Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2013 28.12.1998 yildagi 30-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2013
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 26-dekabrda tasdiqlangan Bojxona kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 6-sentabrdagi 18-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar tomonidan yangi Bojxona kodeksi meʼyorlarining qoʻllanishi munosabati bilan Oliy sud Plenumining rahbariy tushuntirishlarini talab qiluvchi ayrim masalalar vujudga keldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Bojxona faoliyati sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqayotganda sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, bojxona ishi haqidagi qonunlar Bojxona kodeksi va boshqa qonun hujjatlaridan, shu jumladan, davlat Bojxona qoʻmitasining hujjatlaridan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari davlat boshqaruv organlari tizimiga kirishi, ularning vakolat doirasida qabul qilingan qarorlari, mulk shaklidan qatʼi nazar, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga ijro etish uchun majburiy ekanligi tushuntirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni vaqtda shuni nazarda tutish kerakki, Davlat bojxona qoʻmitasining meʼyoriy hujjatlari Adliya vazirligidan roʻyxatdan oʻtgandan soʻng yuridik kuchga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Bojxona qonunlarining buzilishiga doir ishlar, basharti ularda jinoyat tarkibi boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida va Bojxona kodeksida koʻzda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi va ular bojxona organlariga taalluqlidir. Jumladan, jarima tariqasidagi maʼmuriy jazolarni qoʻllash, shuningdek, roʻyxati qonunlarda koʻrsatilgan tovarlarni musodara qilish bojxona organining boshligʻi va uning oʻrinbosari vakolatiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shuni nazarda tutish kerakki, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 245-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq maʼmuriy ishlar boʻyicha sudyalar, basharti huquqbuzar, huquqbuzarlik faktini inkor etsa, bunday ishlarni ham bevosita koʻrib chiqadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sudlarning eʼtibori Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtayotgan fuqarolar huquqlarining muhim kafolatlari nazarda tutilganiga qaratilsin. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 315-moddasiga muvofiq bojxona organining maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqargan qarori ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki maʼmuriy ishlar boʻyicha tuman (shahar) sudyasiga, sudyaning maʼmuriy ishlar boʻyicha qarori ustidan esa tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga shikoyat berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat bergan shaxs davlat boji toʻlashdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona kodeksining 189-moddasida nazarda tutilgan, belgilangan muddatda shikoyat berilishi yoki eʼtiroz bildirilishi, basharti qonunlarda boshqa yoʻllar koʻzda tutilmagan boʻlsa, shikoyat yoki eʼtiroz koʻrib chiqilgunga qadar taʼsir chorasini qoʻllash haqidagi qarorning ijrosi toʻxtatib qoʻyilishi toʻgʻrisidagi meʼyorlar ham fuqarolarning huquqlarining muhim kafolati hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona kodeksining 192-moddasiga muvofiq, bojxona qonunlarining buzilganligi toʻgʻrisidagi qaror bekor qilinib ish tugatilganda, undirib olingan pul summalari, olib qoʻyilgan va musodara qilingan narsalarning qaytarib berilishiga, shuningdek, ilgari qabul qilingan qaror bilan bogʻliq boshqa cheklashlarning bekor qilinishga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bojxona kodeksining 183-moddasiga muvofiq bojxona qonunlarining buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda javobgarlikka tortilayotgan shaxsdan tashqari uning vakili, advokat, ekspert, mutaxassis, tarjimon, guvoh, xolis ishtirok etishi mumkinligi sudlarga tushuntirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 294-moddasi 2-qismiga muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish, maʼmuriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsga ishni koʻrib chiqish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlgan va undan ishni koʻrib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan hollardagina uning ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin. Ayni vaqtda bojxona organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, musodara qilish bilan bogʻliq bojxona qonunlarining buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlar faqat favqulodda hollardagina, buning oldini olish uchun barcha choralar koʻrilgandan keyingina, aybdor shaxs yoki uning vakili ishtirokisiz koʻrib chiqilishi mumkin. Aybdor shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ekanligi yoxud uning qayerdaligini aniqlashning iloji yoʻqligi shunday hollarga kirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Tovarlarni yoki boshqa qimmatliklarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab yoki undan yashirib yohud bojxonaning hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiya bilan olib oʻtish” kabi tushunchalarning izohi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi “Kontrabanda va bojxona qonunlarini buzish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 2-son qarorida bayon etilganini nazarda tutish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni koʻp yoki juda koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasi orqali olib oʻtgan shaxslarning xatti-harakatlari Jinoyat kodeksi 182-moddasining tegishli qismlari boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqbuzarlik predmeti boʻlgan tovarlarning qiymati 1998-yil 1-yanvardan kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Bojxona tarifi haqida”gi Qonuni, shuningdek, Bojxona kodeksining 179-moddasi bilan belgilangan tartibda bozor bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tovarlar gʻayriqonuniy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali amalda olib oʻtilgan vaqtdan eʼtiboran jinoyat tugallangan hisoblanadi. Ana shunday olib oʻtishga tayyorgarlik koʻrishga qaratilgan harakatlar jinoyatga suiqasd deb tasniflanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni gʻayriqonuniy ravishda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish gʻayriqonuniy ravishda chegaradan tashqariga chiqish, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoki belgilangan tartiblarni buzib chegaradan oʻtish bilan bogʻliq boʻlsa, bunday harakatlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182 va 223-moddalarida koʻzda tutilgan jinoyatlarning yigʻindisi sifatida tasniflanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jinoyat kodeksining 182-moddasi dispozitsiyasi mazmuni boʻyicha hamda shu xildagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik koʻzda tutilgan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks va Bojxona kodeksi qoidalari boʻyicha tovarlarni bojxona nazoratini chetlab olib oʻtish faqat qasddan sodir etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Chiqarilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jinoyat kodeksining 246-moddasida javobgarlik koʻzda tutilgan kontrabanda bojxona qonunlarini buzish turlaridan biri boʻlib, jamiyat uchun koʻproq xavf tugʻdirishini, shu sababli Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan qoʻshimcha tasniflashni talab qilmasligini sudlarga tushuntirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sudlarning eʼtibori jinoyatlarni sodir etishda va bojxona qonunlarini boshqacha buzishda aybdor shaxslarga qonuniy va adolatli jazolar tayinlanishi ishni toʻgʻri hal etishda muhim ahamiyatga ega ekanligiga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼmuriy jazo tariqasidagi maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish Mamuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 33-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirdagina qoʻllanmasligi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sudlar bojxona qonunlarining buzilishiga doir jinoiy va maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish muddatlarining buzilish hollariga barham berishlari, sud qarorlarining soʻzsiz ijro etilishini taʼminlashlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni vaqtda sud qarorining bir nusxasi jinoiy yoki maʼmuriy ishni qoʻzgʻatgan organga yuborilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur toifadagi ishlarni koʻrib chiqish vaqtida sudlar bojxona qonunlarining buzilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari va xususiy ajrimlar chiqarish yoʻli bilan ularni bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi bojxona sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarilik toʻgʻrisidagi ishlarning sudlar tomonidan bexato koʻrilishi ustidan tegishli sud nazoratini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Nazorat instansiyasi sudlari ushbu toifadagi ishlar boʻyicha sud amaliyotini, yoʻl qoʻyilgan sud xatolarini oʻz vaqtida tuzatgan holda, muntazam ravishda oʻrganib va umumlashtirib borsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 28-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-son