O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT PATENT IDORASI DIREKTORINING
buyrug‘i
SANOAT NAMUNASIGA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PATENTI BERILIShI UChUN TALABNOMANI TUZISh, TOPShIRISh VA KO‘RIB ChIQISh QOIDALARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 24-fevralda 1361-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 11-yanvardagi 2-mh-sonli “Sanoat namunasiga patent berish uchun talabnomani tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3490, 11.01.2024-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi O‘RQ-164-sonli “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 21-apreldagi 22-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sanoat namunasiga O‘zbekiston Respublikasining patenti berilishi uchun talabnomani tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari”ga (2004-yil 20-may, ro‘yxat raqami 1361 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 20-son, 243-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Davlat patent idorasi direktori B. AMONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-yanvar,
11-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 9-son, 95-modda)