OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
BUYRUGʻI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQARO AVIATSIYASI AVIATSIYA XODIMLARINI TASNIFLASH VA GUVOHNOMALAR BERISH AVIATSIYA QOIDALARIGA OʻZGARTISH KIRITISH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 18-martda 1349-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktorining 2025-yil 7-yanvardagi 1-N-sonli ““Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimi guvohnomasini berish” Oʻzbekiston Respublikasining aviatsiya qoidalarini (OʻZR AQ-61) tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3609, 24.02.2025-y.) asosan 2025-yil 25-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni takomillashtirish maqsadida IKAO standartlari va tavsiyalarini inobatga olib buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviatsiya xodimlarini tasniflash va guvohnomalar berish aviatsiya qoidalariga (2004-yil 7-may, roʻyxat raqami 1349) ilovaga* muvofiq oʻzgartish kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻi H. TROBOV
Toshkent sh.,
2008-yil 13-mart,
51-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 12-13-son, 76-modda)