Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.09.2008 yildagi 212-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008—2012 YILLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ATROF MUHITNI MUHOFAZA QILISh IShLARI DASTURI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xo‘jalik yuritishning ekologik usullarini joriy etish, atrof muhitni muhofaza qilishni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2008—2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi va uni ro‘yobga chiqarish tadbirlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga ishlarni tashkil etish va 2008—2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturining bajarilishini nazorat qilish yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritish uchun har yili O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga va Moliya vazirligiga belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008—2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturini bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 19-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
212-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-sentabrdagi 212-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008—2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DASTURI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008 — 2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan 1999 — 2005-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturining davomi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarga ekologik jihatdan ko‘maklashish prinsiplariga asoslanadi va uning asosiy qoidalari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda hisobga olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Dasturning maqsadi va vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Dastur atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy tizimlarni, ularning biologik rang-barangligini hamda o‘zini o‘zi to‘g‘rilash qobiliyatini saqlash va qayta tiklash tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanishni ta’minlash, tabiatdan foydalanishni boshqarishning samarali iqtisodiy metodlarini joriy etishni davom ettirish, atrof muhitning ifloslanish darajasini kamaytirish, tabiiy muhitni saqlashni ta’minlashning huquqiy mexanizmini takomillashtirish, ekologik ilm-fanni rivojlantirish, ekologik bilimlarni keng targ‘ib qilish, shuningdek ekologik madaniyatni oshirish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutilmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy resurslardan, shu jumladan suv, yer, mineral xomashyo, biologik resurslardan oqilona va kompleks foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning butun hududi bo‘yicha atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini sanitariya-gigiyena normalarigacha pasaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik talafot zonasida — Orolbo‘yida, shuningdek mamlakatning ekologik jihatdan noqulay bo‘lgan boshqa hududlarida ekologik holatni mahalliylashtirish, qayta tiklash va sog‘lomlashtirishni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhofaza qilinadigan yangi tabiiy hududlarni tashkil etish va mavjudlarini kengaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik jihatdan toza va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumladan qayta tiklanayotgan energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha texnologiyalarni joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologiya sohasida ilmiy-texnika potensialini rivojlantirish hamda fan va texnika yutuqlaridan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik monitoring, prognoz va axborotlarning kompleks tizimini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududlarini atrof muhitning transchegaraviy ifloslanishini nazorat qilish va undan muhofaza etishning yagona xizmatini shakllantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik qonunchilik, ta’lim, madaniyat va aholini tarbiyalash, shuningdek ekologik bilimlarni targ‘ib qilish tizimlarini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik muammolarni hal etishda jahon hamjamiyati bilan hamkorlikni chuqurlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Dasturni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Dasturda quyidagi to‘rtta asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish mo‘ljallanmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xo‘jalik yuritishning ekologik metodlarini joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda ekologik ilm-fanni, aholining ekologik ta’limi va tarbiyasini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro hamkorlik va mintaqaviy ekologik xavfsizlik.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Atrof muhitning ifloslantiruvchi moddalar chiqindilari va oqovalari bilan ifloslanish darajasini kamaytirish, chiqindilarni zararsizlantirish, xo‘jalik faoliyatining turli sohalarida resurslarni tejaydigan va chiqitsiz texnologiyalarni joriy etish, korxonalarni tabiatni muhofaza qiluvchi zamonaviy asbob-uskunalar bilan texnologik jihatdan qayta ta’minlash va jihozlash, suv, tuproq atmosfera havosi sifatini normativdagi talablarga muvofiq bo‘lishini ta’minlash, kanalizatsiya tozalash inshootlari va suv quvurlari tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qurish, atrof muhitning holati monitoringi tizimlarini, ekologik xavfsizlikning kompleks tizimini modernizatsiya qilish va amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan sohalardagi asosiy vazifalar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu vazifalarga muvofiq mazkur bo‘limda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalaridan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
temir yo‘llarni elektrlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
issiqlik elektr stansiyalardan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suv resurslarining, ayniqsa chuchuk yer osti suvlari manbalari ifloslanishining oldini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kanalizatsiya tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shaharlari va aholi punktlarida suv quvurlari tarmoqlarini rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning chiqindixonalar joylashgan hududlarida va radiatsiya jihatidan xavfli hududlarida ekologik holatni sog‘lomlashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xo‘jalik yuritishning ekologik metodlarini joriy etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bo‘limda tabiiy resurslardan oqilona va kompleks foydalanish samaradorligini oshirishga hamda davlat boshqaruvi organlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatida ekologik jihatdan toza texnologiyalarni qo‘llanishga yordam beradigan tadbirlar keltirib o‘tilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy tizimlarning o‘zini o‘zi to‘g‘rilash qobiliyatini saqlash va antoropogen faoliyat oqibatlari o‘rnini to‘ldirish uchun yetarli bo‘lgan landshaft va biologik rang-baranglikni saqlash va qayta tiklash; muhofaza qilinadigan yangi tabiiy hududlarni yaratish va mavjudlarini kengaytirish; yerlarning ekologik, shu jumladan meliorativ holatini yaxshilash; ekologik jihatdan noqulay hududlarda, birinchi navbatda, Orolbo‘yi zonasida ekologik tizimlarni barqarorlashtirish va qayta tiklash; energiya ishlab chiqarishni, shu jumladan energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan foydalanishni ekologik jihatdan samarali holatda saqlash; yoqilg‘ining va chiqindilarni qayta ishlashning ekologik jihatdan xavfsiz turlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish; atrof tabiiy muhit monitoringi va gidrogeologik jarayonlarni nazorat qilish tizimlarini yaratish, shuningdek tegishli kadastrlarni yuritgan holda jug‘rofiy-axborot tizimlarini shakllantirish, ular quyidagi asosiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining biologik rang-baranglikni saqlash bo‘yicha Milliy strategiyasini va ishlar rejasini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va qo‘riqxonalarni takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
biologik rang-baranglik holatini tadqiq qilish va baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning ayrim viloyatlarida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orol dengizining qurib qolgan qismida qumliklarni mustahkamlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gidrogeologik jarayonlarni nazorat qilish tizimlarini takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jug‘rofiy-axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika korxonalarida ishlab chiqarishning yangi, ekologik jihatdan toza va kam chiqitli texnologiyalarini joriy etish hamda tabiiy muhitning ifloslanishini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konchilik va boshqa ishlarni amalga oshirish natijasida buzilgan yerlarning unumdorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
drenaj va irrigatsiya infratuzilmalarini rekonstruksiya qilish hamda vetlandlarni qayta tiklash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy chiqindilarni zararsizlantirish, biogaz olish hamda undan iqtisodiyotning turli tarmoqlarida foydalanish va shu kabilarning ekologik jihatdan xavfsiz texnologiyasini ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.3. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda ekologik ilm-fanni, aholining ekologik ta’limi va tarbiyasini rivojlantirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dasturning ushbu bo‘limida atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani rivojlantirishga, aholining uzluksiz ekologik ta’limi, madaniyati va tarbiyasi tizimini takomillashtirishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining ekologik xaritasi va atlasini yaratishga katta ahamiyat berilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy muhit va ekologik xavfsizlikni saqlashni ta’minlashning samarali huquqiy mexanizmini, favqulodda ekologik holat va ekologik talafot zonalarini aniqlashni reglamentlashni baholash mezonlarini, ekologik qonun buzilishlari uchun adekvatli javobgarlikni va uning muqarrarligini ta’minlash maqsadida qonuniy qo‘llaniladigan amaliyotni yaratish; O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tizimida xalqaro ekologik standartlar va ekologik sertifikatlarni mustahkamlash; ekologik ta’lim va tarbiya, aholining ekologik madaniyatini oshirish tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, jamiyatning turli qatlamlarini ekologik muammolarni, shu jumladan ekologik bilimlarni tahlil qilish vositasi bilan hal etishga keng jalb qilish ko‘rsatib o‘tilgan sohadagi asosiy vazifalar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu maqsadlarda quyidagi tadbirlar nazarda tutilmoqda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Favqulodda ekologik holat va ekologik talafot zonalari to‘g‘risida” hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekologik sertifikatlashtirish tizimida amal qilinadigan hujjatlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barqaror rivojlantirish uchun ta’lim bo‘yicha BMT EEK strategiyasi talablarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining ekologik ta’lim bo‘yicha davlat standartiga qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish uchun ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi shaharlarida va sanoat zonalarida ekologik-gidrogeologik, muhandislik-geologik tadqiqotlarni hamda (yer osti va yer usti suvlari, tuproq, aeratsiya zonalari) kartografiyasini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiatni muhofaza qilishning amaldagi qonun hujjatlari normalarini, uni buzganlik uchun sanksiyalar belgilash va materiallarni rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha o‘quv va tadqiqot tadbirlarini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzurida atrof muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari bo‘yicha turli jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda jamoatchilik kengashi tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.4. Xalqaro hamkorlik va mintaqaviy ekologik xavfsizlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizligiga ichki va transgchegaraviy xavf-xatarlarni aniq belgilash, ularni murakkablik va muhimlik darajasiga ko‘ra tasniflash, amaldagi, shuningdek potensial xalqaro tashabbuslar, dasturlar va loyihalar samaradorligini xatlovdan o‘tkazish va baholash yo‘li bilan “O‘zbekiston-jahon hamjamiyati” o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish ushbu yo‘nalishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Global ekologik va mintaqaviy muammolarni hal etishda qatnashish; xalqaro ekologik tashkilotlarda faol qatnashish; milliy manfaatlarga javob beradigan bir qator xalqaro normalar va ekologik huquqlarni qabul qilish va ratifikatsiya qilish, mintaqaviy ekologik xavfsizlikni ta’minlashda faol qatnashish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini amalga oshirish ushbu sohadagi asosiy ishlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu vazifalarni amalga oshirish tegishli xalqaro tashkilotlarda faol qatnashish, xalqaro (davlatlararo) shartnomalar, bitimlar, konvensiyalar tuzish, shu jumladan quyidagilarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Axborotlardan foydalanish, atrof muhitga taalluqli masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida, sud ishlarida jamoatchilikning qatnashishi va ulardan foydalanish to‘g‘risida” BMT EEK Orxus Konvensiyasi (1998-yil)ni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biologik rang-baranglik to‘g‘risidagi Konvensiyaga Bioxavfsizlik Kartaxen Protokolini ratifikatsiya qilish uchun materiallar tayyorlash orqali ta’minlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni bir vaqtda milliy ekologik xavfsizlikning umumiy tizimida mintaqaviy xavfsizlik ham muhim o‘rin tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Dasturni amalga oshirish mexanizmi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastur tadbirlarining bajarilishini boshqarish va nazorat qilish Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi, qo‘mita quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, shuningdek boshqa aloqador davlat boshqaruv organlari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar Dastur tadbirlarining bajarilishi monitoringini olib borishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud moddiy-texnika resurslari, texnologik quvvatlar va boshqa shunga o‘xshash omillarga muvofiq tadbirlarni aniqlashtiradi va ularga tuzatishlar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturiy tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilgan moliyaviy mablag‘lar va moddiy resurslardan foydalanish monitoringini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirlarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish usullari va shartlari bo‘yicha takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastur bosqichlari va tadbirlarining o‘z vaqtida bajarilishini va sifatini nazorat qiladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda hisobot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastur doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar va loyihalar “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq majburiy ekologik ekspertizadan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastur tadbirlarini amalga oshirish Vazirlar Mahkamasining barcha mas’ul ijrochilar uchun bajarish majburiy bo‘lgan qarori asosida ro‘yobga chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 19-sentabrdagi 212-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008—2012-yillarda O‘zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r‎ Tadbirlar mazmuni‎ Bajarish muddatlari‎ Mas’ul bajaruvchilar‎ Moliyalashtirish manbalari‎ Kutilayotgan natijalar‎
I. Atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash
1.1‎ Shirin shahrida oqova suvlarni tozalash inshootlari qurish.‎ 2009—2011-yillar ‎ Shirin shahri hokimligi‎ “O‘zbekenergo” DAK, 150 mln. so‘m ‎ Sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash va ifloslangan oqova suvlar tashlamalarini suv obyektlariga oqizishni kamaytirish.‎
1.2‎ Navoiy shahrida 1978-yilda ishga tushirilgan biokimyoviy tozalash inshootlarini (aerotenk) rekonstruksiya qilish.‎ 2008-2009-yillar‎ “Navoiyazot” OAJ, Navoiy viloyati hokimligi‎ “Navoiyazot” OAJ, 750 mln. so‘m ‎ Navoiy shahrida oqova suvlarni to‘liq tozalashni ta’minlash. Biokimyoviy tozalash inshootlari quvvatini 70 ming kub. m/sutka hajmida saqlash, tozalash quvvatini 12—15 foizga ko‘paytirish. ‎
1.3‎ Transport vositalarining ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirish — 15 ming avtomobil transportini gaz yonilg‘isiga o‘tkazishni tashkil etish.‎ 2008—2012-yillar‎ Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar‎ Vazirliklar, dav�at qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar‎ Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirish.‎
1.4‎ 114 km uzunlikdagi To‘qimachi-Angren uchastkasida temir yo‘llarni elektrlashtirish.‎ 2008—2012-yillar‎ “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK ‎ “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAK, 28,02 mln AQSh dollari; Germaniya taraqqiyot banki, 31,25 mln AQSh dollari; Arab iqtisodiy taraq-qiyot Quvayt jam-g‘armasi, 20,12 mln AQSh dollari‎ Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirish.‎
1.5‎ Sof Rivojlanish Mexanizmi loyihasi doirasida to‘plash, kompremirlash va qatlamga haydash usuli bilan Ko‘kdumaloq konida fakellarda yondirilayotgan qo‘shilib chiqadigan gazlarni imkoni boricha eng ko‘p darajada utilizatsiya qilish.‎ 2008—2012-yillar‎ “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi‎ Xorijiy investitsiyalar, 30,9 mln AQSh dollari‎ Qo‘shilib chiqadigan gazlarni utilizatsiya qilish, ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishini kamaytirish.‎
1.6‎ Issiqlik elektrstansiyasi chiqindilari iflos qilishini kamaytirish — Yangi Angren IESda elektr filtrlarni modernizatsiya qilish (loyihani ishlab chiqish va bitta blokda joriy etish).‎ 2008—2012-yillar‎ “Issiqlikelektr-loyiha” OAJ, Yangi Angren IES ‎ Xalqaro tashkilotlar, 450 ming yevro‎ Ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini kamaytirish.‎
1.7 Zararlangan uchastkalarda dezaktivatsiya qilish va qurilish ishlari olib borish: Toshkent viloyatida (Yangiobod posyolkasi); ‎ 2008—2012-yillar‎ Toshkent viloyati hokimligi, “O‘zGEOTEXLITI” I�I ‎ Respublika budjeti, har yilgi Investitsiya dasturi doirasida‎ Hududni dezaktivatsiya qilish — 63 ga, 34,6 ming tonna ifloslangan tuproqni tozalash, 3,0 km kollektor qurish, konservatsiya qilish.‎
Navoiy shahridagi 1-gidrometallurgiya zavodining chiqindixonasida 620 ga maydonda radiatsiyaga qarshi ekran qurish.‎ 2008—2012-yillar‎ Navoiy kon-metallurgiya kombinati‎ Navoiy kon-metallurgiya kombinati, 15,0 mlrd so‘m ‎ Radioaktiv chiqindilarni ko‘mish.‎
1.8‎ Namangan viloyatining Pop tumanidagi sobiq 23-kon hududida ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish (turar joy va ijtimoiy blokdan tashqari), shu jumladan sanoat zonasi, Chorkesar-2-maydonchasining sanoat zonasini sanitariya-himoya, turar joy zonasini dezaktivatsiya qilish.‎ 2008—2012-yillar‎ Namangan viloyati hokimligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zGEOTEXLITI” ITI ‎ Respublika budjeti, har yilgi Investitsiya dasturi doirasida‎ Radiatsiya vaziyatini yaxshilash, MED gamma nurlanishni 60 mkR/soatgacha va undan ham pasaytirish.‎
1.9‎ Toshkent viloyatining Pskent tumani va Olmaliq shahrining sanoat zonasi aholisini toza ichimlik suv bilan ta’minlash.‎ 2008—2012-yillar‎ Toshkent viloyati hokimligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi‎ Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, 1,0 mlrd so‘m‎ Aholini sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash.‎
1.10 Namangan shahrining kanalizatsiya tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish.‎ 2009—2012-yillar‎ Namangan viloyati hokimligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi‎ XXR Hukumati krediti, 25,0 mln AQSh dollari‎ Suv resurslari ifloslanishining oldini olish.‎
Chirchiq shahrining kanalizatsiya tozalash inshootlarini kengaytirish va rekonstruksiya qilish.‎ 2009—2012-yillar‎ Toshkent viloyati hokimligi, “O‘zkommunxizmat” agentligi‎ XXR Hukumati krediti, 5,2 mln AQSh dollari‎ Suv resurslari ifloslanishining oldini olish.‎
1.11‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi shaharlari va aholi punktlarida suv quvuri tarmoqlarini rivojlantirish.‎ 2009—2011-yillar‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, “Tuyamo‘yin — Nukus” mintaqalararo suv tarmoqlaridan foydalanish boshqarmasi‎ XXR Hukumati krediti, 14,3 mln AQSh dollari‎ Suv resurslari ifloslanishining oldini olish.‎
1.12‎ Samarqand va Buxoro shaharlarida sanitariya-tozalash tizimini takomillashtirish.‎ 2008-2009-yillar‎ Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi‎ XXR Hukumati krediti, 2 mln AQSh dollari‎ Samarqand va Buxoro shaharlarining sanitariya holatini yaxshilash.‎
1.13‎ Samarqand viloyatining “Nafis” aksiyadorlik jamiyatida chinni va gips chiqindilarini qayta ishlash sexi qurish.‎ 2008—2012-yillar‎ “Nafis” aksiyadorlik jamiyati‎ “Nafis” aksiyadorlik jamiyati, 12 mln. so‘m ‎ Tashkilotlarning 500 tonna chiqindisini utilizatsiya qilish.‎
1.14‎‏ Fekal-nasos stansiyasini rekonstruksiya qilish, atmosfera havosi, yomg‘ir suvlari ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha tahliliy tadqiqotlar uchun kimyoviy reaktivlar sotib olish. ‎ 2008—2012-yill?r‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi ‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi, 207,62 mln. so‘m ‎ Tozalash inshootlari samaradorligini oshirish, tuproq va yer osti suvlarini muhofaza qilish, atmosferada va yomg‘ir oqava suvlaridagi ifloslantiruvchi moddalarni tekshirish, chiqindilardan ikkilamchi foydalanish.‎
Ishlatilgan ishqorli elektrolitni tiklash va ikkilamchi foydalanish; Parvozlarni texnik ta’minlash elektr xizmatlarida yong‘in gidrantlari bilan birga aylanma suv quvuri qurish. 30-sexning ventilatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish (qanotlarni yelimlash uchastkasi).‎ 2008-2009-yillar‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi ‎ “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi, 54,3 mln. so‘m ‎ 45 ming. kub. m/g suvni tejash, zararli moddalarni atmosferaga chiqarishni kamaytirish.‎
1.15‎ Tabiiy muhit va qishloq xo‘jaligi yerlarini ifloslantiruvchi manbalar monitoringini takomillashtirish uchun eng yangi asbob-uskunalar va priborlarni sotib olish va o‘rnatish.‎ 2009-2010-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy-tadqiqot instituti‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi 50 mln. so‘m ‎ Atrof muhitning holatini tahliliy nazorat qilish samaradorligi va sifatini oshirish.‎
1.16‎ Qarshi shahrida dendrologiya bog‘i qurish.‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, 15,0 mln. so‘m‎ Ko‘kalamzor hududlarni kengaytirish.‎
1.17‎‏ Sof Rivojlanish Mexanizmi bo‘yicha loyihalar: “Navoiyazot” zavodida N2O tashlamalarini kamaytirish (№ 1; № 2; № 3; № 4 loyihalar); ‎ 2009—2012-yillar‎ “Navoiyazot” OAJ‎ imzolangan moliyaviy bitimga muvofiq “Navoiyazot” OAJ va Mitsubishi Corporation‎ Azot oksidi tashlamalarini va tashlamalarni sertifikatlangan qisqartirish — 2422,1 (ekvivalentda SO2 ming tonna).‎
“Farg‘onaazot” zavodida N2O tashlamalarini kamaytirish; ‎ 2009—2012-yillar‎ “Farg‘onaazot” korxonasi‎ imzolangan moliyaviy bitimga muvofiq “Farg‘onaazot” OAJ va Mitsubishi Corporation‎ Azot oksidi tashlamalarini va tashlamalarni sertifikatlangan qisqartirish — 894,94 (ekvivalentda SO2 ming tonna). ‎
“Maksam — Chirchiq” zavodida N2O tashlamalarni qisqartirish.‎ 2009—2012-yillar‎ “Maksam — Chirchiq” korxonasi‎ imzolangan moliyaviy bitimga muvofiq “Maksam — Chirchiq” OAJ va Mitsubishi Corporation ‎ Azot oksidi tashlamalarini va tashlamalarni sertifikatlangan qisqartirish — 1250,9 (ekvivalentda SO2 ming tonna).‎
II. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va xo‘jalik yuritishning ekologik usullarini joriy etish
2.1‎‏ O‘zbekiston Respublikasining biologik rangbaranglikni saqlash bo‘yicha milliy strategiyasi va ishlar rejasini amalga oshirish: qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar tarmog‘ini barpo etish bo‘yicha �zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorlash; ‎ 2009-2010-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarni boshqarish tizimini takomillashtirish.‎
biologik resurslardan barqaror foydalanish dasturini ishlab chiqish;‎ 2009-2010-yillar ‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 10 mln. so‘m‎ Biologiya resurslaridan oqilona foydalanishni va ularni takroriy ko‘paytirishni ta’minlash.‎
baliqlarni himoya qilish inshootlari loyihalarini ishlab chiqish.‎ 2008—2010-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 50 mln. so‘m‎ Respublika suv havzalarida baliq zaxiralarini saqlash va ko‘paytirish.‎
2.2 Qo‘riqxonalar hududlarini kengaytirish va ularni takomillashtirish: “Jayron” ekomarkazi hududini kengaytirish va rivojlantirish. 2008—2010-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Buxoro viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi‎ Maydonni 24 ming gektarga kengaytirish. Jayron pop�latsiyasini ko‘paytirish. ‎
Hisor davlat qo‘riqxonasini rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish.‎ 2010—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti ‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi (donorlar mablag‘lari), 20 mln. so‘m‎ Qo‘riqxonaning o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondini maqbullashtirish va yaxshilash.‎
2.3‎ “Dorivor, oziq-ovqatbop va texnik o‘simliklar obyektlaridan foydalanish qoidalari to‘plami” kitobini nashr etish.‎ 2009-yil‎ “Davbionazorat” inspeksiyasi‎ Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 10 mln. so‘m‎ O‘simlik dunyosini qo‘riqlash sohasidagi mutaxassislarni, shuningdek tabiatdan foydalanuvchilarning keng doirasini normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlash.‎
2.4‎ Biologik rangbaranglikni tadqiq etish va baholash: oqquyruqlarni saqlab qolish va oqquyruqlar bor bo‘lgan joylarni saqlab qolish chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadida oqquyruqlarning Ustyurt populatsiyasini tadqiq etish; 2008—2012-yillar‎ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va “Botanika” IIChB, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiiy fanlar instituti‎ Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 20 mln. so‘m‎ Oqquyruqlarni va ular bor bo‘lgan muhitni saqlab qolishni ta’minlash, qo‘riqlashga tabiatdan foydalanuvchilarni, Ustyurt platosida konlarni ishga tushirayotgan neft-gaz kompaniyalarini jalb etish.‎
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qizilmiya xomashyosi (ildizlari) zaxirasini baholash;‎ 2009-yil‎ “Davbionazorat” inspeksiyasi va Fanlar akademiyasining “Botanika” IIChB‎ Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 15 mln. so‘m‎ Dorivor xomashyo — ?izilmiya ildizidan oqilona, tejab f?ydalanish muammolarini hal etish.‎
“Sayxun” xo‘jaligi hududida Sirdaryoning to‘qay kompleksini saqlab qolish;‎ 2008-2009-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti‎ Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 15 mln. so‘m‎ Qo‘riqlash va tiklash tadbirlarini amalga oshirish yo‘li bilan Sirdaryoning quyi qayirida to‘qay kompleksini saqlab qolish.‎
yerlarning unumdorligi va uni iqtisodiy baholash;‎ 2008-2009-yillar‎ “Davbionazorat” inspeksiyasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti va “Botanika” IIChB, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti‎ Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 15 mln. so‘m‎ Yerlarning unumdorligini aniqlash va iqtisodiy baholash hisob-kitobi usullarining yagona mezonlarini joriy etish.‎
ekologik monitoring elementi sifatida O‘zbekiston Respublikasining muhim baliq xo‘jaligi suv havzalarini pasportlashtirish.‎ 2009-2010-yillar‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, Fanlar akademiyasining Zoologiya va Suv muammolari institutlari ‎ Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, “Davbionazorat” inspeksiyasi, 100 mln. so‘m ‎ Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish uchun suv havzalarining ekologik holatini baholash va ularning baliq mahsuldorligini oshirish bo‘yicha biologik asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.‎
2.5‎ Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlari sug‘oriladigan yerlarining meliorativ holatini yaxshilash.‎ 2008—2012-yillar‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ‎ Osiyo taraqqiyot banki, 60,2 mln AQSh dollari; O‘zbekiston Respublikasi hissasi, 15,6 mln AQSh dollari ‎ Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash.‎
2.6 Orol dengizining qurib qolgan qismini o‘zlashtirish: Amudaryo deltasida mahalliy suv havzalarining II navbatini barpo etish; ‎ 2008—2012-yillar‎ Global ekologiya jamg‘armasi va Orol dengizi havzasi dasturi loyihalarini amalga oshirish agentligi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining Nukus filiali ‎ Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi, 10 mlrd so‘m ‎ Biologik rangbaranglikni ko‘paytirish uchun suv to‘planishini tartibga solish.‎
tuzchangni mustahkamlovchi mahalliy o‘simliklar (saksovul, cherkez va boshqalar) ekish. ‎ 2008-yil‎ Global ekologiya jamg‘armasi va Orol dengizi havzasi dasturi loyihalarini amalga oshirish agentligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy-tadqiqot instituti ‎ Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi, 52,0 mln. so‘m ‎ Tuz, chang ko‘chishini kamaytirish, biologik rangbaranglikni tiklash.‎
2.7‎‏ O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini olib borish:‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ‎ Atrof muhit ifloslanishi bo‘yicha ma’lumotlar bankini barpo etish. Qaror qabul qilish uchun takliflar tayyorlash.‎
Chotqol-Qurama mintaqasi aholi punktlari va ishlatilgan uran konlari tumanlarining radioekologik monitoringi;‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat geologiya qo‘mitasi (“Uran va nodirmetallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi)‎ Nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida‎ Aholi punktlaridagi aniqlangan radioaktiv normadan chetga chiqishlar va ishlatilgan uran konlari tumanlaridagi radiatsiya-ekologiya vaziyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning axborot bazasini rivojlantirish.‎
atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringi;‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “Sanoatkontex-nazorat” davlat inspeksiyasi‎ Nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida‎ Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalar bo‘yicha ma’lumotlarning axborot bazasini rivojlantirish va belgilangan ekologik normativlarga rioya qilinishini baholash.‎
yer osti suvlari davlat monitoringi va suvning ifloslanish darajasini nazorat qilish. Transchegaraviy hududlarda chuchuk, mineral, termal va sanoat suvlarining ixtisoslashtirilgan monitoringi tarmog‘ini asoslash; 2008—2012-yillar Davlat geologiya qo‘mitasi (“Gidroingeo” instituti) Nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida‎ Yer osti suvlari resurslarining holatiga va ularning ifloslanishiga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy texnogen omillar bo‘yicha ma’lumotlarning axborot bazasini rivojlantirish. Transchegaraviy hududlarda kuzat�vchi monitoring tarmog‘ini joylashtirish.
O‘zbekiston Respublikasining tog‘li va tog‘ oldi tumanlarida xavfli geologik jarayonlar (ko‘chki, yemirilish, cho‘kish, karst, suffoziya) yuzasidan davlat monitoringi. ‎ 2008—2012-yillar ‎ Davlat geologiya qo‘mitasi (Xavfli geologik jarayonlar ustidan kuzatuv olib borish davlat xizmati, “Gidromineral resurslar geologiyasi” IIM DK) ‎ Nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida‎ Xavfli geologik jarayonlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarining har yilgi faollashuvi va aholini o‘z vaqtida ogohlantirish bo‘yicha ma’lumotlarning axborot bazasini rivojlantirish.‎
2.8‎‏ Gidrogeologik jarayonlarni nazorat qilish tizimlarini takomillashtirish: nazoratning avtomatlashtirilgan tizimi ayrim kuzatish punktlari uchun priborlar sotib olish va ular bilan jihozlash; ‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat geologiya qo‘mitasi (“Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi, “Geoltexta’minot” davlat korxonasi, “Gidroingeo” instituti davlat korxonasi)‎ Nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida‎ Yer osti suvlarining minerallashuvi darajasi, harorati va boshqa parametrlari to‘g‘risida ishonchli axborot olish tezkorligini oshirish.‎
Qashqadaryo, Buxoro, Sirdaryo viloyatlari, Toshkent, Nukus va Buxoro shaharlari hududida zilziladan darak beruvchi sifatida gidrogeodeformatsiya maydonini o‘rganish;‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat geologiya qo‘mitasi (“Gidroingeo” instituti)‎ Nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida‎ Gidrogeodinamik normadan chetga chiqishlarni (zilzila darakchilarini) aniqlash va bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzilalar to‘g‘risida tezkor xabar berish.‎
Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari hamda Markaziy Farg‘onaning sug‘oriladigan hududi gidrogeologik sharoitlari o‘zgarishini 1:50000 masshtabli xaritaga tushirish;‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat geologiya qo‘mitasi (“Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (“Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi)‎ Nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida‎ Sug‘oriladigan hududlarning gidrogeologik sharoitlarining o‘zgarishi xaritalarini yaratish.‎
yer osti suvlari sifatini o‘rganishning zamonaviy laboratoriya priborlari va asbob-uskunalarini joriy etish.‎ 2008—2012-yillar ‎ Davlat geologiya qo‘mitasi (“Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi), “Gidroingeo” instituti)‎ Nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida‎ Kimyoviy analizlar natijalarining ishonchliligini oshirish va yer osti suvlarida aniqlanadigan ingrediyentlar spektrini kengaytirish. ‎
2.9 Chuchuk yer osti suvlari konlarining shakllanish hududini, shahar aglomeratsiyalarini, kon qazish tashkilotlari faoliyati hududlarini mintaqaviy ekologik-geologik o‘rganish va xaritaga tushirish, viloyatlarning o‘zlashtirilgan hududlarini ekologik-geologik xaritaga tushirish ishlarini tamomlash.‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat geologiya qo‘mitasi (“Gidromineral resurslar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi, “Gidroingeo” instituti, “Uran va nodirmetallar geologiyasi” ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat korxonasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (“Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi) ‎ Nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida 3,3 mlrd so‘m, shu jumladan:
‎— 0,3 mlrd so‘m;
‎— 1,3 mlrd so‘m;
‎— 1,7 mlrd so‘m ‎
Yer osti ichimlik suv konlarini, qazib oluvchi va metallurgiya tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadigan hududlar, shahar aglomeratsiyalari va sanoat zonalari hududlarining ekologik-geologik xaritasini tuzish.‎
2.10‎ Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini etilsiz benzin ishlab chiqarishga o‘tkazish va avtomobil benzinlarida qo‘rg‘oshin qo‘llanilishini to‘liq bartaraf etish.‎ 2008—2010-yillar‎ “O‘zbekneftgaz” MXK‎ “O‘zbekneftgaz” MXK‎ Avtomobil benzinlarida qo‘rg‘oshin qo‘llanilishini to‘liq bartaraf etish.‎
2.11‎ Ekologik jihatdan toza energiya olish uchun kichik GESlar qurish.‎ 2010—2012-yillar‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zsuvenergo” birlashmasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ “O‘zsuvenergo” birlashmasi va xalqaro moliyaviy jamg‘armalar, 6 mlrd so‘m ‎ Ekologik jihatdan toza energiya ishlab chiqarish.‎
2.12‎‏ Respublika tashkilotlarida tabiiy muhitning ifloslanishini kamaytirish bo‘yicha yangi va kam chiqindili ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish va chora-tadbirlarni amalga oshirish: oltin olishning bioksid texnologiyasini joriy etish maqsadida NKMKning 3-gidrometallurgiya zavodini rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash; ‎ 2008-2009-yillar‎ NKMK‎ NKMK, 117 mlrd so‘m ‎ Tarkibida oltin mavjud bo‘lgan margumushsimon rudalarni qayta ishlash jarayonida margumushni atmosferaga chiqarishga yo‘l qo‘ymaslik.‎
OKMKning mis eritish zavodida oltingugurt kislotasi sexining 1-navbatini qurish va 2-navbatini rekonstruksiya qilish;‎ 2010-2011-yillar‎ “OKMK” OAJ‎ “OKMK” OAJ, 46 mln AQSh dollari ‎ Oltingugurt angidridi chiqindilarini atmosfereraga chiqarishni 2007-yilga nisbatan 85 foizga kamaytirish.‎
mis eritish zavodida suyuq vanna pechkasi qurish;‎ 2011-2012-yillar (loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqish — 2011-yil)‎ “OKMK” OAJ‎ “OKMK” OAJ, 22,5 mln AQSh dollari ‎ Oltingugurt angidridi chiqindilarini atmosferaga chiqarishni 2007-yilga nisbatan 85 foizga kamaytirish.‎
oltingugurt kislotasi ishlab chiqarish sexini rekonstruksiya qilish;‎ 2008—2010-yillar‎ “Ammofos” OAJ‎ Investorning investitsiya majburiyatlari — 6 mln AQSh dollari; “Ammofos” OAJ, 3 mln AQSh dollari (so‘mlardagi ekvivalent summa) ‎ Oltingugurt oksidlari chiqindilarini atmosferaga chiqarishni bir yilda 34 tonnaga kamaytirish.‎
Ammiak ishlab chiqaruvchi Tozalash-1, Tozalash-2 sexlari tarkibida mis mavjud bo‘lgan oqovalarni to‘plash uchun 2 ta avariya sig‘imlarini montaj qilish.‎ 2008—2010-yillar ‎ “Maksam — Chirchiq” OAJ‎ “Maksam — Chirchiq” OAJ, 14,69 mln. so‘m. ‎ NDF inshootida oqova tarkibidagi mis tashlamasini yiliga 9 tonnaga kamaytirish.‎
2.13‎ Kon ishlari olib borish natijasida buzilgan Navoiy viloyati bo‘yicha — 1000 ga, Buxoro viloyati bo‘yicha — 500 ga, Samarqand viloyati bo‘yicha — 500 ga yerlarni rekultivatsiya qilish.‎ 2008—2012-yillar‎ NKMK, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy-tadqiqot instituti, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-ishlab chiqarish instituti), Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari ‎ NKMK, 10 mlrd so‘m ‎ Yerlard�n oqilona foydalanish.‎
2.14‎ “O‘zbekistonning drenaj loyihasi. Janubiy Qoraqalpog‘istondan drenaj o‘tkazish loyihasi”.‎ 2008—2010-yillar‎ Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ‎ Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki/ Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, 32,48 mln AQSh dollari; O‘zbekiston Respublikasi hissasi 8,56 mln AQSh dollari‎ Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash.‎
2.15‎ Ekologik xavfsiz, atrof muhitga ta’sir qilmaydigan, maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish, ulardan gaz sintezi olish va xalq xo‘jaligida foydalanish texnologiyasini hamda sinash qurilmasini ishlab chiqish.‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi ‎ Maishiy axlatdan ajraladigan kanserogen moddalarning fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sirini tugatish.‎
III. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish va ekologik ilm-fanni, ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish
3.1‎ Tabiatni muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.‎
3.1.1‎‏ Quyidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini ishlab chiqish va kiritish: “Favqulodda ekologik vaziyat va ekologik talofat zonalari to‘g‘risida”; ‎ 2010—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish jam�armasi, xalqaro tashkilotlar‎ Favqulodda ekologik vaziyat va ekologik talofat zonalari — hududlarning noqulay uchastkalarini e’lon qilish bo‘yicha, ayrim hududlarda ekologik vaziyat yaxshilangan taqdirda — belgilangan rejimni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish.‎
“Ekologiya nazorati to‘g‘risida”‎ 2010—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, xalqaro tashkilotlar‎ Ekologik nazoratni amalga oshirish tartibini, nazorat faoliyatining mazmuni va uni muvofiqlashtirish mexanizmini belgilash, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat ekologik nazorat xizmatl?rining vakolat chegaralarini va u?arning o‘z funksiyalarini amalga oshirish tartibini belgilash.‎
3.1.2‎‏ Ekologik sertifikatlashtirish tizimida quyidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish: “Ekologik sertifikatlash majburiy bo‘lgan mahsulotlar va chiqindilarning ekologik xavfsizligi mezonlari”; ‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, 5 mln. so‘m ‎ Ekologik sertifikatlash majburiy bo‘lgan mahsulotlar va chiqindilarning ekologik xavfsizligi mezonlarini belgilash.‎
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar”;‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, 3,5 mln. so‘m ‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi tuzilmasini, uning funksiyasini va ishlarni tashkil etish tartibini belgilash.‎
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologik sertifikatlashtirish tizimi. Atamalar va ta’riflar”.‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, 3 mln. so‘m ‎ Xalq xo‘jaligida, fan va texnikada qo‘llaniladigan ekologik sertifikatlashtirish sohasidagi asosiy atamalar va ta’riflarni belgilash.‎
3.2‎ Mintaqada BMT EEK barqaror rivojlanish uchun ta’lim bo‘yicha BMT (2005—2014-yillar) Dekadasini amalga oshirish.‎
3.2.1‎ O‘zbekiston Respublikasining uzluksiz ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish uchun ta’lim bo‘yicha yangi Konsepsiyasini ishlab chiqish.‎ 2009-2010-yillar‎ Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ Xalq ta’limi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, 20 mln. so‘m ‎ Ekologik ta’lim sohasida zamonaviy jarayonlarni va global tashabbuslarni hisobga olgan holda uzluksiz ekologik ta’lim bo‘yicha yangi Konsepsiyani ishlab chiqish.‎
3.2.2.‎ O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ekologik ta’lim va barqaror rivojlanish uchun ta’lim tizimini rivojlantirish va takomillashtirish: “O‘zbekiston Respublikasi ekologik ta’lim va maorifi tizimini rivojlantirish” axborot-tahliliy ma’lumotlarni ishlab chiqish; maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari uchun ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha axborot-tahliliy ma’lumotlarni, o‘quv-metodik qo‘llanmalar turkumini, ko‘rgazma va didaktik materiallarni tayyorlash va nashr etish; bolalar va yoshlar o‘rtasida ekologik tarbiya ishlarini faollashtirish, ekologiya-naturalistik ishlar va tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish. ‎ 2008—2010-yillar‎ Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ Xalq ta’limi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, xalqaro va hukumat jamg‘armalari 100 mln. so‘m ‎ Xalq ta’limi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, xalqaro va hukumat jamg‘armalari 100 mln. so‘m ‎
3.3‎ O‘zbekiston Respublikasi shaharlari va sanoat zonalarida: Qarshi shahrida; Termiz shahrida ekologiya-gidrogeologiya, muhandislik-geologiya tadqiqotlarini amalga oshirish va 1:25000 masshtabli (yer osti va yer usti suvlari, aeratsiya zonasi tuprog‘i) xaritasini tuzish. ‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat geologiya qo‘mitasi, (“GIDROINGEO” instituti), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi‎ Har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 120 mln. so‘m; 120 mln. so‘m ‎ Hisobotlar va geoekologiya xaritalarini tuzish.‎
3.4‎ O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Axborot markazi ma’lumotlar bazasini rivojlantirish.‎ 2008—2011-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, 6,0 mln. so‘m ‎ Tarmoqni kengaytirish va yagona ma’lumotlar bazasini tashkil etish, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun axborotlarni jadal ishlash.‎
3.5‎ Ekologik muammolar �o‘yicha O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi dasturlarini ishlab chiqish va mavzuli ko‘rsatuvlar tashkil etish, shuningdek video- va hujjatli filmlar yaratish va namoyish qilish.‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, 6,0 mln. so‘m ‎ Ommaviy axborot vositalarida ekologik targ‘ibot tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish masalalarini jamoatchilikka keng tushuntirish va ularni xabardor qilish.‎
3.6‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi mutaxassislarining nohukumat nodavlat tashkilotlar bilan mavzuli uchrashuvlarini hamda jurnalistlar uchun brifing tashkil etish. ‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, 10 mln. so‘m ‎ Nohukumat nodavlat va boshqa jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni, shuningdek o‘zaro ishlarni chuqurlashtirish va kengaytirish.‎
3.7‎ Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari normalarini o‘rganish, qonun buzilishlari yuzasidan sanksiyalarni, huquqbuzarliklar va boshqalar uchun materiallarni rasmiylashtirish tartibini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil qilish.‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi,Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, 5 mln. so‘m, Ichki ishlar vazirligi ‎ Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish masalalari bo‘yicha mas’ul bo‘lgan turli vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar xodimlari malakasini oshirish tarmoqlarini tashkil etish va rivojlantirish.‎
3.8‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi huzurida turli jamoat tashkilotlari vakillaridan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari bo‘yicha Jamoatchilik kengashi tashkil etish.‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, turli jamoat tashkilotlari‎ Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi, turli jamoat tashkilotlari ‎ Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolarini hal etishga jamiyatning turli vakillarini jalb qilish.‎
IV. Xalqaro hamkorlik va mintaqaviy ekologik xavfsizlik
4.1‎ Global ekologiya jamg‘armasi (GEJ)ning “Iqlimni o‘zgartirishga ta’sir ?tuvchi GFU — oz?n xavfsizligi moddalaridan foydalanishning yaxshi metodlariga qo‘shimcha o‘qish” loyihasini bajarish.‎ 2008-2009-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar‎ GEJ, 200,0 ming AQSh dollari ‎ Atmosferaga chiqindilar chiqarishni kamaytirish.‎
4.2‎ “Jamoatchilikning axborot olishga, qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etishga huquqi va atrof muhitga tegishli masalalar bo‘yicha axborot olish huquqi to‘g‘risida” BMT EEK Orxus Konvensiyasini ratifikatsiya qilishga materiallar tayyorlash.‎ 2008—2010-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador idoralar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ Ekologik qarorlar qabul qilish jarayoniga jamoatchilikni jalb etish.‎
4.3‎ Biologik rangbaranglik Konvensiyasiga bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxen Protokolini ratifikatsiya qilishga materiallar tayyorlash.‎ 2008-2009-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, aloqador idoralar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi‎ Zamonaviy biotexnologiyalarni qo‘llash natijalari bo‘lgan va biologik rang-baranglikni saqlash va ulardan barqaror foydalanishga noqulay ta’sir ko‘rsatish imkonini beradigan, tirik, o‘zgartirilgan organizmlarni xavfsiz yetkazib berish, ishlov berish va ulardan foydalanish sohasida zarur darajada muhofaza qilishni ta’minlash.‎
4.4‎‏ Markaziy Osiyo davlatlari Bosh vazirlari Kengashi qarori bilan 1999-yil 17-iyunda tasdiqlangan Markaziy Osiyo mamlakatlari transchegaraviy hududlaridagi chiqindixonalar va tog‘ jinslari ag‘darmalari maydonlarini reabilitatsiya qilishni ta’minlash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan Harakatlar dasturini amalga oshirish: Foydalanilmasdan yotgan Mayli-Soy, Sumsar, Shekaftar va Qadamjoy ma’danlari chiqindixonalari va ag‘darmalarini vaqti-vaqti bilan tekshirib turish, Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi transchegaraviy hududlarida Mayli-Soy, Sumsar va Shohimardon daryolari suvlaridagi og‘ir metallar va radionuklidlar miqdori monitoringini amalga oshirish; ‎ 2008—2012-yillar‎ Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Davlat geologiya qo‘mitasi (“Uran va nodir metallar geologiyasi” IIM DK, Xavfli geologik jarayonlar ustidan kuzatuv olib borish davlat xizmati, “Gidromineral resurslari geologiyasi” IIM DK), FVV‎ Har yili ajratiladgan budjet mablag‘lari doirasida‎ O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasining transchegaraviy hududlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun takliflar tayyorlash.‎
Qirg‘iziston Respublikasi bilan birgalikda che�aralararo Norin, Qoradaryo, Tentaksoy, So‘x, Shohimardon, Oqbura, Aravansoy, Mayli-Soy daryolaridagi suv toshqini va sel oqimlari bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ishlarni (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan ushbu ishlarni amalga oshirishga ruxsat olgandan keyin) amalga oshirish.‎ 2008—2012-yillar ‎ “O‘zgidromet”, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, FVV‎ Har yili ajratiladgan budjet mablag‘lari doirasida‎ O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi transchegaraviy hududlarida suv toshqini va sel oqimlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar holatlarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va uning oqibatlarini yengillashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun takliflar tayyorlash.‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 164,2 mlrd so‘m, 351,3 mln dollar va 450 ming yevro, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, idoralar va korxonalarning o‘z mablag‘lari — 153,7 mlrd so‘m va 123,7 mln dollar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi mablag‘lari (Davlat tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi) — 478,5 mln. so‘m;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasi mablag‘lari — 10,052 mlrd. sum;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy investitsiyalar — 227,6 mln. dollar, 450 ming yevro nazarda tutilmoqda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bundan tashqari, har yili nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 37-38-son, 382-modda)