1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“TRANSPORT VOSITALARI EGALARINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUGʻURTA QILISH TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishning toʻliq amal qilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish (keyingi oʻrinlarda majburiy sugʻurta qilish deb ataladi) boʻyicha sugʻurta puli 3 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorda belgilansin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchiga unga yetkazilgan zararni kafolatli toʻlashni majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish yoʻli bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta mukofotlari boʻyicha siylov huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning ayrim toifalarini koʻrsatib oʻtilgan siylovlarni kompensatsiya qilish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash tizimini moliyaviy taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy sugʻurta qilish, shu jumladan majburiy sugʻurta qilish shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan, sugʻurta hodisalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bazasini, sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanganlar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlarni shakllantirish, sugʻurta sirlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablarni taʼminlagan holda sugʻurtalovchilar bilan Jamgʻarma oʻrtasida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni ayirboshlashni tashkil etish;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning unga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish boʻyicha faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni ishlab chiqish hamda sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda tasdiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning kuzatuv kengashi tarkibi va direksiyasi tuzilmasi 2 va 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamgʻarmaning kuzatuv kengashi, sugʻurtalovchilar bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 21-oktabrgacha boʻlgan muddatda majburiy sugʻurta qilishni amalga oshiruvchi sugʻurtalovchilar bilan oʻz faoliyatini sugʻurta qilish faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirish, shuningdek 2008-yil 22-oktabrdan boshlab oʻz faoliyatini koʻrsatib oʻtilgan litsenziya talablari va shartlariga muvofiqlashtirmagan sugʻurtalovchilar litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash, Jamgʻarma direksiyasini joylashtirish hamda uni zarur aloqa texnikasi va vositalari bilan jihozlash, Jamgʻarma tomonidan majburiy sugʻurta qilishni amalga oshiruvchi barcha sugʻurtalovchilar bilan yozma bitimlar tuzish, shuningdek Jamgʻarma tomonidan 2008-yil 21-oktabrgacha oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur hajmdagi mablagʻlarni shakllantirish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning barcha hududlarida majburiy sugʻurta qilishni tashkil etish uchun sugʻurtalovchilar filiallarining va boshqa alohida boʻlinmalarining keng shoxobchalarini tashkil etish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalari orqali majburiy sugʻurta qilishning joriy etilayotgan tartibi toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek sugʻurtalovchilar xodimlari uchun oʻquv kurslari va seminarlar tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomga5-ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashinalar va mexanizmlar egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida” 1994-yil 30-dekabrdagi 632-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 12-son, 56-modda);
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) 3-ilovaning V bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 30-dekabrdagi 632-son qaroriga muvofiq 2008-yilda tuzilgan transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashinalar va mexanizmlar egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomalarining amal qilishi koʻrsatib oʻtilgan Hukumat qarori oʻz kuchini yoʻqotgan kundan boshlab muddatidan oldin toʻxtatilgan hisoblanadi, bunda sugʻurtalovchilarning mazkur sanagacha sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlashga doir majburiyatlari saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu qarorning 1, 5, 7 va 8-bandlari “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgan kundan boshlab amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 24-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
141-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Yoʻl va boshqa davlat jamgʻarmalari]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamgʻarmalar;
2.Moliya / Sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb yuritiladi) transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish (keyingi oʻrinlarda “majburiy sugʻurta qilish” deb yuritiladi) boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash maqsadida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Jamgʻarma oʻz faoliyatida “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Jamgʻarma notijorat tashkilot hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi banklarida hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga, shtamplarga va blankalarga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma moliyaviy yordam berish va xayriya faoliyati bilan shugʻullanishga, shuningdek yuridik shaxslarning muassisi (qatnashchisi) boʻlishga va sugʻurta tashkilotlarining ustav sarmoyasida qatnashishga haqli emas.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyundagi 163-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Jamgʻarmaning ustav sarmoyasi sugʻurtalovchilar — aʼzolar (keyingi oʻrinlarda “sugʻurtalovchilar” deb yuritiladi)ning bir yoʻla toʻlanadigan badallari hisobiga shakllanadi. Jamgʻarma oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzining barcha mol-mulki bilan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Jamgʻarmaning asosiy vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchiga unga yetkazilgan zararni kafolatli toʻlashni majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish yoʻli bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta mukofotlari boʻyicha siylov huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning ayrim toifalarini koʻrsatib oʻtilgan siylovlarni kompensatsiya qilish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash tizimini moliyaviy taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy sugʻurta qilish, shu jumladan majburiy sugʻurta qilish shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan, sugʻurta hodisalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bazasini, sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanganlar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlarni shakllantirish, sugʻurta sirlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablarni taʼminlagan holda sugʻurtalovchilar bilan Jamgʻarma oʻrtasida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni ayirboshlashni tashkil etish;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning unga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish boʻyicha faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni ishlab chiqish hamda sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda tasdiqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Jamgʻarma qoʻyilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.13.00 Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan tartibda jabrlanuvchilarga kompensatsiya toʻlovlari toʻlaydi, shuningdek regress talablarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchilar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq koʻrsatib oʻtilgan siylovlarni olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifalariga berilgan sugʻurta mukofotlari boʻyicha siylovlarni kompensatsiya qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan axborotlarni maxsus vakolatli davlat organi bilan doimiy ravishda ayirboshlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchilar bilan majburiy sugʻurta qilish, qonun hujjatlarida belgilangan sugʻurta siri toʻgʻrisidagi talablar taʼminlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ayirboshlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlari tushumi va sarfi boʻyicha yillik va choraklik prognozlarni shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadi va maxsus vakolatli davlat organiga koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Jamgʻarmaning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Jamgʻarma quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchilardan tuzilgan majburiy sugʻurta shartnomalari soni, toʻplangan sugʻurta mukofotlari miqdori, majburiyatlar va toʻlangan sugʻurta qoplovlari toʻgʻrisidagi axborotni belgilangan tartibda olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Jamgʻarma quyidagilarga majbur:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus vakolatli davlat organiga ushbu organ tomonidan belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda moliyaviy hisobot va boshqa hisobotlarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ommaviy axborot vositalarida yilning har choragida sugʻurtalovchilar-qatnashchilar roʻyxatini eʼlon qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus vakolatli organning soʻroviga koʻra majburiy sugʻurta qilish boʻyicha tegishli axborotni taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Jamgʻarma mol-mulkini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Jamgʻarmaning mol-mulki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchilarning bir yoʻla va kalendar toʻlanadigan badallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma tomonidan jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javob beruvchi shaxslarga nisbatan qoʻyiladigan talablar amalga oshirilishidan jabrlanuvchilar (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislari)ning tegishli talablarini koʻrib chiqish boʻyicha Jamgʻarma tomonidan amalga oshirilgan kompensatsiya toʻlovlari va xarajatlariga oid mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning pul mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Sugʻurtalovchining Jamgʻarmaga bir yoʻla toʻlanadigan badali Jamgʻarmaga badal kiritish kunida sugʻurtalovchi ustav fondining qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdorining 0,1 foizini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kalendar badal sugʻurtalovchilar tomonidan yilning har choragida Jamgʻarmaga oʻtkaziladigan pul mablagʻlaridan iborat boʻladi. Kalendar badal miqdori sugʻurtalovchi bilan tuzilgan majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha umumiy sugʻurta summasi hisobot choragida oʻsishi hajmidan kelib chiqib maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishuv boʻyicha Jamgʻarmaning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlangan kalendar badallar summasi Jamgʻarmaning kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan miqdorga yetganda sugʻurtalovchilar tomonidan kalendar badallar toʻlash maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha umumiy sugʻurta summasidan kelib chiqib toʻxtatib turiladi. Majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha jami sugʻurta summasi oʻzgargan taqdirda sugʻurtalovchi tomonidan Jamgʻarmaga toʻlangan kalendar badallar summasi qayta hisoblab chiqilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishi sugʻurtalovchini Jamgʻarmaga kalendar badallarni toʻlashdan ozod qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar badal stavkasi oʻzgargan taqdirda Jamgʻarma bu haqda sugʻurtalovchilarga toʻlashning keyingi muddatidan oldin kamida 30 kundan kechikmay xabar qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Jamgʻarma mablagʻlaridan faqat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompensatsiya toʻlovlari toʻlashda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotlariga oid siylovlarni kompensatsiya qilishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma direksiyasi taʼminoti uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan Jamgʻarmaning boshqa vazifalarini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirishga va sugʻurta mukofotlari boʻyicha siylovlarni kompensatsiya qilishga moʻljallangan mablagʻlari Jamgʻarmaning boshqa mol-mulkidan alohida ajratiladi, ular boʻyicha alohida hisob yuritiladi va alohida bank hisob raqami ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Jamgʻarma direksiyasi taʼminoti Jamgʻarmaning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Jamgʻarma mablagʻlarining bir qismi vaqtincha boʻsh boʻlgan taqdirda Jamgʻarmaning kuzatuv kengashi har yili ushbu mablagʻlarni investitsiya qilish yoʻnalishlari va hajmini tasdiqlashi mumkin. Jamgʻarmaning koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlarini investitsiya qilish diversifikatsiyalash, qaytarish, foyda olish va likvidlik shartlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Jamgʻarma mablagʻlarini davlat qimmatli qogʻozlariga va boshqa aktivlarga joylashtirishdan olingan Jamgʻarma daromadlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Agar homiylar yoki grant beruvchilar tomonidan Jamgʻarmaga Jamgʻarmaning maqsadlari va vazifalariga muvofiq boʻlgan maqsadlar va foydalanish shartlari koʻrsatilgan holda mablagʻlar berilgan taqdirda, ushbu mablagʻlardan homiylar yoki grant beruvchilarning koʻrsatmalariga muvofiq foydalanilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyat ixtiyoriy toʻxtatilishi munosabati bilan Jamgʻarmadan ixtiyoriy chiqilgan taqdirda, shuningdek sugʻurtalovchi Jamgʻarma oldidagi majburiyatlarni bajarmaganligi uchun undan chiqarilganda sugʻurtalovchi tomonidan Jamgʻarmaga toʻlangan badallar qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Maxsus vakolatli davlat organi tomonidan kompensatsiya toʻlovlarini moliyalashtirish va sugʻurta mukofotlari boʻyicha siylovlarni kompensatsiya qilish uchun Jamgʻarmaning bank hisob raqamidagi mablagʻlarning eng kam summasiga nisbatan talablar belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Sugʻurtalovchilarning Jamgʻarma bilan yozma bitimini tuzish va ularni aʼzolikdan chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Jamgʻarma bilan sugʻurta bitimi tuzish uchun sugʻurtalovchi Jamgʻarmaga ariza, Jamgʻarmaning ustav sarmoyasini shakllantirish uchun bir yoʻla toʻlanadigan badal belgilangan miqdorda toʻlanganligini tasdiqlaydigan toʻlov topshiriqnomasi nusxasini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Jamgʻarma maxsus vakolatli davlat organini tuzilgan yozma bitimlar va sugʻurtalovchilar tomonidan Jamgʻarmaga bir yoʻla toʻlanadigan badal toʻlanganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Sugʻurtalovchilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining firma nomi va (yoki) joylashgan joyi oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchini qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda Jamgʻarmaga yozma ravishda maʼlum qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Jamgʻarma bilan yozma bitim tuzgan sugʻurtalovchining nomi va (yoki) joylashgan joyi oʻzgargan taqdirda Jamgʻarma sugʻurtalovchining qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi va litsenziya qayta rasmiylashtirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar sugʻurtalovchidan olingan paytdan boshlab 10 ish kuni mobaynida Jamgʻarmaning sugʻurtalovchilari — aʼzolari reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sugʻurtalovchi tomonidan Jamgʻarma va sugʻurtalovchi oʻrtasida tuzilgan yozma bitimda nazarda tutilgan Jamgʻarma oldidagi majburiyatlar muntazam ravishda bajarilmagan taqdirda Jamgʻarmaning kuzatuv kengashi maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda sugʻurtalovchi va Jamgʻarma oʻrtasida tuzilgan bitimni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin, ushbu qaror majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Majburiy sugʻurta qilish boʻyicha faoliyatning ixtiyoriy toʻxtatilishi munosabati bilan Jamgʻarmadan ixtiyoriy chiqilgan, shuningdek Jamgʻarma oldidagi majburiyatlarni bajarmaganligi uchun sugʻurtalovchi undan chiqarilgan taqdirda sugʻurtalovchi transport vositalari egalarining javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha ilgari tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Jamgʻarmani boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Kuzatuv kengashi va Jamgʻarma direksiyasi Jamgʻarmaning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Jamgʻarmaning kuzatuv kengashi Jamgʻarma faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Kuzatuv kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Kuzatuv kengashiga rais boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Kuzatuv kengashi majlislari uning raisi yoki kuzatuv kengashi aʼzolarining kamida uchdan bir qismining talabi boʻyicha zaruriyatga koʻra, biroq yil choragida kamida bir marta chaqiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kuzatuv kengashi, agar majlisda uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, qaror qabul qilishga haqlidir. Agar hozir boʻlganlarning kamida uchdan ikki qismi kuzatuv kengashi qarori uchun ovoz bersa, kuzatuv kengashi qarori qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Kuzatuv kengashi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchilarning kalendar badallari stavkalarini, toʻlangan kalendar badallarining cheklangan summasini, hisob-kitob qilish tartibi va badallarni toʻlash muddatlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda bank-agentni tanlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarini davlat qimmatli qogʻozlariga va boshqa aktivlarga joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibini, shu jumladan joriy faoliyat xarajatlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning ijro etuvchi organini tuzadi va uning faoliyatini nazorat qiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tashkilotini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Jamgʻarmaning ijro etuvchi organi Direksiya hisoblanadi. Direksiya joriy rahbarlikni amalga oshiradi va Jamgʻarma faoliyati uchun javob beradi. Jamgʻarma direksiyasining tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Jamgʻarma direksiyasiga kuzatuv kengashi tomonidan tayinlanadigan direktor boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Jamgʻarmaning direktori kuzatuv kengashi majlislarida maslahat ovozi huquqi bilan qatnashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Direksiya har yili sugʻurtalovchilarning ajratmalari va oʻzga manbalardan boshqa tushumlar, shu jumladan xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va kreditlarini jalb etish, ham Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari, ham norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning begʻaraz yordami shaklida navbatdagi yil uchun Jamgʻarma tushumlari prognozini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Direksiya Jamgʻarma daromadlari prognozi asosida keyingi yil uchun Jamgʻarma xarajatlari prognozini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Navbatdagi yil uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozlari direksiya tomonidan kuzatuv kengashiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari yillik prognozlari kuzatuv kengashi tomonidan kelgusi yilning 10-yanvarigacha tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari yillik prognozlari tasdiqlangandan keyin 30 kun mobaynida direksiya Jamgʻarmaning xarajatlar smetasini ishlab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Jamgʻarmaning moliyaviy va boshqa hisobotlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Jamgʻarma maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda maxsus vakolatli davlat organiga moliya hisobotini va boshqa hisobotlarni taqdim etadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.02.00 Auditorlik faoliyatini litsenziyalash. Auditorning malaka sertifikati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Jamgʻarmaning yillik moliya hisoboti ishonchliligi auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Jamgʻarmaning yillik moliyaviy hisoboti kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Jamgʻarmaning yillik moliyaviy hisoboti maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha va muddatlarda matbuotda eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Jamgʻarmaning moliyaviy faoliyati har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Mablagʻlarni tasdiqlanmagan smetasiz, shuningdek Jamgʻarma xarajatlari prognozida nazarda tutilmagan chora-tadbirlarga yoki ham umuman smeta boʻyicha, ham xarajatlarning alohida turlari boʻyicha smeta vazifalaridan ortiq boʻlgan summalarda sarflash taqiqlanadi, eng kam oylik ish haqi miqdori oshirilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun Jamgʻarma hisob raqamidan mablagʻlarni oʻtkazish va vaqtincha olib qoʻyish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. Sugʻurtalovchilarning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni Jamgʻarma tomonidan olish va oshkor qilmaslik kafolati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Jamgʻarma va maxsus vakolatli davlat organi Jamgʻarma oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan axborotni doimiy ravishda ayirboshlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Jamgʻarma, agar sugʻurtalovchilarning faoliyati, ularning mijozlari toʻgʻrisidagi axborot Jamgʻarma oʻz funksiyalarini amalga oshirayotganda unga maʼlum boʻlsa, koʻrsatib oʻtilgan axborot oshkor qilinmasligini kafolatlaydi, qonunga muvofiq axborotning oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyiladigan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Jamgʻarma tomonidan koʻrsatib oʻtilgan axborot oshkor qilingan taqdirda huquqlari buzilgan shaxs Jamgʻarmadan bunday oshkor qilish orqali oʻziga yetkazilgan zararni qoplashini talab qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XI. Jamgʻarmani qayta tashkil etish va tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Jamgʻarma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qaroriga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining kuzatuv kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guskova T.N.
—
Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Jamgʻarma kuzatuv kengashi raisi
Qoʻldoshev A.X.
—
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari
Ikramov A.I.
—
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari
Abduvaliyev A.A.
—
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining boshligʻi
Mansurov Sh.X.
—
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori
Ikramov O.G.
—
Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi
Mirsodiqov M.A.
—
Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional qatnashchilari uyushmasining bosh direktori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Jamgʻarma kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda Jamgʻarma kuzatuv kengashi tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qaroriga 4-ILOVA
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI

1. Ushbu Qoidalar transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish (keyingi oʻrinlarda “majburiy sugʻurta qilish” deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasining egasi — transport vositasining mulkdori, shuningdek transport vositasiga xoʻjalik yuritish huquqi yoki operativ boshqarish huquqida yoxud boshqa qonuniy asosda (mulk ijarasi shartnomasi, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnoma, tegishli organning mazkur shaxsga transport vositasini topshirish toʻgʻrisidagi farmoyishi va shu kabilar) egalik qiluvchi shaxs. Oʻz xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi tufayli, shu jumladan transport vositasining mulkdori yoxud oʻzga egasi bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi asosida transport vositasini boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi hisoblanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchi — transport vositasini boshqaruvchi shaxs. Transport vositasini boshqarish oʻrgatilayotganda oʻrgatuvchi shaxs haydovchi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositalari egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish shartnomasi (keyingi oʻrinlarda majburiy sugʻurta shartnomasi deb ataladi) — sugʻurta shartnomasi boʻlib, unga koʻra sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda jabrlanuvchilarga ularning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga ushbu sugʻurta hodisasi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini shartnomada shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga sugʻurta puli doirasida qoplash majburiyatini oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasidan foydalanish — transport vositasidan uning yoʻllarda (yoʻl harakatida), shuningdek ularga tutash, transport vositalari harakati uchun moʻljallangan hududlarda harakatlanishidan iborat boʻlgan foydalanish. Transport vositasiga oʻrnatilgan va transport vositasining harakatlanishda ishtirok etishi bilan uzviy bogʻliq boʻlmagan uskunalardan foydalanish transport vositasidan foydalanish hisoblanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kompensatsiya toʻlovlari — majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta toʻlovini amalga oshirish mumkin boʻlmagan hollarda, jabrlanuvchilarning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga amalga oshiriladigan toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchi — transport vositasi boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotganda hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus davlat belgisi — majburiy sugʻurta qilish shartnomasida majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi bilan birga sugʻurta qildiruvchiga beriladigan va transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilinganligini koʻrsatadigan belgi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta mukofoti — sugʻurta qildiruvchi majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq sugʻurtalovchiga toʻlashi shart boʻlgan pul mablagʻlari summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta puli — bu shunday summaki, sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda yetkazilgan zararning oʻrnini uning doirasida jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) qoplash majburiyatini oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta tovoni — sugʻurtalovchi majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda jabrlanuvchiga uning hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga sugʻurta puli doirasida toʻlashi shart boʻlgan pul mablagʻlari summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta hodisasi — majburiy sugʻurta qilish shartnomasiga koʻra transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan, sugʻurta qildiruvchining sugʻurta tovonini amalga oshirishiga sabab boʻladigan zarar boʻyicha javobgarligi sugʻurta qilingan, sugʻurta qildiruvchi yoki boshqa shaxsning fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Transport vositasiga egalik huquqi vujudga kelganda (u mulk qilib, xoʻjalik yuritishiga, operativ boshqarishga yoki boshqa qonuniy asosda olinganda) transport vositasi egasi unga egalik qilish huquqi vujudga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay oʻzining fuqarolik javobgarligini sugʻurta qildirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish majburiyati quyidagi transport vositalari egalariga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eng katta konstruktiv tezligi soatiga 20 kilometrdan oshmaydigan transport vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tirkamalar va ikki, uch gʻildirakli yoki ish hajmi 50 kub santimetrgacha boʻlgan dvigatel yoki inson yoxud hayvon kuchi bilan harakatga keltiriladigan boshqa transport vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining transport vositalari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining xoʻjalik faoliyatini taʼminlash uchun foydalaniladigan avtobuslar, yengil avtomobillar, boshqa transport vositalari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositalari, agar ular egalarining fuqarolik javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sugʻurta tizimlari doirasida sugʻurta qilingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
egalarining fuqarolik javobgarligi qonunga muvofiq boshqa shaxs tomonidan sugʻurta qilingan transport vositalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan xalqaro majburiy sugʻurta tizimlarining sugʻurta polislari mavjud boʻlmagan taqdirda chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik foydalanilayotgan transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligini ushbu transport vositalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik foydalanishning butun muddatiga, lekin kamida oʻn besh kunga sugʻurta qildirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Transport vositalaridan foydalanishda transport vositalari egalarining jabrlanuvchilar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha fuqarolik javobgarligi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy manfaatlari majburiy sugʻurta obyektidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchining va (yoki) majburiy sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan transport vositasi boshqa egasining fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar oqibatida transport vositalari egalari fuqarolik javobgarligining yuzaga kelishi sugʻurta hodisasi hisoblanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilmagan transport vositasidan foydalanishda zarar yetkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maʼnaviy yetkazilgan zarar va (yoki) boy berilgan foydaning oʻrnini qoplash boʻyicha majburiyatning yuzaga kelishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasidan maxsus ajratilgan joylarda musobaqalar, sinovlar yoki oʻquv haydovi davomida foydalanishda zarar yetkazilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
atrof muhitning ifloslanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashilayotgan yuk taʼsirida zarar yetkazilishi, agar bunday javobgarlik majburiy sugʻurtaning tegishli turi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sugʻurta qilinishi kerak boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlar xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarayotganida ularning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilishi, agar bu zararning majburiy sugʻurtaning tegishli turi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi lozim boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haydovchining oʻzi boshqarayotgan transport vositasiga va uning tirkamasiga, ularda tashilayotgan yukka va (yoki) ularga oʻrnatilgan asbob-uskunalarga zarar yetkazilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yukni ortish yoki tushirishda, shuningdek transport vositasi mazkur transport vositasining egasi boʻlgan korxona, muassasa yoki tashkilot hududida harakatlanganida zarar yetkazilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodir va boshqa noyob buyumlar, meʼmoriy yodgorliklar, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar va metallardan ishlangan buyumlarga, diniy qadriyatga ega buyumlar, sanʼat asarlari, qoʻlyozmalar, noyob audiovizual asarlarga hamda intellektual faoliyatning boshqa mahsullariga, qimmatli qogʻozlar, naqd pullarga, shu jumladan chet el valyutasiga shikast yetkazilganligi yoki ularning yoʻq qilinganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchilarning sugʻurta hodisasi yuzaga kelishiga qaratilgan qasddan qilgan xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilgan hollarda transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan taqdirda yetkazilgan zararning oʻrni ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yoʻl harakatida qatnashayotgan transport vositasi haydovchisida majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisi mavjud boʻlishi, transport vositasining oʻzida esa maxsus davlat belgisi oʻrnatilgan boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.03.00 Hadya]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositasi olinganda (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadyaga olinganda va shu kabilar) uning egasi transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish joyiga borish muddatiga majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishga haqlidir.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyundagi 163-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositasidan mavsumiy foydalanishda uning egasi undan foydalanish davridan iborat muddatga majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish huquqiga ega. Bunda koʻrsatib oʻtilgan muddat kalendar yilda olti oydan kam boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Transport vositasining egasi majburiy sugʻurtani amalga oshiruvchi sugʻurtalovchini tanlash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Majburiy sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta polisini va maxsus davlat belgisini taqdim etish yoʻli bilan tuziladi. Sugʻurta polisi va maxsus davlat belgisi hisoblangan sugʻurta mukofoti toʻlangandan keyin taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta polisi va maxsus davlat belgisi blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, ular hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlikning kamida 3 ta darajasiga ega boʻlishi kerak. Sugʻurta polisi va maxsus davlat belgisi blankalari sugʻurtalovchining buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida, ushbu Qoidalarga 1 va 2-ilovalarga binoan sugʻurta polisi namunasiga hamda maxsus davlat belgisi shakliga muvofiq tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus davlat belgisi egasining fuqarolik javobgarligi sugʻurtalangan transport vositasining old tomonidagi oynasining yuqoridagi oʻng burchagiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish uchun sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza-anketada koʻrsatilgan majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi ariza-anketani har bir transport vositasi boʻyicha taqdim etadi, unga quyidagi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan sugʻurta qildiruvchi — jismoniy shaxsning va boshqa shaxslarning pasporti yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi (fotosurati va roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisidagi oxirgi yozuv qayd etilgan varaqlari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) transport vositasining texnik pasporti (schyot-maʼlumotnomasi) yoki uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma (ushbu Qoidalarning 14-bandida nazarda tutilgan holatda — transport vositasining oldi-sotdi (almashish, hadya qilish) shartnomasining nusxasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) transport vositasini boshqarishga berilgan ishonchnoma yoxud ushbu transport vositasiga egalik huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjat — agar majburiy sugʻurta shartnomasi transport vositasini boshqarishga faqat muayyan shaxslargina boshqarishga qoʻyilishi sharti bilan tuzilgan boʻlsa (transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan barcha shaxslar uchun, transport vositasi egasidan tashqari);
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.18.00 Transport xizmatlari koʻrsatish sohasini litsenziyalash. Haydovchilik guvohnomasi. Haydovchilarga malaka talablari, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan barcha shaxslarning haydovchilik guvohnomasi yoki barcha haydovchilarning transport vositasini boshqarish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar — transport vositasini boshqarishga faqat muayyan shaxslar qoʻyilishi sharti bilan majburiy sugʻurta shartnomasi tuzilgan taqdirda;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) sugʻurta qildiruvchi — jismoniy shaxslarning ushbu Qoidalarning 33-bandiga muvofiq sugʻurta mukofoti boʻyicha siylov olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifasiga tegishliligini tasdiqlovchi (guvohnoma, maʼlumotnomalar va shu kabilar) hujjatlar (agar boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning asl nusxalari ularning nusxalari bilan taqqoslash uchun taqdim etiladi, ushbu bandning “d” kichik bandida koʻrsatilgan hujjatlar bundan mustasno. Ushbu bandning “d” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarning nusxalari notarial tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Sugʻurta qildiruvchi ushbu Qoidalarning 12-bandida sanab oʻtilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda ushbu Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha oʻtgan 5 yil mobaynida majburiy sugʻurta shartnomasi tuzilgan sugʻurtalovchilar tomonidan berilgan transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan har bir shaxs boʻyicha sugʻurtalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy sugʻurta shartnomasini birinchi marta tuzayotgan shaxs;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan shaxs sifatida majburiy sugʻurta qilishda birinchi martda qatnashayotgan shaxslar;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oldingi majburiy sugʻurta shartnomasini tuzgan sugʻurtalovchi boʻyicha, shuningdek majburiy sugʻurtaning oldingi shartnomasida koʻrsatilgan transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan shaxslar boʻyicha ushbu sugʻurtalovchiga taqdim etishi talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Agar sugʻurta qildiruvchi oʻzi egasi boʻlgan transport vositasini majburiy sugʻurta qilish shartnomasini tuzish vaqtigacha belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan boʻlsa, majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi arizani toʻldirishda “Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami” satrini toʻldirmaydi. Transport vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga texnik pasport yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini taqdim etishi shart, sugʻurtalovchi koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar asosida majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisi blankasida tegishli yozuvni qayd etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Transport vositasining egasi oʻziga tegishli transport vositasidan cheklangan tarzda foydalanishni hisobga olgan holda majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishga haqlidir. Transport vositasidan yil davomida foydalanish davri, shuningdek uni boshqarishga qoʻyilgan barcha haydovchilar majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi arizada va sugʻurta polisida koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Majburiy sugʻurta shartnomasi amal qiladigan davrda sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga majburiy sugʻurta shartnomasi tuzish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatilgan maʼlumotlardagi oʻzgarishlar haqida yozma shaklda zudlik bilan xabar qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sugʻurtalovchi majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishda taqdim etilgan maʼlumotlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi arizani sugʻurta qildiruvchidan olgan taqdirda zarurat boʻlganda majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisini qayta rasmiylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sugʻurta qildiruvchi xabar qilgan oʻzgarishlar majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisidagi va maxsus davlat belgisidagi mavjud maʼlumotlarga taalluqli boʻlsa sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchiga 3 ish kuni mobaynida qayta rasmiylashtirilgan majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisini va maxsus davlat belgisini berishi shart. Sugʻurta qildiruvchidan qayta rasmiylashtirilgan majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisi va maxsus davlat belgisi olgan taqdirda, u ilgari berilgan majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisini va maxsus davlat belgisini qaytarib berishi shart. Sugʻurtalovchi tomonidan qaytarib berilgan majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisi va maxsus davlat belgisi qayta rasmiylashtirilgan hujjatlarning ikkinchi nusxalari bilan birga sugʻurtalovchida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisi va maxsus davlat belgisi yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda sugʻurta qildiruvchi ularning dublikatlarini olish huquqiga ega. Bunda sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchining dublikatlar berish uchun xarajatlarini toʻlangan sugʻurta mukofoti summasining 10 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda toʻlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dublikatlar sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchi murojaat qilgan va u dublikatlarni tayyorlash boʻyicha xarajatlarni toʻlagan kundan boshlab ikki kun muddatda beriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyundagi 163-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilishi muddatidan oldin toʻxtatilgan taqdirda sugʻurta mukofotining bir qismi toʻlangan tovon summasiga va majburiy sugʻurta toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytariladi. Bunda majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilishi ushbu Qoidalarning 19-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan boshqa asoslarga koʻra muddatidan oldin toʻxtatilgan taqdirda sugʻurtalovchi sugʻurta mukofotining qaytarilayotgan qismidan uning ushbu majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha isbot qilinadigan xarajatlari summasini sugʻurta mukofotining 25 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda chegirishi mumkin.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta qildiruvchiga (uning qonuniy vakillariga, merosxoʻrlariga, huquqiy vorislariga) sugʻurta summasining bir qismini ushbu bandda nazarda tutilgan hollarda qaytarish sugʻurta qildiruvchining (uning qonuniy vakillari, merosxoʻrlari, huquqiy vorislari) tegishli tartibda murojaat qilgan kunidan boshlab 14 kalendar kun mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchining yoki majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan haydovchining tegishli murojaati sanasidan boshlab 5 kun muddatda unga ushbu Qoidalarga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishi shart. Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni taqdim etganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Majburiy sugʻurtalash shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchini almashtirish ushbu sugʻurtalovchi tomonidan boshqa sugʻurtalovchi bilan tuzilgan shartnoma asosida, ushbu Qoidalarning 23—25-bandlari talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Sugʻurtalovchini almashtirishga maxsus vakolatli davlat organining va sugʻurtalovchining qaysi sugʻurta qildiruvchilar oldidagi majburiyatlari majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha boshqa sugʻurtalovchiga oʻtkazilgan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchilarning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Bundan tashqari, majburiyatlar boshqa sugʻurtalovchiga oʻtkaziladigan majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirishni talab qilayotgan jabrlanuvchilarning (ular merosxoʻrlarining yoki huquqiy vorislarining) roziligini olish zarur.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni qabul qiluvchi sugʻurtalovchining sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislari) sugʻurtalovchini almashtirishga rozi ekanligi toʻgʻrisidagi soʻrovi yozma shaklda amalga oshiriladi. Soʻrovda sugʻurta qildiruvchilarning va jabrlanuvchilarning (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislarining) almashtirishni rad etish huquqi tushuntirib berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislari) sugʻurtalovchining almashtirilishiga rozi boʻlish yoxud rad etishga haqlidirlar. Sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislari) majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni topshiruvchi yoki qabul qilib oluvchi sugʻurtalovchini oʻz qarori toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Maxsus vakolatli davlat organi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni qabul qilib oluvchi sugʻurtalovchi majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻziga berilayotgan majburiyatlarni qabul qilib olishi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan bajarilishi majburiy boʻlgan toʻlovga qobiliyatlilik normativlarining buzilishiga sabab boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining almashtirilishi tartibi va shartlari qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq boʻlsa, sugʻurtalovchining almashtirilishini rad etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Sugʻurta puli majburiy sugʻurta shartnomasida milliy valyutada koʻrsatiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy sugʻurta shartnomasi tuzilgan kundagi kursi boʻyicha belgilanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotining miqdori ushbu Qoidalarga 5-ilovaga binoan sugʻurta tariflariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati mobaynida sugʻurta tariflarining oʻzgarishi sugʻurta qildiruvchi tomonidan toʻlov vaqtidagi amalda boʻlgan sugʻurta tariflari boʻyicha toʻlangan sugʻurta mukofotining oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotini hisoblash sugʻurtalovchi tomonidan majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi ariza-anketada sugʻurta qildiruvchi tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlardan, shuningdek ushbu Qoidalarga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlardan hamda sugʻurtalovchida mavjud boʻlgan, hujjatlar asosida tasdiqlangan maʼlumotlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Agar majburiy sugʻurta shartnomasi tuzilgandan keyin majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi ariza-anketada sugʻurta qildiruvchining notoʻgʻri va (yoki) xato maʼlumotlar koʻrsatganligi aniqlansa sugʻurta mukofoti miqdorlari majburiy sugʻurta shartnomasi tuzilgan vaqtda amalda boʻlgan sugʻurta tariflariga muvofiqlashtirilishi kerak.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Majburiy sugʻurta shartnomasi shartlari u amal qilgan muddat mobaynida oʻzgargan taqdirda, shuningdek ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa holatlarda sugʻurta mukofoti miqdori oʻzgargan shartlarga muvofiq ravishda tuzatiladi. Bunda tomonlarning sugʻurta mukofotini oʻzaro hisob-kitob qilishga taalluqli boʻlgan majburiyatlari majburiy sugʻurta shartnomasi shartlariga oʻzgartirishlar kiritilgan kundan boshlab 3 ish kunidan kechikmay bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotining barcha koeffitsiyentlari qoʻllanishini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilgan eng yuqori miqdori bazaviy stavkaning besh baravaridan oshishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta qilinuvchi sugʻurtalovchidan toʻlanishi kerak boʻlgan sugʻurta mukofotining yozma hisob-kitobini talab qilishga haqlidir. Zarur maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda sugʻurtalovchi ana shunday hisob-kitobni sugʻurta qildiruvchidan tegishli yozma ariza olingan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida taqdim etishi shart.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchiga (uning filialiga yoki sugʻurta agentiga) majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish vaqtida naqd yoki naqdsiz hisob-kitob yoʻli boʻyicha biryoʻla toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Naqd hisob-kitob boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlashda sugʻurtalovchi (uning filiali yoki sugʻurta agenti) tomonidan pul mablagʻlari qabul qilingan sana toʻlov sanasi hisoblanadi. Naqdsiz hisob-kitob boʻyicha sugʻurta mukofotini toʻlashda pul mablagʻlarining sugʻurtalovchining (uning filiali yoki sugʻurta agentining) bankdagi hisob raqamiga tushgan sanasi sugʻurta mukofoti toʻlangan sana hisoblanadi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofoti toʻlashda quyidagi sugʻurta qildiruvchilarga sugʻurta mukofoti summasining 50 foizi miqdorida siylov beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1941—1945-yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan bevasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchilar hamda oʻquv va tekshiruv yigʻinlariga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, Afgʻoniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilayotgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha turishgan qoʻshinlarning cheklangan kontingenti tarkibida xizmatni oʻtaganlar;
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyundagi 163-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pensionerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda nazarda tutilgan siylovlar Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tomonidan, sugʻurtalovchining sugʻurta mukofotiga doir siylovni kompensatsiya qilish masalasi yuzasidan yozma ravishda murojaati olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kun ichida qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Siylov ushbu bandda koʻrsatilgan sugʻurta qilinuvchining oʻziga tegishli boʻlgan bitta transport vositasi boʻyicha fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishda beriladi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandga muvofiq berilgan siylov toʻgʻrisida majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida tegishli belgi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda shaxslarning harakatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Jabrlanuvchilarga zarar yetkazilishiga olib kelgan yoʻl-transport hodisasi ishtirokchisi boʻlgan sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) mazkur hodisaning boshqa ishtirokchilari talabiga koʻra ularga ushbu transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligi sugʻurtalangan majburiy sugʻurta shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilishi shart.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) yoki uning vakolatli vakili sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchiga (uning merosxoʻrlariga yoki huquqiy vorislariga) yoʻl-transport hodisasi kunidan boshlab uch kalendar kundan kechiktirmay sugʻurta polisining nusxasini topshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining yetib kelishini kutishi, imkoni boricha yoʻl-transport hodisasi guvohlarining familiyasi va manzilini yozib olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
darhol, yoʻl-transport hodisasidan keyin 72 soatdan kechiktirmay, sodir boʻlgan hodisa haqida ushbu Qoidalarga 6-ilovaga muvofiq yozma shaklda, sugʻurta polisining nusxasini ilova qilgan holda sugʻurtalovchiga (uning filialiga) yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joydagi va transport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi kerak. Bildirishnomada hodisaning xususiyati, sodir boʻlgan payti, koʻrilishi taxmin qilingan zararning miqdori, yoʻl-transport hodisasiga aloqador barcha shaxslarning, shu jumladan taxmin qilingan daʼvogarlarning nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon qadar toʻliq hajmda, shuningdek sugʻurta qildiruvchi hodisa haqida ilk marotaba qay tarzda xabardor boʻlganligi va sugʻurta qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab boʻlishi mumkin deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda koʻrsatilishi kerak;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchiga sugʻurta hodisasi munosabati bilan unga nisbatan qoʻyilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi boshlangan sud muhokamasi toʻgʻrisida darhol xabar qilishi, zarar yetkazilishi holatlari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni va vakolatli organlardan olingan, sugʻurta hodisasining sabablari hamda oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni sugʻurtalovchiga taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan mumkin boʻlgan barcha choralarni koʻrishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Sugʻurtalovchi (uning filiali) xodimlari yoʻl-transport hodisasi holatlarini va sugʻurta qildiruvchi yoki jabrlanuvchining xabariga koʻra yetkazilgan zararni aniqlash uchun yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtirishda qatnashishlari mumkin. Oʻzining sugʻurta toʻlovi huquqidan foydalanish niyatida boʻlgan jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) sugʻurtalovchiga oʻz hayotiga, sogʻligʻiga va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zarar oʻrnini sugʻurta puli doirasida qoplash toʻgʻrisidagi talab bilan yozma arizani joʻnatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Jabrlanuvchi sugʻurta toʻlovi toʻgʻrisidagi arizani jabrlanuvchining yashash joyidagi yoxud yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joydagi sugʻurtalovchiga (uning filialiga) joʻnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Jabrlanuvchining yoki uning merosxoʻrlarining (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat qilishga imkon bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillarining) yoxud uning huquqiy vorislarining sugʻurta toʻlovi toʻgʻrisidagi talabi koʻrsatilgan arizasi quyidagilarning asli yoki nusxalari ilova qilingan holda sugʻurtalovchiga yoki uning vakiliga yuboriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta polisi (agar boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasi maʼlumotnomasi yoxud hayotga yoki sogʻliqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, oʻlim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan koʻchirmalar, toʻlov hujjatlari, xizmatlar koʻrsatish va ishlar bajarish uchun tuzilgan shartnomalar, mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va boshqa shu kabilar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxoʻrlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchining merosxoʻrlariga yoxud huquqiy vorislariga toʻlanishi kerak boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Agar jabrlanuvchi ayni bir vaqtda sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) hisoblansa, u holda sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish qoʻllanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etishda sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) boʻlgan jabrlanuvchi oʻzi bilan majburiy sugʻurta shartnomasini tuzgan sugʻurtalovchiga hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun yozma shaklda murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta hodisasini toʻgʻridan-toʻgʻri hal etish qoʻllanilganda aybdor tarafning sugʻurtalovchisi jabrlanuvchining sugʻurtalovchisiga jabrlanuvchiga sugʻurta tovonini toʻlash bilan bogʻliq barcha xarajatlarni qoplaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Jabrlanuvchilarning mol-mulkiga zarar yetkazilganda sugʻurta toʻlovi miqdorini aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Jabrlanuvchining mol-mulkiga zarar yetkazilganda sugʻurta toʻlovi sugʻurta pulining 35 foizidan oshishi mumkin emas.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Mol-mulkka zarar yetkazilganda jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini zarar yetkazilishi holatlarini aniqlash va oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararning miqdorini belgilash maqsadida sugʻurtalovchiga koʻzdan kechirish va mustaqil ekspertizani (baholashni) tashkil etish uchun oʻz tashabbusi bilan yoki sugʻurtalovchining soʻroviga binoan taqdim qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Jabrlanuvchi (uning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislari) yozma ravishda murojaat etgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda, agar ular oʻrtasida yozma shaklda boshqa muddat kelishilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini koʻzdan kechirishi va uning mustaqil ekspertizasini (baholanishini) tashkil etishi shart.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchi jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) bilan, sugʻurtalovchining, ekspertning ish jadvalini hisobga olgan holda, koʻzdan kechirish vaqti va joyini va (yoki) shikastlangan mol-mulkni mustaqil ekspertizadan (baholashdan) oʻtkazadigan tashkilotni hamda ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan shikastlangan mol-mulkni koʻzdan kechirishni oʻtkazish muddatini kelishib olishi, jabrlanuvchi (uning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislari) esa sugʻurtalovchi bilan kelishilgan vaqtda shikastlangan mol-mulkni koʻrsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Agar shikastlanishlarning xususiyati yoki shikastlangan mol-mulkning yoxud uning qoldiqlarining oʻziga xos xususiyatlari mol-mulkni sugʻurtalovchi va (yoki) ekspert joylashgan yerda koʻzdan kechirish hamda mustaqil ekspertizani (baholashni) tashkil etish uchun taqdim etilishini istisno etsa (transport vositasining yoʻl harakatida ishtirok etishini istisno etadigan tarzda shikastlanganligi va boshqa hollarda), koʻzdan kechirish va mustaqil ekspertiza (baholash) shikastlangan mol-mulk yoki uning qoldiqlari turgan yerda ushbu Qoidalar 41-bandi birinchi xatboshida koʻrsatilgan muddatda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Agar jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) tomonidan taqdim etilgan shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini koʻzdan kechirish va mustaqil ekspertizadan (baholashdan) oʻtkazish sugʻurta hodisasi mavjudligini va majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanishi kerak boʻlgan zararlar miqdorini haqqoniy aniqlash imkonini bermasa, sugʻurtalovchi koʻrsatib oʻtilgan holatlarni aniqlash uchun sugʻurta qilinuvchining foydalanish vaqtida jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan transport vositasini koʻzdan kechirishga va (yoki) ushbu transport vositasiga yoki uning qoldiqlariga nisbatan takroriy mustaqil ekspertiza (baholash) tashkil etishga haqlidir. Sugʻurta qildiruvchi ushbu transport vositasini yoki uning qoldiqlarini sugʻurtalovchining talabiga koʻra majburiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Agar sugʻurtalovchi shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini ushbu Qoidalarning 41-bandi birinchi xatboshida belgilangan muddatda koʻzdan kechirmagan va (yoki) mustaqil ekspertizasini (baholanishini) tashkil etmagan boʻlsa, u holda jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) shikastlangan mol-mulkni yoki uning qoldiqlarini sugʻurtalovchiga koʻzdan kechirish uchun taqdim etmagan holda shunday ekspertiza (baholash) tashkil etilishi uchun mustaqil tarzda yozma shaklda murojaat qilishga haqli. Bu holda sugʻurtalovchi mustaqil ekspertiza (baholash) natijalari yuzasidan nizolashishga haqli emas.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Bir nechta jabrlanuvchilarning mol-mulkiga zarar yetkazilganda har bir jabrlanuvchining (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisining sugʻurta qoplovchi miqdori har bir jabrlanuvchining mol-mulkiga yetkazilgan zarur darajasiga mutanosib ravishda, ushbu Qoidalarning 39-bandida belgilangan summa doirasida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Agar shikastlangan mol-mulkni yoxud uning qoldiqlarini koʻzdan kechirish va mustaqil ekspertiza qilishga (baholashga) qadar ushbu modda talablariga muvofiq amalga oshirilgan shu mol-mulkni taʼmirlash yoki uning qoldiqlarini utilizatsiya qilish sugʻurta hodisasining mavjudligini va majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararlarning miqdorini toʻgʻri aniqlash imkonini bermasa, sugʻurtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) sugʻurta toʻlovini yoki uning bir qismini toʻlashni rad etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Sugʻurta toʻlovi amalga oshirilishiga asos boʻlgan mustaqil ekspertiza (baholash) qiymati majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchi tomonidan oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararlar tarkibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Bir nechta jabrlanuvchining hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganda har bir jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga) tegadigan sugʻurta tovoni miqdori har bir jabrlanuvchining hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning darajasiga mutanosib ravishda, ushbu Qoidalarning 48-bandida belgilangan summa doirasida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Jabrlanuvchining hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlov miqdori yetkazilgan zarar mavjudligini va miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasasidan maʼlumotnoma yoki hayot va sogʻliqqa yetkazilgan zararni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, dalolatnoma yoki oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma) asosida hamda jabrlanuvchining hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha va majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlovlar jadvaliga (keyingi oʻrinlarda toʻlovlar jadvali deb ataladi) muvofiq ushbu Qoidalarga 7-ilovaga* binoan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar hayot va sogʻliqqa yetkazilgan zararni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan shikastlanish xarakteri toʻlov jadvalida keltirilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi toʻlovlar jadvalida keltirilgan shikastlanishning u yoki bu xarakterga muvofiqligini aniqlash uchun ushbu hujjatlarni bergan muassasaga yozma ravishda murojaat qiladi. Shikastlanish xarakterining toʻlovlar jadvalida keltirilgan shikastlanishning u yoki bu xarakteriga muvofiqligini aniqlashda shikastlanishning eng muvofiq xarakteri tanlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Hayotga, sogʻliqqa va (yoki) mol-mulkka zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi hujjat boʻyicha shubha paydo boʻlganda sugʻurtalovchi hujjatda koʻrsatilgan axborotning tasdigʻini olish uchun ushbu hujjatni bergan muassasaga murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Sugʻurta tovonini toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxsning) tashabbusi bilan yoki sugʻurtalovchining talabiga binoan zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi munosabati bilan yuzaga kelgan sugʻurta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxsning) barcha bildirilgan va isbotlanadigan xarajatlarini, hatto bu choralar muvaffaqiyatsiz boʻlgan hollarda ham qoplaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish boʻyicha xarajatlar sugʻurta tovoni miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Sugʻurta tovoni sud xarajatlarini, shuningdek jarimalar va boshqa shu kabi toʻlovlarni qoplamaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Sugʻurta tovoni yetkazilgan zarar miqdorida, lekin sugʻurta pulidan oshmagan miqdorda sugʻurtalovchi tomonidan bevosita jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) toʻlanadi.
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Agar sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini sugʻurtalovchining yozma roziligi bilan oʻz hisobidan qoplasa, sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibida oʻzi amalga oshirgan toʻlovlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etganidan keyin sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta toʻlovini toʻlaydi. Sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) jabrlanuvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini oʻz hisobidan qisman qoplasa sugʻurtalovchi sugʻurta tovonining tegishli qismini sugʻurta qildiruvchiga (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxsga), qolgan qismini esa — jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibida sugʻurta qildiruvchi toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta qildiruvchilar — yuridik shaxslar uchun — bankning toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan toʻlov topshiriqnomasi nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta qildiruvchilar — jismoniy shaxslar uchun — jabrlanuvchining (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisining) sugʻurta tovonini olganligi toʻgʻrisidagi tilxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Agar sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) transport vositasidan foydalanish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) sugʻurtalovchining yozma roziligisiz har qanday usulda qoplasa yoki qoplashni vaʼda qilsa, sugʻurta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxsning) bu harakatlari sugʻurtalovchi uchun majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Jabrlanuvchi (uning merosxoʻri) hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga boshqa manbalardan olgan toʻlovlar sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash boʻyicha majburiyatini kamaytirmaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxs) sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda zararni bartaraf qilish va (yoki) kamaytirish choralarini koʻrganligi yoxud jabrlanuvchiga kechiktirib boʻlmaydigan yordam koʻrsatganligi sugʻurtalovchining ushbu Qoidalarga muvofiq oʻzi uchun belgilangan majburiyatlarni bajarishni rad etishiga asos boʻlolmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Agar majburiy sugʻurta obyekti bir vaqtning oʻzida ixtiyoriy sugʻurta boʻyicha ham sugʻurtalangan boʻlsa, ixtiyoriy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tovoni majburiy sugʻurta boʻyicha sugʻurta tovonini toʻlash shartlaridan qatʼi nazar toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy va ixtiyoriy sugʻurta shartnomasi boʻyicha mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun sugʻurta tovoni toʻlash yuzasidan sugʻurtalovchilarning majburiyatlari paydo boʻlgan taqdirda, birinchi navbatda majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovoni toʻlanadi, mol-mulkka yetkazilgan zararning toʻlanmagan qismi ixtiyoriy sugʻurta shartnomasi boʻyicha qoplanadi. Bunda majburiy va ixtiyoriy sugʻurta boʻyicha toʻlangan sugʻurta tovonining umumiy summasi jabrlanuvchining mol-mulkiga yetkazilgan haqiqiy zarardan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Agar sugʻurta hodisasi sodir boʻlishi natijasida jabrlanuvchi halok boʻlgan yoki uning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan boʻlsa, sugʻurta tovoni ushbu Qoidalarning 48 va 49-bandlari talablari inobatga olinmagan holda, shunday hodisa uchun toʻlovni nazarda tutuvchi barcha turdagi sugʻurta shartnomalariga muvofiq toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Agar bitta sugʻurta hodisasi natijasida ikki yoki undan ortiq sugʻurta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxslarning) fuqarolik javobgarligi yuzaga kelgan boʻlsa, sugʻurtalovchilar jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) har bir sugʻurta qildiruvchining (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxsning) aybi darajasiga muvofiq sugʻurta tovonini toʻlaydi. Sugʻurta qildiruvchilardan har birining aybi darajasini aniqlash mumkin boʻlmaganda javobgarlik ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Agar sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurta tovoni toʻlovlari bir nechta jabrlanuvchiga (ularning merosxoʻrlariga yoki huquqiy vorislariga) toʻlanishi kerak boʻlsa va ularning sugʻurtalovchiga bildirilgan talablari summasi sugʻurta tovoni miqdoridan ortiq boʻlsa, sugʻurta tovoni har bir jabrlanuvchining barcha jabrlanuvchilar (ularning merosxoʻrlari yoki huquqiy vorislari) talablarining umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan zararning miqdori toʻliq aniqlanguniga qadar sugʻurtalovchi jabrlanuvchining (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisining) arizasiga koʻra sugʻurta toʻlovining mazkur zararning amalda aniqlangan qismiga muvofiq boʻlgan qismini toʻlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) bilan kelishuvga koʻra va majburiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan shartlar asosida sugʻurtalovchi shikastlangan mol-mulkning sugʻurta tovoni hisobidan taʼmirlanishini va (yoki) uning qoldiqlari utilizatsiya qilinishini tashkil qilishga va haqini toʻlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Sugʻurta tovonini toʻlash sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi yoki uni toʻlash haqidagi qarori sugʻurta qildiruvchiga u sugʻurta tovoni toʻlash toʻgʻrisida yozma murojaat etganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay xabar qilinishi kerak va tovon toʻlash rad etilganda, qarorda rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Agar sugʻurta tovonini toʻlash ushbu Qoidalarda belgilangan muddatda amalga oshirilmagan boʻlsa, sugʻurtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) sugʻurta tovoniga qoʻshimcha ravishda, sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundagi bank foizining hisob stavkasidan kelib chiqqan holda penya toʻlaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Agar majburiy sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda sugʻurtalovchi jabrlanuvchiga (uning merosxoʻriga yoki huquqiy vorisiga) sugʻurta tovoni toʻlasa, u holda sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchidan sugʻurta tovoni toʻlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran ikki hafta muddatda toʻlangan sugʻurta tovoni summasiga va majburiy sugʻurta shartnomasi amal qilishining qolgan muddatiga mutanosib ravishda qoʻshimcha sugʻurta mukofotini toʻlaydi. Toʻlanadigan qoʻshimcha sugʻurta mukofoti hisob-kitobi ushbu Qoidalarga 5-ilovada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Sugʻurtalovchi majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilishi davrida vujudga kelgan zararlarning oʻrnini, agar jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi) zararlarni keltirib chiqargan sugʻurta hodisasi haqida zararlarning oʻrnini majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin uch yil ichida undirish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bergan boʻlsa, qoplaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash hisobiga Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasidan kompensatsiya toʻlovi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovi quyidagilar oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan hollarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili qoʻllanilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noqonuniy yoʻl bilan transport vositasini egallagan shaxs tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilishi;
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyundagi 163-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanilayotganda zarar yetkazgan transport vositasining egasi oʻz fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini bajarmaganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy kalendar yilda yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr mobaynida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat Oʻzbekiston Respublikasida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar kompensatsiya toʻlovlarini olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet davlatlar fuqarolari kompensatsiya toʻlovlarini olish huquqiga, agar shu chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq shunday huquq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga berilgan boʻlsa, egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi talab jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan kundan eʼtiboran uch yil mobaynida bildirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Sugʻurtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili qoʻllanilganligi oqibatida sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta tovonini toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda sugʻurtalovchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani va sugʻurtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili qoʻllanilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga jabrlanuvchilarga (ularning merosxoʻrlariga yoki huquqiy vorislariga) kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida yozma ravishda murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Foydalanilayotganda yoki noqonuniy yoʻl bilan transport vositasini egallagan shaxs tomonidan transport vositasidan foydalanish natijasida zarar yetkazilganda jabrlanuvchiga zarar yetkazilgan transport vositasi egasining nomaʼlumligi yoki fuqarolik javobgarligi sugʻurtalanmaganligi sababli sugʻurta tovonini toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda jabrlanuvchi yoki uning merosxoʻrlari (agar jabrlanuvchining ahvoli mustaqil ravishda murojaat etish imkonini bermasa, qarindoshlari yoki boshqa vakillari) yoxud huquqiy vorislari quyidagi hujjatlarning aslini yoki nusxalarini ilova qilgan holda Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasiga kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish toʻgʻrisida yozma ravishda murojaat qiladi:
(76-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyundagi 163-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta polisi (agar boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi sud qarori, agar ish sud tomonidan koʻrilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xulosa yoki qaror, tibbiyot muassasalaridan olingan maʼlumotnoma yoxud hayotga yoki sogʻliqqa zarar yetkazilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar, oʻlim haqidagi dalolatnoma yoxud guvohnoma);
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkka zarar yetkazilganligi faktini va zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar (tijorat dalolatnomalari, yuk xatlari, asosiy vositalar daftaridan koʻchirmalar, toʻlov hujjatlari, shartnomalar, mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va boshqa shu kabilar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchining shaxsini yoki uning davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.16.00.00 Meros huquqi / 03.16.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
meros huquqini yoki huquqiy vorislikni olganliklarini, shuningdek merosxoʻrlarning shaxsini yoki huquqiy vorislarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (agar sugʻurta tovoni jabrlanuvchilarning merosxoʻrlariga yoki huquqiy vorislariga toʻlanishi lozim boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Kompensatsiya toʻlovlari qonun hujjatlarida, shu jumladan Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi qoidalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Sugʻurtalovchining regress tartibida talab qilish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Sugʻurtalovchi zarar yetkazgan shaxsga (sugʻurta qildiruvchiga, fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boshqa shaxsga) oʻzi toʻlagan sugʻurta toʻlovi miqdorida quyidagi hollarda regress tartibida talab qilish huquqiga ega, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mazkur shaxsning qasdi oqibatida jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) zarar transport vositasi mazkur shaxs tomonidan mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki shaxsning aql-idrokiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar taʼsiri ostida boshqarilayotganda yetkazilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mazkur shaxs oʻzi foydalanayotganda zarar yetkazgan, transport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) mazkur shaxs yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joydan yashiringan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) mazkur shaxs transport vositasini boshqarishga ruxsat etilgan shaxs sifatida majburiy sugʻurta shartnomasiga kiritilmagan boʻlsa (transport vositasidan faqat majburiy sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan haydovchilar foydalanishi sharti bilan majburiy sugʻurta shartnomasi tuzilganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) sugʻurta hodisasi mazkur shaxs transport vositasidan majburiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilmagan aniq davrda foydalanayotganda sodir boʻlgan boʻlsa (transport vositasidan majburiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan davrda foydalanish sharti bilan majburiy sugʻurta shartnomasi tuzilganda). Bunda sugʻurtalovchi mazkur shaxsdan sugʻurta hodisasini koʻrib chiqishda qilingan xarajatlarni qoplashni ham talab qilishga haqlidir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Sugʻurtalovchilar va Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi tegishli soʻrov boʻyicha huquqni muhofaza qilish organlaridan, sudlardan, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlaridan va boshqa tashkilotlardan sugʻurta tovoni miqdorini aniqlash maqsadida sugʻurta hodisasining sodir boʻlish sabablari va holatlari hamda yetkazilgan zarar toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va xulosalarni olishga haqlidir.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyundagi 163-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish transport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazishda (qayta oʻtkazishda), ularning majburiy texnika koʻrigini tashkil etishda va yoʻl harakati qoidalariga, shuningdek yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilishga doir boshqa vakolatlarni amalga oshirishda davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi. Transport vositasi haydovchisi oʻz yonida sugʻurta polisini olib yurishi va uni tekshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq bunga vakolatli boʻlgan davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga koʻrsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalarining egalari tomonidan majburiy sugʻurta boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish bojxona organlari va davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻlishadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi blankasi namunasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi blankasining old tomoni)
Seriya ____ № _________
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha SUGʻURTA POLISI Sugʻurta polisining amal qilish davri 20__ yil “__”_______dan 20__ yil “__”_________gacha
1. Sugʻurtalovchining toʻliq nomi va rekvizitlari _______________________ ___________________________________________________________________ 2. Sugʻurta qildiruvchining toʻliq nomi (F.I.O.) va rekvizitlari __________ ___________________________________________________________________ 3. Transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Markasi va modeli
Ishlab chiqarilgan yili
Dvigatel raqami
Kuzov (shassi) raqami
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami
4. Sugʻurta qildiruvchining faoliyati turi: _____________________________ __________________________________________________________________ 5. Transport vositasidan foydalanish davri: 20__ yil “__”_______dan 20__ yil “__”_________gacha 6. Transport vositasidan ustun darajada foydalanish hududi: _____________ ___________________________________________________________________ 7. Transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan shaxslar: Cheklovsiz/faqat quyidagi haydovchilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi blankasining orqa tomoni)
8. Sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti.
Koʻrsatkichlar
Summa raqamlar bilan
Summa yozuv bilan
Sugʻurta summasi
Sugʻurta mukofoti
Sugʻurta mukofoti boʻyicha siylovlar
Sugʻurtalovchiga toʻlanadigan sugʻurta mukofoti summasi
9. Sugʻurta qildiruvchining yoki transport vositasidan foydalanishda jabrlanuvchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun mazkur sugʻurta polisiga muvofiq javobgarligi sugʻurtalangan shaxsning fuqarolik javobgarligi yuz berishi ushbu sugʻurta polisi boʻyicha sugʻurta hodisasi hisoblanadi. 10. Sugʻurtalovchining pochta manzili, shuningdek uning barcha filiallari, ular bilan aloqa vositalari va ularning ish vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ 11. Seriya _____ №______ maxsus davlat belgisi va yuz bergan voqea toʻgʻrisidagi arizaning ikkita shakli berilgan. 12. Alohida belgilar _______________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________
Rahbar yoki sugʻurtalovchining vakolatli shaxsi
__________
________________________
(imzo)
(familiyasi, ismi, otasining ismi)
M.Oʻ.
Berilgan sanasi: 20__ yil “___” _________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta polisi blankasining tavsifi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta polisi blankalari A4 (210 — 297 mm) formatida tayyorlanadi. Sugʻurta polisi blankasining asosiy rangi oq rang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyundagi 163-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 234-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus davlat belgisi shakli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(Logotip) (Sugʻurtalovchining toʻliq nomi) Seriya № TRANSPORT VOSITASI EGASINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGI 20__ yil “__”_______dan 20__ yil “__”_______gacha sugʻurtalangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi 20__ yil “__”________ Seriya______ №_____
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus davlat belgisining tavsifi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus davlat belgisining eni 15 santimetrni, boʻyi 10 santimetrni tashkil etadi. Maxsus davlat belgisining asosiy rangi oq rang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurtalovchi _____________________________
(sugʻurtalovchining nomi)
_______________________________________dan
(ariza beruvchining nomi (nomlanishi) toʻliq
Ariza beruvchi — jismoniy shaxsning pasporti: seriyasi: _______, raqami: _________, 20__ yil “___” ________da _________________ tomonidan berilgan. Ariza beruvchi — yuridik shaxsning rekvizitlari: STIR_____________________________________ Xizmat koʻrsatuvchi bankning MFO___________, h/k _______________________________________ Ariza beruvchining pochta manzili: ___________ __________________________________________ Aloqa bogʻlash uchun telefon raqami ___________
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasini tuzish toʻgʻrisida ARIZA-ANKETA
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarida nazarda tutilgan shartlarda men bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi (keyingi oʻrinlarda “Shartnoma” deb yuritiladi) tuzishingizni soʻrayman. 1. Transport vositasining egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: _______________ ___________________________________________________________________
(transport vositasi egasining nomi (nomlanishi) toʻliq)
2. Agar ariza beruvchi transport vositasining egasi hisoblansa va sugʻurta mukofoti boʻyicha siylov huquqiga ega boʻlsa, imtiyoz berilishining sababi koʻrsatilsin: __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 3. Sugʻurta qildiruvchining faoliyati turi: ______________________________ 4. Shartnoma qaysi muddatga tuziladi (keraklisining tagiga chizilsin):
1 yilga
Mavsumiy foydalanish hisobga olingan holda
Xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan transport vositasidan Oʻzbekistonda vaqtincha foydalanish muddatiga
Roʻyxatdan oʻtkazish joyiga borish muddatiga
5. Transport vositasidan foydalanish davri: 20__ yil “___” ____________dan 20__ yil “___” _____________gacha 6. Ariza beruvchining tuzilayotgan shartnomada nazarda tutilayotgan transport vositasi (TV) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
TV turi, markasi va modeli
Ishlab chiqarilgan yili
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami
TV kuzovi (shassi) raqami
TV dvigateli raqami
Dvigatel hajmi (yengil avtomobillar uchun)
Texnik pasport
Yuk koʻtarishi (yuk avto-mobillari uchun), tonna
Oʻrinlar soni (avtobuslar uchun)
seriyasi
raqami
berilgan sanasi
7. TVdan taksi sifatida foydalaniladimi: ha/yoʻq
(keraklisining tagiga chizilsin)
8. Transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan shaxslar: shaxslar soni cheklanadi/shaxslar soni cheklanmaydi
(keraklisining tagiga chizilsin)
T/r
Familiyasi, ismi, otasining ismi
Haydovchilik staji (yil)
Haydovchining yoshi (yosh)
Haydovchilik guvohnomasi
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta hodisalari sodir boʻlganligi yoki sodir boʻlmaganligi
seriyasi
raqami
berilgan vaqti
keyingi 5 yil mobaynida, bunday hodisalar sodir boʻlgan taqdirda, qaysi yilda
shu jumladan oldingi sugʻurta davrida (oxirgi 12 oyda), bunday hodisalar yuz bergan taqdirda, necha marta yuz bergan
1.
2.
3.
4.
5.
9. Transport vositasidan ustun darajada foydalanish hududi (roʻyxatdan oʻtkazish joyi): ___________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ 10. Ariza-soʻrovnomaga quyidagilar ham ilova qilinadi: __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ 11. Sugʻurta tariflari koeffitsiyentlari (sugʻurtalovchi tomonidan toʻldiriladi).
Bazaviy stavka
Quyidagilarga bogʻliq ravishda qoʻllaniladigan sugʻurta tariflari koeffitsiyentlari
Sugʻurta tarifi
TVdan ustun darajada foydalaniladigan hudud
haydovchilar sonining cheklanmaganligi
sugʻurta toʻlovlari mavjudligi yoki yoʻqligi
haydovchining haydovchilik staji
TVdan foydalanish mavsumiyligi
sugʻurta muddati
majburiy sugʻurta qoidalarini buzish sodir etilganligi
haydovchining yoshi
12. Sugʻurta summasi va sugʻurta mukofoti (sugʻurtalovchi tomonidan toʻldiriladi).
Koʻrsatkichlar
Summa, raqamlar bilan, soʻmlarda
Summa, yozuv bilan
Sugʻurta summasi
Sugʻurta mukofoti
Sugʻurta mukofoti boʻyicha siylov (qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurta qildiruvchi siylov olish huquqiga ega boʻlgan taqdirda)
Sugʻurtalovchiga toʻlanadigan sugʻurta mukofoti summasi
13. Men ushbu Ariza-anketada oʻzim koʻrsatgan maʼlumotlarning ishonchli va batafsil ekanligini tasdiqlayman, shuningdek sugʻurta tariflari koeffitsiyentlari va toʻlanadigan sugʻurta mukofoti miqdori bilan tanishganligimni tasdiqlayman. Bundan tashqari, men Shartnomaning amal qilish davrida sugʻurta qilish obyekti bilan yuz bergan barcha oʻzgarishlar toʻgʻrisida xabar berish majburiyatini oʻz zimmamga olaman. ____________________________
(ariza beruvchining imzosi)
M.Oʻ.
20__ “___” _____________
14. Ariza ________________________________ tomonidan qabul qilingan va
(sugʻurta kompaniyasining vakolatli xodimi lavozimi va familiyasi)
20___ yil “___” da _______ raqami bilan daftarda roʻyxatdan oʻtkazilgan. 15. Majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisini (seriyasi ________, raqami _______), maxsus davlat belgisini (seriyasi _______, raqami ________) va Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalarini oldim. _________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta toʻgʻrisida maʼlumotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu maʼlumotlar _________________________________________________________________ga
(Sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingan shaxs)ning nomi (nomlanishi) toʻliq yoziladi)
uning fuqarolik javobgarligi ________________________________________
(sugʻurtalovchining nomlanishi toʻliq yoziladi)
_______________________________da sugʻurta qilinganligi haqida berildi.
Sugʻurta hodisalari sugʻurta qilingan davrda ____________________________
(sodir boʻldi, sodir boʻlmadi)
Sugʻurtalash davrlari
Sugʻurta hodisalari soni
raqamlar bilan
soʻz bilan
20__ yil “__”______dan 20__ yil “__”______gacha
20__ yil “__”______dan 20__ yil “__”______gacha
20__ yil “__”______dan 20__ yil “__”______gacha
20__ yil “__”______dan 20__ yil “__”______gacha
20__ yil “__”______dan 20__ yil “__”______gacha
Oldingi transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi amal qilgan davrda oxirgi 5 yil mobaynida “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasi uchinchi qismining oltinchi — sakkizinchi xatboshida nazarda tutilgan qoida buzishlarga yoʻl qoʻyilganmi yoki yoʻqmi:
ha/yoʻq
(keraklisining tagiga chizilsin)
Sugʻurtalovchining rahbari
____________________
M.Oʻ.
(imzo, F.I.O.)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Izoh. Jadval maʼlumotlari oxirgi 5 yil uchun toʻldiriladi. Agar sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingan shaxs) 5 yildan kam davrga sugʻurta qilingan boʻlsa, u holda maʼlumotlar sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingan shaxs)ning oldingi sugʻurtalovchisi tomonidan berilgan sugʻurtalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari, ularning cheklangan darajasi, tuzilmasi va sugʻurta mukofotini belgilashda sugʻurtalovchilar tomonidan ularning qoʻllanish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta tariflarining yillik bazaviy stavkasi miqdori (sugʻurta summasining belgilangan miqdoriga nisbatan foizlarda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Transport vositasi turi
Yillik bazaviy stavka, TB
yuridik shaxslar uchun
jismoniy shaxslar uchun
1.
Dvigatelining hajmi:
1200 kub. santimetrgacha
0,5
0,4
1200 kub. santimetrdan 2200 kub. santimetrgacha
0,55
0,45
2200 kub. santimetrdan 3200 kub. santimetrgacha
0,6
0,5
3200 kub. santimetrdan ortiq boʻlgan yengil avtomobillar
0,65
0,55
2.
Taksi va yoʻnalishli taksi sifatida foydalaniladigan yengil avtomobillar va mikroavtobuslar
0,7
0,6
3.
Yuk koʻtarish hajmi:
10 tonnagacha
0,5
0,4
10 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari
0,8
0,8
4.
Oʻrindiqlari soni:
20 tagacha
0,4
0,35
20 tadan ortiq boʻlgan avtobuslar va mikroavtobuslar (yoʻnalishli taksi sifatida foydalaniladigan mikroavtobuslardan tashqari)
0,5
0,45
5.
Trolleybuslar
0,35
-
6.
Tramvaylar
0,2
-
7.
Traktorlar, oʻziyurar yoʻl-qurilish mashinalari va boshqa mashinalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan shaxslar soni cheklanmagan holda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta qilishda sugʻurta tariflari koeffitsiyenti — KBO (4,2).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oldingi davrlarda sugʻurta hodisalari sodir boʻlganligi yoki sodir boʻlmaganligiga qarab sugʻurta tariflari koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Koʻrsatkichning nomi
KBM koeffitsiyenti
1.
Oldingi sugʻurta davri (oxirgi 12 oy) mobaynida sugʻurta hodisalari yuz bermaganligi
0,9
2.
Oldingi 2 yil mobaynida sugʻurta hodisalari yuz bermaganligi
0,8
3.
Oldingi 3 yil mobaynida sugʻurta hodisalari yuz bermaganligi
0,7
4.
Oldingi 4 yil mobaynida sugʻurta hodisalari yuz bermaganligi
0,6
5.
Oldingi 5 yil mobaynida sugʻurta hodisalari yuz bermaganligi
0,5
6.
Oldingi majburiy sugʻurta shartnomasi amal qilish davrida yuz bergan bitta sugʻurta hodisasi
1,2
7.
Oldingi majburiy sugʻurta shartnomasi amal qilish davrida yuz bergan ikkita sugʻurta hodisasi
1,3
8.
Oldingi majburiy sugʻurta shartnomasi amal qilish davrida yuz bergan uchta va undan ortiq sugʻurta hodisalari
1,55
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Birinchi marta majburiy sugʻurta shartnomasi tuzishda sugʻurta qildiruvchiga (transport vositasi egasiga) birga teng boʻlgan koeffitsiyent belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Agar transport vositasini boshqarishga bir necha shaxsga ruxsat berilgan boʻlsa, transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan shaxslardan biriga muvofiq boʻlgan eng yuqori koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Ushbu koeffitsiyentni qoʻllashda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida transport vositalari hamda boshqa oʻziyurar mashinalar va mexanizmlar egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida” 1994-yil 30-dekabrdagi 632-son qarorining amal qilish muddatiga kiradigan oldingi davrlar ham hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Agar transport vositasini boshqarishga bir nechta shaxs qoʻyilgan boʻlsa transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan shaxslardan biriga muvofiq boʻlgan eng yuqori koeffitsiyent qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishda sugʻurta qilish muddatiga bogʻliq ravishdagi sugʻurta tariflari koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta qilish muddati
KP koeffitsiyenti
15 kungacha
0,2
16 kundan 2 oygacha
0,3
2 oy
0,4
3 oy
0,45
4 oy
0,5
5 oy
0,55
6 oy
0,6
7 oy
0,65
8 oy
0,7
9 oy
0,75
10 oy
0,8
11 oy
0,9
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Roʻyxatdan oʻtkazish joyiga borayotgan transport vositalari egalari uchun sugʻurta qilish muddati 20 kunni tashkil etadi. Ushbu holatda KP — 0,2 koeffitsiyenti qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoida buzishlar mavjudligi koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta qildiruvchida (transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan boshqa shaxslarda) oxirgi 5 yilda quyida keltiriladigan qoida buzishlar sodir etilganda KN — 1,5 koeffitsiyenti qoʻllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtgan davrlarda sugʻurtalovchi soʻragan holatlar toʻgʻrisida sugʻurta qildiruvchi tomonidan maʼlumotlar qasddan buzib koʻrsatilganligi, bu toʻgʻri maʼlumotlar xabar berilgan taqdirda toʻlanishi kerak boʻlgan summaga nisbatan kamroq summada sugʻurta mukofoti toʻlanishiga olib kelganligi faktlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtgan davrlarda sugʻurta qildiruvchi (majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha fuqarolik javobgarligi sugʻurta qilingan boshqa shaxs) tomonidan sugʻurta hodisasi sodir boʻlishiga, shuningdek yetkazilgan zarar miqdori oshishiga ataylab koʻmaklashishga yoki sugʻurta toʻlovini koʻpaytirish maqsadida sugʻurta hodisasi sodir boʻlishi holatlarini qasddan buzib koʻrsatishga yoʻl qoʻyilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻtgan davrlarda regress talab qoʻyilishiga asos boʻlgan holatlarda sugʻurta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta qilingan boshqa shaxs) tomonidan zarar yetkazish faktlarining mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoida buzishlar mavjud boʻlmagan taqdirda KN — 1,0 koeffitsiyenti qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Haydovchining yoshiga qarab sugʻurta tariflari koeffitsiyenti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta polisida koʻrsatilgan haydovchining yoshi va kasbiga oid maʼlumotlar
KVZ koeffitsiyenti
22 yoshgacha
1,25
22 yoshdan katta
1
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Agar transport vositasini boshqarishga bir necha shaxs qoʻyilgan boʻlsa, transport vositasini boshqarishga qoʻyilgan shaxslardan biriga muvofiq boʻlgan eng yuqori koeffitsiyent qoʻllanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Sugʻurta tarifi tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatkichlar
%
Sugʻurta mukofotining brutto-stavkasi
100
Netto-stavka (majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha joriy sugʻurta toʻlovlarini taʼminlashga moʻljallangan brutto-stavkaning bir qismi)
75
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish xarajatlari:
25
shu jumladan sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining oldini olish va ogohlantirish boʻyicha oldini olish chora-tadbirlari zaxirasiga ajratmalar
5
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Ogohlantiruvchi chora-tadbirlar zaxirasi mablagʻlaridan sugʻurtalovchi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ogohlantirish chora-tadbirlari zaxirasi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan maqsadlar uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Sugʻurta mukofotini aniqlashda sugʻurtalovchilar tomonidan sugʻurta tariflarini qoʻllash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan sugʻurta mukofoti miqdori sugʻurta puli (SS), yillik bazaviy stavka (TB) va Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga mazkur ilovaning I boʻlimida koʻrsatilgan sugʻurta mukofotlarining tegishli koeffitsiyentlarini koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Transport vositalarini boshqarishga qoʻyilgan shaxslar soni cheklanmasligi sharti bilan transport vositalari egalari uchun majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan sugʻurta mukofoti miqdori quyida koʻrsatilgan formulalarga muvofiq aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1 yilga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasi tuzishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PR = SS x TB x KT x KBO / 100;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) transport vositasidan mavsumiy foydalanish hisobga olingan holda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PR = SS x TB x KT x KBO x KS / 100;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) transport vositasidan mavsumiy foydalanish hisobga olingan holda xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalarining, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish joyiga borayotgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PR = SS x TB x KT x KBO KP / 100.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Transport vositalarini boshqarishga qoʻyilgan shaxslar soni cheklanishi sharti bilan transport vositalari egalari uchun majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan sugʻurta mukofoti miqdori quyida koʻrsatilgan formulalarga muvofiq aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1 yilga transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PR = SS x TB x KT x KBM x KV x KN x KVZ / 100;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) transport vositasidan mavsumiy foydalanish hisobga olingan holda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PR = SS x TB x KT x KBM x KV x KS x KN x KVZ / 100;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) transport vositasidan mavsumiy foydalanish hisobga olingan holda xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalarining, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazish joyiga borayotgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta shartnomasini tuzishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PR = SS x TB x KT x KBM x KV x KP x KN KVZ / 100.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta mukofotining cheklangan darajasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish Qoidalariga ushbu ilovaning III boʻlimiga muvofiq hisoblab chiqilgan majburiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta mukofotining eng katta miqdori barcha koeffitsiyentlar hisobga olingan holda tuzatish kiritilgan tegishli bazaviy stavkaning 5 baravari miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Majburiy sugʻurta shartnomasi amal qilish davrida sugʻurta tovonini toʻlashda qoʻshimcha ravishda toʻlanadigan sugʻurta mukofotining hisob-kitobi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiy sugʻurta shartnomasining amal qilish davrida sugʻurta tovonini toʻlashda qoʻshimcha ravishda toʻlanadigan sugʻurta mukofoti quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PRD = PR x (SV/SS) x (OP / PS), bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PRD — qoʻshimcha ravishda toʻlanadigan sugʻurta mukofoti summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PR — sugʻurta mukofoti summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SV — toʻlangan sugʻurta tovoni summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SS — sugʻurta summasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OP — sugʻurta hodisasi yuz bergan paytdan boshlab sugʻurta qilishning kunlar hisobidagi qolgan davri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PS — majburiy sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan kunlar hisobidagi sugʻurta qilish davri.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga 6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza beruvchi — jismoniy shaxsning pasporti: seriyasi ______: raqami: _____, 20__ yil “___” _______da _______________________________ tomonidan berilgan Ariza beruvchi — yuridik shaxsning rekvizitlari: STIR_____________________________________________ Xizmat koʻrsatuvchi bankning MFO __________________, h/k _______________________________________________ Majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi: seriyasi ________ № ________ 20__ yil “___” __________
Ushbu bilan ________________________________________________________
(markasi, modeli, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami)
transport vositasi bilan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisida koʻrsatilgan sugʻurta hodisasi deb eʼtirof etish mumkin boʻlgan voqea yuz berganligini maʼlum qilaman. Voqeaning sabablari va holatlari toʻgʻrisida quyidagilarni maʼlum qilaman: Oʻzi bilan sugʻurta hodisasi deb eʼtirof etish mumkin boʻlgan voqea yuz bergan haydovchi: __________________________________________________________
(haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)
Voqea sanasi va vaqti: _______________________________________________ Voqea joyi manzili: ________________________________________________ Voqea toʻgʻrisida ____________________ tumanining huquqni muhofaza qilish organlariga ariza berilgan va ________________________________________ ___________________________________________________________________
(mansabdor shaxsning unvoni, lavozimi, F.I.O.)
tomonidan yuz bergan voqea toʻgʻrisida 20___ yil “___” _________________da ______-son _________________ tuzilgan.
(hujjatning turi)
Voqeaning holati: __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Voqea boʻyicha xarajatlar qancha summaga baholanadi: __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Ushbu arizaga ilova qilinadi: __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Ushbu hodisa boʻyicha men ishonchli va menga maʼlum boʻlgan barcha maʼlumotlarni maʼlum qildim. Sugʻurta qilinuvchining nomidan ________ 20__ yil “___” ______________
(imzo)
M.Oʻ.
Ariza qabul qilindi ________________________________________________
(sugʻurtalovchi masʼul xodimining lavozimi va familiyasi)
hamda 20__ yil “___” ______________da daftarda ______ raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qaroriga 5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchilar va sugʻurta brokerlarining sugʻurta faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 6-bandning “a” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchi (uning merosxoʻri yoki huquqiy vorisi)ning sugʻurta toʻlovlari toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolati berilgan oʻz filiallariga va boshqa alohida boʻlinmalariga ega boʻlishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bilan unga aʼzolik toʻgʻrisidagi yozma bitimining mavjud boʻlishi — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qiluvchi sugʻurtalovchilar uchun”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 9-bandning “a” kichik bandiga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish ham faoliyati doirasiga kiradigan litsenziya talabgorlari ushbu kichik bandda koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga qoʻshimcha ravishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi bilan unga aʼzolik toʻgʻrisidagi yozma bitimining notarial tasdiqlangan nusxasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurtalovchining Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida majburiy sugʻurta shartnomalarini tuzish, jabrlanuvchilarning sugʻurta toʻlovlari toʻgʻrisidagi talablarini koʻrib chiqish va sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish vakolati berilgan filiallari va boshqa alohida boʻlinmalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar”.