Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2020 05.09.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1851
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining qarori, 05.09.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1851
Дата вступления в силу
15.09.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QO‘MITASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash Milliy standarti “Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablar”ni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 5-sentabrda 1851-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3239, 04.06.2020-y.) asosan 2020-yil 5-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ-335-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” va 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash milliy standarti “Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan vaqtdan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi raisi D. MUSAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 19-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01/19-18/13-son

Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2008-yil 19-avgustdagi 01/19-18/13-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash Milliy standarti (7-son MBMS) Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Mulkni baholash Milliy standarti (7-son MBMS) “Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablar” O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 208-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-apreldagi PQ-843-sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 18-son, 145-modda) muvofiq, baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 7-son MBMSning asosiy maqsadi — baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalarni ishlab chiqishga nisbatan yondashuv va tamoyillarini, shuningdek mazkur qoidalarni qo‘llashda ichki nazoratni tashkil qilish va tartibga solish talablarini birxillashtirishdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 7-son MBMSning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) baholovchi tashkilotlar ichki qoidalarini ishlab chiqishning yagona tamoyillarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ichki qoidalarni ishlab chiqishda baholovchi tashkilotlarga qo‘yiladigan majburiy talablarni belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) baholovchilar va baholovchi tashkilotlarning boshqa xodimlari tomonidan ichki qoidalar talablariga rioya qilinishi ustidan ichki nazoratni amalga oshirish tartibini tavsiflash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Barcha baholovchi tashkilotlar ichki qoidalarni ishlab chiqishi va amalda qo‘llashi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 7-son MBMS baholovchi tashkilotlarning baholash faoliyatini amalga oshirishga doir kasbiy yo‘nalishlari doirasiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha tartibga soluvchi ichki hujjatlarining shakli, mazmuni va tayyorlashni tartibga solishni maqsad qilib olmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Baholovchi tashkilot ichki qoidalarining belgilangan maqsadlari va ularni tayyorlash tamoyillari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Baholovchi tashkilotning ichki qoidalari deyilganda baholovchi tashkilot tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirishda samaradorlikni ta’minlash va mazkur faoliyatni O‘zbekiston Respublikasining baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq holda yuritish maqsadida qabul qilinib, tasdiqlangan baholash ishlarini amalga oshirish va rasmiylashtirishga doir yagona talablarni belgilovchi hujjatlar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Baholovchi tashkilot baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda, baholash faoliyatini amalga oshirish, baholash hisobotlari va ekspert xulosalarini tuzishga doir o‘z yondashuvini aks ettiruvchi ichki qoidalar bo‘yicha hujjatlar to‘plamini shakllantirishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalari baholovchilarga amaliyotda baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarish va baholash ishlarining sifatini oshirish yuzasidan o‘z harakatlarining aniq tartibini belgilashga qaratilgan tavsiyalardan iborat bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ichki qoidalar baholovchilarning mazkur baholovchi tashkilot doirasidagi faoliyatini tartibga soladi hamda baholovchi tashkilotning xodimlari va rahbariyati o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklarni tartibga keltirish uchun asos bo‘la oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ichki qoidalarni qo‘llash natijasida baholovchi tashkilotlarga baholovchilar va ularning yordamchilari ishini qo‘shimcha ravishda nazorat qilinishini ta’minlashga va bu bilan baholovchi tashkilot ko‘rsatayotgan xizmatlar sifatini oshirishga imkon yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Baholovchi tashkilotlar ichki qoidalari baholash faoliyatini amalga oshirish tartibini ochib beradigan va baholovchi tashkilotda qo‘llanilishi majburiy bo‘lgan qoidalar, uslubiy qo‘llanmalar va boshqa hujjatlardan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Baholovchi tashkilotlar ichki qoidalari amaliy foyda berishi kerak, ya’ni ular:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining baholash to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelishi va o‘zaro bog‘liq bo‘lishini ta’minlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniq ifoda qilinishi, to‘liq va ravshan bayon etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qoidalar masalalarini to‘liqligicha qamrab olishi, bayon etilgan tamoyil va qoidalarni mantiqan rivojlantirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ulardagi barcha atamalar bir xil talqin qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ichki qoidalar baholovchi tashkilotning mulkni baholash jarayonini tashkil etish va o‘tkazishga nisbatan kompleksli yondashuvining umumiy tavsifini berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Baholovchi tashkilotlar xalqaro baholash standartlariga muvofiq mulkni baholashni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan ichki qoidalarni ishlab chiqishda xalqaro baholash standartlarida nazarda tutilgan me’yorlar va tamoyillarga amal qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mulkni baholashning ma’lum sohasida baholash faoliyatining standartlari, baholashni o‘tkazishga doir batafsil uslubiy qo‘llanmalar va yondashuvlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, baholovchi tashkilotlar ichki qoidalarni ishlab chiqishda qonunchilikda belgilangan o‘ziga xos jihatlarni hisobga olgan holda xalqaro baholash standartlariga amal qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Baholovchi tashkilot mustaqil ravishda ichki qoidalari ishlab chiqish ro‘yxati va tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholashning milliy standartlarida ayrim holatlar ichki qoidalar sifatida qo‘shimcha tarzda tasdiqlanishi lozimligi haqida bevosita ko‘rsatmalar berilgan taqdirda, baholovchi tashkilot mazkur ko‘rsatmaning birinchi navbatda bajarilishini ta’minlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Baholovchi tashkilot ichki qoidalarining shakli va mazmuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalari o‘z vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mulkni baholash bo‘yicha umumiy qoidalardan iborat qoidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mulkni baholashni o‘tkazish tartibini belgilovchi qoidalar;

v) baholash hisobotlarini tuzish tartibini belgilovchi qoidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ekspert xulosalarini tuzish tartibini belgilovchi qoidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) maxsus qoidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) professional xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilovchi qoidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) kadrlarni tayyorlash va o‘qitish qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) boshqa qoidalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mulkni baholash bo‘yicha umumiy qoidalardan iborat ichki qoidalar baholovchilar o‘rtasidagi, shuningdek baholovchi tashkilot xodimlari va rahbariyati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish uchun mo‘ljallangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mulkni baholash bo‘yicha umumiy qoidalardan iborat ichki qoidalar ro‘yxati quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ichki qoidalarni ishlab chiqishga oid konsepsiya va yondashuvni tavsiflovchi qoidalar, shu jumladan ularning tuzilishini belgilovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) baholovchining xulq-atvori etikasini belgilovchi qoidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) baholashni sifatli o‘tkazish ustidan ichki nazoratni yuritish tartibini hamda baholovchilar mas’uliyatini tartibga keltiruvchi qoidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) boshqa qoidalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mulkni baholashni o‘tkazish tartibini belgilovchi ichki qoidalarda mulkni baholash jarayonini o‘tkazish qoidalari ifoda qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Baholovchi tashkilotlarning mulkni baholashni o‘tkazish tartibini belgilovchi ichki qoidalari ro‘yxati quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) baholovchi mas’uliyatini tartibga soluvchi qoidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mulkni baholashni o‘tkazish tartibini belgilovchi qoidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) baholash uchun zarur ma’lumotlarni olish tartibini belgilovchi qoidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) uchinchi shaxslar ishidan foydalanish tartibini belgilovchi qoidalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) boshqa qoidalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Baholash hisobotlari va ekspert xulosalarini tuzish tartibini belgilovchi ichki qoidalar baholovchi tashkilotning mulkni baholash natijalari bo‘yicha baholash hisobotlari hamda o‘tkazilgan ekspertiza (tekshiruv) natijalari bo‘yicha ekspert xulosalarining mazmuni va tuzilishiga doir ichki talablaridan iborat bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Mazkur qoidalar ro‘yxatiga mulkni baholash natijalari bo‘yicha baholash hisobotlari hamda o‘tkazilgan ekspertiza natijalari bo‘yicha ekspert xulosalarini tayyorlash tartiblarini belgilovchi qoidalarni kiritish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Maxsus ichki qoidalar turli xil mulklar bo‘yicha baholashni o‘tkazish uslubiyoti doirasidagi qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Qoidalar ro‘yxati quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: intellektual mulk, zargarlikda va mayda zebu ziynat buyumlariga yaraydigan toshlar, qimmatbaho metallar, uchish apparatlari va boshqa mulklarni baholashning o‘ziga xos jihatlarini aks ettiruvchi qoidalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Professional xizmatlarni ko‘rsatish tartibini belgilovchi ichki qoidalar baholash faoliyatiga baravar keladigan professional xizmatlar turlarini ko‘rsatish tartibiga oid qoidalardan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mazkur ichki qoidalar ro‘yxatiga quyidagilar kirishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) baholash hisobotining ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) baholash faoliyati sohasida axborot texnologiyalarini joriy etish va baholash jarayonini avtomatlashtirish qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini oshkor etish qoidalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Kadrlarni tayyorlash va o‘qitish bo‘yicha ichki qoidalar baholovchilar va mutaxassislarning ta’limi, kasbiy bilim darajasiga nisbatan talablarni belgilaydi, baholovchi tashkilot xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Baholovchi tashkilot ichki qoidalari tuzilmasi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tartibga soluvchi parametrlar — O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholashning milliy standartlariga hamda ichki qoidalarni ishlab chiqishda foydalanilgan xalqaro baholash standartlariga tayangan holda ishlab chiqiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) umumiy qoidalar — ichki qoidalar zarurati, ulardagi asosiy atamalar va tushunchalarning ifoda etilishi, qo‘llanilish sohasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) maqsad va vazifalar — qoidalarni belgilash va ular yordamida hal etilishi ta’minlanadigan ma’lum muammolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) boshqa qoidalar bilan o‘zaro bog‘liqlik — boshqa qoidalarda belgilangan tegishli bandlarga tayangan holda ishlab chiqiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) asosiy tamoyillar va uslubiy qo‘llanmalarni belgilash — baholovchi tashkilot tomonidan mulkni baholashni o‘tkazish jarayoniga, qabul qilingan uslubiy qo‘llanmalar (tavsiyalar) va qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqiladigan muammolarni hal etishning texnik usullariga tavsif beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) rasmiylashtirish — baholovchi qoidalarda belgilangan talablarga ko‘ra tuzishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Ichki qoidalar rekvizitlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) raqam (nomer) — mazkur qoidaning tartib bo‘yicha yoziladigan yoki seriyali kodi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) amal qilishga kiritilgan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) nomi — qoidalarda belgilangan bandlarning qisqa va aniq ifoda etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qoidalarni tasdiqlagan shaxsning ko‘rsatmalari va ko‘rsatma berilgan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) taalluqliligi — mazkur hujjat bilan bog‘liq bo‘lgan ilgari qabul qilingan, ommalashtirilgan yoki me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ko‘zda tutilgan qoidalarga tayangan holda ishlab chiqiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) qo‘llanilish doirasi — mazkur qoidalar tatbiq etiladigan (yoki tatbiq etilmaydigan) obyektlar ro‘yxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ichki qoidalarga qo‘shimcha ravishda ularda aks ettirilgan alohida qoidalarda keltirilgan tushunchalarga izoh beruvchi ilovalar (uslubiy qo‘llanmalar, tartiblar ro‘yxati, so‘rovnomalar, kompyuter dasturlari, ishchi jadvallar va h.z.) ishlab chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ichki qoidalarga ishlab chiqiladigan ilovalar quyidagi bo‘limlardan iborat bo‘lishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ichki qoidalarni qo‘llash tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mulkni baholash jarayonining har bir bosqichini o‘tkazish (bajarish) texnologiyasini tavsiflash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) so‘rovnomalar va baholash tartiblari ro‘yxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) jadvallar, sxemalar, uslubiy yondashuvlarni tasvirlovchi, misollarni raqamlar bilan ifodalovchi ishchi hujjatlar va mulkni baholashni o‘tkazish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) mulkni baholashda foydalaniladigan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning tartibga keltirilgan ro‘yxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Baholovchi tashkilotning ichki qoidalarini tayyorlashning namunaviy tartibi va namunaviy shakli mazkur 7-son MBMSning 1 va 2-ilovalarida keltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Baholovchi tashkilotning ichki qoidalari talablari bajarilishi yuzasidan ichki nazoratni tashkil qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Ichki qoidalar baholovchi tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi, baholovchi tashkilotning ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa — ta’sischilar majlisi yoki boshqa vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Baholash sifatiga oid ichki nazoratni tartibga soluvchi ichki qoidalar ularda belgilangan talablarni bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish qoidalari (talablari)ni o‘z ichiga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Ichki qoidalarda belgilangan talablarga rioya etilishi uchun javob beruvchi mansabdor shaxslarni tayinlash tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Ichki qoidalarga rioya etilishi ustidan tegishli nazorat o‘rnatilishini ta’minlash uchun baholovchi va baholovchi tashkilot o‘rtasidagi mehnat munosabatlarida belgilanadigan baholovchining funksional majburiyatlariga mazkur qoidalarni qo‘llash zarurati kiritilgan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Ichki qoidalarda baholovchi tashkilot tomonidan mulkni baholashni o‘tkazishda bajarilishi majburiy bo‘lgan qoidalar belgilanishi mumkin. Bunda O‘zbekiston Respublikasining Mulkni baholashning milliy standartlarining talablari e’tiborga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Ichki qoidalar talablari bajarilishini nazorat qilish baholash faoliyatini amalga oshirishning barcha bo‘g‘inlarida, baholovchidan tortib baholovchi tashkilot rahbarlarigacha tashkil etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Baholovchi tashkilot tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirish jarayonida nazorat ishlarini olib borish uchun baholashni o‘tkazish sifatini nazorat qilish xizmati tashkil etilishi mumkin. Baholashni o‘tkazish sifatini nazorat qilish xizmati tarkibidagi nazorat ishlarini olib boruvchi mutaxassislarni professional darajada tayyorlashga nisbatan ichki talablar baholovchi tashkilotning kadrlarni tayyorlash va o‘qitish bo‘yicha ichki qoidalarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Baholovchi tashkilot xodimlari zimmasiga ichki qoidalarni ovoza qilmaslik va ularni mazkur baholovchi tashkilot faoliyatidan tashqarida qo‘llamaslik majburiyati yuklatiladi, qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash Milliy standarti (7-son MBMS) “Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablar”ga
1-ILOVA

Baholovchi tashkilot ichki qoidalarini tayyorlashning
NAMUNAVIY TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Baholovchi tashkilot ichki qoidalari tizimini yaratishda samaradorlikni ta’minlash uchun baholovchi tashkilot ichida uslubiyot bo‘yicha kengash (uslubiyot kengashi) yoki baholovchi tashkilot ixtiyoriga ko‘ra boshqa maxsus hay’at organi tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Uslubiyot kengashi baholovchi tashkilotning rahbar xodimlari va sara professional mutaxassislaridan tuziladi hamda baholovchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan Uslubiyot kengashi to‘g‘risidagi nizom asosida faoliyat yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Uslubiyot kengashi ishida, agar Uslubiyot kengashi to‘g‘risidagi nizomda ko‘zda tutilgan bo‘lsa, chetdan mutaxassislar (baholovchilar jamoat birlashmalari a’zolari, ilmiy xodimlar, o‘qituvchilar, boshqa baholovchi tashkilotlarning mutaxassislari) ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Baholovchi tashkilotning Uslubiyot kengashi vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ichki qoidalarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) baholashning amaliy tajribasini umumlashtirish va tizimlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) baholovchi tashkilotning baholovchilari va boshqa mutaxassislari o‘qishini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) baholash sohasiga oid amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni to‘plab borish, tartibga solish va tahlil qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ichki qoidalarni ishlab chiqish baholovchi tashkilotning uslubiyot xizmati mutaxassislari bilan bir qatorda baholovchi tashkilotning boshqa xizmatlari mutaxassislari tomonidan ham amalga oshirilishi hamda keyinchalik uslubiyot kengashida ko‘rib chiqilib, ma’qullanishi (yoki ma’qullanmasligi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Zarurat yuzasidan ichki qoidalarni ishlab chiqish baholovchi tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish dasturiga muvofiq shartnoma asosida tashqi tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Baholovchi tashkilot ichki qoidalarini tashkil qiluvchi qismlar sifatida baholovchilar jamoat birlashmalari hamda davlat idoralari tomonidan tasdiqlangan uslubiy qo‘llanmalar va boshqa ishlab chiqilgan hujjatlardan foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ishlab chiqilgan qoidalar (uslubiy qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar, nizomlar) uslubiyot kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, qabul qilinadi va keyinchalik baholash tashkiloti rahbariyatiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Qaror kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi mulkni baholash Milliy standarti (7-son MBMS) “Baholovchilar ishi sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablar”ga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholovchi tashkilot ichki qoidalarining
NAMUNAVIY ShAKLI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Baholovchi tashkilotning blanki yoki burchak shtampi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Firmaga oid nomlanishi, logotipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rahbarning tasdiqlovchi yozuvi, imzosi, sanasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki qoidalarning to‘liq nomlanishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartib raqami (indeks, kod)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatni tayyorlovchi: (departament, bo‘lim, xodim)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjat tayyorlangan sana
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Hujjatning tuzilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. Hujjatni tuzish maqsadi va asoslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Foydalanish zarurati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.3. Qo‘llash sohasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.4. Baholash standartlari (shu jumladan, xalqaro baholash standartlari) bilan o‘zaro bog‘liqligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.5. Avval qabul qilingan ichki qoidalar bilan izchilligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.6. Amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Asosiy tushunchalar va ta’riflar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ichki qoidalarning mohiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.1. Asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3.2. Ko‘rsatilgan muammoni hal etish uslubiyoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mulkni baholashda qo‘llaniladigan me’yoriy hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ilovalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.1. Baholovchining ish hujjatlari maketlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.2. Savollar va testlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.3. Baholash tartiblari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatni tayyorlash bo‘yicha rahbar imzosi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 35-36-son, 360-modda)