1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.02 (Кучини йўқотган) Ipoteka / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QARORI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 12-iyulda 1835-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” va “Ipoteka toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-maydagi “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-3878-son Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 19-20-son, 192-modda), 2005-yil 16-fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-10-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 7-son, 54-modda) asosida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 13-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14/5-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2008-yil 13-iyundagi 14/5-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) va “Ipoteka toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 393-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-maydagi “Yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PF-3878-sonli Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 19-20-son, 192-modda) va 2005-yil 16-fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-10-sonli qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 7-son, 54-modda) muvofiq, pudrat qurilish tashkilotlari tomonidan qurilgan yoki rekonstruksiyasi qilingan koʻp qavatli uydagi kvartiralarni tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda matnda bank deb yuritiladi) orqali aholi, shu jumladan, yosh oilalarga sotish hamda ularni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka krediti oluvchi — koʻp qavatli uydagi kvartirani sotib olish uchun olingan kreditni kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini oladigan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qoshidagi ishchi guruhlarining tavsiyalariga ega boʻlgan fuqaro;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotuvchi (quruvchi/buyurtmachi) — bank krediti hisobiga yoki oʻz mablagʻlari hisobiga qurgan, rekonstruksiya qilgan tayyor uy-joyni birlamchi bozorda sotish uchun taklif etuvchi yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aloqador kredit oluvchi — ipoteka krediti oluvchi bilan birga yashaydigan, kredit va uning foizlari boʻyicha oylik toʻlovlarda ishtirok etuvchi hamda kredit boʻyicha foizlarni toʻlash va uni qaytarishda birgalikda (solidar) javobgar boʻladigan uning oila aʼzolari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlangʻich badal — ipoteka krediti oluvchi tomonidan bankda ochilgan maqsadli jamgʻarma omonat hisobvaragʻiga koʻp qavatli uydagi kvartira qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi kiritgan pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yosh oila — er-xotinning ikkisi ham oʻttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan oʻttiz yoshdan oshmagan yolgʻiz otadan yoki yolgʻiz onadan iborat boʻlgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol);
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 8-oktabrdagi 32/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 1835-3, 19.10.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 42-son, 493-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit shartnomasi — Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida tuzilgan, uy-joy sotib olish uchun kredit obyektini garovi asosida kredit berish toʻgʻrisidagi shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka shartnomasi — Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan qoidalarga rioya etilgan holda tuzilgan, kredit shartnomasi boʻyicha majburiyatni taʼminlashda ipotekani (koʻchmas mulk garovini) belgilash haqidagi shartnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov layoqati — ipoteka krediti oluvchi (aloqador kredit oluvchilar)ning umumiy daromadlari tahlilidan kelib chiqqan holda kredit shartnomasi boʻyicha oʻz toʻlov majburiyatlarini vaqtida va toʻliq bajarish qobiliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlamchi uy-joy bozori — yangi uy-joy fondidan uy-joy taklif etuvchi bozor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamgʻarma omonati — koʻp qavatli uydagi kvartirani sotib olish uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish va kvartira qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi dastlabki badal toʻlovini kiritish uchun ochiladigan maqsadli omonat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamgʻarma omonat shartnomasi — koʻp qavatli uydagi kvartirani sotib olish uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish va kvartira qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi dastlabki badal toʻlovini kiritish uchun ochiladigan maqsadli jamgʻarma omonati va uning shartlarini aks ettiruvchi shartnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizomga asosan ipoteka kreditlari bank tomonidan qaytarishlik, maqsadlilik, toʻlovlilik, taʼminlanganlik va muddatlilik shartlari asosida birlamchi bozordagi koʻp qavatli uydagi kvartirani sotib olish uchun ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Doimiy ish joyi hamda oʻz faoliyati natijasidan olinadigan daromad va boshqa rasmiy daromad manbalariga ega boʻlgan uy-joyga muhtoj va toʻlovga qobiliyati mavjud oilalarni aniqlash va ularga imtiyozli ipoteka kreditlari ajratish uchun tavsiyalar berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qoshidagi ishchi guruhlar (keyingi oʻrinlarda matnda ishchi guruhlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruhlar tomonidan uy-joyga muhtoj va toʻlovga qobiliyatli yosh oilalarni aniqlash va ularga tavsiyanomalar berish oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Korxona va tashkilotlar ularda ishlab turgan ishchi guruhlarining tavsiyalariga ega boʻlgan yosh oila aʼzolari hisoblanadigan xodimlari va boshqa xodimlariga koʻp qavatli uydagi kvartiralardan bank bilan kelishilgan holda, belgilangan tartibda oldindan pul oʻtkazish orqali sotib olishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Ipoteka kreditini berish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tijorat banklarining oʻz mablagʻlari va jalb etilgan mablagʻlari hisobidan beriladigan ipoteka krediti miqdori bankning ichki kredit siyosatidan kelib chiqqan holda bank va qarz oluvchi oʻrtasida tuziladigan kredit shartnomasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank tomonidan beriladigan ipoteka krediti miqdori kredit resurslari manbasidan qatʼi nazar, (xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari, investitsiyalari, jumladan kreditlari hisobidan beriladigan kreditlar bundan mustasno) koʻp qavatli uydagi kvartira qiymatining 75 foizidan oshmasligi lozim.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1835-1, 28.06.2011-y.) asosan chiqarilgan —OʻR QHT, 2011-y., 26-son, 272-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ipoteka kreditlari qarz oluvchining toifasidan kelib chiqib, quyidagi shartlar asosida beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yosh oilalarga, ipoteka krediti 15 yildan kam boʻlmagan muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan bankning oʻz mablagʻlari va boshqa jalb qilingan mablagʻlar hisobidan ajratiladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1835-1, 28.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 26-son, 272-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari boʻyicha belgilanadigan yillik foiz stavkasi moliyalashtirish manbasidan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankning oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari hisobidan yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari boʻyicha yillik foiz stavkasi, kredit shartnomasi tuziladigan davrdagi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasi miqdorida;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/1-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1835-1, 28.06.2011-y.) asosan chiqarilgan —OʻR QHT, 2011-y., 26-son, 272-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlabki badalning bir qismini yoki barcha summasini yosh oila aʼzolari (er yoki xotin)ning ish beruvchisi boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-apreldagi 124-son “Yosh oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 18-son, 202-modda) muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan pul oʻtkazish orqali ipoteka krediti oluvchi yosh oila aʼzosi nomiga ochilgan maqsadli jamgʻarma omonat hisobvaragʻiga oʻtkazib berilishi mumkin.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/2-sonli qarori (roʻyxat raqami 1835-2, 22.06.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 285-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank tomonidan bevosita jalb etilgan xalqaro va xorijiy moliya institutlarining grantlari va investitsiyalari hisobidan beriladigan ipoteka kreditlari boʻyicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi ushbu mablagʻlarni berish toʻgʻrisida bank va koʻrsatib oʻtilgan moliya institutlari oʻrtasida tuzilgan tegishli shartnomalar shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Koʻp qavatli uylardagi kvartiralarni birlamchi bozorda ipoteka krediti orqali sotib olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Koʻp qavatli uylardagi kvartiralar ishchi guruhlarining tavsiyalarini olgan fuqarolarga ularning oʻz mablagʻlari yoki rasmiylashtirilgan ipoteka kreditlari mablagʻlari hisobidan realizatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Koʻp qavatli uylardagi kvartiralar ushbu koʻp qavatli uylarni qurgan yoki rekonstruksiya qilgan pudrat qurilish tashkiloti tomonidan loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan narxlarda realizatsiya qilinadi. Bunda koʻp qavatli uylardagi har bir kvartira qiymati boʻyicha maʼlumot pudrat qurilish tashkiloti tomonidan unga xizmat koʻrsatuvchi bank filialiga rasmiy ravishda taqdim etiladi (ushbu Nizomning 1-ilovasi). Banklarning filiallari tomonidan ushbu maʼlumot tegishli ravishda barcha tegishli bank filiallariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tavsiyanoma olgan fuqaro oʻzining doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzilidagi bank filialiga tavsiyanomani roʻyxatga qoʻyish uchun topshiradi va bank filiali taqdim etilgan tavsiyanomani roʻyxatga olish daftariga (keyingi oʻrinlarda matnda daftar deb yuritiladi) taqdim etilgan sanada roʻyxatga olinishini taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻp qavatli uydagi kvartiralarni bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali hamda viloyat filiallari tomonidan daftarlarda roʻyxatga olingan fuqarolarga navbat tartibida biriktiriladi. Bunda Toshkent shahar va Toshkent viloyati bank filiallari tomonidan tavsiyanomalarni roʻyxatga olish mazkur Nizomning 10-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Toshkent shahar va Toshkent viloyatida tavsiyanoma olgan fuqaro oʻzining doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzilidagi tuman bank filiali, bank filiali boʻlmagan taqdirda, ushbu tumanga xizmat koʻrsatish uchun biriktirilgan bank filiali tomonidan daftarda tavsiyanomani taqdim etgan sanada roʻyxatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar va Toshkent viloyat tumanlaridagi bank filiallari tomonidan daftarlarda roʻyxatga olingan fuqarolar roʻyxati bankning Toshkent shahar va Toshkent viloyati filialiga rasmiy taqdim etiladi. Bankning tuman filiallari ushbu roʻyxatni haftada bir marotaba yangilab taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, bankning Toshkent shahar va Toshkent viloyatining filiali tuman bank filiallari taqdim etgan roʻyxat jadvalini daftardagi roʻyxatga olish navbatlariga mos ravishda tuzilganligini tekshirib, roʻyxatga olingan sana asosida umumlashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur umumlashtirilgan roʻyxat jadvali asosida koʻp qavatli uydagi kvartiralarni biriktirish Toshkent shahar boʻyicha bankning Toshkent shahar filiali va Toshkent viloyati boʻyicha bankning Toshkent viloyat filiali tomonidan navbat tartibida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Daftarlardagi roʻyxat navbati asosida (bankning Toshkent va Toshkent viloyat filiallarida umumlashtirilgan roʻyxat jadvalidagi navbat asosida) fuqaro bank tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli uy-joydagi biriktirilmagan kvartiralar qiymatlari va ularning manziliy joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumot bilan tanishtiriladi. Fuqaro roʻyxat jadvalidagi oʻz navbati asosida ushbu biriktirilmagan kvartiralardan birini tanlab, tanlangan kvartirani sotib olish uchun unga ushbu kvartirani biriktirilishini soʻrab bank filialiga ariza taqdim etadi (ushbu Nizomning 2-ilovasi). Ushbu arizada fuqaro koʻp qavatli uy-joydagi kvartirani oʻz mablagʻlari hisobiga, ish beruvchi tashkilot mablagʻlari hisobiga yoki ipoteka krediti hisobiga sotib olishini koʻrsatishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank filiali mazkur ariza asosida koʻp qavatli uy-joydagi unga biriktirilgan kvartira toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning bir nusxasini fuqaroga va bir nusxasini ushbu biriktirilgan kvartira joylashgan koʻp qavatli uy-joyni quruvchi pudrat tashkilotiga xizmat koʻrsatuvchi bank filialiga taqdim etadi (ushbu Nizomning 3-ilovasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaro qurilayotgan koʻp qavatli uy-joydagi biriktirilmagan kvartiralar qiymati va ularning manziliy joylashishi bilan tanishib, ushbu kvartiralardan birini sotib olishni istamagan taqdirda, buni rasmiy ariza bilan maʼlum qilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Koʻp qavatli uy-joydagi kvartirani ipoteka krediti hisobiga rasmiylashtiradigan fuqarolar, berilgan arizasi bilan birgalikda yoʻllangan bank filialiga ipoteka krediti rasmiylashtirish uchun belgilangan tartibdagi talab qilinadigan hujjatlarni taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisida”gi nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 1-2-son, 9-modda) va bankning ichki kredit siyosati asosida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank filiali kredit komissiyasi tomonidan taqdim etilgan kredit hujjatlari belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, ipoteka krediti ajratish yoki rad etish toʻgʻrisidagi asoslangan qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank filiali kredit komissiyasi tomonidan kredit berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bank qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda yozma ravishda qarz oluvchiga va kvartira biriktirgan bank filialiga rad etilishi sabablarini koʻrsatgan holda xabar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Kvartiralarni biriktirish vakolatiga ega boʻlgan bank filiallari tomonidan ipoteka kreditini ajratish rad etilgan fuqarolarga biriktirilgan kvartiralar ushbu tartibga muvofiq navbatdagi fuqarolarga qayta biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Bankning filiali kredit komissiyasi ipoteka krediti berish toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilingandan keyin bank uch kun muddatda fuqaroni yozma ravishda xabardor qiladi. Yozma ravishdagi xabarnomada fuqaro oʻz nomiga jamgʻarma omonat hisobvaragʻini ochish uchun 5 kun muddatda bankka kelishi zarurligi koʻrsatiladi (ushbu Nizomning 4-ilovasi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ipoteka krediti berish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilingandan soʻng, fuqaro unga biriktirilgan kvartirani xarid qilishda kvartirani belgilangan qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan dastlabki badalni kiritib qoʻyish uchun belgilangan tartibda bank filialida maqsadli jamgʻarma omonat hisobvaragʻi ochadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda har bir qarz oluvchi bilan alohida jamgʻarma omonat shartnomasi imzolanib, unga 20406-son jamgʻarma depozit (omonat) (“uy-joy boshlangʻich badali”) hisobvaragʻi ochiladi va qarz oluvchi tomonidan dastlabki badal mablagʻlari 2 oy muddatda, ammo koʻp qavatli uy davlat qabul komissiyasi tomonidan ekspluatatsiyaga qabul qilingan sanadan kechiktirmagan holda kirim qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Bank filiali biriktirilgan kvartira qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda maqsadli jamgʻarma omonat hisobvaragʻiga badal kiritgan qarz oluvchilar roʻyxati va ularga biriktirilgan kvartira toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlumotni, ushbu kvartira joylashgan koʻp qavatli uy-joy qurilishi yoki rekonstruksiyasini amalga oshirayotgan pudrat qurilish tashkilotiga taqdim etadi (ushbu Nizomning 5-ilovasi). Shuningdek, bank filiallari ushbu fuqarolar roʻyxatining bir nusxasini tegishli ravishda bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat filiallariga hamda Toshkent shahar filialiga maʼlumot tariqasida taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ushbu kvartira qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda maqsadli jamgʻarma omonat hisobvaragʻiga badal kiritgan qarz oluvchilar va ularga biriktirilgan kvartira toʻgʻrisidagi yozma maʼlumot pudrat qurilish tashkilotiga ushbu fuqarolar bilan koʻp qavatli uydagi kvartirani sotish borasidagi shartnomani tuzishga asos boʻlib xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qarz oluvchi sotib olinayotgan kvartira qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻni kiritib boʻlganidan soʻng, pudrat qurilish tashkiloti bilan 3 nusxada biriktirilgan kvartirani sotib olish uchun belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasini tuzadi hamda qarz oluvchi oldi-sotdi shartnomasining bir nusxasini bank filialiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qarz oluvchi unga biriktirilgan kvartira qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda maqsadli jamgʻarma omonat hisobvaragʻiga mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan muddatda badal kiritmagan taqdirda, bank filiali unga ogohlantirish xatini yuborib, 5 kun muddatda jamgʻarma omonat hisobvaragʻiga sotib olinayotgan kvartira qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni kiritishi lozimligi, aks holda kvartirani navbatdagi boshqa fuqaroga qayta biriktirilishi haqida ogohlantiradi (ushbu Nizomning 6-ilovasi). Qarz oluvchi ushbu muddatda ham sotib olinayotgan kvartira qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni kiritmagan taqdirda ushbu kvartirani unga biriktirish bekor qilinib, navbatdagi fuqaroga mazkur tartib asosida qayta biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Koʻp qavatli uy qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilingandan soʻng, qarz oluvchi oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini (pudrat qurilish tashkiloti bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi asosida) bank filialiga taqdim etadi va oʻrnatilgan tartibda ipoteka shartnomasi rasmiylashtirilib davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarz oluvchi rasmiylashtirilgan ipoteka shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazgandan soʻng, bank filiali qarz oluvchi tomonidan uning maqsadli jamgʻarma omonat hisobvaragʻida sotib olinayotgan koʻp qavatli uydagi kvartira qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda kiritilgan mablagʻlari va kvartira qiymatining qolgan qismiga rasmiylashtirilgan ipoteka krediti mablagʻlarini qarz oluvchining yozma topshirigʻiga muvofiq pudrat qurilish tashkilotining 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Fuqaro tomonidan koʻp qavatli uydagi kvartirani toʻliq oʻz mablagʻlari yoki ish beruvchining mablagʻlari hisobidan sotib olishda, kvartira qiymatiga teng miqdorda toʻplangan mablagʻlar, sotib olinayotgan kvartira joylashgan koʻp qavatli uy-joy belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilinganidan soʻng, pudrat tashkiloti bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi asosida, uning 22626-sonli “Korxona va tashkilotlarning maqsadli mablagʻlari” maxsus moliyalashtirish depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Kvartira qiymati oʻzgargan taqdirda, qarz oluvchi sotib olinayotgan kvartira uchun jamgʻarma omonatiga kirim qilingan dastlabki badal mablagʻlarini, ushbu tartibda belgilangan muddatda qoʻshimcha badal kiritish yoʻli bilan kvartira yakuniy qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorga yetkazishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Bank koʻp qavatli uy-joydagi kvartiraning muddatida qurilishi, foydalanishga topshirilishi, narxining oʻzgarishi, sifati va atrofidagi infratuzilma uchun javobgar emas. Ushbu munosabatlar sotuvchi, sotib oluvchi va boshqa mutasaddi tashkilotlar oʻrtasida qonun hujjatlari asosida hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Ipoteka krediti olish uchun arizani koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun bank filialiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ipoteka krediti olish uchun ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining oilasi tarkibi toʻgʻrisida yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma va uning pasporti nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza beruvchining va u bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisida oxirgi 12 oy uchun doimiy ish joyidan (doimiy ish joyi mavjud boʻlganda) berilgan maʼlumotnomalar yoki ariza beruvchining va uning oila aʼzolarining oxirgi 12 oy uchun daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning ularning yashash joyidagi davlat soliq organi tomonidan qabul qilinganligi haqida shtamp qoʻyilgan nusxalari.
(25-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 11-iyundagi 17/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 1835-1, 28.06.2011-y.) tahririda —OʻR QHT, 2011-y., 26-son, 272-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Kredit olish uchun barcha talab qilinadigan zaruriy hujjatlar qabul qilingandan keyin, kredit boʻlimi masʼul xodimi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar oʻrganilib, qarz oluvchining toʻlovga layoqatliligi hamda beriladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Barcha taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish va tekshirish natijalari boʻyicha kredit boʻlimi boshligʻi va ushbu kredit boʻyicha xulosa bergan masʼul xodim tomonidan kredit komissiyasiga ipoteka krediti berishning maqsadga muvofiqligi haqida asoslantirilgan xulosa kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Kredit komissiyasi (kredit qoʻmitasi) kredit arizasi va unga ilova qilingan barcha hujjatlarni hamda ushbu kredit arizasi boʻyicha xulosani koʻrib chiqib, arizani qanoatlantirish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi. Ipoteka krediti olish uchun kredit arizasini koʻrib chiqib, kredit komissiyasi tomonidan qaror qabul qilish muddati — kredit arizasi va u bilan birga barcha zaruriy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 7 ish kunidan oshmasligi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Kredit shartnomasini imzolash va kredit taʼminoti talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Bank filiali fuqaro bilan koʻp qavatli uy qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilingandan soʻng, ipoteka krediti oluvchi va pudrat tashkiloti oʻrtasida kvartirani sotib olish uchun tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va bank filiali kredit komissiyasining kredit ajratish toʻgʻrisida qabul qilingan ijobiy qarori asosida kredit shartnomasi va uy-joy garov qiymatini kelishish dalolatnomasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qarz oluvchi va bank filiali oʻrtasida koʻp qavatli uydagi kvartirani sotib olishga kredit shartnomasi imzolangandan keyin qarz oluvchi quyidagi hujjatlarni bankka taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit taʼminoti sifatida koʻp qavatli uy-joydan olingan kvartirani belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan ipoteka shartnomasining asl nusxasi hamda uy-joyga boʻlgan mulkchilik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta toʻlovini tasdiqlovchi hujjat nusxasi hamda garovga qoʻyiladigan koʻchmas mulk qiymatini qisman yoki toʻliq yoʻqotish holatidan ipoteka predmetini sugʻurta qilinganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisi va sugʻurta haqidagi shartnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Ipoteka kreditini qaytarish va u boʻyicha foizlar toʻlovi hisobini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Kredit boʻyicha foizlar kredit berilgan kundan boshlab u toʻliq qaytarilgunga qadar, belgilangan foiz stavkasi hisobidan, kredit boʻyicha amaldagi qarz qoldigʻiga har kuni hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtiyozli davr oʻrnatilgan holda berilgan kreditlar boʻyicha asosiy qarz toʻlovi imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtiyozli davr kredit boʻyicha foizlar hisoblash va undirishga tatbiq etilmaydi. Bunda foizlar kredit boʻyicha qarzdorlikning amaldagi qoldigʻiga kunlik hisoblab boriladi va oyda bir marta undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Kreditni qaytarish va u boʻyicha foizlar toʻlovi tartibi bank va qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan kredit shartnomasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda, kredit boʻyicha asosiy qarz va hisoblangan foizlar bank va qarz oluvchi imzolagan kredit shartnomasiga ilova qilingan kreditni qaytarish jadvaliga muvofiq undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Qarz oluvchi tomonidan kreditni qaytarish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar, qimmatli qogʻozlar boʻyicha olinadigan va boshqa daromadlar hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bank kassasiga naqd pul topshirish yoʻli bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) qarz oluvchining bankdagi omonatlaridan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qarz oluvchining ish beruvchisi tomonidan ipoteka kreditini qaytarish uchun ajratilgan moddiy yordami hisobidan naqd pulsiz mablagʻ oʻtkazish yoʻli bilan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
331. Oila aʼzolaridan biri “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanib chiqqan va birkitilgan turar joyga ega boʻlmagan yosh oilalar uchun ajratilgan ipoteka krediti boʻyicha imtiyozli davr mobaynida hisoblangan foizlarni toʻlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan maqsadli transfertlar ajratish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
(331-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1835-2, 22.06.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 285-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Qarz oluvchi asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Asosiy qarz va u boʻyicha hisoblangan foizlar kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda bank xodimi qarz oluvchi bilan shaxsan uchrashib majburiyatlarning bajarilmayotgani sabablarini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditning qaytarilishini taʼminlash choralarini koʻrishni talab qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Agar kreditni oʻz vaqtida undirish boʻyicha koʻrilgan choralar zaruriy natijani bermasa va kreditning qarz oluvchi tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilmaslik xavfi vujudga kelsa, bank berilgan ipoteka kreditini va u boʻyicha hisoblangan foizlarni muddatidan oldin undirish choralarini koʻradi. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti va hisoblangan foizlar boʻyicha toʻlovlar umuman toʻlanmaganda yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganda, hamda qarz oluvchi tomonidan tuzilgan kredit shartnomasi va unga ilova qilingan qaytarish grafigi boʻyicha qabul qilingan majburiyatlar doimiy buzilgan holda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda, bank Oʻzbekiston Respublikasining “Ipoteka toʻgʻrisida”gi Qonunida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 393-modda) belgilangan tartibda undiruvni garovga qoʻyilgan mulkka qaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Ipoteka kreditlardan maqsadli foydalanish va ularni oʻz vaqtida qaytarilishini monitoring qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Bankning masʼul xodimi kredit shartnomasida belgilangan tartibda kredit va garov predmetining samarali va maqsadli ishlatilishi monitoringini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish toʻgʻrisida”gi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 1-2-son, 9-modda) va bankning ichki kredit siyosati talablari asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(VIII bob Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/2-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1835-2, 22.06.2012-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 25-son, 285-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
___________ bankning _______________
(viloyat / shahar)
filiali boshqaruvchisiga
_____________ (viloyati / shahri) ________________ da barpo etilayotgan ___ xonadonli koʻp qavatli turar joy binosi toʻgʻrisidagi MAʼLUMOTNOMA
Turar joy binosi __ qavatli, __ ta kvartiradan iborat boʻlib, ___ ta __ xonali, ___ ta __ xonali kvartiradan iborat. Kvartiralarning umumiy maydoni ________ kv.m.ni tashkil etib, shundan ___ ta __ xonali kvartira _____ kv.m.* __ ta _______ kv.m., ___ ta __ xonali kvartira _____ kv.m.* __ ta _______ kv.m. Bank kreditining foizlarini hisobga olgan holda turar joy binosining umumiy qiymati ( yillik ___% dan turar joy binosining ___%) _________ mln.soʻm. Yuqoridagilardan kelib chiqib, qurilayotgan koʻp qavatli turar joy binosi haqida quyidagilarni maʼlum qilamiz: 1 kv.m. maydonning qiymati _______________ ming.soʻm; ____ xonali kvartira qiymati _____________ mln.soʻm; _____ xonali kvartira qiymati _____________ mln.soʻm.
“________” ___ pudrat qurilish tashkiloti rahbari
___________________
(F.I.Sh, imzo)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
________________________ bankning ________________________ filiali boshqaruvchisi _________________ ga ________________________________
(viloyati / tumani, yashash manzili)
_______________________________da istiqomat qiluvchi fuqaro _____________________________dan
ARIZA
Men, 200_ yil ________ kuni ___________________________ ishchi guruhi
(sana / oy )
(viloyat / tuman)
tomonidan imtiyozli ipoteka krediti olish uchun tavsiyanoma olib, tavsiyanomam 200_ yil _____________ kuni _____________________bankning
(sa�a / oy )
_________________________________________ filialida roʻyxatga olingan.
(viloyat / tuman)
Menga 2008-yil davlat dasturi asosida bank tomonidan yosh oilalar uchun koʻp qavatli uy-joylar qurilayotgani toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shuningdek, belgilangan tartibda tavsiyanomamni qayd etilgan roʻyxat navbati asosida ushbu qurilayotgan uy-joylardagi biriktirilmagan kvartiradan birini tanlab, imtiyozli ipoteka krediti rasmiylashtirish hisobiga yoki oʻz mablagʻlarim hamda ish beruvchimning mablagʻlari hisobiga sotib olishim mumkinligi hamda ushbu kvartiralarning qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotga ega boʻldim. Mazkur kvartiralarning realizatsiyasi va fuqarolarga biriktirish hamda ushbu biriktirilgan kvartira belgilangan qiymatining 25 foizdan kam boʻlmagan miqdorda oldindan dastlabki badal toʻlovini amalga oshirish kerakligi menga tushuntirildi. Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu _______________________________da
(viloyat / tuman)
qurilayotgan koʻp qavatli uy-joyning ______qavatidagi _______xonali kvartirani_________________________________________________________
(oʻz mablagʻlarim, ish beruvchimning mablagʻlari, ipoteka krediti rasmiylashtirish)
hisobiga _________________________________________ni maʼlum qilaman.
(sotib olishim / sotib olishdan bosh tortishim)
________________________
______________
_______________
(F.I.Sh.)
(imzo)
(sana)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200__ yil ___ ______________ kuni taqdim etgan arizangizga asosan ___________________________________________ manzilda qurilayotgan koʻp qavatli uy-joyning ________________________________________________
(oʻz mablagʻlaringiz, ish beruvchingizning mablagʻlari, ipoteka krediti rasmiylashtirish)
hisobiga sotib olishingiz uchun sizga biriktirilganligini hamda ushbu kvartira realizatsiya jarayonini rasmiylashtirish uchun ________________________bankning _______________________ filialiga
(viloyat / tuman)
qisqa muddatlarda murojaat qilishingiz lozimligini maʼlum qilamiz. Arizangiz bankning _________ filialiga taqdim etishingiz uchun qaytarilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200__ yil __ _________ kuni ________________________________ bankning __________________________________ filialiga taqdim etgan arizangizga
(viloyat / tuman)
asosan _____________________________________ manzilda qurilayotgan koʻp qavatli uy-joyning ________________________________________________
(__qavatidagi __ xonali)
kvartirani ipoteka kreditini rasmiylashtirish hisobiga sotib olish uchun taqdim etgan hujjatlar oʻrganib chiqilib Sizga ipoteka krediti ajratish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinganligini maʼlum qilamiz. Shu sababli, Sizga biriktirilgan kvartirani sotib olish jarayonini rasmiylashtirish uchun ______________________________________ bankning ________________________________________ filialiga qisqa muddatlarda
(viloyat / tuman)
murojaat qilib, belgilangan tartibda jamgʻarma omonat hisobvaragʻini ochishingiz va kvartirani belgilangan qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan dastlabki badalni kiritib qoʻyishingiz lozimligini maʼlum qilamiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
__________________ bankning _______________ filiali Siz tomondan qurilayotgan koʻp qavatli uy-joydagi kvartiralarni sotib olish uchun kvartira belgilangan qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda dastlabki toʻlovini omonat hisob raqamiga kiritgan fuqarolar va ularga biriktirilgan kvartiralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar jadvalini yoʻllamoqda. Shuningdek, ushbu jadval maʼlumoti Sizga, kvartiralarni oldi-sotdi shartnomasini tuzish uchun asos boʻlishini maʼlum qilamiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholining keng qatlami, shu jumladan, yosh oilalar uchun qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joylarni xarid qilish uchun ipoteka kreditlari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
________________________________
(viloyati / tumani, yashash manzili)
_______________________________da
istiqomat qiluvchi fuqaro _______________________________ga
200__ yil __ ________________ kuni taqdim etgan arizangizga asosan __________________________________ manzilda qurilayotgan koʻp qavatli uy-joyning________________________________________________________
(oʻz mablagʻlaringiz, ish beruvchingizning mablagʻlari, ipoteka krediti rasmiylashtirish)
hisobiga sotib olishingiz uchun sizga biriktirilgan edi. Shuningdek, ushbu kvartirani sotib olish jarayonini rasmiylashtirish maqsadida __________________bankining ____________________ filialiga
(viloyat / tuman)
qisqa muddatlarda murojaat qilib, biriktirilgan kvartirani xarid qilish uchun omonat hisob raqamini ochishingiz va kvartirani belgilangan qiymatining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda dastlabki badal mablagʻlarini kiritishingiz lozimligi maʼlum qilingan edi. Yuqoridagilarni inobatga olib, ___Siz 5 kun muddatda_________________ _________________________bankning _______________________ filialiga
(viloyat / tuman)
murojaat qilib, jamgʻarma omonat hisob raqamini ochishingiz va kvartirani belgilangan qiymatining 25 foizidan kam boʻl�agan miqdorda dastlabki badal mablagʻlarini kiritilishini taʼminlashingiz lozim. Aks holda, bank tomonidan Sizga biriktirilgan kvartirani biriktirilishi bekor qilinib, navbatdagi boshqa fuqaroga qayta biriktirilishini maʼlum qilamiz.