O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN BANKLARGA LOMBARD KREDITI BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 3-mayda 501-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 22-yanvardagi 1/1-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2201, 23.02.2011-y.) muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni asosida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998-yil 22-avgustdagi 14/8-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarga lombard krediti berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (1998-yil 16-oktabrda ro‘yxat raqami 501) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-aprel,
9/8-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 19-son, 165-modda)