Для получения доступа к этой функции Вам необходимо авторизоваться!
Хотите зарегистрироваться? Либо войти под своим логином?

Авторизоваться Зарегистрироваться

Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.04.2018
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi “Yoshlar yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-805-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar yili” Davlat dasturining 46-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-fevraldagi PQ-805-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlar yili” Davlat dasturining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 10-11-son, 56-modda) 46-bandiga muvofiq o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (bundan keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasalari deb yuritiladi) va korxonalar o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 11-dekabrdagi 439-sonli “Kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, o‘quvchilar tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti davrida bajarilgan ishlarga tegishli malaka darajasidagi ishchilarning oylik maoshlariga belgilangan koeffitsiyentlar, qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar hisobga olingan holda amaldagi me’yorlar, narxlar, stavkalar (maoshlar) bo‘yicha haq to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Amaliyot o‘tash vaqtida o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan o‘quvchilarni O‘n sakkiz yoshdan kichik shaxslarning mehnati qo‘llanishi taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitlari ishlari ro‘yxatida (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) ko‘rsatilgan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi