Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 09.04.2008 yildagi PQ-833-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MIRZO ULUGʻBEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING 90 YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda va butun Oʻrta Osiyo mintaqasida eng nufuzli va yetakchi oliy oʻquv yurtlaridan biri boʻlgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining yoshlarning intellektual va maʼnaviy salohiyatini oshirish, yurtimiz ilm-fani va madaniyati, zamonaviy taʼlim tizimini rivojlantirish, yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash, yigit-qizlarimizni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi beqiyos oʻrni va ulkan hissasini inobatga olib hamda ushbu bilim dargohi tashkil etilganining 90 yilligini munosib nishonlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Fanlar akademiyasining 2008-yil sentyabr oyida Oʻzbekiston Milliy universitetining 90 yilligini nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Milliy universitetining 90 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tashkiliy qoʻmita bir hafta muddat ichida ushbu sanaga bagʻishlangan tadbirlar rejasini ishlab chiqsin hamda ularning “Yoshlar yili” Davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalarga uygʻun va hamohang ravishda oʻtkazilishiga alohida eʼtibor qaratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yilning avgust oyida “Mamlakatimiz oliy taʼlim tizimi va ilm-fani rivojida Oʻzbekiston Milliy universitetining roli” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazishni yuqori saviyada tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil sentyabr oyida “Yoshlik” talabalar shaharchasi stadionida “Yoshlar bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchidir” shiori ostida mamlakatimiz oliy oʻquv yurtlari talabalarining festivalini tashkil etishni taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Milliy universiteti majmuasi hududida bayram oldidan keng koʻlamdagi qurilish va rekonstruksiya, taʼmirlash ishlari olib borish, oʻquv binolari, talabalarning turar-joylari va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarini har tomonlama obod qilish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga mazkur sanani oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 9-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-833-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 4-son, 228-modda)