Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2018 24.09.1999 yildagi 18-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FUQAROLIK IShLARINI SUDDA KOʻRIShGA TAYYoRLASh VA ULARNI KOʻRISh MUDDATLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 11-sonli qaroriga asosan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlatimizning demokratik oʻzgarishlar natijasida yangi sharoitlarni vujudga kelishi sudlar faoliyatining protsessual shaklini yangilanishini, sud majlislarida ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy mavqeini kelgusida mustahkamlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrishni taqozo etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolik ishlarini koʻrish muddatlariga respublika sudlari tomonidan rioya qilinish amaliyotini umumlashtirish natijalari sudda ishlarni maʼlum qismi belgilangan muddatlarni buzib koʻrilishini koʻrsatdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni yaxshi tashkil qilmaslik yoki sud protsesslarini rejalashtirishda beparvolik qilish, protsessual hujjatlarni rasmiylashtirishni kechiktirib bajarish, sud majlisi davomida protsessual huquq mezonlarini buzishlar natijasida sansolarlikka yoʻl qoʻyishlik kelib chiqmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudyalar arizalarni qabul qilishda huquqiy munosabatlarning xarakterini, ular tartibga solinadigan huquq mezonlarni hamma vaqt ham toʻgʻri aniqlamaydilar va natijada daʼvo asosi, isbotlash vositalari, ishda ishtirok etuvchi shaxslar doirasini aniqlashda xatoliklarga yoʻl qoʻymoqdalar. Bularning hammasi dalillarni toʻplash, tegishli shaxslarni ishda ishtirok etishga jalb qilish uchun ishni koʻrishlikni boshqa kunga qoldirishga va fuqarolik ishlarini sudda koʻrish muddatlarini buzishga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud amaliyotini umumlashtirish yana shuni koʻrsatdiki, fuqarolik ishlarini koʻrish muddatlarini buzishga maʼlum darajada ishni koʻrishga tayinlashda ish hujjatlarini chuqur oʻrganilmagani, ishni koʻrishga tayyorlash vaqtida ayrim xatolarga yoʻl qoʻyishlar, sudda ish yuritish ishtirokchilarini oʻz vaqtida xabardor qilmaslik, sud protsessini oʻylamasdan tashkil qilish va boshqa subyektiv xarakterga ega boʻlgan asoslar sabab boʻlmoqda.
(muqaddimaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baʼzi sudlarda qonunda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha ish koʻrishni bir necha marta toʻxtatib turish kabi amaliyot mavjud, bu bilan ishlarni koʻrishdagi sansolarlik yashirilmoqda.
(muqaddimaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni koʻrishga tayyorlashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni hamma vaqt ham sudda koʻrishda toʻldirib boʻlmaydi va bu toʻliq tekshirilmagan holatlar boʻyicha hal qiluv qarori chiqarishga olib keladi. Natijada bunday ishlar boʻyicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari apellyatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida bekor qilinadi, bu ham sansolarlikni keltirib chiqaradi. Bunday hal qiluv qarorlari bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilgan holatlarda ham ishni sudda koʻrishga tayyorlash jarayoni yuzaki olib borilishi yoki umuman bu jarayonni oʻtkazmaslik holatlari ham mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻpchilik ishlar boʻyicha sud majlisi bayonnomasini tuzish va u bilan taraflarni tanishtirish choʻzilmoqda, bu esa kelib tushgan shikoyat va protestlar bilan ishlarni apellyatsiya, kassatsiya instansiyasiga yuborish muddatlarini buzish hollarini keltirib chiqarmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori sudlar ishlarni apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat tartibida koʻrishda fuqarolik ishlarini qonunda belgilangan tartibda koʻrish muddatlarini birinchi instansiya sudi tomonidan buzilganligiga kamdan-kam holatlarda eʼtibor qiladilar va chora koʻrish uchun havola qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga Plenum qayd etadiki, yildan-yilga sudyalarni ish hajmini koʻpayishi, advokatlarning boshqa ishlarda band ekanliklarini vaj qilib sud protsesslarida ishtirok etishdan bosh tortishlari kabi holatlar ham ishlarni koʻrish muddatlariga taʼsir qilishi davom etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar faoliyatidagi qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Fuqarolik ishlarini koʻrish muddatlariga ogʻishmay rioya etishlik odil sudlovni amalga oshirishda qonunchilikni mustahkamlashga, sud ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim omillardan biri boʻlib hisoblanishiga Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining eʼtibori qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar protsess ishtirokchilarini qonuniy huquqlarini himoya qilish bilan birga, oʻzining protsessual huquqlaridan vijdonan foydalanmay, suiisteʼmol qilish yoʻli bilan sud muhokamasini asossiz choʻzishga qaratilgan taraflardan birining har qanday gʻayriqonuniy harakatlariga nisbatan keskin chora koʻrishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish, protsessual muddatlarga ogʻishmay rioya qilish va fuqarolik ishlarini koʻrish sifatlarini oshirish, oʻz ish faoliyatida sansolarlik holatlariga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir ishni oʻz vaqtida va sifatli koʻrishga shaxsiy javobgarliklarini oshirishlari lozimligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash bosqichida, shuningdek, ishni koʻrish jarayonida aniqlangan dalillar toʻliq va xolisona tekshirilishini, ishni tez va sifatli koʻrilishini taʼminlash lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Odil sudlovni amalga oshirish, ishlarni sud majlisiga tayyorlash va uni oʻtkazish darajasini koʻtarish choralarini koʻrish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir sud fuqarolik ishlarini hal qilishda qonunchilikka rioya etilishini toʻla kafolatlovchi ish tartibi bilan taʼminlanmogʻi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Arizani harakatsiz qoldirishda, ariza boʻyicha kamchiliklarni tuzatish uchun muhlat berish taqdim qilingan talablarning xarakteri, kamchilikni tuzatish oson yoki murakkabligi, toʻlanmagan davlat boji miqdori va boshqa holatlar hisobga olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar daʼvo ariza qabul qilingan boʻlsa, sud tomonidan tayinlangan barcha protsessual muddatlar (ishni tayyorlash, yozma va ashyoviy dalillarni taqdim etish, sud majlisini qoldirish va h.k.) ariza shu turdagi ishlarni koʻrish boʻyicha qonunda belgilangan muddatlar doirasida hal qilinishi lozim. Ushbu qoida, agar ariza harakatsiz qoldirilib, lekin daʼvogar sud talablarini muddatida bajargan taqdirda ham qoʻllanilib, daʼvo ariza boshlangʻich taqdim etilgan kundan berilgan hisoblanadi. Aks holda, ariza berilmagan hisoblanib, daʼvogarga qaytarilishi va bu haqda ajrim chiqarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qisqartirilgan muddatlarda (aliment undirish, fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan, shuningdek, boquvchisi vafot etgan taqdirda koʻrilgan zararni undirish va mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan talablar boʻyicha) koʻrish belgilangan ishlarga alohida eʼtibor qaratilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ishlarni sudda koʻrishga tayyorlash jarayoni barcha fuqarolik ishlari boʻyicha shartligini nazarda tutib, bunday jarayonni koʻzda tutuvchi FPKning 159, 160-moddalari talablarini bajarish zarurligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ishlarni sudda koʻrishga tayyorlash vazifalari boʻlib quyidagilar hisoblanishi tushuntirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taraflarning huquqiy munosabatlarini va ishni koʻrishda qoʻllanishi lozim boʻlgan qonunni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taraflarning talab va eʼtirozlarini asoslovchi faktlarni, shuningdek nizoni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa faktlarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishni hal etish uchun zarur boʻlgan dalillar doirasini aniqlash va ularni oʻz vaqtida sud majlisiga taqdim etishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishda ishtirok etishi mumkin boʻlgan shaxslar tarkibi masalasini hal etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. FPKning 160-moddasiga muvofiq, sudya qilinishi lozim boʻlgan aniq harakatlarni toʻliq koʻrsatib, ishni sudda koʻrishga tayyorlash haqida ajrim chiqarishga majbur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash jarayonida sudya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning FPKning 34-moddasida belgilangan huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daʼvogardan daʼvolarni ajratish (FPK 157-moddasi) yoxud ularni birlashtirish va birgalikda koʻrish (FPK 155, 156-moddalari) maqsadida shu yoki boshqa javobgarga nisbatan bir-biri bilan bogʻliq boshqa talablari bor-yoʻqligini aniqlashi;
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi 07-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
javobgardan daʼvogarning talablariga qanday eʼtirozlari borligini va bu eʼtirozlar qanday dalillar bilan isbotlanishi mumkinligini aniqlashi, FPK 246, 247-moddalari qoidalari boʻyicha unga qarshi daʼvo talablari taqdim etish huquqini tushuntirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FPKning 180-moddasi talablariga binoan sud majlisida amalga oshgan holda hal qilish uchun taraflardan kelishuv bitimi tuzish ehtimolini aniqlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishga tiklash haqidagi ishlarni sudda koʻrishga tayyorlashda qonunni ochiq-oydin buzib gʻayriqonuniy tarzda mehnat shartnomasini bekor qilish yoki xodimni noqonuniy boshqa ishga oʻtkazishni farmoyishi bilan amalga oshirgan mansabdor shaxsni aniqlash va uni javobgar tarafdan uchinchi shaxs sifatida gʻayriqonuniy ishdan ozod etilganda yoki asossiz boshqa ishga oʻtkazilganda toʻlangan ish haqini qoplash maqsadidagina emas, balki qonunlarni buzilishini oldini olish uchun ishga jalb qilish masalasini hal qilish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Agar daʼvoni taʼminlash boʻyicha choralarni koʻrmaslik hal qiluv qarorini ijrosini qiyinlashtiradigan yoki uni bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyadigan boʻlsa, sudya FPKning 248-moddasiga muvofiq ishni sudda koʻrishga tayyorlash davomida daʼvoni taʼminlash boʻyicha choralar qoʻllashga haqli ekanligi sudlarga tushuntirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu jarayonda sudya dalillarni taʼminlash boʻyicha choralar koʻrishi mumkin, chunki FPKning 61-moddasi sudga ariza berilgan vaqtdan boshlab sudya ularni taʼminlanishini nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash boʻyicha barcha harakatlar qilinib, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning daʼvo talablari va eʼtirozlari aniqlanib, barcha hujjatlar toʻplanib boʻlingach va ishni koʻrish joyi haqidagi masala hal qilingach, FPKning 161-moddasiga binoan sudya ajrimga asosan sudda ishni koʻrishga tayinlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FPKning 131-moddasida koʻrsatilgan fuqarolik ishlarini koʻrish muddatlari (tegishli ravishda oʻn kundan, yigirma kundan va bir oydan kechiktirmay) ishni sudda koʻrishga tayyorlash tugatilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sudlar FPKning 92, 93-moddalari talablariga qattiq rioya qilishlari va qonunda koʻrsatilgan asoslarga binoan ishlarni asossiz ravishda toʻxtatib turishga yoʻl qoʻymasliklari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatlar ish yuritish toʻxtatib turilgan vaqtdan emas, balki uni toʻxtatib turish uchun asoslar vujudga kelgan vaqtdan boshlab toʻxtatilishiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Sud majlisi bayonnomasining toʻla va oʻz vaqtida tuzilishiga, shuningdek uning toʻgʻriligiga raislik etuvchi va sud majlisi kotibi masʼulligini nazarda tutib, sudlar kotiblar malakasi va ishni tashkil qilish darajasini oshirishlari zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
FPKning 22-moddasiga binoan bayonnoma raislik etuvchi va sud majlisi kotibi tomonidan sud majlisi tugagach, uch kundan kechiktirmay imzolanishi lozim. Sud majlisi bayonnomasini tuzish va imzolashga muddat belgilanishi sud protsessi ishtirokchilari oʻz vaqtida bayonnoma yuzasidan eʼtiroz keltirishlari hamda sud qarori ustidan shikoyat qilishlarida muhim ahamiyatga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Sud protsesslarini aniq tashkillashtirishni sud raislari doimiy nazorat qilishlari, sansolarlik faktlariga yoʻl qoʻymasliklari va ishlarni koʻrish muddatlari muntazam yoki qoʻpol buzilgan holatlarda qonunda belgilangan tegishli choralar belgilashlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudlariga tuman (shahar) sudlari tomonidan fuqarolik ishlarini koʻrish muddatlariga rioya qilinishini nazorat qilishni susaytirmasliklari, bu muddatlar buzilgan hollarda tegishli tartibda chora koʻrishlari tavsiya qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oliy sud Plenumining 1983-yil 12-dekabrda va 1984-yil 21-avgustda qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan 1972-yil 21-martdagi “Fuqarolik ishlarini sudda koʻrishga tayyorlash haqida”gi 42-sonli Plenum qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 24-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-son