1-ILOVA
|
1. |
“OʻzInjiniring” RLI |
|
2. |
“OʻzshaharsozlikLITI” DUK |
|
3. |
“OʻzGAShKLITI” DUK |
|
4. |
“ToshkentboshplanLITI” DUK |
|
5. |
“Qishloq qurilish loyiha” MChJ |
|
6. |
“Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ |
|
7. |
“Tashgiprogor” AJ |
|
8. |
“ToshuyjoyLITI” AJ |
|
9. |
“Boshtransloyiha” AJ |
|
10. |
“Yoʻl loyiha byurosi” MChJ |
|
11. |
“Toshtemiryoʻlloyiha” MChJ |
|
12. |
“OʻzGEORANGMETLITI” DUK |
|
13. |
“OʻzLITIneftgaz” AJ |
|
14. |
“Oʻzyengilsanoatloyiha” MChJ |
|
15. |
“Oʻzbek kommunal loyiha qurilish” MChJ |
|
16. |
“Oʻzgazloyiha” MChJ |
|
17. |
“Qishloqenergoloyiha” AJ |
|
18. |
“Issiqlikelektrloyiha” AJ |
|
19. |
“Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ |
|
20. |
“Gidroproyekt” AJ |
|
21. |
“Aloqaloyiha” DUK |
|
22. |
“OʻzGIP” MChJ |
|
23. |
“Oʻzsuvloyiha” AJ |
|
24. |
“Suvsanoatfuqaroli” MChJ |
|
25. |
“Oʻzagrosanoatloyiha” MChJ |
|
26. |
“Oʻztibloyiha” MChJ |
|
27. |
“Harbiyloyiha” DK |
|
28. |
“Chegaraloyiha” MChJ |
|
29. |
“Oʻrtaosiyoenergotarmoqloyiha” AJ |
|
30. |
“QurilishmaterialLITI” MChJ |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Loyihalash ishlari sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | ||||
|
1.1. |
Loyiha-tadqiqot tashkilotlari tomonidan, shu jumladan loyihalashtirilayotgan obyektlarning ishonchliligi va foydalanish xavfsizligini taʼminlashga doir normativ talablarga rioya etilishi boʻyicha qatʼiy litsenziya shartlarini belgilashni inobatga olgan holda, ayrim turdagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va ularni loyihalash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2008-yil 1-iyun |
Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari |
|
1.2. |
Investorlar tomonidan loyiha-tadqiqot tashkilotlarini xususiylashtirishda oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarish yuzasidan ularning masʼuliyatini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Takliflar |
2008-yil 1-iyun |
Davlat mulki qoʻmitasi, Davarxitektqurilish, loyiha-tadqiqot tashkilotlari |
|
1.3. |
Loyiha-tadqiqot ishlarining qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Nizom |
2008-yil 1-iyun |
Davarxitektqurilish, Iqtisodiyot vazirligi, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari |
|
1.4. |
Loyiha-tadqiqot tashkilotlari va ular xodimlarining loyiha va loyihaviy yechimlar sifati va samaradorligi uchun masʼuliyatini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Takliflar |
2008-yil 1-sentabr |
Davarxitektqurilish, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
1.5. |
Loyihalash boʻyicha zamonaviy, ilmiy asoslangan texnologik reglamentlarni, shuningdek, loyihalash jarayonlariga xalqaro standartlar darajasidagi yuqori texnologiyali uslublar va jihozlarni qoʻllashni nazarda tutuvchi normativ va standartlarni joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
Loyihalash boʻyicha texnologik reglamentlar, normativlar va standartlar |
2008-yil 1-dekabr, keyinchalik — doimiy |
Davarxitektqurilish, Fanlar akademiyasi, Ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari |
|
1.6. |
Intellektual mulkni, shu jumladan loyiha-tadqiqot tashkilotlarining intellektual mulkini aniqlash va baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Nizom |
2008-yil 1-iyul |
Davlat mulki qoʻmitasi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
1.7. |
Loyiha-tadqiqot tashkilotlari uchun olib kiriladigan texnologik uskunalar turlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxatiga kiritish boʻyicha takliflar tayyorlab, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasiga taqdim qilish. |
Takl�flar |
2008-yil 20-may |
Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari |
|
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar roʻyxatiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish. |
Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar |
2008-yil 1-iyun |
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Adliya vazirligi | |
|
II. Loyiha-tadqiqot tashkilotlari boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar | ||||
|
2.1. |
Davlat boshqaruvi organlari va iqtisodiyot tarmoqlarining rahbarlari va yuqori malakali mutaxassislari orasidan yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlarining ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakili etib tayinlash uchun nomzodlarni Aksi�dorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasiga taqdim qilish. |
Takliflar |
2008-yil 10-may |
Davlat mulki qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi bilan kelishgan holda |
|
Yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlarining ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillarini tasdiqlash va ular bilan ishonchli boshqaruv boʻyicha shartnomalar tuzish. |
Komissiya qarori |
2008-yil 20-may |
Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi | |
|
2.2. |
Yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlarining kuzatuv kengashlari tarkibiga davlatning ishonchli vakillari, shuningdek, ijro organlari rahbarlarini kiritgan holda, kuzatuv kengashlarining yangi tarkibini saylash uchun aksiyadorlar (taʼsischilar)ning umu�iy yigʻilishlari oʻtkazilishini taʼminlash. |
Aksiyadorlar (taʼsischilar)ning umumiy yigʻilishlari |
2008-yil 20-iyun |
Davlat mulki qoʻmitasi, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari |
|
III. Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish va ularning iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishdagi ishtirokini faollashtirish | ||||
|
3.1. |
Obyektlarni avtomatik tarzda loyihalashtirish boʻyicha, shu jumladan ilgʻor qurilish uslublarini va qurilish materiallarining yangi turlarini qoʻllashni nazarda tutuvchi unifikatsiyalashtirilgan zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish. |
Tadbirlar |
2008-yil 1-dekabr, keyinchalik — doimiy |
Yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari, OʻzAAA, Davarxitektqurilish |
|
3.2. |
Iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik qayta jihozlash va yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish boʻyicha oʻrta va uzoq istiqbolga moʻljallangan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga doir asoslantirilgan takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Takliflar |
2008-yil 1-oktabr, keyinchalik — har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning birinchi sanasiga qadar |
Xoʻjalik birlashmalari, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari, Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish |
|
Kiritilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari yigʻilishlarida koʻrib chiqib, istiqbolli loyihalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga taqdim qilish. |
Har chorakda Vazirlar Mahkamasi komplekslari va Rayosatining yigʻilishlarida |
Vazirlar Mahkamasi komplekslari | ||
|
3.3. |
Obyektlarni “tayyor holda topshirish” shartlari asosida topshirish boʻyicha yaxlit boshqaruv tizimini takomillashtirish va toʻliq injini�ingni amaliyotga joriy etishga doir takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilish. |
Takliflar |
2008-yil 1-iyul |
Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari |
|
3.4. |
Sanoatning bazaviy tarmoqlarida loyihalarni ishlab chiqishga metodik rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirishni taʼminlash. |
Tadbirlar |
Doimiy |
“Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti, Davarxitektqurilish |
|
3.5. |
Loyiha-tadqiqot tashkilotlarini reyting baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etish. |
Tadbirlar |
2008-yil 1-sentabr |
Davarxitektqurilish |
|
3.6. |
Amalga oshirilgan eng yaxshi loyihalar va arxitektura-loyiha yechimlari boʻyicha koʻrik-tanlovlar tashkil qilish. |
Koʻrik-tanlovlar |
2008-yil 1-dekabr, keyinchalik — har yili dekabr oyida |
Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari |
|
IV. Loyiha-tadqiqot tashkilotlarini professional tayyorlangan yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash | ||||
|
4.1. |
Loyiha-tadqiqot tashkilotlari rahbarlari, bosh muhandislari va bosh arxitektorlarining malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Idoraviy normativ hujjat |
2008-yil 1-iyun |
Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari |
|
4.2. |
Loyiha-tadqiqot tashkilotlarining rahbarlari, bosh muhandislari va bosh arxitektorlarini attestatsiyadan oʻtkazish. |
Attestatsiyadan oʻtkazish |
2008-yil 1-iyul |
Davarxitektqurilish |
|
4.3. |
Loyiha-tadqiqot tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining kasbiy darajasini oshirish, loyihalash ishida izchillik va tajriba toʻplashni taʼminlash boʻyicha metodik koʻrsatmalar ishlab chiqish. |
Metodik koʻrsatmalar |
2008-yil 1-iyul |
Davarxitektqurilish, yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari |
|
4.4. |
Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya institutining rahbarlari hamda sohaviy kafedralar mudirlarini attestatsiyadan oʻtkazish. |
Attestatsiyadan oʻtkazish |
2008-yil 1-iyul |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti |
|
4.5. |
Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida texnik yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlovchi boshqa oliy taʼlim muassasalarining oʻquv rejalari va talabalarni oʻqitish dasturlarini qayta koʻrib chiqish, bunda sanoat, infratuzilma va fuqarolik obyektlarini xalqaro standartlar va loyihalash ishining rivojlanish tendensiyalariga muvofiq loyihalashtirish sohasida zamonaviy fikrlaydigan, malakali mutaxassislarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratish. |
Oʻquv rejalar va talabalarni oʻqitish dasturlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish |
2008-yil 1-iyul |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, texnika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari, Davarxitektqurilish |
|
4.6. |
Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya instituti, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida texnik yoʻnalishlar boʻyicha kadrlar tayyorlovchi boshqa oliy taʼlim muassasalari talabalarining amaliyot va diplom loyihalari himoyasini bevosita loyiha-tadqiqot tashkilotlari bazasida oʻtkazishi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Nizom |
2008-yil 1-iyul |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davarxitektqurilish |
|
4.7. |
Texnika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarining davlat granti asosida tahsil olgan va oʻqish davomida yuqori koʻrsatkichlarga erishgan bitiruvchilarini Davarxitektqurilishning har yilgi buyurtmanomalari asosida yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlariga ishga yuborish. |
Tadbirlar |
Har yili |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, texnika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari, Davarxitektqurilish |
|
4.8. |
Toshkent arxitektura-qurilish institutining Qurilish sohasidagi menejerlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi qoshida turli ixtisoslik yoʻnalishlarida loyiha-tadqiqot tashkilotlari mutaxassislari malakasini oshirish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi kurslar tashkil etish toʻgʻrisida takliflar tayyorlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Takliflar |
2008-yil 1-iyun |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Davarxitektqurilish |
|
4.9. |
Tizimli asosda mutaxassislar malakasini, shu jumladan yetakchi xorijiy ilmiy-loyiha markazlariga yuborish orqali oshirish. |
Tadbirlar |
Doimiy |
Loyiha-tadqiqot tashkilotlari |