02.05.2008 yildagi 81-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.03.2019
 LexUZ sharhi
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi apparatining (keyingi o‘rinlarda Ijro etuvchi apparat deb yuritiladi) vazifalari, funksiyalari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ijro etuvchi apparat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga berilgan vakolatlar amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, boshqa qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida va topshiriqlarida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish;
13. Ijro etuvchi apparat ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, tarkibiy bo‘linmalarning, ularning rahbarlari va mutaxassislarining ish rejalari asosida tashkil etiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1023-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2017-y., 09/18/1023/0495-son)
(14-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 67-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2018-y., 09/18/67/0636-son)
1) 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
2) 9-banddagi “O‘.T. Sultonov va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari” so‘zlari “va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
a) 2-banddagi “farmonlari” so‘zidan keyin “qarorlari” so‘zi qo‘shilsin:
b) 4-banddagi “farmonlari” so‘zidan keyin “qarorlari” so‘zi qo‘shilsin;
2—10-bandlar tegishli ravishda 3—11-bandlar deb hisoblansin;
oxirgi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) II bo‘limning 4-bandidagi “farmonlari” so‘zidan keyin “qarorlari” so‘zi qo‘shilsin;
bo‘limning nomidagi “farmonlari” so‘zidan keyin “qarorlari” so‘zi qo‘shilsin;
3-bandning yettinchi xatboshidagi “farmonlari” so‘zidan keyin “qarorlari” so‘zi qo‘shilsin;
6-banddagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 1-sxemaning II bo‘limida:
j) 2-sxemaning I bo‘limida:
i) 1a-nazorat kartochkasi shaklidagi “Farmoni” so‘zidan keyin “qarori” so‘zi qo‘shilsin;
k) 2-nazorat kartochkasi shaklidagi “Vazirlar Mahkamasi Apparati” va “Vazirlar Mahkamasi Apparatida” so‘zlari tegishli ravishda “Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati” va “Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)