Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARIDAN, AJNABIY FUQAROLARDAN VA FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTIShLAR HAMDA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining 31-bandiga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 88-modda; № 8, 191-modda; 1992-yil, 1, 50-modda; № 4, 168-modda; № 9, 337-modda; 1993-yil, № 1, 20-modda; 1994-yil, № 1, 14-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. 3-moddaning 1-bandi quyidagi mazmundagi “x” bandcha bilan toʻldirilsin:
“x) jismoniy shaxs — patent egasining (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan oʻz ishlab chiqarishida foydalanishidan yoki ular litsenziyalar sotishdan, shuningdek litsenziatning sanoat mulki obyektlaridan foydalanishdan olgan daromad summasi, shu jumladan valyuta tushumi, foydalana boshlagan sanadan eʼtiboran:
patent boʻyicha ixtirodan foydalanilsa — 5 yil davomida;
dastlabki patent boʻyicha ixtirodan foydalanilsa — 3 yil davomida;
patent boʻyicha sanoat namunasidan foydalanilsa — 3 yil davomida;
dastlabki patent boʻyicha sanoat namunasidan foydalanilsa — 2 yil davomida;
guvohnoma boʻyicha foydali modeldan foydalanilsa — 2 yil davomida”.
2. 4-modda 1-bandining “b” bandchasidagi “ixtirolar, kashfiyotlar va ularning ilk sanoat nusxalarini” degan soʻzlar “intelektual mulk obyektlarini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 7-moddaning “v” bandchasidagi “shuningdek kashfiyot, ixtiro hamda sanoat namunalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin va “uchun mualliflik haqi summalaridan;” degan soʻzlardan oldin “shuningdek intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
4. 8-moddaning 1-bandida keltirilgan jadval quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“Soliq solinadigan yillik daromad miqdori (soliq solinmaydigan minimum chegirilgan holda) |
Soliq summasi |
| eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobarigacha | daromad summasining 15 foizi |
| eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan (+ 1 soʻm) 60 barobarigacha | eng kam oylik ish haqi miqdorining 24 barobaridan olinadigan soliq + 24 barobaridan ortiq summaning 25 foizi |
| eng kam oylik ish haqi miqdorining60 barobaridan (+ 1 soʻm) 120 barobarigacha | eng kam oylik ish haqi miqdorining 60 barobaridan olinadigan soliq + 60 barobaridan ortiq summaning 35 foizi |
| eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobaridan (+ 1 soʻm) va undan ortiq | eng kam oylik ish haqi miqdorining 120 barobaridan ortiq summaning 45 foizi” |
5. 9-moddaning ikkinchi qismi “ijara haqi” degan soʻzlardan keyin “intellektual mulk obyektlariga beriladigan huquqlarga ega boʻlganlik uchun patent boji, huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazganlik yigʻimlari va huquqlar uchun litsenziya toʻlovlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
6. 13-modda 2-bandining beshinchi xatboshidagi “kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalarining” degan soʻzlar “intellektual mulk obyektlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. Qonun quyidagi mazmundagi 15-1-modda bilan toʻldirilsin:
“15-1-modda. Daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga tuzatish kiritish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibiga tuzatish kiritish huquqiga egadir”.
8. 17-moddaning uchinchi qismi “ijara haqi” degan soʻzlardan keyin “intellektual mulk obyektlariga beriladigan huquqlarga ega boʻlganlik uchun patent boji, huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazganlik yigʻimlari va huquqlar uchun litsenziya toʻlovlari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 23-sentabr,
2020-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 10-son, 254-modda)