Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 05.11.2007 yildagi PQ-724-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TEZ HAMDA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM XIZMATLARINI SANITAR AVTOTRANSPORTI BILAN JIHOZLASH UCHUN KOREYA RESPUBLIKASI HUKUMATINING GRANTIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TA’MINLASH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining tez hamda shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarini sanitar avtotransporti bilan jihozlash uchun berilayotgan Koreya Respublikasi Hukumatining grantidan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga 2007-2008-yillar davrida umumiy summasi 2,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 100 dona sanitar avtotransporti yetkazib berish bo‘yicha grant ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, Koreya Respublikasi Hukumati granti doirasida beriladigan 100 dona sanitar avtotransporti ilovaga* muvofiq taqsimlangan holda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarini jihozlashga yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sanitar avtotransporti ilovaga muvofiq maqsadli taqsimlanishi hamda tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida tegishli ravishda foydalanilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimovga Koreya Respublikasi Hukumatni mazkur grantini olish to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolash vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi zimmasiga grantni olish uchun zarur bo‘lgan barcha tartib-qoidalarni Koreya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish vazifasi yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur loyihani amalga oshirish davrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun tasdiqlangan budjet mablag‘lari doirasida grant mablag‘lari hisobidan olib kelinadigan sanitar avtotransportini hududlarga yetkazib berish, shuningdek unga keyingi texnik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha sarf-xarajatlarni moliyalashtirishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi grant doirasida yetkazib beriladigan sanitar avtotransportini temir yo‘l stansiyalarida yig‘imlar olmagan holda tushirish va saqlash ishlari amalga oshirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Grant doirasida olib kelinadigan sanitar avtotransporti bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatga olishda yig‘imlar va boj haqi to‘lashdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlariga muvofiq, grant mablag‘lari hisobidan olib kelinadigan tovarlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan, aksiz solig‘i va import uchun boj haqi to‘lashdan ozod etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining talabnomalariga ko‘ra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yig‘imi va boshqa yig‘imlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining talabnomalariga ko‘ra, loyihaning xorijiy ishtirokchilariga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek yashash joyida vaqtincha ro‘yxatda turish va uning muddatini uzaytirishni ta’minlasin hamda ular davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 5-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-724-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 11-son, 575-modda; 2009-y., 21-son, 250-modda)