Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OITSGA QARSHI KURASH MARKAZLARINING TASHKILIY TUZILMASINI VA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 26-dekabrdagi PQ-1023-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Respublika OITSga qarshi kurash markazi tuzilmasi va mintaqaviy markazlarning namunaviy tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
OITSga qarshi kurash markazlari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
2009 — 2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi boʻyicha saʼy-harakatlar milliy rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar 2009 — 2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi boʻyicha saʼy-harakatlar milliy rejasini bajarish uchun qabul qilsinlar va uning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar har chorakda Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasi majlisiga 2009 — 2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi boʻyicha saʼy-harakatlar milliy rejasiga kiritilgan tadbirlarning bajarilishi toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadilar.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
2009-2010-yillar mobaynida budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari va qarzlarini jalb etish hisobiga OITSga qarshi kurash Respublika va mintaqaviy markazlarining zamonaviy davolash-diagnostika asbob-uskunalari bilan qoʻshimcha ravishda jihozlanishini va taʼmirlash-rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishini;
OITSga qarshi kurash markazlarining tayyorlangan va yuqori malakali mutaxassislar bilan butlanishini;
OIV infeksiyasiga qarshi kurash sohasida faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislarning malakasi doimiy va muntazam ravishda oshirilishini nazarda tutadigan tizim yaratilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
OITSga qarshi kurash markazlari faoliyati muvofiqlashtirilishini, shuningdek ular tomonidan diagnostika va davolashning yagona standartlariga rioya etish nazorat qilinishini, davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga ilgʻor xalqaro tajriba hisobga olingan holda zamonaviy tibbiyot texnologiyalari joriy etilishini;
OIV infeksiyasi profilaktikasi, davolash, bemorlarga qarash masalalarini integratsiyalashning sogʻliqni saqlash amaliyotiga, barcha davolash-profilaktika muassasalari faoliyatiga joriy etilishini taʼminlasin;
chet el tajribasini va aholi salomatligi saqlanishini hisobga olgan holda OIV infeksiyasini diagnostika qilish va davolashning Oʻzbekistonda qoʻllanayotgan metodlari samaradorligini baholash boʻyicha tadqiqotlarni amalga oshirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-yanvar,
1-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Respublika OITSga qarshi kurash markazi
TUZILMASI
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
OITSga qarshi kurash mintaqaviy markazlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Izoh: shtatdagi xodimlar soni hudud aholisi soniga qarab oʻzgarib boradi (38 kishidan 126,5 kishigacha).
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
OITSga qarshi kurash markazlari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurash markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurash markazi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining OITSga qarshi kurash markazlari (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Markazlar alohida tipdagi davlat mustaqil ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar tibbiyot muassasalari hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurash markazi tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun klinik, oʻquv bazasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Markazlar oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4. Markazlar faoliyati OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar profilaktikasi, diagnostikasi, ularni davolash, psixologik va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning tengligi tamoyiliga asoslanadi.
5. Markazlar mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, oʻz nomi yozilgan gerbli muhrga, shuningdek faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa belgilarga ega boʻladi.
II. Markazlarning maqsad va vazifalari
6. Quyidagilar Markazlarni tashkil etish va ular faoliyatining maqsadlari hisoblanadi:
aholiga OIV/OITS diagnostikasi, uni davolash va uning profilaktikasi boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat koʻrsatish;
tibbiyot muassasalariga OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolashning zamonaviy usullari joriy etilishini metodik taʼminlash.
7. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurash markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
OITSga qarshi kurash mintaqaviy markazlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish;
OIV infeksiyasi va qoʻshimcha kasalliklar tarqalishining oldini olishga yoʻnaltirilgan profilaktik, epidemiyaga qarshi, diagnostika, davolash tadbirlarini amalga oshirish;
OIV infeksiyasi yuqishi intensivligiga taʼsir koʻrsatadigan omillarni aniqlash va ularning faolligini baholash boʻyicha maxsus epidemiologik tadqiqotlar oʻtkazish;
OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga ularning salomatligini va mehnatga layoqatini saqlash uchun zarur boʻlgan diagnostika va tibbiy yordam koʻrsatishni tashkil etish hamda amalga oshirish, shuningdek OIV/OITS va qoʻshimcha kasalliklar diagnostikasini amalga oshiruvchi muassasalarga tibbiy yordam koʻrsatish;
profilaktika, diagnostika va davolash tadbirlariga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash;
OIV/OITSni profilaktika, diagnostika qilish va davolashning Oʻzbekistonda qoʻllanayotgan metodlari samaradorligini fuqarolar salomatligini va millat genofondini muhofaza qilish nuqtai nazaridan tahlil qilish va baholash;
OIV/OITSni diagnostika, profilaktika qilish va davolashning inson salomatligi uchun xavfsiz metodlarini qoʻllanish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va tahlil qilish, maʼlumotlarining tegishli bazasini shakllantirish va yuritish;
OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash olib borish masalalari boʻyicha tibbiyot xodimlari, boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qatnashish.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining OITSga qarshi kurash markazlarining asosiy vazifalari:
OITSga qarshi kurash markazi faoliyat koʻrsatayotgan hududda OIV infeksiyasi va qoʻshimcha kasalliklar tarqalishining oldini olishga yoʻnaltirilgan profilaktika, epidemiyaga qarshi, diagnostika, davolash tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
OIV infeksiyasini laboratoriyada diagnostika qilishni tashkil etish va amalga oshirish, davolash-diagnostika tadbirlari ustidan klinik-laboratoriya kuzatuvini taʼminlash, shuningdek OIV infeksiyasi va qoʻshimcha kasalliklar diagnostikasini amalga oshiruvchi muassasalarga tibbiy yordam koʻrsatish;
OIV infeksiyasiga chalingan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish, shu jumladan ularni dispanser koʻrigidan oʻtkazish, ularning hayot sifatini yaxshilash uchun zarur boʻlgan davolash tadbirlarini amalga oshirish;
joriy epidemiologik vaziyat monitoringini olib borish, OIV infeksiyasi yuqishi intensivligiga taʼsir koʻrsatadigan omillarni aniqlash va ularning faolligini baholash boʻyicha maxsus epidemiologik tadqiqotlar oʻtkazish;
profilaktika, diagnostika va davolash tadbirlariga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlash;
aholi oʻrtasida rejali tushuntirish ishlarini olib borish.
III. Markazlarning huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
9. Markazlar belgilangan maqsadlarga erishish va yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻz faoliyatini ushbu Nizomda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalar doirasida rejalashtirish va amalga oshirish;
xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslar bilan ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshirish;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
oʻz balansiga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka, Markazlarning maqsadi va vazifalariga zid boʻlmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshirish huquqiga ega.
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Markazlar:
profilaktik, epidemiyaga qarshi, diagnostika, davolash tadbirlarini va boshqa tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishga;
davolash-profilaktika muassasalarida OIV infeksiyasining yuqishini oldini olish boʻyicha tadbirlar amalga oshirilishi, shuningdek davolash-profilaktika muassasalarida amalga oshirilayotgan oʻz vaqtida diagnostika qilish va davolash tadbirlari sifatli amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borishga;
OIV infeksiyasi boʻyicha vaziyatning rivojlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligini va davlat organlari, yuqori tashkilotlar va nazorat organlarining oʻz vaqtida xabardor qilinishini taʼminlashga;
OIV infeksiyasi tarqalishining psixologik, ijtimoiy va boshqa oqibatlarini kamaytirish tadbirlarini amalga oshirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Markazlarning xodimlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish va mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlarini, texnika xavfsizligini, ijtimoiy taʼminotni va aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy himoyani kafolatlashga;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Markazlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga va zamonaviy tibbiyot texnikasi va eng yangi texnologiyalar bilan rivojlantirishga;
Markazlarning mol-mulkidan aniq maqsadda foydalanilishini, ularning saqlanishini taʼminlashga;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya va statistika hisobi va hisobotini yuritishga majbur.
(10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurash markaziga qoʻshimcha ravishda quyidagilar boʻyicha majburiyatlar yuklanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan klinik standartlarga muvofiq OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika va statsionar yordam koʻrsatish, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurash markaziga, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining OITSga qarshi kurash markazlariga maslahat yordami va tashkiliy-metodik yordam koʻrsatish;
OIV infeksiyasi masalalari boʻyicha tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tadbirlarini muntazam tashkil etish.
IV. Markazlarning tuzilmasi va faoliyatini boshqarish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurash markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurash markaziga, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining OITSga qarshi kurash markazlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh vrach rahbarlik qiladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktorining Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda Respublika markazi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurash markazi bosh vrachining, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining OITSga qarshi kurash markazlari bosh vrachlarining Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi yoki hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurash markazi bosh vrachi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining OITSga qarshi kurash markazlari bosh vrachlari belgilangan tartibda Markazlarning faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladilar, ishlarni tashkil qiladilar, Markazlar nomidan ishonchnomasiz ish koʻradilar, barcha tashkilotlarda ularning manfaatlarini ifodalaydilar, belgilangan tartibda Markazlarning mol-mulkini tasarruf qiladilar, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadilar, ishonchnomalar beradilar, banklarda hisob raqamlari ochadilar, moliyaviy mablagʻlarni tasarruf etish huquqidan foydalanadilar, shtatlarni tasdiqlaydilar, buyruqlar chiqaradilar va Markazlarning faoliyati natijalari yuzasidan shaxsan javob beradilar.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori boʻlmagan vaqtda uning vazifalarini Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda uning oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurash markazi, viloyatlar va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash boshqarmalarining OITSga qarshi kurash markazlari bosh vrachlari boʻlmagan vaqtda ularning vazifalarini tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi yoki hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi bilan kelishgan holda ularning oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
V. Markazlarning moliya-xoʻjalik faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
18. Markazlarning moliya-xoʻjalik faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Markazlar faoliyat maqsadlariga muvofiq, belgilangan tartibda oʻz mol-mulkiga egalik qiladilar, undan foydalanadilar va uni tasarruf etadilar, bunda budjet mablagʻlaridan va budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanilishini taʼminlaydilar.
Asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslar Markazlarning mol-mulkini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Markazlar asbob-uskunalar va mol-mulkni qonunchilikda belgilangan tartibda balansdan chiqarish huquqiga egadirlar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Markazlar faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VI. Hisob va hisobot
Oldingi tahrirga qarang.
22. Markazlar qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadilar hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga ham taqdim etadilar, hujjatlarning saqlanishi va kelishilgan roʻyxatga muvofiq ularning davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Markazlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish sogʻliqni saqlash organlari, soliq va moliya organlari, davlat boshqa organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda auditorlik tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida auditorlik tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
VII. Yakunlovchi qoidalar
24. Markazlar davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Markazlarni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
2009 — 2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi boʻyicha saʼy-harakatlar
MILLIY REJASI
| T/r | Tadbirlar mazmuni | Bajarish muddati | Masʼul bajaruvchilar | Amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natijalar |
| I. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash sohasida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish | ||||
| 1. | 2009 — 2011-yillarda OIV infeksiyasi tarqalishi profilaktikasi va oldini olish tadbirlarining tarmoq va hududiy rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2009-yil yanvar | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mudofaa vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar va idoralarning tegishli qarorlari. Barcha darajalarda OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni taʼminlash. |
| 2. | OIV/OITS tarqalishiga koʻmaklashadigan jamiyatga qarshi hodisalar (fohishabozlik va giyohvandlik)ni tugatishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va kiritish. | Ishlab chiqish — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — doimo | Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, boshqa vazirliklar va idoralar | Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tadbirlar kompleksi. Aholi va ayniqsa yosh avlod oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish. Boʻlajak avlodning nosogʻlom turmush tarzi yuritishning halokatli oqibatlari haqidagi bilim darajasini oshirish. |
| 3. | Oʻzbekiston Respublikasida bepul donorlik faoliyati doirasida chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Tasdiqlangan tadbirlar muddatlariga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Qon inson xizmatida” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, OʻzA, Milliy teleradiokompaniya, Qizil Yarim oy jamiyati | Qon xavfsizligini va qon qismlarining zarur zaxirasini taʼminlash. |
| 4. | Tibbiyot muassasalarida qon va uning qismlarini saqlash, qayta ishlash, transportda tashish va foydalanish boʻyicha yoʻriqnomani ishlab chiqish va tasdiqlash. | Buyruqni tasdiqlash — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — doimo | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi | Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. Tibbiyot muassasalarida qonning xavfsizligini taʼminlash, qon va uning qismlarini saqlash, qayta ishlash, transportda tashish va foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish. |
| 5. | Homilador ayollarda OIV infeksiyasini oʻz vaqtida aniqlash va OIV infeksiyasining onadan bolaga oʻtishi profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Ishlab chiqish — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — doimo | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. OIV infeksiyasiga chalingan bolalar tugʻilishining oldini olish. |
| 6. | OIV bilan ogʻrigan onalardan tugʻilgan, dispanser kuzatuvi ostidagi 1 yoshgacha bolalarni sut aralashmasi bilan taʼminlash tizimini tashkil etishga doir takliflar ishlab chiqish. | 2009-yil I yarim yillik | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi | OIV infeksiyasining onadan bolaga oʻtishining oldini olishni taʼminlash. |
| 7. | 2009-yilda va keyingi yillarda Sogʻliqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasining davlat ilmiy-texnik dasturlari va innovatsiya ishlari dasturlari rejasiga quyidagilarga yoʻnaltirilgan loyihalarni kiritish: — OITS rivojlanishi va tarqalishiga koʻmaklashadigan sabablarni aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish; |
2009-yil yanvar, tadqiqotlar oʻtkazish — tasdiqlangan rejaga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasiga taqdim etish uchun davlat ilmiy-texnik dasturlari va innovatsiya ishlari dasturlari rejasi. |
| | — OIV/OITS diagnostikasi va uni davolashning Oʻzbekistonda qoʻllanilayotgan metodlari samaradorligini tahlil qilish va baholash; | OIV infeksiyasi va u bilan bogʻliq kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish. | ||
| | — OIV/OITSni davolash uchun antiretrovirus terapiyani qoʻllashning xorijiy tajribasini oʻrganish va tahlil qilish. | Tavsiyalar bilan birga OIV infeksiyasi diagnostikasi va uni davolashning qoʻllanilayotgan metodlari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotnoma. | ||
| II. OITSga qarshi kurash markazlari va davolash-profilaktika muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||
| 8. | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurash markazi huzurida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan klinika tashkil etish. | 2009-yil IV chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. OIV/OITSni davolash boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish. OIV/OITSga qarshi kurash sohasida ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun klinik baza tashkil etish. |
| 9. | Respublika va mintaqaviy OITSga qarshi kurash markazlarida, idoraviy laboratoriyalarda taʼmirlash-rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish, ularni zamonaviy tibbiyot va diagnostika asbob-uskunalari bilan jihozlash. | 2009 — 2011-yillar mobaynida, alohida jadval boʻyicha | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | Taʼmirlash-rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish va jihozlash jadvali. Muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. |
| 10. | Mamlakatimiz korxonalari negizida OITSni davolash uchun zarur boʻlgan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari, tibbiy maqsaddagi buyumlar hamda dori-darmonlar ishlab chiqarishni tashkil etishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritish. | 2009-yil I yarim yillik | “Oʻzfarmsanoat” davlat konserni, Fanlar akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi | Takliflar turkumi. Mamlakatimizda dori-darmonlar va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish. |
| III. OIV infeksiyasi masalalari boʻyicha mutaxassislarni doimo va tizimli tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni taʼminlash | ||||
| 11. | Respublika va mintaqaviy OITSga qarshi kurash markazlari rahbar tibbiyot xodimlarini egallab turgan lavozimiga muvofiqligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish. | 2009-yil I chorak, keyinchalik — har yili | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Attestatsiya komissiyasi tarkibi tasdiqlangan va tarkibga manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari kiritilgan holda Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. Rahbarlik lavozimlariga yuqori malakali mutaxassislarni tanlashni takomillashtirish. |
| 12. | Respublika va mintaqaviy OITSga qarshi kurash markazlari kadrlar bilan taʼminlanganligining holatini oʻrganish hamda ularni har tomonlama tayyorlangan yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash ishlarini tashkil etish. | Oʻrganish — 2009-yil yanvar-fevral, taʼminlash — jadvalga muvofiq yil mobaynida | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Oʻrganish va kadrlar bilan taʼminlash jadvali. Kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha tahliliy materiallar. Respublika va mintaqaviy OITSga qarshi kurash markazlarini yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash. |
| 13. | Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti va respublika tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining vrachlar malakasini oshirish fakultetlari bazasida OIV/OITS profilaktikasi va davolash boʻyicha maxsus kurslar tashkil etish. | Ishlab chiqish — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — oʻquv rejasiga muvofiq har yili | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Mutaxassislar malakasini oshirish rejasi. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirishni taʼminlash. |
| 14. | OIV infeksiyasi yuqishi xavfi yuqori boʻlgan guruhlar bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun OIV infeksiyasi, giyohvandlik va jinsiy aloqa vositasida yuqadigan infeksiyalar profilaktikasi masalalari boʻyicha seminarlar tashkil etish. | Doimo, seminarlar oʻtkazish rejasiga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi | Mutaxassislar malakasini oshirish rejasi. Xavf yuqori boʻlgan guruhlar bilan ishlaydigan mutaxassislarning bilim darajasini oshirish. |
| 15. | Tibbiyot kollejlari va oliy oʻquv yurtlarining klinik fanlari oʻquv dasturlariga OIV infeksiyasi profilaktikasi va uni davolash boʻyicha mavzuli blokni kiritish. | Ishlab chiqish — 2009-yil I chorak, amalga oshirish — oʻquv rejasiga muvofiq har yili | Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi | Oʻquv rejalari. OIV infeksiyasi profilaktikasi va uni davolash toʻgʻrisidagi bilimlarga ega boʻlgan tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashni taʼminlash. |
| IV. OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha tizimli axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish | ||||
| 16. | OIV infeksiyasi tarqalishi bilan bogʻliq muammolarni oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish. Aniq tavsiyalar ishlab chiqish. | Muntazam ravishda, rejaga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Ijtimoiy fikr” markazi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti | Sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish jadvali. Tavsiyalar bilan birgalikda sotsiologik tadqiqotlar natijalari boʻyicha tahliliy materiallar. |
| 17. | Quyidagilarni ishlab chiqish va koʻrib chiqish uchun kiritish: — yuqumli kasalliklar profilaktikasi, shaxsiy gigiyena masalalari boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv-metodik, taʼlim materiallari, oʻquv filmlari tayyorlash boʻyicha takliflar; |
Ishlab chiqish — 2009-yil I yarim yillik, amalga oshirish — tasdiqlangan tadbirlar rejasiga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, Respublika milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Milliy teleradiokompaniyasi | Tavsiyalar, oʻquv qoʻllanmalari, oʻquv filmlari, axborot-taʼlim materiallari. |
| | — Oʻzbekiston xalqining mentaliteti, maʼnaviy-axloqiy negizlari va anʼanaviy qadriyatlarini hisobga oladigan aholi oʻrtasida OIV/OITS profilaktikasi masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlari olib borish boʻyicha metodik tavsiyalar; | Respublika milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazining tavsiyalariga muvofiq oʻquv-metodik, axborot-taʼlim materiallari va qoʻllanmalar mazmunini takomillashtirish va sifatini oshirish. | ||
| | — umumtaʼlim maktablari, tibbiy ixtisoslikdan boshqa oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining oʻquv dasturlariga yuqumli kasalliklar profilaktikasi, shaxsiy gigiyena masalalari boʻyicha soatlar joriy etish boʻyicha takliflar. | Yoshlarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari boʻyicha bilimlari darajasini oshirish. | ||
| 18. | Ommaviy axborot vositalarida maʼnaviy boy, jismoniy sogʻlom va uygʻun yoshlarni kamol toptirishga yoʻnaltirilgan OITS profilaktikasi masalalari boʻyicha tushuntirish ishlarini tashkil etish. | Doimo, tasdiqlangan yoritish rejasiga muvofiq | Milliy teleradiokompaniya, OʻzA, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi | Yoritish rejasi. Aholining tibbiy savodxonligini oshirish. |
| V. OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurash sohasidagi faoliyatni amalga oshirayotgan xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikni va ishlarni muvofiqlashtirishni taʼminlash | ||||
| 19. | OIV/OITS profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash masalalari boʻyicha ilgʻor tajribani oʻrganish uchun mutaxassislarning chet elga safarlarini tashkil etish. | Muntazam ravishda, rejaga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi | Mutaxassislar malakasini oshirish jadvali. Tajriba ayirboshlash, mutaxassislar malakasini oshirish. |
| 20. | OIV infeksiyasi profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash masalalari boʻyicha tajriba almashish maqsadida xorijiy mamlakatlarning mutaxassislari ishtirokida konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish. | 2009 — 2011-yillar, konferensiyalar oʻtkazish rejasiga muvofiq | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar, Nohukumat, notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi | Sogʻliqni saqlash vazirligining buyrugʻi. Konferensiyalar materiallari. |
| 21. | Xalqaro va xorijiy tashkilotlarning mablagʻlari hisobiga Oʻzbekistonda amalga oshiriladigan OITSga qarshi kurash sohasidagi loyihalar va dasturlarni muvofiqlashtirish va monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. | Ishlab chiqish — 2009-yil I yarim yillik | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti | Monitoring olib borish tartibi tasdiqlangan holda komissiyaning majlisi qarori. Loyihalar va dasturlarni muvofiqlashtirishni hamda ularning samarali amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlash. |
| 22. | OIV/OITSga, sil va bezgakka qarshi kurash boʻyicha global jamgʻarmaning dasturlarini amalga oshirish samaradorligini va uning grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini oʻrganish. | 2009-yil II chorak | Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi | Tavsiyalar bilan birgalikda tahliliy materiallar. Loyihalar amalga oshirilishi samaradorligini oshirish. |
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika favqulodda epidemiyaga qarshi kurashish komissiyasining OITS/OIV (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi/OIV kasalligi) epidemiyasi tarqalishiga qarshi kurashish strategik dasturini muvofiqlashtirish boʻyicha kichik komissiyasi toʻgʻrisida” 2003-yil 14-maydagi 214-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri boshchilik qiladigan respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2004-yil 4-noyabrdagi 519-son qaroriga 8-ilova.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 1-2-son, 3-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)