Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2009 05.11.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1867
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 05.11.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1867
Дата вступления в силу
15.11.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2009
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2008 YIL 22 OKTYaBRDAGI PF-4042-SONLI “ISh HAQI, PENSIYALAR, STIPENDIYALAR VA IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORINI OShIRISh TOʻGʻRISIDA”GI FARMONI BOʻYIChA PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 5-noyabrda 1867-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2009-yil 11-avgustdagi 50 va 82-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 8-iyuldagi PF-4119-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 1995, 18.08.2009-y.) qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2008-yil 7-avgustdagi 29, 85-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-iyuldagi PF-4014-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi haqidagi yoʻriqnoma”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi (2008-yil 16-avgust, roʻyxat raqami 1843 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 34-son, 338-modda) qarori 2008-yil 16-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 31-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 31-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
105-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2008-yil 31-oktabrdagi 59, 105-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandiga binoan pensiya va ijtimoiy nafaqalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2008-yilning 16-noyabridan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ish haqi oyiga — 28 040 soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yoshga doir pensiyalar — oyiga 55 550 soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 55 550 soʻm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga — 33 645 soʻm.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (28 040 soʻm x 8 = 224 320 soʻm).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Pensiya qayta hisoblanadigan oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun, ilovaga muvofiq yillar boʻyicha differensiyalangan yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Pensionerning ish haqlari toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan yoki oʻrtacha bir oylik ish haqining tuzatuvchi koeffitsiyent qoʻllanilgandan keyingi yangi miqdori belgilangan eng kam ish haqi miqdori (28 040 soʻm)ga yetmasa, pensiyani qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshga doir pensiyalar, I va II guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun tayanch miqdorlar oyiga 55 550 soʻm, III guruh nogironlik va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 27 775 soʻm miqdorida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi eng kam ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir hamda I va II guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Yangi oʻrtacha oylik ish haqining miqdori 28 040 soʻmdan 101 000 soʻmgacha (III guruh nogironlik pensiyasi va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun 92 583 soʻm 33 tiyingacha) boʻlgan miqdorni tashkil etgan hollarda pensiyalarni qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoshga doir pensiyalari, I va II guruh nogironlik pensiyalari, shuningdek, chin yetimlarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun pensiyaning tayanch miqdori oyiga 55 550 soʻm miqdorda, III guruh nogironlik pensiyalari va boquvchilaridan birini yoʻqotgan oilalarga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosi uchun 27 775 soʻm miqdorida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talab etiladiganidan ortiqcha ish staji uchun pensiyalar miqdorini oshirish yangi oʻrtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi (toʻliq pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun yoshga doir pensiyalar hamda I va II guruh nogironlik pensiyalari uchun 1 foiz, III guruh nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari uchun 0,5 foiz).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Pensionerlar boshqa toifalarining pensiyalarini qayta hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqi miqdorining sakkiz hissasi bilan chegaralanadi (224320 soʻm);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan oʻrtacha oylik ish haqi, ish stajiga bogʻliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan (28 040 soʻm) kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 22-oktabrdagi PF-4042-sonli “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pensiyalarni qayta hisoblashda oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi koeffitsiyentlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davrlar‎ Koeff.‎ Davrlar‎ Koeff.‎
1971-yil yilga qadar‎ 1169,2483‎ 1994-yil 1-iyuldan‎ 574,5317‎
1971-yil‎ 1139,4989‎ 1994-yil 1-avgustdan‎ 470,9841‎
1972-yil‎ 1111,1943‎ 1994-yil 1sentyabrdan‎ 409,4530‎
1973-yil‎ 1075,6511‎ 1994-yil 1-noyabrdan‎ 317,6938‎
1974-yil‎ 1003,4947‎ 1995-yil 1-yanvardan‎ 317,6938‎
1975-yil‎ 981,474‎ 1995-yil 1-martdan‎ 160,8249‎
1976-yil‎ 960,4148‎ 1995-yil 1-sentabrdan‎ 123,8322‎
1977-yil‎ 933,7586‎ 1996-yil 1-yanvardan‎ 123,8322‎
1978-yil‎ 902,3632‎ 1996-yil 1-apreldan‎ 92,0527‎
1979-yil‎ 884,5915‎ 1996-yil 1-sentabrdan‎ 64,2359‎
1980-yil‎ 861,8935‎ 1997-yil 1-yanvardan‎ 64,2359‎
1981-yil‎ 845,6661‎ 1997-yil 1-iyuldan‎ 44,7236‎
1982-yil‎ 845,5691‎ 1998-yil 1-yanvardan‎ 44,7236‎
1983-yil‎ 830,017‎ 1998-yil 1-iyuldan‎ 32,5537‎
1984-yil‎ 829,9221‎ 1999-yil 1-yanvardan‎ 26,6608‎
1985-yil‎ 819,8747‎ 1999-yil 1-avgustdan‎ 20,7677‎
1986-yil‎ 810,0235‎ 2000-yil 1-avgustdan‎ 13,5246‎
1987-yil‎ 790,8974‎ 2001-yil 1-avgustdan‎ 9,6615‎
1988-yil‎ 738,8333‎ 2002-yil 1-apreldan‎ 8,4016‎
1989-yil‎ 693,0486‎ 2002-yil 1-avgustdan‎ 7,3044‎
1990-yil‎ 625,4349‎ 2003-yil 1-maydan‎ 6,0871‎
1991-yil‎ 431,5733‎ 2004-yil 1-avgustdan‎ 4,6827‎
1992-yil 1-yanvardan‎ 127,6005‎ 2005-yil 1-maydan‎ 3,9016‎
1992-yil 1-iyuldan‎ 59,6932‎ 2005-yil 1-oktabrdan‎ 3,2512‎
1992-yil 1-oktabrdan‎ 28,6908‎ 2006-yil 1-iyuldan‎ 2,7094‎
1993-yil 1-yanvardan‎ 21,156‎ 2006-yil 1-noyabrdan‎ 2,2579‎
1993-yil 1-apreldan‎ 15,1683‎ 2007-yil 1-avgustdan‎ 1,8063‎
1993-yil 1-iyundan‎ 6,4734‎ 2007-yil 1-noyabrdan‎ 1,6421‎
1993-yil 1-iyuldan‎ 4,1569‎ 2007-yil 1-dekabrdan‎ 1,5052‎
1993-yil 1-sentabrdan‎ 3,1881‎ 2008-yil 1-apreldan‎ 1,3440‎
1993-yil 1-noyabrdan‎ 1,9351‎ 2008-yil 1-sentabrdan‎ 1,1200‎
1994-yil 1-yanvardan‎ 1,4495‎ 2008-yil 1-noyabrdan‎ 1,0600‎
1994-yil 1-martdan‎ 0,8695‎ 2008-yil 1-dekabrdan‎ 1,0000‎
1994-yil 1-iyundan‎ 0,5805‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 44-45-son, 450-modda)