Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018 20.08.2008 yildagi 186-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IJTIMOIY MUHOFAZAGA MUHTOJ VA ISh TOPIShDA QIYNALAYOTGAN ShAXSLARNI IShGA JOYLAShTIRISh UChUN ISh OʻRINLARINI BAND QILIB QOʻYISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 20-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
186-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish — ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun oʻz mablagʻlari hisobiga tashkil etilgan ish oʻrinlarini tashkilot (ish beruvchi) tomonidan ajratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari — ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tashkilot xodimlarining roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soniga nisbatan foizlar hisobidagi ish oʻrinlarining eng kam soni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Aholi bandligiga koʻmaklashish maqsadida korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga (keyingi oʻrinlarda tashkilot deb ataladi) ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soni belgilanadi (band qilib qoʻyiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu toifaga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat bozorida vujudga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazi tavsiyasiga koʻra ish oʻrinlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolarning boshqa toifalari uchun ham, shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar, atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun ham band qilib qoʻyilishi mumkin.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish shartlari va tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilganlar uchun band qilib qoʻyilayotgan ish oʻrinlari soni ish topishda qiynalayotganlar sonining oʻzgarishiga qarab qayta koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish xodimlarining roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni yigirma nafardan koʻpni tashkil etadigan tashkilotlar uchun belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida 3 foizi miqdorida ish oʻrinlarining eng kam soni belgilanadi va band qilib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Band qilib qoʻyilayotgan ish oʻrinlarining jami miqdori mahalliy davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq tashkilot xodimlari roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonining 7 foizidan ortiq miqdorda belgilanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflar tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan shakllantiriladi va tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar boʻyicha alohida tegishli qaror qabul qilish uchun mahalliy davlat hokimiyati organiga kiritiladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniq tashkilot uchun ish oʻrinlarini band qilish boʻyicha takliflar kiritishda aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari tomonidan tashkilotdagi ishlarning kasb boʻyicha tarkibi va tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari majburiy tartibda hisobga olinishi kerak.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nogironlar uchun ish oʻrinlarini band qilish miqdorini belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritishda nogironlarni reabilitatsiya qilish dasturlari parametrlari hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash uchun mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari boshchilik qiladigan maxsus komissiya tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar yili boshlangungacha uch oydan kechikmay tashkilotlarga yetkaziladigan mahalliy davlat hokimiyati organi qarorida (ushbu Nizomga 1-ilova) ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarni, ishga joylashtirish uchun ularning imkoniyatlarini hisobga olgan holda, ushbu hududda joylashgan tashkilotlar boʻyicha alohida band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlari soni, band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlariga talablar, taqdirlash chora-tadbirlari, mahalliy davlat hokimiyati organining ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlari bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan sanksiyalar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar uchun shaxslarning mazkur toifalariga, shu jumladan quyidagilar uchun qoʻyiladigan xarakterli talablarga muvofiq boʻlgan mehnat sharoitlarini taʼminlaydigan ish oʻrni tashkil etilgan ish oʻrni hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslar ishga joylashtirib boʻlingan ish oʻrinlari keyingi davr uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlari sonini belgilashda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirish tashkilot tomonidan aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazi yoʻllanmasi boʻyicha yoki mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirishga nogironlar jamoatchilik birlashmalari, jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish markazlari, koʻrsatib oʻtilgan shaxslar manfaatlarini ifodalovchi boshqa tashkilotlar ham ularni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishga joylashtirishni taʼminlaydigan aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazlariga yuborish yoʻli bilan koʻmaklashishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan tashkilotlar aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markaziga aniq tashkilotlarga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida takliflar kiritish, shuningdek aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazlaridan har bir tashkilot boʻyicha tashkil etilgan, shuningdek band qilib qoʻyilgan boʻsh (vakant) ish oʻrinlari soni va xarakteri toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mahalliy davlat organi tomonidan belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining eng kam soniga muvofiq tashkil etilgan (band qilib qoʻyilgan yoki ajratilgan) eng kam ish oʻrinlari sonini qisqartirishga yoki tugatishga mahalliy davlat hokimiyati organi qarori asosida amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Texnologiyani, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar sonining oʻzgarishiga olib kelgan ish hajmlarining qisqarishi bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirishda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirilgan shaxslarda ish oʻrinlari, agar ushbu shaxslar soni mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan belgilangan miqdordan oshmasa, ustuvor tartibda saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrni ilgari ushbu ish oʻrnini egallab kelgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasining toʻxtatilishi munosabati bilan boʻshab qolgan taqdirda tashkilot oʻn kun muddatda aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazini yangidan ochilgan boʻsh ish oʻrni toʻgʻrisida maʼlum qilishi shart.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tashkilot ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarni mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari belgilangan soni hisobiga ishga joylashtirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilot tomonidan, mazkur shaxslar ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan toifaga mansub boʻlsa, mehnat organlari yoʻllanmasi boʻyicha band qilib qoʻyilgan ish oʻrniga ishga joylashtirishni rad qilishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 1-2-son, 4-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tashkilot yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmida ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlaydi, bu toʻgʻrida aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markaziga yil boshlangungacha axborot beriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlanadi, bu toʻgʻrida Bandlikka koʻmaklashish tuman (shahar) markaziga birinchi chorak tugagandan keyin 10 kundan kechikmay axborot beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilotlar har chorakda aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markaziga ushbu Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi toʻgʻrisida ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha axborot taqdim etadilar.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlarining belgilangan soni hisobiga ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining tayyorligi toʻgʻrisidagi axborotning tashkilot tomonidan taqdim etilmaganligiga ham va amalda ularning tayyor emasligiga ham mehnat organi mahalliy davlat hokimiyati organi qarorining bajarilmaganligi sifatida qaraydi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmagan tashkilotning mansabdor shaxsiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima solinadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun jarimani toʻlaganlik tashkilotni band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonini tashkil etishdan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmaganlik uchun undirilgan jarimalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda asosan aholining ushbu toifasi uchun yangi ish oʻrinlari yaratishga, shu jumladan nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan korxonalar tashkil etishga sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Mahalliy davlat hokimiyati organining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorining bajarilishini nazorat qilish mehnat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazlari tuman (shahar) ishchi komissiyalariga:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlarining band qilib qoʻyilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu ish oʻrinlariga mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyati organining ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmagan tashkilotning mansabdor shaxsiga jarimalar solish toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan axborotni yuborishadi.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Nogironlar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarining belgilangan sonidan ortiqcha nogironlar uchun ish oʻrinlari tashkil etgan tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyoz olish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun belgilangan koʻrsatkichdan ortiqcha, shu jumladan ish uchastkalari (sexlar) tashkil etish uchun turar joy boʻlmagan binolarni birinchi navbatda ajratish yoʻli bilan band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlari tashkil etgan tashkilotlar uchun imtiyozlar belgilashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman (shahar) hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi aholi bandligiga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi aholi bandligiga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasidan tashkilot (ish beruvchi)ning ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etishga xarajatlarini qisman qoplashga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ajratiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎_____________ tumani (shahri) hokimining ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
‎QARORI

‎20__ yil “___” _________ ____-son

1. “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun _____________tumani (shahri) hokimi _________________________________
‎______________________________________________________________ uchun:

‎‎(tashkilot nomi) ‎‎‎

‎‎‎xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan ___ kishini tashkil etadigan ___ foiz miqdorida, shu jumladan:

‎oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun __ foiz (__ kishi); ‎

‎taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun __ foiz (__ kishi); ‎‎

‎muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun __ foiz (__ kishi);

‎‎nogironlar uchun __ foiz (__ kishi);

aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun __ foiz (________ kishi);‎‎‎

‎‎‎‎jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun __ foiz (_______ kishi);‎

‎‎‎ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarning boshqa toifalari uchun__ foiz (______ kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasini belgilaydi.

‎‎‎‎2. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi kerak, shu jumladan ‎___________________________________________________________________ ‎___________________________________________________________________

(ish oʻrinlariga nisbatan aniq talablar sanab oʻtiladi)


‎3. Ish oʻrinlari band qilib qoʻyiladigan kasblar va lavozimlar:
‎______________________________________________________________________________________________________________________________________

(kasblar va lavozimlar sanab oʻtiladi)


‎‎4. Tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar. ‎ ‎

‎5. Ushbu qaror bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi. ‎

‎6. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda tashkilot uchun quyidagi imtiyozlar belgilanadi: ___________________________________________________________________
‎‎(imtiyozlar mazmuni koʻrsatiladi)

‎‎‎‎7. Aholi bandligiga koʻmaklashishmarkazi bir hafta muddatda ushbu qarorni 1-bandda koʻrsatilgan tashkilot rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin va ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.


‎‎‎___________________________tumani (shahri) hokimi _________________

‎‎(imzo) ‎‎

M.Oʻ.‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilot nomi: _________________________________
‎_________________________________

‎‎Yuridik manzili:

‎_________________________________
‎_________________________________
Aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markaziga taqdim etiladi


‎Har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10 sanasiga qadar

‎‎

20__ yilning _____choragida ijtimoiy muhofazaga muhtoj

va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun

ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida

AXBOROT


‎1. Hisobot yilida mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari soni ___ ish oʻrni, shu jumladan nogironlarni ishga joylashtirish uchun ___ ish oʻrni.


2. Band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlariga ishga joylashtirilganlar soni:
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar toifalari

Hisobot davrining yakuniy holatiga koʻra ishlayotganlar

(kishi)

Shundan ishga joylashtirilganlar

hisobot chorakda yil boshidan
Jami:
shu jumladan:
Oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar
Taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar
Muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar
Nogironlar
Aholi bandligiga koʻmaklashish tuman (shahar) markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar
Jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarning boshqa toifalari


‎3. Hisobot davri oxirida mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga muvofiq nazarda tutilgan band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari soni: ___ ish oʻrni

‎‎
Tashkilot rahbari


‎__________________‎‎____‎

(imzo)

Kadrlar boʻlimi (inspektori)boshligʻi


‎‎__________________‎‎____‎

(imzo)

M.Oʻ.

‎‎
20__ yil “___” ____________

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga 3-ilovaning 26-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“26. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 12-son, 44-modda)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikkinchi — toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi banligini oshirish hamda mehnat va aholini ijimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 12-son, 44-modda)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ikkinchi — oʻn oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 34-son, 333-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2011-y., 1-2-son, 4-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda)