaxslar haqida, ularning hisobini yuritish va axborotini yoritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 29-yanvarda 1212-raqam bilan roʻyxatga olingan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga 1-ilova);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyatida davlatning ishonchli vakili toʻgʻrisidagi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga 2-ilova) bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, arz qilingan talabning fuqarolik ishlari boʻyicha sud yoki xoʻjalik sudi sudloviga taalluqliligi masalasi ushbu sudlarning Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslarida belgilangan vakolatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda jamiyat faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar xoʻjalik sudlari sudloviga taalluqlidir, bir taraf yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega boʻlmagan fuqaro boʻlgan ishlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. FK 58-moddasi toʻrtinchi qismi va Qonunning 12-moddasi birinchi qismiga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar aksiyadorlik jamiyatlarining muassislari boʻlishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatini tuzish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishda ishtirok etmagan shaxslar uning muassisi deb atalishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq aksiyadorlik jamiyati muassislarining minimal tarkibi cheklanmaydi, yopiq jamiyat muassislarining soni esa uch shaxsdan kam boʻlishi mumkin emas. Aksiyadorlik jamiyatining har bir muassisi uning aksiyadori boʻlishi shart (Qonunning 5-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. FK 58-moddasining beshinchi qismi va Qonunning 12-moddasi ikkinchi qismiga binoan agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, aksiyadorlik jamiyatlari muassislari boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirishda davlat boshqaruvi organlari nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari muassis boʻlishlari mumkinligini sudlar inobatga olishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkdorlar tomonidan moliyalashtiriladigan muassasalar faqat mulkdorning roziligi bilan aksiyadorlik jamiyati muassisi boʻlishlari mumkin (FK 58-moddasi oltinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat korxonasi xoʻjalik yuritish huquqi asosida oʻziga biriktirib qoʻyilgan koʻchmas mulkni faqat mulkdorning roziligi bilan aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga hissa sifatida topshirishga yoki bu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Sudlar shuni eʼtiborda tutishlari lozimki, muassislar tomonidan aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisida tuziladigan shartnoma, jamiyatni taʼsis etish borasida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma boʻlib, taʼsis hujjati hisoblanmaydi (Qonunning 11-moddasi). Aksiyadorlik jamiyatining taʼsis hujjati uning taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) tomonidan tasdiqlangan ustav hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Aksiyadorlik jamiyati muassislarining oʻz aksiyalari haqini toʻlagan aksiyadorlardan farqi shundaki, ular jamiyatni tuzish bilan bogʻliq majburiyatlar boʻyicha, agar bu majburiyatlar jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtgunga qadar yuzaga kelgan boʻlsa, solidar javobgar boʻladilar. Solidar javobgarlik muassislar oʻrtasida jamiyatni tuzish toʻgʻrisida yozma shartnoma tuzilgandan keyin yuzaga keladi (FK 64-moddasi ikkinchi qismi, Qonunning 4-moddasi uchinchi qismi va 9-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. FK 67 va 68-moddalariga, Qonunning 9-moddasiga muvofiq aksiyadorlik jamiyati yuridik shaxs huquqini olgan shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlariga ega boʻlishi mumkin. Bunda ushbu jamiyatlar aksiyadorlik jamiyati shaklida ham, masʼuliyati cheklangan yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat shaklida ham, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida esa, u joylashgan mamlakat qonunchiligiga muvofiq boshqa turda ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyatlarini shuʼba jamiyat majburiyatlari (qarzlari) boʻyicha javobgarlikka tortish bilan bogʻliq nizolarni hal etishda, sudlar, FK 48 va 67-moddalari, shuningdek, Qonunning 4 va 9-moddalariga rioya etishlari lozim. Ushbu normalarga koʻra, shuʼba jamiyat uchun majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berishga haqli asosiy aksiyadorlik jamiyati bu koʻrsatmalar ijrosi yuzasidan shuʼba jamiyat tuzgan bitimlar boʻyicha u bilan birgalikda solidar javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy aksiyadorlik jamiyati, agar uning aybi bilan shuʼba jamiyatning nochorligi (bankrotligi) yuzaga kelsa, shuʼba jamiyat majburiyatlari (qarzlari) boʻyicha subsidiar javobgarlikka tortilishi mumkin (FK 329-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Sudlar aksiyadorlik jamiyatini tuzish paytida ustav fondini dastlabki shakllantirish va aksiyalarni joylashtirish bilan bogʻliq nizolarni hal etishda, jumladan, quyidagilarni eʼtiborga olishlari lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muassis-aksiyador taʼsis yigʻilishi (konferensiyasi) tomonidan belgilangan muddatda, ammo aksiyadorlik jamiyati roʻyxatdan oʻtkazilganidan soʻng koʻpi bilan bir yil ichida aksiyalarni toʻliq sotib olishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiya uning haqi toʻliq toʻlangunga va uning yangi egasi aksiyadorlar reyestrida roʻyxatga olingunga qadar ovoz huquqini bermaydi, jamiyatni tuzish vaqtida muassislar tomonidan sotib olingan aksiyalar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Aksiyadorlik jamiyati haqi toʻlanmagan aksiyalarga nisbatan mulk huquqini Qonunda belgilangan doirada amalga oshirishga haqli. Aksiyalar jamiyat tasarrufiga oʻtgan paytdan eʼtiboran koʻpi bilan bir yil ichida realizatsiya qilinishi lozim, aks holda, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi mazkur aksiyalarni muomaladan chiqarish orqali jamiyatning ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi lozim (Qonunning 33-moddasi oʻninchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyati mulkdorligida boʻlgan aksiyalarni garovga qoʻyishga, bepul yoki aksiyaning nominal qiymatidan kam bahoda tasarruf etishga haqli emas, Qonunning 37-moddasi uchinchi qismida qayd etilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan ushbu cheklovlar buzilgan holda tuzilgan bitimlar oʻz-oʻzidan haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agar mulkdorligida boʻlgan aksiyalarni belgilangan muddatda realizatsiya qilmagan aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish va kun tartibiga ustav fondini kamaytirish haqidagi masalani kiritish uchun zarur va yetarli choralarni koʻrmasa, u sud tartibida tugatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Qonunning 20-moddasida ustav fondining eng kam miqdori belgilangan boʻlib, u ochiq aksiyadorlik jamiyati uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadagi kursi boʻyicha ellik ming AQSh dollariga teng boʻlgan summadan va yopiq aksiyadorlik jamiyati uchun — qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravari miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Aksiyadorlik jamiyati ustav fondini koʻpaytirish aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yoki qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Ustav fondini bunday tarzda koʻpaytirish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining yoki, agar jamiyat ustavi yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan bunday huquq kuzatuv kengashiga berilgan boʻlsa, kuzatuv kengashining qarori bilan amalga oshiriladi (Qonunning 21-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Aksiyadorlik jamiyati ustav fondini kamaytirish aksiyalarning nominal qiymatini yoki umumiy sonini qisqartirish, shu jumladan, aksiyalarning bir qismini jamiyat tomonidan sotib olish va keyinchalik muomaladan chiqarish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bu tarzda ustav fondini kamaytirishga faqat aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga asosan yoʻl qoʻyiladi (Qonunning 22-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyalarning bir qismini sotib olish va muomaladan chiqarish yoʻli bilan jamiyat ustav fondini kamaytirishga, bunday imkoniyat aksiyadorlik jamiyati ustavida nazarda tutilgan holdagina yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ustav fondini kamaytirish natijasida uning miqdori jamiyat ustaviga kiritilgan tegishli oʻzgartishlarni roʻyxatdan oʻtkazish kuni belgilanadigan ustav fondining qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdoridan kamayib ketadigan boʻlsa, aksiyadorlik jamiyati ustav fondini kamaytirishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ustav fondini kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab kechi bilan 30 kun ichida aksiyadorlik jamiyati bu haqda oʻz kreditorlarini yozma ravishda xabardor qiladi. Kreditorlar jamiyatning ustav fondi kamaytirilganligi toʻgʻrisida oʻzlariga xabar yuborilgan kundan boshlab kechi bilan 30 kun ichida jamiyatdan majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishni va ustav fondi kamaytirilishi bilan bogʻliq zararni toʻlashni talab qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan Qonunning ustav fondini kamaytirish yoki jamiyatni tugatish toʻgʻrisidagi 34-moddasi beshinchi va oltinchi qismlari talablari bajarilmagan taqdirda u aksiyadorlar, kreditorlar, shuningdek, davlat tomonidan vakolat berilgan organlar daʼvosiga koʻra sud qarori asosida tugatilishi mumkin (Qonunning 34-moddasi yettinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Sudlarga tushuntirilsinki, ovoz beruvchi aksiya egalari boʻlgan aksiyadorlar Qonunning 44-moddasiga asosan, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyatni qayta tashkil etish, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq tuzilishi mumkin boʻlgan yirik bitimni amalga oshirish, jamiyat ustaviga aksiyadorlarning huquqlarini cheklaydigan tarzda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki uni yangi tahrirda tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan hollarda, basharti ular bunday qaror qabul qilinishiga qarshi ovoz bergan boʻlsalar yoki ovoz berishda uzrli sabablarga koʻra ishtirok etmagan boʻlsalar, oʻzlariga qarashli aksiyalarning hammasi yoki muayyan qismi jamiyat tomonidan bozor qiymati boʻyicha qaytarib sotib olinishini talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan u qayta tashkil etilgan holda qaytarib sotib olingan aksiyalar qaytarib sotib olish paytida muomaladan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunning 44 va 45-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, tartibda va muddatlarda aksiyalarni qaytarib sotib olish rad etilganda yoki undan bosh tortilganda, aksiyador aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatini jamiyatga yuklash haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, aksiyadorga unga tegishli aksiyalarning jamiyat tomonidan qaytarib sotib olinishini talab qilish huquqini beruvchi asoslar Qonunning 44-moddasida qatʼiy belgilab qoʻyilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyatiga aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatini yuklash haqidagi sud qarorida sotib olinishi lozim boʻlgan aksiyalar soni va turi (toifasi) koʻrsatilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, Qonunning 47-moddasiga muvofiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlar reyestri yuritilishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestr saqlovchi sifatida jamiyatning oʻzi yoki reyestr yuritish haqida jamiyat shartnoma tuzadigan va nomi yozilgan qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritish faoliyatini amalga oshiruvchi qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchisi (roʻyxatchi) boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
500 va undan koʻproq aksiyadori (oddiy aksiya egalari) boʻlgan jamiyat reyestr yuritishni bu haqda tegishli shartnoma tuzgan holda ixtisoslashgan reyestr saqlovchiga topshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qonunning 49-moddasiga muvofiq reyestrga yozuv kiritish aksiyadorning yoki aksiyalarni nominal saqlovchining talabiga binoan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilgan paytdan eʼtiboran uch kundan kechikmay reyestr saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestr saqlovchining jamiyat aksiyadorlari reyestriga yozuv kiritishni rad etganligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Agar reyestr yuritishni ixtisoslashgan roʻyxatchi amalga oshirayotgan boʻlsa, ish boʻyicha aksiyadorlik jamiyati va ixtisoslashgan roʻyxatchi javobgar sifatida jalb qilinishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar belgilangan muddatda yozuv kiritilmagan va reyestr saqlovchi Qonunning 49-moddasida nazarda tutilgan muddatda yozuv kiritish rad etilganligi toʻgʻrisida asoslantirilgan bildirish yubormagan holda ham aksiyalar egasi reyestr saqlovchiga reyestrga tegishli yozuv kiritish majburiyatini yuklash haqidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestr saqlovchi reyestrga tegishli yozuv kiritishni asossiz rad etgan yoki bosh tortgan holda sud reyestr saqlovchiga zarur yozuvni kiritish majburiyatini yuklaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Sudlar shuni eʼtiborga olishlari kerakki, Qonun aksiyadorni u tomonidan jamiyat oldidagi majburiyatlar buzilganligi, uning aksiyadorlar yigʻilishiga kelmasligi yoki unda qatnashishni rad etganligi, aksiyadorlik jamiyati bilan uzoq vaqt aloqada boʻlmaganligi kabi asoslar boʻyicha aksiyadorlar reyestridan chiqarish imkoniyatini nazarda tutmaydi. Ushbu asoslar boʻyicha berilgan daʼvolarni sudlar rad etishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Sudlarga tushuntirilsinki, dividend toʻlash (eʼlon qilish), shu jumladan dividendning miqdori va uni toʻlash shakli haqidagi qaror har bir toifadagi (turdagi), shu jumladan, imtiyozli aksiyalar boʻyicha jamiyat kuzatuv kengashining tavsiyasiga muvofiq aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarni eʼlon qilish haqidagi qaror mavjud boʻlmasa, jamiyat dividendlarni toʻlashga, aksiyadorlar esa ularni toʻlashni talab qilishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlanishi (eʼlon qilinishi) toʻgʻrisida aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilingan dividendlar jamiyat ustavi yoki aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorida belgilangan muddatda, lekin qaror qabul qilingandan keyin 60 kundan kechiktirmasdan toʻlanishi lozim (Qonunning 56-moddasi ikkinchi qismi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Eʼlon qilingan dividendlar belgilangan muddatda toʻlanmagan holda aksiyador, Qonunning 58-moddasiga muvofiq, jamiyatdan unga tegishli dividend summasini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan takroriy moliyalash stavkalari boʻyicha penya undirish haqida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilishga haqli. Penya dividend toʻlovi kechiktirilgan davr uchun dividend toʻlash muddati tugagan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Qonunning 60-moddasida cheklovlar belgilangan boʻlib, unga koʻra, aksiyadorlik jamiyati dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli emas (agar ustav fondi toʻliq shakllantirilmagan boʻlsa, uning qoʻshimcha emissiya paytida shakllantirilishi bundan mustasno; dividendlar toʻlanadigan paytda jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud boʻlsa yoki bunday belgilar dividendlar toʻlash natijasida yuzaga kelsa; agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va zaxira fondlari summasidan kam boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan tegishli davr uchun (yillik, yarim yillik, choraklik) dividendlar eʼlon qilinmagan (ularning toʻlanishi haqida qaror qabul qilinmagan) hollarda oddiy aksiya egalari hamda dividend miqdori ustavda belgilab qoʻyilmagan hollarda imtiyozli aksiya egalari jamiyatdan dividend undirishni talab qilishga haqli emas, chunki muayyan davr uchun dividend hisoblash yoki uni toʻlamaslik haqida qaror qabul qilish jamiyatning huquqi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi Qonunning 55-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, dividend miqdori ustavda belgilab qoʻyilgan imtiyozli aksiya egalariga toʻliq boʻlmagan miqdorda dividendlar toʻlash haqida qaror qabul qilgan taqdirda ham, aksiyadorlarning dividendni toʻliq miqdorda undirish haqidagi daʼvo talablari qanoatlantirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining yoki ijroiya organining (yakkaboshchilik yoki kollegial) qarori ustidan, qonunda koʻrsatilgan hollarda hamda nizolashilayotgan qaror aksiyadorlik jamiyatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talabiga mos boʻlmasa va aksiyadorlarning huquq va manfaatlariga zid boʻlgan taqdirda, uni haqiqiy emas deb topish haqida sudga daʼvo qilish mumkin. Bunday ish boʻyicha aksiyadorlik jamiyati javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi daʼvolarni koʻrib chiqishda daʼvoni qanoatlantirish uchun asos boʻlishi mumkin boʻlgan qonun buzilishlariga, jumladan, quyidagilar kirishini hisobga olish lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy yigʻilishni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida aksiyadorni tegishli tarzda xabardor etmaslik yoki unga xabar bermaslik (Qonunning 69-moddasi toʻrtinchi qismi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorga yigʻilish kun tartibiga kiritilgan masalalarga oid zarur axborot (materiallar) bilan tanishishga imkoniyat bermaslik (Qonunning 69-moddasi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishda ishtirok etishi tartibini buzish (Qonunning 74-moddasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ovoz berish uchun byulletenlar berilmasligi (Qonunning 77 va 78-moddalari) va boshqalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu oʻrinda shuni inobatga olish lozimki, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorini qabul qilish tartibi Qonunning 66-moddasi va jamiyat ustavi bilan belgilanadi. Agar ustav Qonunga muvofiqlashtirilmagan boʻlsa, u holda uning qonunga zid boʻlmagan qismi qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqishda sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, agar yoʻl qoʻyilgan Qonun, boshqa qonun hujjatlari yoki jamiyat ustavi talablarining buzilishi bu qarorni qabul qilishda qarshi ovoz bergan yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida uzrli sabablarga koʻra ishtirok etmagan aksiyadorning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, bu holat daʼvoni qanoatlantirish uchun asos boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan nizolarni hal etishda sud, ishning barcha holatlarini inobatga olib, agar daʼvogar-aksiyadorning ovozi ovoz berish natijalariga taʼsir etmasa, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar jiddiy boʻlmasa va qaror aksiyadorga zarar yetishiga olib kelmagan boʻlsa, shikoyat qilingan qarorni kuchida qoldirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Agar nizolarni koʻrib chiqishda sud taraflar oʻz talab va eʼtirozlarini aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga asos qilib keltirayotganliklarini, chunonchi, bu qaror umumiy yigʻilish vakolati buzilib, umumiy yigʻilish oʻtkazish uchun kvorum boʻlmasdan yoki yigʻilish kun tartibiga kiritilmagan masalalar boʻyicha qabul qilinganligini aniqlasa, ushbu qarorning u yoki bu aksiyador tomonidan nizolashilayotganligidan qatʼi nazar, uni yuridik kuchga ega emas deb baholashi va nizoni Qonun normalariga muvofiq hal qilishi lozim. Bunda aksiyadorlar umumiy yigʻilishi, qonunga muvofiq uning vakolatiga berilmagan yoxud yigʻilish kun tartibiga kiritilmagan masalalarni koʻrib chiqishga va qaror qabul qilishga yoki kun tartibini oʻzgartirishga haqli emasligi inobatga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Yirik bitimlar bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, bitim tuzish haqida qaror qabul qilinayotgan sanada aksiyadorlik jamiyati aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mulkni aksiyadorlik jamiyatining olishi, tasarrufidan chiqarishi bilan yoki jamiyat bevosita yoki bilvosita mol-mulkni tasarrufidan chiqarish ehtimoli bilan bogʻliq bitim yoki oʻzaro bogʻlangan bir necha bitim yirik bitim deb hisoblanadi, oddiy xoʻjalik faoliyati yuritish jarayonida tuziladigan bitimlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yirik bitim predmeti boʻlgan mulkning qiymati (miqdori) jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan olinayotgan yoki tasarrufdan chiqarilayotgan (garovga berilayotgan, ustav fondiga mablagʻ sifatida kiritilayotgan va shu kabi) mulkning bahosidan kelib chiqib aniqlanadi, bunda majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi sababli tegishli tarafdan toʻlanishi talab etilishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha hisoblashlar (neustoyka, jarima va penyalar) inobatga olinmaydi. Mulk tasarrufdan chiqarilgan yoki tasarrufdan chiqarish imkoniyati yuzaga kelgan hollarda jamiyat aktivining balans qiymati bilan bunday mulkning buxgalteriya hisoboti maʼlumotlari asosida aniqlangan bahosi, mulk olingan hollarda esa, uning olinish narxi taqqoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yirik bitimlarga qarz, kredit, garov, kafillik, oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash singari bitimlar kiritilishi mumkin. Bunday bitimlarga (bitimning tegishli summasida) talabdan oʻzga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni oʻtkazish, boshqa xoʻjalik jamiyati ustav fondiga aksiyalarni toʻlash hisobiga mablagʻ kiritish va boshqa shartnomalarni ham, agar ularni tuzish natijasida jamiyat mulkini tasarrufdan chiqarish imkoniyati yuzaga kelsa, kiritish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Yirik bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqishda FK 116 va 126-moddalariga rioya etish lozim boʻlib, Qonunning 90-moddasi birinchi qismi mazmuniga koʻra, qiymati bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada aksiyadorlik jamiyati aktivlari balans qiymatining yigirma besh foizidan ellik foizgachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida boʻlgan bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror jamiyat kuzatuv kengashi barcha aʼzolarining yakdil ovozi bilan qabul qilinishi lozim, bunda jamiyat kuzatuv kengashi tarkibidan chiqib ketgan aʼzolar ovozi hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jumladan, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan vakolati muddatidan ilgari tugatilgan kuzatuv kengashi aʼzosi tarkibdan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv kengashi tomonidan yirik bitimni tuzishda yakdillikka erishilmasa, bu masala kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq, koʻpchilik ovoz bilan bunday bitimni amalga oshirish haqida qaror qabul qilish uchun ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi hukmiga havola etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiq qiymatni tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan yigʻilishda qatnashayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlarning toʻrtdan uch qismdan iborat koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimning aksiyadorlik jamiyati tomonidan tuzilishi bilan bogʻliq nizolarni hal etishda, jamiyatning bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar roʻyxati va ularni bunday shaxslar deb topish shartlari Qonunning 91-moddasida qayd etilganligini inobatga olish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda bitimni Qonunning 91-moddasida qayd etilgan shaxslar tomonidan tuzilgan deb topish uchun tegishli shaxsning manfaatdorligi ushbu bitim tuzilayotgan vaqtda mavjud boʻlganligini aniqlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 93-moddasi birinchi qismiga binoan, tuzilishidan manfaatdor boʻlgan bitim kuzatuv kengashi tomonidan uning tuzilishidan manfaatdor boʻlmagan kuzatuv kengashi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamiyat tomonidan tuzilishidan manfaatdor boʻlgan bitimni tuzish haqidagi qarorni ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlmish aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi bitimni tuzishdan manfaatdor boʻlmagan aksiyadorlarning koʻpchilik ovozi bilan quyidagi hollarda qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar bitim boʻyicha toʻlanadigan haq summasi va bitimga sabab boʻlgan mol-mulk qiymati jamiyat aktivlari qiymatining besh foizidan ortiq boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar bitta bitim va (yoki) oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha bitim jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini yoki ovoz beruvchi aksiyalarga ayirboshlanadigan boshqa qimmatli qogʻozlarini ilgari joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning besh foizidan ortiq miqdorda joylashtirishdan iborat boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, jamiyat tomonidan tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimni tuzish haqidagi qaror, agar u kuzatuv kengashi tomonidan kvorum mavjud boʻlmaganligi tufayli qabul qilinmagan hollarda ham umumiy yigʻilish qarori bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan jamiyat tuzilishidan manfaatdor boʻlgan bitimni tuzish toʻgʻrisida qabul qilinayotgan qarorda: bitimning tarafi (taraflari), foyda oluvchi (foyda oluvchilari) hisoblangan shaxs (shaxslar), bitimning bahosi, predmeti va boshqa muhim shartlar koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, yirik bitimlar va tuzilishidan manfaatdorlik boʻlgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talablar aksiyadorlik jamiyati yoki aksiyador tomonidan, Qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek, boshqa vakolatli organlar tomonidan kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda, sudlar shunga eʼtibor berishlari kerakki, FKning 49-moddasi va Qonunning 95-moddasiga koʻra, jamiyatni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, birlashtirish, boʻlish, ajratib chiqarish va qayta tuzish) aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qarori bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Sudlarga tushuntirilsinki, Qonunning 98 va 99-moddalariga muvofiq, aksiyadorlik jamiyati tomonidan jamiyatni boʻlish va ajratib chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishida bunday qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda qatnashmagan har bir aksiyador boʻlish (ajratib chiqarish) natijasida tashkil etilgan har bir jamiyatning, qayta tashkil etilgan jamiyatda unga tegishli boʻlgan aksiyalar soni bergan huquqqa mutanosib huquq beradigan aksiyalarini olishi lozim. Ushbu talablar buzilgan holda aksiyador qayta tashkil etilayotgan jamiyat aksiyadorlari umumiy yigʻilishining qarorini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, agar aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etishda tasdiqlangan taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan jamiyatning huquqiy vorisini aniqlash imkonini bermasa, yangi vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan jamiyat majburiyatlari boʻyicha uning kreditorlari oldida solidar javobgar boʻladilar (FK 52-moddasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taqsimlash balansidan uni tasdiqlash paytida qayta tashkil etilayotgan jamiyat aktivlari va majburiyatlari uning huquqiy merosxoʻrlari oʻrtasida adolat tamoyillari buzilgan holda taqsimlanganligi va bu ushbu jamiyat kreditorlari manfaatlarining yaqqol buzilishiga olib kelganligi koʻrinib turgan boʻlsa, qayta tashkil etish natijasida tuzilgan jamiyatlar (shu jumladan, yangi jamiyat ajralib chiqqani) ham solidar javobgarlikka tortilishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Bir turdagi aksiyadorlik jamiyatining boshqa turdagi jamiyatga aylantirilishi bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda, sudlar jamiyat turining oʻzgartirilishi uni qayta tashkil etish deb hisoblanmasligini, chunki uning tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgarishiga olib kelmasligini eʼtiborga olishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir turdagi jamiyatni boshqa turdagi jamiyatga aylantirish aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra jamiyat ustaviga tegishli oʻzgartishlar kiritish (ustavni yangi tahrirda tasdiqlash) va ularni belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir turdagi jamiyatni boshqa turdagi jamiyatga aylantirish uchun qonun hujjatlarida, jumladan, quyidagi cheklovlar belgilangan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ochiq turdagi jamiyatni yopiq turdagisiga aylantirish natijasida tuzilgan jamiyat aksiyadorlarining soni ellik nafardan oshmasligi lozim (Qonunning 7-moddasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilari ochiq turdagi jamiyatga aylantirishni koʻzlagan yopiq jamiyat ustav fondining miqdori Qonunning 20-moddasida ochiq jamiyat uchun belgilangan eng kam darajadan kam boʻlmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday oʻzgartirishlarni roʻyxatga olish rad etilganda, u sud tomonidan gʻayriqonuniy deb topilishi va davlat organiga ularni roʻyxatdan oʻtkazish majburiyati yuklatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Sudlar yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati aksiyadorlarining ushbu jamiyatning boshqa aksiyadorlari tasarrufidan chiqarayotgan aksiyalarni olishda imtiyozli huquqdan foydalanishlari bilan bogʻliq nizolarni hal etishda quyidagilarni inobatga olishlari lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yopiq turdagi jamiyat aksiyadorlariga bunday huquqni beruvchi Qonunning 7-moddasi 3-qismida belgilangan norma imperativ xaraktyerga ega boʻlganligi sababli bu huquq uning ustavi bilan cheklanishi mumkin emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yopiq jamiyatning oʻz aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni sotib olish boʻyicha imtiyozli huquqi jamiyat ustavida nazarda tutilgan hollarda amal qiladi. Jamiyat bunday huquqdan faqat ushbu jamiyat aksiyadori aksiyalarni sotib olish boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan imtiyozli huquqdan foydalanmagan holdagina foydalanishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yopiq jamiyat aksiyadori, tegishli hollarda esa jamiyatning oʻzi, ushbu jamiyat aksiyadorlari sotayotgan aksiyalarni sotib olish boʻyicha imtiyozli huquqini, faqat, agar ular bu aksiyalarni boshqa shaxsga taklif etilgan bahoda sotib olishga rozi boʻlsagina, amalga oshirishi mumkin. Aks holda, aksiyador uni boshqa shaxsga sotishga haqli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyador yoki jamiyatning yopiq jamiyat aksiyadoriga tegishli boʻlgan aksiyalarni sotib olish boʻyicha imtiyozli huquqi buzilgan taqdirda, ular ushbu aksiyalarni sotib oluvchi huquq va majburiyatlarining oʻzlariga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishlari mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yopiq jamiyat aksiyadorlarini sotib olish boʻyicha Qonunda nazarda tutilgan imtiyozli huquq ular aksiyador tomonidan bepul tasarrufdan chiqarilganda (hadya shartnomasi boʻyicha) yoxud aksiyalar universal huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxs mulkdorligiga oʻtkazilganda qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Sudlar protsessual qonun talablariga muvofiq (Xoʻjalik protsessual kodeksining 56-moddasi va Fuqarolik protsessual kodeksining 57-moddasi) mazkur toifadagi ishlarni koʻrib chiqishga tayyorlash vaqtida taraflarga nizoni hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan quyidagi dalillarni sudga taqdim etishni taklif etishlari yoki ularni oʻz tashabbuslari bilan chaqirib olishlari lozim, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
emissiya risolasi, umumiy yigʻilishda qatnashgan aksiyadorlarning roʻyxati, aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida aksiyadorlar xabardor qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlar reyestri, depo hisobidan koʻchirma, umumiy yigʻilishda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan aksiyadorlar roʻyxati, sanoq komissiyasi va aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bayonnomalari, jamiyatning yil yakunlari boʻyicha tegishli davlat organlariga taqdim etgan moliyaviy hisoboti va boshqa hujjatlarni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Sudlarga aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllash bilan bogʻliq nizolarni koʻrib chiqish amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirish va sud xatolarini, shuningdek, bunday nizolarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish uchun zarur choralar koʻrib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2005-yil 31-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
02/124-son