Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.2020 24.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1909
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 24.02.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1909
Дата вступления в силу
06.03.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.02.2020
Hujjat 04.04.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1909]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 17-fevraldagi 6 va 2020-05-sonli “Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1909-6, 28.02.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq qaror qilamiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ilova qilinayotgan Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 21-fevraldagi 15 va 2008-11-son bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2008-yil 5-mart, roʻyxat raqami 1776 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 67-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 10-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-yil 10-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2009-10-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 10-fevraldagi 21, 2009-10-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 515-modda) muvofiq tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha tabiiy gazni realizatsiya hajmlariga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishdan olingan sof tushum — qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi va Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar chegirilib tashlangan holda eksportga tabiiy gazning realizatsiya qilishdan olingan tushum;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar — qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chegirilib tashlangan xoldagi tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishdan olingan tushumning “qirqish bahosidan” oshgan qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob-kitob bahosi va “qirqish bahosi” — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisidagi qarori bilan har yili kelgusi yil uchun tasdiqlanadigan tabiiy gazning baholar darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimcha foyda — tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishdan olingan sof tushum bilan hisob-kitob bahosi oʻrtasidagi ijobiy farq;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sof qoʻshimcha foyda — qoʻshimcha foyda qismiga toʻgʻri keladigan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar chegirib tashlangan hisobot davridagi qoʻshimcha foyda summasidir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 21, 2010-10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1909-1, 25.03.2010-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 91-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻini hisoblab chiqishda sof qoʻshimcha foyda summasi soliq solinadigan bazaga qoʻshilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 21, 2010-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1909-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 91-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qonun hujjatlariga muvofiq soliq solish obyekti paydo boʻladigan, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tabiiy gazni eksportga realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlovchilar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Soliq toʻlovchining hisobot davridagi qoʻshimcha foyda soligʻi, qoʻshimcha foyda soligʻini solish obyekti hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Soliq solinadigan baza
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sof qoʻshimcha foyda soliq solinadigan bazadir.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 21, 2010-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1909-1, 25.03.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 12-son, 91-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Soliq stavkasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoʻshimcha foyda soligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan stavka boʻyicha toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Soliq davri. Hisobot davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Soliq davri kalendar yildir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Hisobot davri oydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoʻshimcha foyda soligʻi summasi soliq solinadigan bazaning miqdoridan va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qoʻshimcha foyda soligʻi respublika budjetiga milliy valyuta — soʻmda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoʻshimcha foyda soligʻining hisob-kitobi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha ilovaga binoan shaklda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻini hisobot davrida mahsulotni realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlaridan kelib chiqqan holda, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay toʻlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Soliq toʻlovchi tasarrufida qoladigan mablagʻlarni hisoblab chiqarish va ulardan foydalanish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Soliq toʻlovchining ixtiyorida qoladigan mablagʻ soliq solinadigan baza va qoʻshimcha foyda soligʻi oʻrtasidagi farq sifatida hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Soliq toʻlovchi tasarrufida qoladigan mablagʻlar qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlash uchun belgilangan muddatlarda tabiiy gaz uchun maxsus ochiladigan investitsiya hisob raqamiga toʻliq hajmda oʻtkaziladi. Mazkur investitsiya hisob raqamidan mablagʻlar faqatgina Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, realizatsiya qilish uchun belgilangan tartibda maʼqullangan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga, investitsiya loyihalarini realizatsiya qilish, shuningdek asosiy ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash uchun jalb qilingan kreditlarga xizmat koʻrsatishga sarf qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mablagʻlar soliq toʻlovchining xizmat koʻrsatuvchi bankdagi maxsus hisob raqamiga oʻtkazilmaganda yoki maxsus hisob raqamda jamlangan mablagʻlar maqsadsiz sarflanganda ushbu mablagʻlar qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy jarimalar qoʻllangan holda toʻliqligicha davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Qoʻshimcha foyda soligʻi hisobini yuritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga muvofiq (2002-yil 23-oktabr, roʻyxat raqami 1181 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 20-son; 2003-yil, 21-22-son) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblash bilan bogʻliq operatsiyalar va qoʻshimcha foyda soligʻini toʻlagandan keyin soliq toʻlovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablagʻlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblashda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qoʻshimcha ochiladigan 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlari” hisobvaraqning debetida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning krediti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) soliq summasini budjetga oʻtkazishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaraqning debeti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqning krediti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) soliq toʻlovchi tasarrufida qoladigan mablagʻlar keyinchalik maqsadli foydalanishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi (9800) hisobvaraqning qoʻshimcha ochiladigan 9830 “Qoʻshimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar boʻyicha xarajatlar” hisobvaraqning debeti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8890 “Boshqa maqsadli tushumlar” hisobvaragʻining krediti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) soliq toʻlovchi tasarrufida qoladigan mablagʻlarni maxsus hisobvaraqqa oʻtkazishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqning debeti (5500);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraq krediti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qoʻshimcha foyda soligʻini va soliq toʻlovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablagʻlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha hisob-kitob asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-son shakl)da 9811 “Qoʻshimcha foyda soligʻi boʻyicha xarajatlari” hisobvaragʻida hisobga olingan, hisobot davri boshidan hisoblangan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi qoʻshimcha ochiladigan “Qoʻshimcha foyda soligʻi” 251-satrda, 9830 “Qoʻshimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻida hisobga olingan, hisobot davri boshidan hisoblangan soliq toʻlovchi tasarrufida keyinchalik maqsadli foydalanish uchun qoladigan mablagʻlar summasi esa qoʻshimcha ochiladigan “Qoʻshimcha foydadan maqsadli moliyalashtirishga ajratmalar” 252-satrda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga hisoblanadigan va oʻtkaziladigan mablagʻlar bilan bogʻliq operatsiyalar buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tabiiy gazni realizatsiya qilish bahosining (qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chegirilib tashlangan holdagi) tabiiy gaz uchun “qirqish bahosi”dan oshishi hisobiga yuzaga kelgan summalar Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga hisoblanganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” hisobvaragʻining debeti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqda (6500) qoʻshimcha ochiladigan “Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga toʻlovlar” hisobvaragʻining krediti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tabiiy gazni realizatsiya qilish bahosining (qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chegirilib tashlangan holdagi) tabiiy gaz uchun “qirqish bahosi”dan oshishi hisobiga yuzaga kelgan summalar Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga oʻtkazilganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta va maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqda (6500) qoʻshimcha ochiladigan “Oʻzbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga toʻlovlar” hisobvaragʻining debeti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul mablagʻlari hisobini yurituvchi hisobvaraqning krediti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. Soliq toʻlovchilarning javobgarligi va davlat soliq xizmati organlari nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Soliq toʻlovchilar qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi, shuningdek soliq toʻlovchining xizmat koʻrsatuvchi bankdagi maxsus hisob raqamiga mablagʻlarni oʻtkazilishi va maxsus hisob raqamdagi mablagʻlarni maqsadli ishlatilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Qoʻshimcha foyda soligʻining toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs shtampi‎
_____________________________ tuman (shahar) Davlat soliq inspeksiyasiga ‎‎
Soliq toʻlovchi _____________________________________________________

(korxona, tashkilotning nomi)‎‎

STIR‎‎
Telefon ___________________________‎‎
Toʻlovchi manzili ___________________________________________________
Hisob-kitob raqami ________________________________________________

(bank muassasasi nomi, kodi)‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tabiiy gazga qoʻshimcha foyda soligʻi

HISOB-KITOBI

Koʻrsatkichlar‎ Satr kodi‎ Oʻlchov birligi‎ Summasi‎
‎Eksportga realizatsiya qilingan tabiiy gaz hajmi 010 ming kub. m
Qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chegirilib tashlangan holda barcha hajmga realizatsiya qilish summasi* 020‎ AQSh doll.‎
Hisobot davrida valyuta tushumini sotish sanasidagi AQSh dollarining soʻmga nisbatan oʻrtacha kursi (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha) ‎ 030‎ soʻm‎
Kontrakt boʻyicha 1000 kub. m tabiiy gazni qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi chegirilib tashlangan holda realizatsiya qilish narxi
‎(020-satr / 010-satr) ‎
040‎ AQSh doll.
shu jumladan, tabiiy gaz uchun “qirqish bahosi” doirasida‎ 0401‎ AQSh doll.‎
1000 kub. m tabiiy gaz uchun hisob-kitob narxi‎ 050‎ AQSh doll.‎
Umumiy hajmga qoʻshimcha foydaning jami summasi
‎(ijobiy farq (0401-satr – 050-satr) x 010-satr)
060‎ AQSh doll.‎
Qoʻshimcha foydaga toʻgʻri keladigan qismi boʻyicha yer qaʼridan foydalangani uchun soligʻi, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Respublika yoʻl jamgʻarmasi va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar, jami ___ % stavkada:
‎(060-satr x ___ %)‎
070‎ AQSh doll.‎
Soliq solinadigan baza
‎(060-satr – 070-satr)‎
080‎ AQSh doll.‎
Qoʻshimcha foyda soligʻining belgilangan stavkasi‎ 090‎ %‎
Budjetga toʻlanadigan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi‎ 100‎
(080-satr x 090-satr)‎ 1001‎ AQSh doll.‎
(1001-satr x 030-satr / 1000)‎ 1002‎ ming soʻm
Oʻtgan hisobot davri uchun hisob-kitob boʻyicha hisoblangan qoʻshimcha foyda soligʻi summasi‎ 110‎ ming soʻm
Qoʻshimcha foyda soligʻi toʻlangandan keyin tashkilot tasarrufida qoladigan va maxsus hisobvaraqda jamlanadigan summa
‎(080-satr – 1001-satr) ‎
120‎ AQSh doll.‎

‎Rahbar‎


‎_______________‎

‎‎
‎________________

(imzosi)‎

‎(F.I.Sh.)

Bosh buxgalter‎

_______________

‎‎________________

(imzosi)

‎‎(F.I.Sh.)

‎‎200__ yil “___”_____________ M.Oʻ.‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Agar tabiiy gazni eksportga qoʻshilgan qiymat soligʻisiz realizatsiya qilinsa, u holda faqat aksiz soligʻi chegirilib tashlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 98-modda; 2010-y., 12-son, 91-modda; 2010-y., 28-29-son, 248-modda; 2014-y., 10-son, 120-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/1909-4/0868-son; 15.04.2019-y., 10/19/1909-5/2936-son)