O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligini takomillashtirishga oid qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Soliq kodeksining amalga oshirilishini har tomonlama monitoring va tahlil qilish maxsus idoralararo guruhi (R.S. Azimov) ikki oy muddatda hukumat qarorlari bilan avval berilgan soliq imtiyozlarini tartibga solish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1 va 2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 06/18/5296/0534-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1 sentbridan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 9-yanvardagi PF-3709-son Farmoni 5-bandining “b” kichik bandidagi “daromad (foyda)” so‘zlari “foyda” so‘zi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 38-son, 442-modda)
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-son Farmoni 8-bandining ikkinchi xatboshidagi “daromad (foyda)” so‘zlari “foyda” so‘zi bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmonining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. 2007-yilning 1-oktabridan aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi (stomatologiya va kosmetologiya xizmatlari bundan mustasno) tibbiyot muassasalari 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlar va Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda Maktab ta’limi jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilsin, bo‘shaydigan mablag‘lar tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlashga maqsadli ravishda yo‘naltirilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)