O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIGA OLIB KIRIShDA BOJXONA TO‘LOVLARIDAN OZOD QILINADIGAN TEXNOLOGIK JIHOZLAR, BUTLOVChI BUYuM VA EHTIYOT QISMLAR RO‘YXATIGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 4-martda 1669-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 2-maydagi 52, 46, EG-01/19-2784, 01-02/8-38-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1802, 03.05.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 11-son, 96-modda) 5-bandiga muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2007-yil 30-martdagi 2-5/21, 34, EG-01/10-1702, 01-02/8-10-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar ro‘yxatiga (2007-yil 31-mart, ro‘yxat raqami 1669 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 14-son, 149-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot vaziri B. XO‘JAYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-fevral,
40-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-fevral,
16-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-fevral,
EG-01/19-862-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-fevral,
01-02/8-18-son
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasining 2008-yil 29-fevraldagi 40, 16, EG-01/19-862, 01-02/8-18-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar, butlovchi buyum va ehtiyot qismlar Ro‘yxatiga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-band “TIF TN kodi” grafasidagi “7304 10” va “7306 10” sonlari tegishli ravishda “7304 10 900” va “7306 10 900” sonlari bilan almashtirilsin.
2. Quyidagi mazmundagi 181-band qo‘shilsin:
| 181. | 8422 20 000, 8422 30 000, 8422 40 000, 8422 90 (TIF TN kodi 8422 11 000, 8422 19 000 bo‘lgan jihozlar uchun mo‘ljallangan qismlardan tashqari) | Shishalar yoki boshqa idishlarni yuvish va quritish jihozlari; shishalarni, bankalarni to‘ldirish, tiqinlash, yashik, qop va boshqa idishlarni yopish uchun mo‘ljallangan jihozlar; o‘rash jihozlari ... va ularning qismlari |
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 10-11-son, 65-modda)