Oʻzbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi oʻrtasida konsullik konvensiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi, bundan keyin “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
doʻstona munosabatlarni rivojlantirish hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga koʻmak berishga intilib,
oʻz fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq hamda manfaatlarini yanada samarali himoya qilish maqsadida konsullik munosabatlarini rivojlantirish istagiga amal qilib,
Ahdlashuvchi Tomonlar qoʻshilgan Konsullik aloqalari toʻgʻrisida 1963-yil 24-apreldagi Vena konvensiyasi qoidalarini toʻldirish va rivojlantirish istagini izhor qilib,
ushbu Konvensiyada aniq koʻrsatilmagan masalalar boʻyicha xalqaro odatiy huquqlari va ikkala Ahdlashuvchi Tomon qatnashchi boʻlgan xalqaro shartnomalar normalari qoʻllanilishini tasdiqlab,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
1-modda
Taʼriflar
Taʼriflar
Ushbu Konvensiya maqsadlarida:
a) “konsullik muassasasi” har qanday bosh konsulxona, konsulxona, vitse-konsulxona yoki konsullik agentligini anglatadi;
b) “konsullik okrugi” konsullik vazifalarini bajarish uchun konsullik muassasasiga biriktirilgan nohiyani anglatadi;
v) “konsullik muassasasi rahbari” shu sifatda xizmat qilish topshirilgan shaxsni anglatadi;
g) “konsullik mansabdor shaxsi” shu sifatda konsullik vazifalarini bajarish yuklatilgan har qanday shaxsni, jumladan konsullik muassasasi rahbarini ham anglatadi;
d) “konsullik xizmatchisi” konsullik muassasasida maʼmuriy yoki texnik vazifalarni bajaruvchi har qanday shaxsni anglatadi;
e) “xizmat qiluvchi xodim” konsullik muassasasiga xizmat koʻrsatish boʻyicha vazifalarni bajaruvchi har qanday shaxsni anglatadi;
j) “konsullik muassasasi xodimlari” konsullik muassasasi mansabdor shaxslari, konsullik xizmatchilari va konsullik muassasasining xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini anglatadi;
z) “konsullik xizmati xodimlari” konsullik muassasasi mansabdor shaxslari, (konsullik muassasasi rahbari bundan mustasno), shuningdek konsullik xizmatchilari va xizmat qiluvchi xodimlarini anglatadi;
i) “xususiy uy xizmatchisi” konsullik muassasasi xodimining faqatgina xususiy xizmatida boʻlgan shaxsni anglatadi;
k) “oila aʼzosi” konsullik muassasasi xodimining xotini (eri), 21 yoshga yetmagan farzandlari va ota-onasi, yaʼni u bilan birga yashayotgan va uning qaramogʻida boʻlganlarni anglatadi;
l) “konsullik binolari” kimning mulki boʻlishidan qatʼi nazar, faqatgina konsullik muassasasi uchun foydalanadigan binolar yoki ularning qismlarini, jumladan konsullik muassasasi rahbari qarorgohi hamda ushbu bino yoxud bino qismlariga xizmat qiluvchi yer maydonlarini anglatadi;
m) “konsullik arxivlari” oʻz ichiga saqlash va saqlanishi taʼminlanishi uchun moʻljallangan barcha qogʻozlar, hujjatlar, xat-xabarlar, kitoblar, filmlar, maʼlumot toʻplash, saqlash va foydalanish texnik vositalari, konsullik muassasasining reyestrlarini, ularning maxsus raqam va xos raqamlari, kartotekalar va har qanday jihozlar bilan birgalikda anglatadi;
n) “yuboruvchi davlatning kemasi” yuboruvchi davlatda roʻyxatga olingan va uning davlat bayrogʻi ostida suzish huquqiga ega boʻlgan har qanday kemani anglatadi, harbiy kemalar bundan istisno;
o) “yuboruvchi davlatning havo kemasi” yuboruvchi davlatda roʻyxatga olingan va ushbu davlatning tanish belgilarini ishlatish huquqiga ega boʻlgan har qanday havo kemasini anglatadi, harbiy havo kemalari bundan istisno;
p) “fuqaro” Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini va Latviya Respublikasi fuqarosi va fuqarosi boʻlmaganni anglatadi.
2-modda
Konsullik muassasalarini ochish
Konsullik muassasalarini ochish
1. Yuboruvchi davlatning konsullik muassasasi qabul qiluvchi davlat hududida faqat qabul qiluvchi davlatning roziligi bilan ochilishi mumkin.
2. Konsullik muassasasining manzilgohi, uning darajasi, konsullik okrugi va konsullik mansabdor shaxslarining soni yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat oʻrtasidagi kelishuv asosida belgilanadi.
3. Konsullik muassasasining manzilgohi, uning darajasi va konsullik okrugi yoki konsullik mansabdor shaxslarining soni har qanday oʻzgarishlar yuboruvchi davlat tomonidan faqat qabul qiluvchi davlatning roziligi asosida amalga oshirilishi mumkin.
4. Agar biron-bir bosh konsulxona yoki konsulxona oʻzi joylashgan aholi punktidan tashqarida vitse-konsullik yoki konsullik agentligi niyatini bildirsa, shunda ham qabul qiluvchi davlatning ruxsati kerak.
5. Amal qilayotgan konsullik muassasasining tashkiliy qismi hisoblanadigan devonxonani konsullik muassasasining joylashgan hududidan tashqarida ochish uchun ham qabul qiluvchi davlatning aniq belgilangan roziligi kerak.
3-modda
Konsullik muassasasi rahbarini tayinlash va faoliyatini boshlashga ruxsat berish
Konsullik muassasasi rahbarini tayinlash va faoliyatini boshlashga ruxsat berish
1. Konsullik muassasasi rahbarini tayinlashdan oldin yuboruvchi davlat diplomatik yoki boshqa tegishli kanallar orqali tavsiya qilingan shaxsga nisbatan qabul qiluvchi davlatning roziligini olish kerak.
Agar qabul qiluvchi davlat biron-bir shaxsni konsullik muassasasi rahbari etib tayinlanishiga rozilik bermasa, u yuboruvchi davlatga bunday rad etishning sabablarini izohlab berishi shart emas.
2. Qabul qiluvchi davlatdan dastlabki rozilik olingandan soʻng, yuboruvchi davlat diplomatik kanallar orqali qabul qiluvchi davlatning tashqi ishlar vaziriga konsullik muassasasi rahbarini tayinlash toʻgʻrisida konsullik patenti yoki boshqa aynan shunday hujjatni yuboradi. Ushbu hujjatda konsullik muassasasi rahbarining toʻla ismi va familiyasi, uning fuqaroligi, darajasi, u konsullik vazifalarini bajaradigan konsullik okrugi, shuningdek konsullik muassasasining manzilgohi koʻrsatilishi kerak.
3. Qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasi rahbari etib tayinlanishi haqida konsullik patenti yoki boshqa aynan shunday hujjat olgandan soʻng unga ekzekvatura deb nomlanadigan ruxsatni beradi.
Ekzekvatura berishni rad etayotgan qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlatga bunday rad etishning sabablarini izohlab berishi shart emas.
5. Qabul qiluvchi davlat ekzekvatura bergunga qadar konsullik muassasasi rahbariga oʻz vazifalarini vaqtincha bajarishiga ruxsat berishi mumkin. Mazkur holda ushbu Konvensiyaning qoidalari qoʻllaniladi.
6. Konsullik muassasasi rahbariga oʻz vazifalarini bajarishga ruxsat berilishi bilanoq, bu vaqtinchalik boʻlsa ham, qabul qiluvchi davlat bu haqda konsullik okrugining vakolatli organlariga zudlik bilan xabar beradi. U konsullik muassasasi rahbariga oʻz vazifasini bajarishi va ushbu Konvensiyadan kelib chiquvchi afzalliklardan foydalanish uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
4-modda
Konsullik muassasasi rahbari vazifasini vaqtincha bajarish
Konsullik muassasasi rahbari vazifasini vaqtincha bajarish
1. Agar konsullik muassasasi rahbari oʻz vazifasini bajara olmasa yoki konsullik muassasasi rahbari oʻrni boʻsh boʻlsa, yuboruvchi davlat konsullik muassasasi rahbarining vazifasini vaqtinchalik qabul qiluvchi davlatdagi oʻzini ushbu yoki boshqa konsulxonasining konsullik mansabdor shaxsiga yoki qabul qiluvchi davlatdagi oʻzining diplomatik vakolatxonasining diplomatik xodimiga vaqtincha konsullik muassasasi rahbari vazifasini bajarishni topshirishi mumkin. Konsullik muassasasi rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchining toʻliq ismi va familiyasi, qabul qiluvchi davlatning tashqi ishlar vazirligiga yoki ushbu vazirlik tomonidan koʻrsatilgan organga diplomatik vakolatxona orqali yozma ravishda xabar qilinadi. Agar qabul qiluvchi davlatda bunday vakolatxona mavjud boʻlmasa, xabarni konsullik muassasasi rahbari yoki agar u buni qila olmasa, yuboruvchi davlatning boshqa tegishli organi qilishi mumkin. Qoidaga koʻra, ushbu xabar oldindan beriladi.
2. Konsullik muassasasi rahbari vazifasini bajaruvchi ushbu Konvensiyada konsullik muassasasi rahbariga beriladigan imtiyoz va immunitetlardan foydalanadi.
3. Agar ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq yuboruvchi davlat konsulxona muassasasi rahbari vazifasini bajaruvchi sifatida qabul qiluvchi davlatda yuboruvchi davlatning diplomatik vakolatxonasining diplomatik xodimlari aʼzosi tayinlansa, bu shaxs oʻzining diplomatik maqomiga muvofiq diplomatik imtiyozlar va immunitetlaridan foydalanishni davom ettiradi.
5-modda
Konsullik xizmati xodimlarini tayinlash
Konsullik xizmati xodimlarini tayinlash
1. Yuboruvchi davlat konsullik xizmati xodimlarini bemalol tayinlashga haqlidir, ushbu Konvensiyaning 7- va 8-moddalarida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
2. Qabul qiluvchi davlat xohlagan vaqtda ushbu Konvensiya 8-modda 3-bandida koʻzda tutilgan huquqlarini amalga oshirishi uchun yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlatga konsullik muassasasi rahbaridan tashqari barcha konsullik mansabdor shaxslarning toʻliq ismi va familiyasi, ularning darajasi va toifasi toʻgʻrisida oldindan xabar beradi.
6-modda
Ishga tayinlanish, kelish va joʻnab ketish toʻgʻrisida xabardor qilish
Ishga tayinlanish, kelish va joʻnab ketish toʻgʻrisida xabardor qilish
1. Yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlatning Tashqi ishlar vazirligini yoki ushbu vazirlik tomonidan koʻrsatilgan organini quyidagilar toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi:
a) konsullik muassasasi xodimlarining ishga tayinlanishi, ularning tayinlanganidan keyin konsullik muassasasiga kelishi, joʻnab ketishi yoki ularning vazifalari tugatilishi hamda konsullik muassasasida ishlash mobaynida ularning maqomidagi daxldor boʻlgan har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida;
b) konsullik muassasasi xodimining oila aʼzosi boʻlgan va u bilan doimo birga yashayotgan shaxsning kelishi yoki joʻnab ketishi va tegishli holatlarda, biron-bir shaxs oila aʼzoligiga kirgani yoki chiqqanligi toʻgʻrisida;
v) xususiy uy xizmatchilarining kelishi va joʻnab ketishi hamda tegishli holatlarda, ularning shu sifatida xizmatlarining tugatilishi toʻgʻrisida;
g) qabul qiluvchi davlatda doimiy yashayotgan, imtiyoz va immunitetlardan foydalanish huquqlariga ega boʻlgan konsullik muassasasi xodimlari yoki xususiy uy xizmatchisi sifatida yollangan yoki boʻshatilgan shaxslar toʻgʻrisida.
2. Kelish yoki joʻnab ketish toʻgʻrisidagi xabar imkoniyatga qarab oldindan berilishi lozim.
7-modda
Konsullik mansabdor shaxslarining fuqaroligi
Konsullik mansabdor shaxslarining fuqaroligi
1. Umuman olganda, konsullik mansabdor shaxslari yuboruvchi davlat fuqarolari boʻlishi lozim.
2. Qabul qiluvchi davlatning aniq izhor etilgan roziligi va bu rozilik har qanday vaqtda bekor qilinishi mumkin boʻlgan holda, ushbu davlatning fuqarolaridan konsullik mansabdor shaxslari tayinlanishi mumkin.
3. Qabul qiluvchi davlat uchinchi davlat va bir vaqtda yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlmagan fuqarolarga ham shunga oʻxshash huquqlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishini aytib oʻtishi mumkin.
8-modda
“Persona non grata” deb topilgan shaxslar
“Persona non grata” deb topilgan shaxslar
1. Qabul qiluvchi davlat istalgan vaqtda u yoki bu konsullik mansabdor shaxsining “persona non grata” yoki konsullik xizmati xodimlarining birortasini nomaqbul shaxs deb topganligi toʻgʻrisida yuboruvchi davlatni xabardor qilishi mumkin. Bunday holda yuboruvchi davlat oqilona muddat ichida ushbu shaxsni chaqirib olishi yoki uning konsullik muassasasidagi vazifalarini toʻxtatishi lozim.
2. Agar yuboruvchi davlat ushbu moddaning 1-bandida koʻzda tutilgan majburiyatlarni oqilona muddat ichida bajarishdan voz kechsa yoki bajara olmasa, qabul qiluvchi davlat bu shaxsning ekzekvaturasini bekor qilishi yoki konsullik xizmati xodimi deb tan olishdan voz kechishi mumkin.
3. Konsullik muassasasi xodimi sifatida tayinlangan shaxs qabul qiluvchi davlat hududiga kelishidan oldin yoki, agar ushbu davlatda kelib turgan boʻlsa, u konsullik muassasasida oʻz majburiyatlarini bajarishga kirishgunga qadar, nomaqbul shaxs deb eʼlon qilinishi mumkin. Har qanday bunday vaziyatlarda yuboruvchi davlat uning tayinlanishini bekor qiladi.
4. Ushbu moddaning 1- va 3-bandlarida koʻrsatilgan holatlarda qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlatga oʻz qarorining sabablarini izohlab berishga majbur emas.
9-modda
Konsullik muassasasi xodimlari uchun konsullik va turar joylarni sotib olish
Konsullik muassasasi xodimlari uchun konsullik va turar joylarni sotib olish
1. Qabul qiluvchi davlatning qonunlariga muvofiq va ushbu davlatning roziligi bilan yuboruvchi davlat oʻz nomidan yoki u tomonidan vakolatlangan jismoniy yoxud yuridik shaxs orqali quyidagilarni sotib olish, ijaraga olish va boshqa biron-bir shaklda egalik qilish huquqiga ega:
a) konsullik muassasasi uchun moʻljallangan, qabul qiluvchi davlatning fuqarosi boʻlmagan va ushbu davlatda doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan har qanday konsullik mansabdor shaxsi, konsullik xizmatchisi yoki xizmat qiluvchi xodimi uchun turar joy binosini yoki binoning bir qismini;
b) konsullik muassasasi va turar joy binosini qurish uchun moʻljallangan yer maydonini.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq, yuboruvchi davlat konsullik muassasasi yoki turar joy binosi uchun moʻljallangan binoni yoki binoning bir qismini yoxud ularni qurish uchun ajratilgan yer maydonini yaxshilash va muvofiqlashtirish mumkin.
3. Qabul qiluvchi davlat, zarur boʻlganda, ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida koʻrsatilgan huquqlarni amalga oshirishda yuboruvchi davlatga tegishli yordam va koʻmak koʻrsatadi.
4. Ushbu moddadagi hech qaysi qoida, qabul qiluvchi davlatning qurilish, shaharni rejalashtirish, tumanlarga boʻlish, yerdan foydalanish, tegishli yer maydonlari, binolar va binolarning qismlari joylashgan aholi punktlarida madaniy yodgorliklarni himoya qilishni tartibga soluvchi qonunlarga rioya etmagani uchun yuboruvchi davlatni javobgarlikdan ozod etadi deb sharhlanmasligi kerak.
10-modda
Faxriy konsullik mansabdor shaxslari
Faxriy konsullik mansabdor shaxslari
Agar ikkala Ahdlashuvchi Tomon faxriy konsullik mansabdor shaxslarini tayinlashga kelishib olsalar, ular faxriy konsullik mansabdor shaxsga nisbatan qoʻllanadigan rejimni aniqlash maqsadida ushbu Konvensiya qoidalari hamda xalqaro huquq meʼyorlari asosida tegishli kelishuvlarni tuzish masalasi boʻyicha oʻzaro maslahatlashuvlar oʻtkazadilar.
11-modda
Konsullik muassasalari va ularning xodimlarining ishiga koʻmak koʻrsatish va ularni himoya qilish
Konsullik muassasalari va ularning xodimlarining ishiga koʻmak koʻrsatish va ularni himoya qilish
Qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasiga oʻz vazifalarini bajarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratadi. U konsullik muassasasi xodimlarini himoya qiladi va ushbu Konvensiya qoidalariga asosan xodimlarga konsullik oʻz vazifalarini bajarish, imtiyoz va immunitetlardan foydalanish uchun zarur choralarni koʻradi.
12-modda
Davlat bayrogʻi va gerbidan foydalanish
Davlat bayrogʻi va gerbidan foydalanish
1. Ushbu moddaning qoidalariga muvofiq yuboruvchi davlat oʻz davlat bayrogʻi va gerbidan qabul qiluvchi davlatda foydalanish huquqiga ega.
2. Yuboruvchi davlat bayrogʻi va uning gerbi konsullik muassasasi joylashgan binosiga, uning kirish eshiklari, shuningdek konsullik muassasasi rahbari qarorgohiga hamda xizmat vazifalarini bajarayotganda transport vositalariga oʻrnatilishi mumkin.
3. Ushbu moddada koʻzda tutilgan huquqlardan foydalanishda, yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlat qonunlariga va urf-odatlariga rioya qiladi.
13-modda
Konsullik binolari va konsullik mansabdor shaxslari turar joylarining daxlsizligi
Konsullik binolari va konsullik mansabdor shaxslari turar joylarining daxlsizligi
1. Ushbu moddaning qoidalariga muvofiq konsullik binolari va konsullik mansabdor shaxslarining turar joylari daxlsizdir.
2. Qabul qiluvchi davlat vakolatli organlarining vakillari faqat konsullik ishlari amalga oshirilayotgan binolarga konsullik muassasasi rahbari yoki qabul qiluvchi davlatdagi diplomatik vakolatxona rahbarining yoxud ularning biron biri tomonidan tayinlangan shaxsning ruxsatisiz kira olmaydi.
3. Qabul qiluvchi davlatga konsullik binolari har qanday bostirib kirishdan yoki zarar yetkazishdan himoya qilish hamda konsullik muassasasi tinchligini har qanday buzish yoki uning qadr-qimmatini yerga urishning oldini olish boʻyicha maxsus majburiyat yuklatiladi.
4. Konsullik muassasasi binosi, uning asbob-anjomlari va konsullik muassasasining mulki, shuningdek uning transport vositalari majburiy ravishda davlat mudofaasi yoki jamoat ehtiyojlari maqsadlarida olib qoʻyishning har qanday turiga qarshi immunitetga egadir.
5. Ushbu moddaning 1-, 2-, 3- va 4-bandlarining qoidalari konsullik mansabdor shaxslari yashaydigan binolarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
14-modda
Konsullik arxivlari va hujjatlarning daxlsizligi
Konsullik arxivlari va hujjatlarning daxlsizligi
Konsullik arxivlari va hujjatlari ularning joylashgan joyidan qatʼi nazar, hamisha daxlsizdir.
15-modda
Konsullik muassasasi binolarining soliq va yigʻimlardan ozod qilinishi
Konsullik muassasasi binolarining soliq va yigʻimlardan ozod qilinishi
1. Yuboruvchi davlat egalik qilgan yoki ijaraga olgan, yoki uning nomidan faoliyatni yuritadigan har qanday shaxs barcha davlat, tuman va mahalliy soliq va yigʻimlardan ozod qilinadi, bunda alohida turdagi xizmatlar uchun toʻlanadigan toʻlovlar bundan mustasno.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovlari yuboruvchi davlat yoki uning nomidan faoliyat yuritadigan shaxslar bilan shartnoma tuzgan shaxsdan qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiq olinadigan soliq va yigʻimlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
16-modda
Harakat erkinligi
Harakat erkinligi
Kirish taqiqlangan yoki kirish davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan tartibga solingan hududlar toʻgʻrisidagi qonunlarga zid boʻlmagani uchun qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasining barcha xodimlari va ularning oila aʼzolariga uning hududida harakatlanish erkinligini taʼminlaydi.
17-modda
Aloqa erkinligi
Aloqa erkinligi
1. Qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasining barcha rasmiy maqsadlar uchun aloqalar erkinligiga ruxsat etadi va himoya qiladi. Konsullik muassasasi yuboruvchi davlat hukumati, diplomatik vakolatxonalari va boshqa konsullik muassasalari bilan aloqa qilishda, ular qayerda joylashgan boʻlishlaridan qatʼi nazar, barcha mos keladigan vositalardan, jumladan: diplomatik va konsullik kuryerlaridan, diplomatik va konsullik valizalaridan, kodlangan yoki shifrlangan depeshalardan foydalanishi mumkin. Biroq, konsullik muassasasi faqat qabul qiluvchi davlat roziligi bilan uzatgich oʻrnatishi va undan foydalanishi mumkin.
2. Konsullik muassasasining rasmiy xat-xabarlari daxlsizdir. Rasmiy xat-xabarlar tushunchasi ostida konsulxona konsullik va uning vazifalariga taalluqli barcha xat-xabarlar tushuniladi.
3. Konsullik valizasi uning xarakterini koʻrsatuvchi koʻzga tashlanadigan tashqi belgilarga ega boʻlishi va faqatgina rasmiy xat-xabarlar va hujjatlar yoki faqat rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan ashyolardan iborat boʻlishi lozim.
4. Konsullik valizasi ochilishi ham, ushlanishi ham mumkin emas. Biroq, qabul qiluvchi davlatning vakolatli idoralarida konsulxona valizasi ichida ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan hujjat va ashyolardan tashqari boshqa biror narsaning borligiga jiddiy asoslar boʻlsa, ular valizani ularning huzurida yuboruvchi davlat vakili tomonidan ochilishini talab qilishlari mumkin. Agar yuboruvchi davlat vakillari bu talabni bajarishdan bosh tortsalar, valiza joʻnatilgan joyiga qaytariladi.
5. Konsullik kuryeri, uning maqomini va konsullik valizasini tashkil qiluvchi paketlar sonini koʻrsatuvchi rasmiy hujjat bilan taʼminlanishi lozim. Qabul qiluvchi davlat roziligi mavjud boʻlgan holatdan tashqari, u na qabul qiluvchi davlat fuqarosi, na, agar yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlmasa, qabul qiluvchi davlatda doimiy yashayotgan shaxs boʻla olmaydi. Oʻz vazifalarini bajarish jarayonida u qabul qiluvchi davlatning himoyasida boʻladi. U shaxsiy daxlsizlikdan foydalanadi va qanday shaklda boʻlishidan qatʼi nazar, uni ushlash hamda hibsga olish mumkin emas.
6. Yuboruvchi davlat, uning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi konsullik kuryerlarini ad hoc tarzida tayinlashi mumkin. Bunday hollarda, shuningdek ushbu moddaning 5-bandi qoidalari qoʻllaniladi, biroq bunday kuryerning immunitetlari unga topshirilgan konsullik valizasini manzilga yetkazib topshirishi bilan tugaydi.
7. Konsullik valizasi kelishiga ruxsat berilgan manzilga borayotgan havo kemasi komandiriga yoki dengiz kemasi kapitaniga topshirilishi mumkin. Bu komandir yoki kapitan valizani tashkil etgan joylarning soni koʻrsatilgan rasmiy hujjatga ega boʻlishi kerak, ammo u konsullik kuryeri boʻlib hisoblanmaydi. Konsullik muassasasi oʻz xodimlaridan birini havo kemasi komandiri yoki dengiz kemasi kapitaniga konsulxona valizasini bevosita va bemalol topshirish va ulardan konsulxona valizasini qabul qilib olish uchun yuborishi mumkin. Konsulxona valizasini olish-berish tartibi qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari bilan kelishiladi.
18-modda
Konsullik mansabdor shaxslarining shaxsiy daxlsizligi
Konsullik mansabdor shaxslarining shaxsiy daxlsizligi
1. Konsullik mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari shaxsiy daxlsizlikdan foydalanadilar. Ushbu Konvensiyaning 32-moddasida koʻrsatilgan hollardan tashqari, ularni ushlash hamda hibsga olish mumkin emas.
2. Qabul qiluvchi davlat konsullik mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolariga hurmat bilan qarashi va ularning shaxsiyati, erkinligi va qadr-qimmatiga qilinadigan tajovuzlarga qarshi zarur choralarni koʻrishi lozim.
19-modda
Yurisdiksiyadan immunitet
Yurisdiksiyadan immunitet
1. Konsullik mansabdor shaxslari va ularning oila aʼzolari quyida keltirilgan fuqarolik daʼvolaridan tashqari holatlarda qabul qiluvchi davlatda jinoiy, fuqarolik va maʼmuriy yurisdiksiyaga qarshi immunitetga egadirlar:
a) yuboruvchi davlat agenti sifatida majburiyatni toʻgʻridan toʻgʻriyoki qisman olmasdan konsullik mansabdor shaxslari tomonidan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan holatlarda;
b) qabul qiluvchi davlatda yoʻl transport vositasi, kema yoki havo kemasi tomonidan uchinchi tomonga zarar yetkazilgan holatlarda;
v) qabul qiluvchi davlatdagi shaxsiy koʻchmas mulkka nisbatan mol-mulk daʼvosi koʻrilayotgan holatlarda, agar konsullik mansabdor shaxsi yuboruvchi davlat nomidan uning ustidan egalik qilmayotgan boʻlsa;
g) merosga nisbatan konsullik mansabdor shaxsi vasiyat ijrochisi, meros mulki ustidan vasiylik qiluvchi, merosxoʻr yoki rad qilingan merosni oluvchi sifatida yuboruvchi davlat nomidan emas, balki xususiy shaxs boʻlib daʼvo qilsa;
d) aliment toʻlash majburiyatidan kelib chiqadigan daʼvo hollarida.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan fuqarolik daʼvolaridan tashqari holatlarda, konsullik xizmatchilari xizmat doirasida amalga oshirayotgan faoliyatlariga nisbatan qabul qiluvchi davlatda jinoiy, fuqarolik va maʼmuriy yurisdiksiyaga qarshi immunitetga egadirlar.
20-modda
Ushlanish, hibsga olinish va sudda ishni koʻrib chiqish toʻgʻrisida xabar berish
Ushlanish, hibsga olinish va sudda ishni koʻrib chiqish toʻgʻrisida xabar berish
Qabul qiluvchi davlat fuqarosi boʻlgan yoki unda doimiy yashayotgan konsullik muassasasi xizmatchisi va xizmat qiluvchi xodimi, shuningdek konsullik mansabdor shaxsi ushlangan, dastlabki hibsga olingan taqdirda yoki unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan holatda, qabul qiluvchi davlat ushbu haqda konsullik muassasasi rahbarini zudlik bilan xabardor qiladi.
Agar qabul qiluvchi davlat fuqarosi boʻlgan yoki unda doimiy yashayotgan konsullik muassasasi rahbari oʻzi bunday choralarga duch kelsa, qabul qiluvchi davlat ushbu haqda diplomatik kanallar orqali yuboruvchi davlatni xabardor qiladi.
21-modda
Guvohlik koʻrsatmalarini berish majburiyati
Guvohlik koʻrsatmalarini berish majburiyati
1. Konsullik muassasasi xodimlari qabul qiluvchi davlatda sud yoki maʼmuriy ishlar yurgizilayotganda guvohlik koʻrsatmalarini berish uchun chaqirilishi mumkin. Konsullik xizmatchisi yoki xizmat koʻrsatuvchi xodim guvohlik koʻrsatmalarini berishdan bosh tortishlari mumkin emas, ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno. Agar konsulxona muassasasi xodimi guvohlik koʻrsatmalarini berishdan bosh tortsa, unga nisbatan hech qanday majburiy yoki jazo choralari koʻrilishi mumkin emas.
2. Konsullik muassasasi xodimining koʻrsatmasi kerak boʻlgan organ, bu shaxsning oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishiga xalaqit bermasliklari lozim. U oʻsha shaxsning koʻrsatmalarini imkoniyat boʻlganida uning yashash joyida yoki konsullik muassasasi binosida eshitishlari yoxud undan yozma ravishda koʻrsatmalarni qabul qilishlari mumkin.
3. Konsullik muassasasi xodimlari oʻzlarining vazifalariga oid masalalar boʻyicha koʻrsatma berishga yoki ularning vazifalariga oid hujjat va xat-xabarlarini koʻrsatishga majbur emas. Ular yuboruvchi davlat qonunlarini talqin qiluvchi koʻrsatmalarni ham berishlari majburiy emas.
22-modda
Imtiyoz va immunitetlardan voz kechilishi
Imtiyoz va immunitetlardan voz kechilishi
1. Yuboruvchi davlat ushbu Konvensiyaning 18-, 19- va 21-moddalarida koʻrsatilgan, konsullik muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolari foydalanadigan imtiyoz va immunitetlardan voz kechishi mumkin.
2. Ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan holatdan tashqari, bunday voz kechish aniq ifodalangan boʻlishi va bu toʻgʻrida qabul qiluvchi davlatga yozma ravishda bildirilishi lozim.
3. Konsullik muassasasi xodimi tomonidan ushbu Konvensiyaning 19-moddasiga muvofiq yurisdiksiyaga qarshi immunitetdan foydalanishi mumkin boʻlgan hollarda fuqarolik yoki maʼmuriy ish qoʻzgʻatsa, asosiy daʼvo bilan bogʻliq qarshi daʼvo nisbatan yurisdiksiyaga qarshi immunitet havola qilish huquqidan mahrum qiladi.
4. Fuqarolik yoki maʼmuriy ishlarga nisbatan yurisdiksiyaga qarshi immunitetdan voz kechish sud qarorlarining ijrosi boʻyicha immunitetdan voz kechishni anglatmaydi. Bunga nisbatan yozma ravishda alohida voz kechish lozim.
23-modda
Chet elliklarning roʻyxatdan oʻtishi va yashash uchun ruxsat olishdan ozod qilinishi
Chet elliklarning roʻyxatdan oʻtishi va yashash uchun ruxsat olishdan ozod qilinishi
1. Konsullik mansabdor shaxslari, konsullik xizmatchilari va ularning oila aʼzolari qabul qiluvchi davlatning chet elliklarning roʻyxatdan oʻtishi va yashashi uchun ruxsat olinishiga oid qonunlarida koʻrsatilgan barcha majburiyatlardan ham ozod qilinadilar.
2. Qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolariga konsullik muassasasining xodimlari va oila aʼzolarining maqomlarini tasdiqlovchi shaxsiy guvohnomalar bilan taʼminlaydi.
3. Ushbu moddaning 1-bandining qoidalari yuboruvchi davlatning doimiy xizmatchisi boʻlmagan, qabul qilinuvchi davlatda daromad olish maqsadida xususiy faoliyat koʻrsatayotgan konsullik xizmatchilari, shuningdek ularning oila aʼzolariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
24-modda
Ishlash uchun ruxsat olishdan ozod qilinishi
Ishlash uchun ruxsat olishdan ozod qilinishi
1. Konsullik muassasasi xodimlari yuboruvchi davlat uchun ishlarni bajarish jarayonida qabul qiluvchi davlat chet elliklarni ishga yollashga oid qonunlari bilan oʻrnatilgan ishga olish bilan bogʻliq boʻlgan har qanday majburiyatlardan ozod qilinadilar.
2. Konsullik mansabdor shaxslari va konsullik xizmatchilarining xususiy uy xizmatchilari, agar ular qabul qiluvchi davlatda daromad olish maqsadida hech qanday boshqa faoliyat bilan shugʻullanmasalar, ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan majburiyatlardan ozod qilinadilar.
25-modda
Ijtimoiy taʼminotga doir istisnolar
Ijtimoiy taʼminotga doir istisnolar
1. Qabul qiluvchi davlatda amalda boʻlgan ijtimoiy taʼminotga taalluqli qoidalar konsullik muassasasi xodimlariga va ularning oila aʼzolariga ular yuboruvchi davlat uchun bajaradigan ish borasida taalluqli boʻlmaydi, ushbu moddaning 3-bandida koʻzda tutilgan hollar bundan istisno.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan istisnolar, jumladan faqatgina konsulxona muassasasi xodimlarining xizmatida boʻlgan xususiy uy xizmatchilariga ham taalluqli boʻladi, agar quyidagi shartlar bajarilsa:
a) ular qabul qiluvchi davlat fuqarolari boʻlmasalar va unda doimiy ravishda istiqomat qilmasalar;
b) ularga yuboruvchi davlatda yoki uchinchi davlatda amal qiluvchi ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi qoidalar tegishli boʻlmasa.
3. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan qoidalar taalluqli boʻlmaydigan shaxslarni yollovchi konsulxona muassasasi xodimlari qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiq yollovchilarga yuklatiladigan majburiyatlarni bajarishlari lozim.
4. Ushbu moddaning 1- va 2-bandlarida koʻzda tutilgan istisnolar qabul qiluvchi davlatda ijtimoiy taʼminot tizimida koʻngilli ishtirok etishga, bunday ishtirok etishga bu davlat ruxsat berishi sharti bilan toʻsqinlik qilmaydi.
26-modda
Soliqlarga doir istisnolar
Soliqlarga doir istisnolar
1. Konsullik mansabdor shaxslari va konsulxona xizmatchilari, shuningdek ularning oila aʼzolari barcha shaxsiy va mulkiy, davlat, tuman va munitsipal soliq va bojlardan ozod etiladi, bundan quyidagilar mustasno:
a) tovar va xizmat bahosiga odatda kiritiladigan bilvosita soliqlar;
b) qabul qiluvchi davlat hududida joylashgan xususiy koʻchmas mulkdan undiriladigan yigʻim va soliqlar, 15-moddaning qoidalarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno;
v) qabul qiluvchi davlat tomonidan meros mulkidan undiriladigan soliqlar yoki meros olish bilan bogʻliq bojlar yoki mulkning oʻtishiga soliqlar, 28-modda “b” bandining qoidalarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno;
g) qabul qiluvchi davlatda manbaga ega boʻlgan sarmoyaning foizini oʻz ichiga olgan xususiy daromadlardan undiriladigan soliq va yigʻimlar, shuningdek qabul qiluvchi davlatda joylashgan savdo yoki moliyaviy korxonalardagi sarflangan sarmoyalardan kelib tushgan kirimdan undiriladigan soliqlar;
d) aniq xizmat turlari uchun olinadigan yigʻimlar;
e) roʻyxatga olish, sud va reyestrlar bojlari, ipoteka va gerb yigʻimlari, 15-moddaning qoidalarida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno.
2. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar oʻz ishlari uchun oladigan ish haqidan undiriladigan soliq, yigʻim va bojlardan ozod qilinadilar.
3. Qabul qiluvchi davlatda ish haqi daromad soligʻidan ozod qilinmagan shaxslarni yollagan konsullik muassasasi xodimlari bu davlatning daromad soligʻi solinishini belgilagan qonunlardagi yollovchilarga yuklaydigan majburiyatlarni bajaradilar.
27-modda
Bojxona bojlari va koʻrigidan ozod qilish
Bojxona bojlari va koʻrigidan ozod qilish
1. Qabul qiluvchi davlat oʻz qonunlariga muvofiq quyidagilarni olib kirishga ruxsat beradi hamda saqlash, tashish va shunga oʻxshash xizmatlar uchun yigʻimlardan tashqari barcha bojxona bojlari, soliqlari va bu bilan bogʻliq yigʻimlardan ozod qiladi:
a) konsullik muassasasining rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan buyumlar;
b) konsullik mansabdor shaxsi yoki u bilan birga istiqomat qiluvchi oila aʼzolarining shaxsiy foydalanishi jumladan uylarni jihozlash uchun moʻljallangan buyumlarni. Isteʼmol tovarlarining miqdori tegishli shaxslarning bevosita foydalanishi uchun zarur miqdordan oshmasligi kerak.
2. Konsullik xizmatchilari dastlabki joylashishlari vaqtida olib kirilgan buyumlarga nisbatan ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan imtiyoz va ozod qilishlardan foydalanadilar.
3. Konsullik mansabdor shaxslari va ular bilan birga yashovchi ularning oila aʼzolarining bu shaxslar bilan birga keltirilayotgan shaxsiy yuklari koʻrikdan ozod etiladi. Ushbu moddaning 1-bandi “b” kichik bandida koʻrsatilgan buyumlardan boshqa yoki olib kelish va olib chiqish qabul qiluvchi davlat qonunlarida yoxud uning karantin qoidalarida taqiqlangan narsalar bor deb hisoblashga jiddiy asoslar mavjud boʻlganida u tekshirilishi mumkin. Bunday tekshirish faqatgina tegishli konsullik mansabdor shaxsi yoki uning oila aʼzolari ishtirokida oʻtkazilishi lozim.
28-modda
Konsullik muassasasi xodimlari yoki ularning oila aʼzolarining meros mulki
Konsullik muassasasi xodimlari yoki ularning oila aʼzolarining meros mulki
Konsullik muassasasi xodimi yoki uning oila aʼzosi vafot etgan holda, qabul qiluvchi davlat:
a) vafot etgan shaxsning qabul qiluvchi davlatda sotib olgan va u vafot etgan vaqtda olib ketilishi man qilingan mulkdan tashqari koʻchar mulkini olib ketishga ruxsat beradi;
b) vafot etgan shaxs qabul qiluvchi davlatda konsullik muassasasi xodimi yoki uning oila aʼzosi boʻlganligi sababli, bu davlatda joylashgan merosidan undiriladigan davlat yoki munitsipal soliqlarini va koʻchar mulkiga merosxoʻrlik qilish uchun olinadigan bojlarni undirmaydi.
29-modda
Shaxsiy majburiylikdan ozod etish
Shaxsiy majburiylikdan ozod etish
Qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasi xodimlari va ularning oila aʼzolarini, har qanday shaxsiy majburiylikdan va ijtimoiy majburiyatlardan, ularning qanday mazmunga ega boʻlishidan qatʼi nazar, rekvizitsiya, kontributsiya va harbiy qoʻnoq kabi harbiy majburiylikdan ozod etishi lozim.
30-modda
Konsullik imtiyozlari va immunitetlarning boshlanishi va tugatilishi
Konsullik imtiyozlari va immunitetlarning boshlanishi va tugatilishi
1. Konsullik muassasasining har bir xodimi ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan qabul qiluvchi davlat hududiga kirib oʻz ish joyiga ketayotgan vaqtdan boshlab, yoki u shu davlat hududida boʻlsa, oʻz vazifasini bajarishga kirishgan paytdan boshlab foydalanadi.
2. Konsullik muassasasi xodimining oila aʼzolari va uning shaxsiy uy xizmatchilari ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlardan ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq konsullik muassasasi xodimiga imtiyoz va immunitetlar berilgan muddatdan boshlab yoki ularning qabul qiluvchi davlat hududiga kirib kelish vaqtidan boshlab ular uning oila aʼzolari yoki xususiy uy xizmatchilari hisoblana boshlagan paytdan, bundan nima avvalroq boʻlganligiga qarab, foydalanadilar.
3. Konsullik muassasasi xodimining vazifasi tugaganda, uning imtiyoz va immunitetlari, hamda uning oila aʼzolari yoki shaxsiy uy xizmatchilarining imtiyoz va immunitetlari ham odatda mazkur shaxsning qabul qiluvchi davlatni tark etishi bilanoq toʻxtaydi yoki buning uchun ajratilgan oqilona muddat tugagunga qadar qaysi fursat avvalroq kelishiga qarab, hatto qurolli toʻqnashuv holatida ham ularning imtiyoz va immunitetlari saqlanib qolinadi. Ushbu moddaning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslarning imtiyoz va immunitetlari ular konsullik muassasasi xodimining oila aʼzosi boʻlishdan toʻxtaganlarida yoki shaxsiy xizmatlari boʻshashlari bilan toʻxtatiladi, ammo bunday shaxslar qabul qiluvchi davlatni oqilona muddat ichida tark etishni koʻzlagan boʻlsalar, ularning imtiyoz va immunitetlari joʻnab ketgunlariga qadar saqlanib qoladi.
4. Biroq konsullik mansabdor shaxsi yoki konsullik xizmatchisi tomonidan oʻzining vazifalarini bajarishi jarayonida amalga oshirayotgan harakatlariga nisbatan yurisdiksiyadan immunitet maʼlum bir muddat bilan cheklanmagan holda amal qiladi.
5. Konsullik muassasasi xodimi vafot etgan holda, uning oila aʼzolari berilgan imtiyoz va immunitetlardan qabul qiluvchi davlatdan chiqib ketgunga qadar yoki qabul qiluvchi davlatdan chiqib ketish uchun oqilona muddat oʻtgunga qadar bundan nima avvalroq boʻlganligiga qarab, foydalanishda davom etadilar.
31-modda
Qabul qiluvchi davlat qonunlarini hurmat qilish
Qabul qiluvchi davlat qonunlarini hurmat qilish
1. Imtiyoz va immunitetlardan foydalanuvchi har bir shaxs oʻzining imtiyoz va immunitetlariga ziyon yetkazmasdan qabul qiluvchi davlat qonunlarini hurmat qilishi shart. Shuningdek, u bu davlatning ichki ishlariga aralashmasligi lozim.
2. Konsullik binolaridan konsullik vazifalarini bajarishga toʻgʻri kelmaydigan maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
3. Ushbu moddaning 2-bandidagi qoidalar binoning konsulxona joylashgan qismida konsullik muassasasi foydalanayotgan xonalardan boʻlak ravishda ajratilgan devonxona va boshqa idora yoki tashkilotni joylashtirish ehtimolini inkor qilmaydi. Bu holda bunday devonxonalar ushbu Konvensiyaga muvofiq konsullik muassasasining qismi boʻlib hisoblanmaydi.
4. Konsullik muassasasi xodimlari yoʻl transport vositalari, kema va havo kemasidan foydalanish tufayli uchinchi shaxsga yetkazilishi mumkin boʻlgan zarardan sugʻurta qilish borasidagi qabul qiluvchi davlatning qonunlaridan kelib chiqadigan barcha talablarga rioya qilishlari shart.
5. Konsullik mansabdor shaxslari shaxsiy daromad olish maqsadida qabul qiluvchi davlatda tijorat va kasbiy faoliyat bilan shugʻullanmasligi lozim.
6. Ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan imtiyoz va immunitetlar:
a) qabul qiluvchi davlatda daromad olish maqsadida xususiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi konsullik xizmatchisi yoki xizmat qiluvchi xodimga nisbatan;
b) ushbu bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan shaxsning oila aʼzolari yoki shaxsiy uy xizmatchilariga nisbatan;
v) konsullik muassasasi xodimining daromad olish maqsadida qabul qiluvchi davlatda xususiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi oila aʼzolariga nisbatan berilmaydi.
32-modda
Qabul qiluvchi davlat fuqarolari va unda doimiy yashovchi shaxslar
Qabul qiluvchi davlat fuqarolari va unda doimiy yashovchi shaxslar
1. Agar qabul qiluvchi davlat fuqarosi yoki unda doimiy yashovchi boʻlgan konsullik mansabdor shaxsga qabul qiluvchi davlat qoʻshimcha afzallik, imtiyoz va immunitetlarni taqdim etmasa, ular 21-moddaning 3-bandida nazarda tutilgan oʻzining faoliyatini amalga oshirish chogʻida rasmiy harakatlarga va imtiyozlarga nisbatan yurisdiksiyadan immunitet va shaxsiy daxlsizligidan foydalanadi.
Agar ushbu konsullik mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish, sud ishi qoʻzgʻatilgan boʻlsa, konsullik vazifalarini amalga oshirishda imkon darajasida taʼsir etmasligi lozim, hibsga olish yoki ushlash hollari bundan mustasno.
2. Agar qabul qiluvchi davlat fuqarolari yoki unda doimiy yashovchi boʻlgan konsullik muassasasining boshqa xodimlari, ularning oila aʼzolari va ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan konsullik mansabdor shaxsining oila aʼzolari faqat qabul qiluvchi davlat tomonidan taqdim etilgan darajasidagi afzallik imtiyoz va immunitetlardan foydalanadilar. Qabul qiluvchi davlat fuqarolari yoki unda doimiy yashovchi boʻlgan konsullik muassasasi xodimlarining oila aʼzolari ham qabul qiluvchi davlat tomonidan taqdim etilgan darajasidagi afzallik imtiyoz va immunitetlardan foydalanadilar.
Lekin qabul qiluvchi davlat ushbu shaxslarga nisbatan oʻz yurisdiksiyasini amalga oshirishda konsullik muassasasi vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilmasligi lozim.
33-modda
Konsullik vazifalarini bajarish
Konsullik vazifalarini bajarish
Konsullik vazifalari konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Konvensiyaning qoidalariga muvofiq konsullik vazifalari diplomatik vakolatxonalar tomonidan ham bajariladi.
34-modda
Diplomatik vakolatxonalar tomonidan konsullik vazifalarining bajarilishi
Diplomatik vakolatxonalar tomonidan konsullik vazifalarining bajarilishi
1. Ushbu Konvensiya qoidalari diplomatik vakolatxonalar tomonidan konsullik vazifalari bajarilgan hollarda, vaziyatdan kelib chiqib tatbiq qilinadi.
2. Konsullik vazifalarini bajarish topshirilgan diplomatik vakolatxona xodimlarining ismi va familiyalari qabul qiluvchi davlat Tashqi ishlar vazirligiga yoki ushbu vazirlik tomonidan koʻrsatilgan organga xabar qilinadi.
3. Konsullik vazifalarini bajarish doirasida diplomatik vakolatxona, qabul qiluvchi davlatning ham mahalliy, ham markaziy maʼmuriyatlariga qabul qiluvchi davlat qonunlari va anʼanalari ruxsat bergan darajada murojaat qilishi mumkin.
4. Ushbu moddaning 2-bandida nazarda tutilgan diplomatik vakolatxona xodimlarining imtiyoz va immunitetlari diplomatik aloqalarga tegishli xalqaro huquq normalari bilan belgilanadi.
35-modda
Konsullik vazifalarining konsullik okrugida va tashqarisida, uchinchi davlatda yoki uchinchi davlat nomidan bajarilishi
Konsullik vazifalarining konsullik okrugida va tashqarisida, uchinchi davlatda yoki uchinchi davlat nomidan bajarilishi
1. Konsullik mansabdor shaxsi oʻz konsullik okrugida ushbu Konvensiyada koʻrsatilgan konsullik vazifalarini bajarish huquqiga ega. Konsullik mansabdor shaxsi yuboruvchi davlat tomonidan topshirilgan, qabul qiluvchi davlat qonunlariga zid boʻlmagan yoki qabul qiluvchi davlatning hech qanday eʼtirozi boʻlmagan yoki ushbu harakatlar yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat oʻrtasida harakatdagi xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
2. Konsullik mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlat roziligiga binoan konsullik vazifalarini oʻzining konsullik okrugidan tashqarida ham bajarishi mumkin.
3. Agar qabul qiluvchi davlatning qatʼiy qarshiligi boʻlmasa, yuboruvchi davlat manfaatdor davlatlarni xabardor qilganidan soʻng qabul qiluvchi davlatda ochilgan konsullik muassasasiga uchinchi davlatda konsullik funksiyalarini bajarishni topshirishi mumkin.
4. Agar qabul qiluvchi davlatning eʼtirozi boʻlmasa, yuboruvchi davlat konsullik muassasasi qabul qiluvchi davlatni xabardor qilganidan soʻng ushbu davlatda uchinchi davlat nomidan konsullik vazifalarini bajarishi mumkin.
36-modda
Yuboruvchi davlat, uning fuqarolari va yuridik shaxslarining manfaatlarini himoya qilish
Yuboruvchi davlat, uning fuqarolari va yuridik shaxslarining manfaatlarini himoya qilish
Konsullik mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlatda xalqaro normalar doirasida yuboruvchi davlat, uning fuqarolari va yuridik shaxslari manfaatlarini himoya qiladi.
37-modda
Yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish
Yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish
Konsullik mansabdor shaxs yuboruvchi davlat va qabul qiluvchi davlat oʻrtasidagi savdo, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy, turistik, ekologik, ilmiy-texnikaviy, axborot, madaniy, insonparvarlik, sport va boshqa aloqalarini rivojlantirishga hamda ular oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni boshqa yoʻllar bilan rivojlantirishga koʻmaklashadi.
38-modda
Axborot sohasidagi vazifalari
Axborot sohasidagi vazifalari
Konsullik mansabdor shaxs qabul qiluvchi davlatdagi savdo, iqtisodiy, madaniy va fan sohasidagi rivojlanish va uning sharoitlarini barcha qonuniy yoʻllar bilan aniqlashi, bular toʻgʻrisida yuboruvchi davlat hukumatini xabardor qilishi hamda manfaatdor shaxslarga maʼlumot taqdim etishi mumkin.
39-modda
Pasportlar va vizalar bilan bogʻliq vazifalari
Pasportlar va vizalar bilan bogʻliq vazifalari
Konsullik mansabdor shaxsi yuboruvchi davlat fuqarolariga pasportini yoki boshqa chet el safar hujjatlarini berishi, bekor qilishi, unga oʻzgartirish kiritishi, amal qilishi muddatini uzaytirishi, olib qoʻyish yoki ushlab turishi, shuningdek yuboruvchi davlat hududiga borish uchun vizalarni berishi, amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni bekor qilishi hamda yuboruvchi davlat qonunlariga muvofiq ularga kerakli oʻzgartirishlar kiritishi mumkin.
40-modda
Yuboruvchi davlat fuqarolari bilan aloqalar va ushbu fuqarolarga yordam koʻrsatish va koʻmaklashish
Yuboruvchi davlat fuqarolari bilan aloqalar va ushbu fuqarolarga yordam koʻrsatish va koʻmaklashish
Konsullik mansabdor shaxsi:
a) oʻzining konsullik okrugida yuboruvchi davlat fuqarolari bilan erkin munosabatda boʻlish, ularga maslahatlar berish va har qanday yordam koʻrsatish va koʻmaklashish, shu bilan birga ularga huquqiy yordam koʻrsatish yoki huquqiy yordam koʻrsatish uchun choralar koʻrishi.
Qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlat fuqarolarining konsullik mansabdor shaxs bilan aloqalarini hech qanday yoʻl bilan chegaralamaydi va ularning konsullik muassasasiga kirishlariga toʻsqinlik qilmaydi;
b) qabul qiluvchi davlatda amalda boʻlgan amaliyot va tartibni inobatga olgan holda, yuboruvchi davlat fuqarolari oʻz huquq va manfaatlarini oʻz vaqtida himoya qila olmaganligi va boshqa sabablarga koʻra qabul qiluvchi davlat qonunlariga binoan ushbu fuqarolarning huquq va manfaatlarini chegaralashda oldindan koʻriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni olish maqsadida yuboruvchi davlat fuqarolarining sud yoki boshqa organlar oldidagi vakilligini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrishi.
Shaxs oldidagi vakillik ushbu shaxs oʻzining vakilini tayinlaganidan yoki oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilishni oʻz qoʻliga olganidan soʻng tugatiladi;
v) yuboruvchi davlat fuqarolarining yashash sharoitini yoki ularga insonparvarlik yordamini koʻrsatish maqsadida ularning yashash joylarini aniqlashda hamda bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirib topishda vakolatli organlarga murojaat qilishi mumkin.
41-modda
Yuboruvchi davlat fuqarolarini hibsga olish va ularni ushlash borasidagi vazifalar
Yuboruvchi davlat fuqarolarini hibsga olish va ularni ushlash borasidagi vazifalar
1. Agar yuboruvchi davlatning biron-bir fuqarosi konsullik okrugi hududida hibsga olingan boʻlsa, u holda qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari bu haqda kechiktirmasdan yuboruvchi davlat konsullik muassasasini xabardor qiladi.
2. Yuboruvchi davlatning hibsga olingan fuqarosini ushbu konsullik muassasasi nomiga yoʻllayotgan har qanday murojaati qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari tomonidan kechiktirilmasdan yetkaziladi.
3. Konsullik mansabdor shaxsi yuboruvchi davlatning hibsdagi fuqarosi bilan suhbat oʻtkazish, unga xabarlarni va boshqa pochta joʻnatmalarini topshirish yoki ularni olish hamda uning yuridik vakilligini taʼminlash choralarini amalga oshirish huquqiga ega. Qabul qiluvchi davlat ushbu uchrashuvlarning birinchisiga ruxsatni imkon qadar qisqa muddat ichida beradi.
Keyingi uchrashuvlarga ruxsat qabul qiluvchi davlat qonunchiligi doirasida beriladi.
4. Konsullik mansabdor shaxslari yuboruvchi davlatning fuqarosi nomidan har qanday choralar koʻrishdan, agar mazkur fuqaro konsullik konsulxona mansabdor shaxsining ishtirokida ochiqdan-ochiq bunday harakatlarga eʼtiroz bildirsa, betaraf qoladi.
5. Qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlatning hibsdagi yoki sudga havola qilingan yoki boshqa ish koʻrishga taalluqli boʻlgan fuqarolarini ushbu moddaning qoidalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
6. Ushbu moddada hibsdagi shaxs oʻz ichiga qabul qiluvchi davlat hududida qoʻriqda saqlanayotgan, hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan, shaxs erkinligini chegaralovchi, shu kabi boshqa holatlarni nazarda tutadi.
7. Ushbu moddada bayon qilingan huquqlar, nazarda tutilgan moʻljallangan maqsadlarga toʻliq erishish imkonini bergan taqdirda, qabul qiluvchi davlat qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
42-modda
Notarius vazifalarini bajarish
Notarius vazifalarini bajarish
Agar ushbu harakatlar qabul qiluvchi davlat qonunlariga zid boʻlmasa, konsullik mansabdor shaxsi yuboruvchi davlat qonunlariga tayangan holda notarius vazifalarini bajaradi.
43-modda
Merosga daxldor vazifalar
Merosga daxldor vazifalar
1. Qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari mavjud meros mulki, agar vafot etgan shaxs yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlsa, hamda vafot etgan shaxs fuqaroligidan qatʼi nazar, qoldirilgan mulk merosxoʻri yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlsa, meros mulki, merosxoʻrlar va vasiyatnoma toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumot konsullik mansabdor shaxsiga zudlik bilan xabar qilinadi.
2. Konsullik mansabdor shaxsining qabul qiluvchi davlat hududida merosga daxldor vazifalari qabul qiluvchi davlat qonunlari va xalqaro huquq normalariga muvofiq belgilanadi.
44-modda
Fuqarolik holati masalalariga daxldor vazifalar
Fuqarolik holati masalalariga daxldor vazifalar
1. Konsullik mansabdor shaxsi:
a) yuboruvchi davlat fuqarolarining tugʻilish va oʻlimini qayd etish;
b) shaxslarning nikohlarini qayd etish, agar nikoh ahdini rasmiylashtirayotgan har ikkalasi yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlsa va bu uning qonunlariga zid boʻlmasa;
v) tugʻilish, oʻlim va nikoh tuzish borasidagi hamda yuboruvchi davlat fuqarolarining oilaviy ahvolini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan maʼlumot va hujjatlarni olish huquqiga ega.
2. Agar qabul qiluvchi davlat qonunlari talab qilsa, konsullik mansabdor shaxsi u tomonidan amalga oshirilgan, ushbu moddaning 1-bandi “a”, “b” va “v” kichik bandlarida koʻrsatilgan harakatlar toʻgʻrisida qabul qiluvchi davlat vakolatli organlariga xabar qiladi.
3. Ushbu moddaning 1-bandi “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan holatlar manfaatdor shaxslarning qabul qiluvchi davlat qonunlariga rioya qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
45-modda
Vasiylik va homiylik
Vasiylik va homiylik
1. Qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari tasarrufida tegishli axborot bor boʻlgan taqdirda ular vakolatli konsulxona muassasasini kechiktirmasdan vasiy yoki homiyni tayinlaganda yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlgan voyaga yetmagan yoki layoqati cheklangan shaxs manfaatlariga javob beruvchi har qanday hol haqida xabar qilishlari lozim.
2. Konsullik mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlat vakolatli organlariga vasiylik yoki homiylik tayinlash uchun mos keluvchi shaxs taklifini kiritish huquqiga ega.
46-modda
Sud topshiriqlarini bajarish, sudga taalluqli va boshqa hujjatlarni uzatish
Sud topshiriqlarini bajarish, sudga taalluqli va boshqa hujjatlarni uzatish
Konsullik mansabdor shaxsi konsullik okrugi hududida boʻlgan yuboruvchi davlat fuqarolariga nisbatan sud chaqiruv qogʻozlari va sudga taalluqli boshqa hujjatlarni yetkazish bilan bogʻliq sud topshiriqlarini bajaradi.
Topshiriqlar qabul qiluvchi davlat qonunlari va xalqaro huquq normalariga zid boʻlmagan usul bilan amalga oshiriladi.
47-modda
Yuboruvchi davlat havo kemalariga yordam koʻrsatish
Yuboruvchi davlat havo kemalariga yordam koʻrsatish
1. Konsullik mansabdor shaxsi konsullik okrugi doirasida qabul qiluvchi davlatning aeroportlarida boʻlgan yuboruvchi davlat havo kemalariga tegishli yordam va koʻmak koʻrsatish huquqiga ega.
2. Konsullik mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlat qonunlariga rioya qilgan holda havo kemasi bortiga chiqishi, uning komandiri va ekipaj aʼzolari bilan aloqa oʻrnatish huquqiga ega.
3. Konsullik mansabdor shaxsi qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlariga yuboruvchi davlat havo kemasi hamda uning komandiri, ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilar bilan bogʻliq barcha masalalar yuzasidan oʻz vazifalarini bajarishda murojaat qilishi va ulardan koʻmak soʻrashi mumkin.
48-modda
Komandir va ekipaj aʼzolariga yordam koʻrsatish
Komandir va ekipaj aʼzolariga yordam koʻrsatish
1. Konsullik mansabdor shaxsi konsullik okrugi doirasida qabul qiluvchi davlat qonunlariga zid boʻlmagan darajadagi quyidagi harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega:
a) yuboruvchi davlat havo kemasi bortida sodir boʻlgan har qanday toʻqnashuvlarni har tomonlama tekshirib koʻrish, ushbu toʻqnashuvlar munosabati bilan komandir va ekipajning har qanday aʼzosini soʻroq qilish, parvoz hujjatlarini tekshirish, iltimoslarni qabul qilish, havo kemasining reyslari va uning yetib borish punktlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish, hamda uning parvozi, qoʻnishi va toʻxtab turishini tashkillashtirish bilan bogʻliq boʻlgan yordamlar berish;
b) komandir va ekipaj aʼzolari oʻrtasidagi bahslarni hal qilish;
v) yuboruvchi davlat fuqarolari boʻlgan komandir, ekipaj aʼzolari va yoʻlovchilarga imkon qadar tibbiy xizmat koʻrsatishni taʼminlash va ularni yuboruvchi davlatga qaytish choralarini taʼminlash;
g) yuboruvchi davlat havo kemasi, uning ekipaj aʼzolari, yoʻlovchilari yoki uning yuki xususidagi yuboruvchi davlat qonunlariga muvofiq turli xil arizalarni yoki boshqa hujjatlarni qabul qilish, tuzish, tasdiqlash yoki ularning amal qilish muddatini uzaytirish;
d) yuboruvchi davlat parvoz bilan bogʻliq qonunlariga rioya qilishni taʼminlash maqsadida boshqa choralarni koʻrish.
2. Konsullik mansabdor shaxs qabul qiluvchi davlat qonunlariga rioya qilgan holda, komandir yoki ekipajning har qanday aʼzolariga yordam koʻrsatish maqsadida qabul qiluvchi davlat sudlari yoki boshqa vakolatli organlarida hamrohlik qilish huquqiga ega.
49-modda
Yuboruvchi davlat havo kemasida tergov olib borish yoki majburiy choralar koʻrish hollarida manfaatlarni himoya qilish
Yuboruvchi davlat havo kemasida tergov olib borish yoki majburiy choralar koʻrish hollarida manfaatlarni himoya qilish
1. Agar qabul qiluvchi davlat sudlari yoki boshqa vakolatli organlari yuboruvchi davlat havo kemasida majburiy choralar koʻrish yoki tergov olib borish istagi mavjud boʻlsa, u holda, qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari bu haqda konsullik mansabdor shaxsni koʻrilayotgan ushbu choralarda ishtirok etish imkonini berish maqsadida oldindan xabardor qiladi. Agar konsullik mansabdor shaxsi ushbu choralarni koʻrishda ishtirok etmasa, qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari uning iltimosiga binoan bu haqda uni yozma ravishda xabardor qiladilar. Agar zudlik bilan chora koʻrilishi lozim boʻlgan holat konsullik mansabdor shaxsiga bu toʻgʻrisida oldindan xabar qilish imkonini bermasa, u holda qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari konsullik mansabdor shaxsiga uning iltimosi boʻlmagan taqdirda ham qisqa fursatda ushbu fakt va koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotni yozma ravishda xabar qiladi.
2. Ushbu moddaning 1-bandi qoidalari, shuningdek qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlari yuboruvchi davlat havo kemasi komandiri yoki ekipajning biron bir aʼzosini havo kemasiga taalluqli masalalari yuzasidan sohilga chaqirgan holda ham amal qiladilar.
3. Konsullik mansabdor shaxsi yoki havo kemasi komandiri iltimosi bilan yoki ruxsati boʻlgan hollardan tashqari, qabul qiluvchi davlat sudlari yoki boshqa vakolatli organlari havo kemasining ekipaj aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlari, mehnat munosabatlari, havo kemasi bortidagi intizom va ichki mazmundagi boshqa tartiblarga taalluqli boʻlgan masalalarga havo kemasi bortidagi ichki ishlariga aralashmaydi. Ushbu harakatlarni amalga oshirishda qabul qiluvchi davlatning tinchligi va xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunlar buzilmasligi lozim.
4. Ammo ushbu moddaning qoidalari bojxona koʻrigi, chegara va sanitar nazorati bilan bogʻliq oddiy choralarga yoki qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlarining havo kemasining komandiri iltimosi yo roziligi bilan koʻriladigan boshqa choralariga nisbatan qoʻllanmaydi.
Ushbu modda Ahdlashuvchi Tomonlarning ular oʻrtasida amaldagi koʻp tomonlama va ikki tomonlama shartnomalardan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
50-modda
Yuboruvchi davlat havo kemasi zarar olgan hollarda yordam koʻrsatish
Yuboruvchi davlat havo kemasi zarar olgan hollarda yordam koʻrsatish
1. Agar qabul qiluvchi davlat hududida yuboruvchi davlat havo kemasi halokatga uchraganida yoki boshqa falokat yuz berganida yoki qabul qiluvchi davlat hududida topilgan uchinchi davlat havo kemasi yukining tarkibiy qismi talafot koʻrgan va bu yuk egasi yuboruvchi davlat fuqarosi boʻlsa yoki qabul qiluvchi davlat hukumatiga berilgan boʻlsa, qabul qiluvchi davlat vakolatli organlari konsullik mansabdor shaxsiga ushbu haqida maʼlum qiladilar va havo kemasi yoʻlovchilarini, ekipajini va uning yukini qutqarish borasida qilingan choralar toʻgʻrisida qisqa vaqt ichida xabar beradilar.
2. Konsullik mansabdor shaxs falokatga uchragan yuboruvchi davlat havo kemasiga, uning ekipaj aʼzolariga va yuboruvchi davlat fuqarolari boʻlgan yoʻlovchilarga har qanday yordam koʻrsatishi mumkin. Ushbu maqsadlarda u qabul qiluvchi davlat vakolatli organlariga yordam soʻrab murojaat qilishi mumkin.
3.Agar yuboruvchi davlatga tegishli boʻlgan havo kemasi yoki boshqa narsa halokatga uchrab qabul qiluvchi davlat hududida topilgan boʻlsa va uning komandiri ham, egasi ham va agenti ham mulkni qoʻriqlash yoki uni tasarruf qilish uchun zarur chora koʻrish holatida boʻlmasa, yuboruvchi davlat konsullik mansabdor shaxsi uning egasi koʻrishi mumkin boʻlgan choralarni egasi nomidan bajarishga vakolatli hisoblanadi.
51-modda
Oʻlim toʻgʻrisida xabardor qilish
Oʻlim toʻgʻrisida xabardor qilish
Vakolatli organlar yuboruvchi davlat fuqarosining oʻlimi yuzaga kelgan holatda oʻlim sodir boʻlgan okrug konsullik muassasasini bu haqda zudlik bilan xabardor qiladi.
52-modda
Yuboruvchi davlat kemalariga nisbatan vazifalar
Yuboruvchi davlat kemalariga nisbatan vazifalar
Ushbu Konvensiyaning 47—50-moddalari Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi savdo uchun kemada suzish haqidagi har qanday xalqaro bitimlarga zid boʻlmagan darajada yuboruvchi davlat kemalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
53-modda
Qabul qiluvchi davlat organlari bilan munosabat
Qabul qiluvchi davlat organlari bilan munosabat
Konsullik mansabdor shaxsi oʻz vazifalarini bajarishi jarayonida quyidagilarga murojaat qilishi mumkin:
a) konsullik okrugida joylashgan qabul qiluvchi vakolatli mahalliy organlariga;
b) qabul qiluvchi davlat qonunlari va odatlari yoki tegishli xalqaro shartnomalar ruxsat bergan darajada qabul qiluvchi markaziy organlariga.
54-modda
Konsullik yigʻimlari
Konsullik yigʻimlari
1. Konsullik muassasasi qabul qiluvchi davlat hududida yuboruvchi davlat qonunlarida nazarda tutilgan konsullik yigʻimlarini undirishi mumkin.
2. Ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan toʻplangan pullar va ushbu yigʻimlar olingani toʻgʻrisidagi kvitansiyalar qabul qiluvchi davlatda barcha soliq va yigʻimlardan ozod qilinadi.
3. Qabul qiluvchi davlat konsullik muassasasiga shu yoʻsinda toʻplangan pullarni uning rasmiy bank hisob raqamiga oʻtkazishga ruxsat beradi.
55-modda
Konsullik muassasasi xodimlari vazifalarining toʻxtatilishi
Konsullik muassasasi xodimlari vazifalarining toʻxtatilishi
Konsullik muassasasi xodimi vazifasi quyidagi hollarda toʻxtatiladi, xususan:
a) yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlatga uning vazifalari toʻxtaganligini xabar qilishi bilan;
b) ushbu Konvensiyaning 3-moddasiga muvofiq qabul qiluvchi davlat tomonidan berilgan ekzekvaturaning bekor qilinishi bilan;
v) qabul qiluvchi davlat yuboruvchi davlatga uning konsullik xodimi sifatida qabul qiluvchi davlat hisoblashni toʻxtatgani haqida xabar qilinishi bilan.
56-modda
Qabul qiluvchi davlatdan joʻnab ketish
Qabul qiluvchi davlatdan joʻnab ketish
Qabul qiluvchi davlat qurolli mojaro boʻlgan vaziyatda ham konsullik muassasasi xodimlariga va qabul qiluvchi davlat fuqarosi boʻlmagan uy xodimlariga hamda fuqaroligidan qatʼi nazar, u bilan birga yashayotgan oila aʼzolariga joʻnab ketishga tayyorgarlik koʻrishlari va tegishli xodimlarning vazifalari tugagandan soʻng iloji boricha tezroq chiqib ketishlari uchun zarur boʻlgan vaqt va sharoitni yaratib berishi lozim. Xususan, u lozim boʻlgan taqdirda, ularning ixtiyoriga oʻzlari uchun va qabul qiluvchi davlatda sotib olgan, joʻnab ketishi vaqtida olib ketish taqiqlanmagan mulklari uchun transport vositalari berishi lozim.
57-modda
Konsullik binolari va arxivlarini hamda yuboruvchi davlat manfaatlarini favquloddagi sharoitlarda qoʻriqlash
Konsullik binolari va arxivlarini hamda yuboruvchi davlat manfaatlarini favquloddagi sharoitlarda qoʻriqlash
1. Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi konsullik munosabatlari uzilgan taqdirda:
a) qabul qiluvchi davlat, hatto qurolli ixtilof roʻy bergan taqdirda ham konsullik binosi, shuningdek konsullik muassasasi va konsullik arxivini hurmat qilish va qoʻriqlashi shart;
b) yuboruvchi davlat konsullik binolarini, shuningdek ularda joylashgan mulkni va konsullik arxivini qoʻriqlashni qabul qiluvchi davlatga maʼqul boʻlgan uchinchi davlatga ishonib topshirishi mumkin;
v) yuboruvchi davlat oʻzining manfaatlarini va oʻzining fuqarolari manfaatlarini himoya qilishni qabul qiluvchi davlatga maʼqul boʻlgan uchinchi davlatga ishonib topshirishi mumkin.
2. Konsullik muassasasi vaqtinchalik yoki butunlay yopilgan hollarda ushbu moddaning 1-bandi “a” kichik bandi qoidalari qoʻllaniladi. Bundan tashqari:
a) agar yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlatda diplomatik vakolatxonasiga ega boʻlmasa, lekin bu davlat hududida boshqa konsullik muassasasiga ega boʻlsa ushbu konsullik muassasasiga yopilgan konsullik muassasasini undagi mulki va konsullik arxivi bilan birgalikda qoʻriqlash va qabul qiluvchi davlat roziligi bilan, bu konsullik muassasasi okrugida konsullik vazifalarini bajarishini ishonib topshirilishi mumkin; yoki
b) agar yuboruvchi davlat qabul qiluvchi davlatda diplomatik vakolatxonasiga yoki boshqa konsullik muassasasiga ega boʻlmasa, u holda ushbu moddaning 1-bandi “b” va “v” kichik bandlarining qoidalari qoʻllaniladi.
58-modda
Kuchga kirish va amal qilish muddati
Kuchga kirish va amal qilish muddati
1. Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari almashinganidan soʻng, oʻttizinchi kuni kuchga kiradi.
2. Ushbu Konvensiya belgilanmagan muddatga tuzilgan va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga diplomatik kanallar orqali ushbu Konvensiyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi oʻz qarorini yozma ravishda xabar bergan sanadan uch oy oʻtgach, bekor qilinadi.
3. Tomonlar kelishib olgan, ushbu Konvensiyaga kiritiladigan har qanday oʻzgartishlar notalar almashuvi orqali amalga oshiriladi.
Riga shahrida 2004-yil 7-aprelda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, latish va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Oʻzbek va latish tillaridagi matnlarini talqin qilishda tafovut yuzaga kelsa, rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2006-y., 1-2-son)