19.01.2008 yildagi 10-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adabiyot va san’at asarlaridan foydalanganlikning ayrim turlari uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asarlar fonogrammada takrorlanganligi, fonogrammalar va audiovizual asarlar nusxalari prokatga berilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tasviriy san’at asarlari takrorlanganligi va dekorativ-amaliy san’at asarlari nusxalari sanoatda ko‘paytirilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki, mazkur qarorga 1—3-ilovalarda nazarda tutilgan mualliflik haqi stavkalari ularda belgilangan asarlardan foydalanish turlari uchun eng kam hisoblanadi. Mualliflik haqining aniq miqdorini, uni to‘lash tartibi va muddatlarini tomonlar asardan foydalanuvchi va uning muallifi, yoxud ushbu asarga huquq egasi, yoxud mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot o‘rtasida shartnoma tuzishda ulardan olingan vakolatlar doirasida belgilaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Adabiyot va san’at asarlari nashr etilganligi, ommaviy ijro etilganligi va ulardan foydalanishning boshqa turlari uchun mualliflik haqi stavkalari to‘g‘risida” 1988-yil 16-noyabrdagi 428-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yil 19-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2008-yil 19-yanvardagi 10-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bo‘lim. Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi stavkalari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Asarlar turi

Bir asar yoki dastur ommaviy ijro etilganligi uchun chiptalar sotishdan tushadigan yalpi yig‘im summasidan foizlardagi mualliflik haqi stavkalari

ko‘p aktli asarlar

bir aktli asarlar

1‎

2‎

3‎

1) Dramatik, musiqali (matnli yoki matnsiz) va musiqali dramatik asarlar, ko‘rsatib o‘tilgan asarlarning tarjimalari, shuningdek konsert, sirk va raqs dasturlari ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi stavkalari.


‎Original dramatik asarlar

1.‎

Nasrdagi 

pyesa:

12‎

5‎

pyesa muallifiga

9‎

3,5‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

she’rda yozilgan pyesa:

pyesa muallifiga

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎
13
10
3

1‎,5
5
3,5

1,5

she’rda yozilgan pyesa:

13‎

4‎

pyesa muallifiga

10‎

3‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎

2.‎

Bolalarga mo‘ljallangan

nasrdagi pyesa:

13‎

4‎

pyesa muallifiga

10‎

3‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎

she’rda yozilgan pyesa:

14‎

4,5‎

pyesa muallifiga

11‎

3,5‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎

3.‎

Qo‘g‘irchoqlar ijrosidagi

nasrdagi pyesa:

13‎

4‎

pyesa muallifiga

10‎

3‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎

she’rda yozilgan pyesa:

14‎

4,5‎

pyesa muallifiga

11‎

3,5‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎


‎Inssenirovkalar

4.‎‎

Mualliflik huquqi bilan himoya qilinmaydigan asarlar inssenirovkalari:

8,5‎

4‎

inssenirovka muallifiga

4‎

2,5‎

adabiy asar tarjimoniga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan adabiy asar tarjimasi inssenirovka qilingan taqdirda)

1,5‎

0,5‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎

5.‎

Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan asarlar inssenirovkasi

10,5 ‎

6

adabiy asar muallifiga

3‎

2‎

inssenirovka muallifiga

3‎

2‎

adabiy asar tarjimoniga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan adabiy asar tarjimasi inssenirovka qilingan taqdirda)

1,5‎

1

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎


‎Tarjima qilingan dramatik asarlar

6.‎

Mualliflik huquqi bilan himoya qilinmaydigan pyesalar tarjimalari

nasrda yozilgan pyesa:

8,5‎

4‎

tarjimonga

4‎

2‎

oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)

1,5‎

1‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎

she’rda yozilgan pyesa:

8‎

4‎

tarjimonga

5‎

3‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎

oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)

1,5‎

6,5

7.‎

Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan pyesalar tarjimalari

2
2,5

nasrda yozilgan pyesa:

12,5‎

pyesa muallifiga

3,5‎

tarjimonga

4,5‎

oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)

1,5‎

1‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎

she’rda yozilgan pyesa:

13‎

8,5‎

pyesa muallifiga

4‎

2,5‎

tarjimonga

6‎

4‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3 ‎

2‎

oraliq tarjima muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)

1,5‎

1‎

8.‎

Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan inssenirovka tarjimasi

12,5 ‎

7,5‎

inssenirovka muallifiga

3‎

2‎

inssenirovka tarjimoniga

3‎

2‎

adabiy asar muallifiga

2‎

1,5‎

adabiy asar tarjimoniga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan tarjima qilingan adabiy asar inssenirovkasi tarjima qilingan taqdirda)

1,5‎

0,5‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1,5‎


‎Musiqali dramatik asarlar

9.‎

Opera

19‎

12‎

kompozitorga

10‎

6‎

libretto muallifiga

5‎

3,5‎

xoreografga

1‎

1,5‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎

10.‎

Libretto tarjima qilinganda opera

19‎

10‎

kompozitorga

8‎

4,5‎

libretto muallifiga

4‎

2‎

libretto tarjimoniga

2‎

1‎

librettoning oraliq tarjimasi muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)

1‎

0,5‎

xoreografga

1‎

1‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎

11.‎

Balet

17‎

10

kompozitorga

7,5‎

4‎

libretto muallifiga

2‎

1‎

xoreografga

4,5‎

4‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎

12.‎

Operetta, musiqali komediya, myuzikl

17‎

8‎

kompozitorga

6‎

3‎

pyesa muallifiga

6‎

3‎

xoreografga

2‎

1‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎

13.‎

Operetta, musiqali komediya, myuzikl matni tarjima qilinganda

18‎

7‎

kompozitorga

5‎

2‎

pyesa muallifiga

5‎

2‎

pyesa tarjimoniga

2,5‎

1‎

pyesaning oraliq tarjimasi muallifiga (mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan oraliq tarjimadan foydalanilgan taqdirda)

1‎

0,5‎

xoreografga

1,5‎

0,5‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1‎

14.‎

Musiqali drama

20‎

11,5

kompozitorga

8‎

5‎

libretto muallifiga

8‎

4‎

xoreografga

1‎

1

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1,5‎

15.‎

Tarjima bilan birga musiqali drama

18‎

9‎

kompozitorga

7‎

3,5‎

libretto muallifiga

5‎

2,5‎

xoreografga

1‎

0,5‎

tarjimonga

2‎

1‎

rassom-ssenografga va kostumlar bo‘yicha rassomga

3‎

1,5‎

16.‎

Dramatik asarga jo‘r bo‘ladigan musiqa

1 (musiqa jo‘rligidagi har bir akt uchun)

T/r

Asarlar turi

Chiptalar sotishdan tushgan yalpi summadan va shartnoma bo‘yicha kafolatlangan to‘lov summasidan, shuningdek bir asar yoki dastur ommaviy ijro etilganligi uchun umumiy daromad summasidan foizlardagi mualliflik haqi stavkalari

1‎

2‎

Konsert, estrada, sirk, raqs dasturlari

17.‎

Simfonik, vokal-simfonik, kamer asarlardan va xalq cholg‘u asboblari uchun asarlardan konsert, xoreografiya konserti

10 (butun dastur uchun)

18.‎

Boshqa asarlardan konsertlar (17-bandda ko‘rsatilgan asarlar bundan mustasno), shu jumladan teatrlashtirilgan, estrada va yangi yil archa tomoshalari, ballar, varyete dasturlari va hokazolar

5 (butun dastur uchun)

19.‎

Sirk dasturi

1 (butun dastur uchun)

20.‎

Sirk dasturida kamida bitta mustaqil bo‘limni egallaydigan pantomima, feyeriya, balet ijrosi uchun

1 (ushbu Nizomning I bo‘limi 19-bandi bo‘yicha hisoblab yozishdan qat’i nazar, har bir bo‘lim uchun)

21.‎

Sirk dasturida kamida bitta mustaqil bo‘limni egallaydigan syujetli attraksion ijrosi uchun

1 (ushbu Nizomning I bo‘limi 19-bandi bo‘yicha hisoblab yozishdan qat’i nazar, har bir bo‘lim uchun)

22.‎

Sirk dasturida jo‘rlik qilish uchun maxsus yozilgan original musiqa, kamida bitta mustaqil bo‘limni egallaydigan pantomima, feyeriya, balet, attraksion ijrosi uchun

0,5 (ushbu dasturlar ijrosi uchun hisoblab yozilganidan qat’i nazar, har bir bo‘lim uchun)

23.‎

Kirish pulli bo‘lgan raqs maydonchalari, diskotekalar, madaniyat markazlari, kinoteatrlar, barlar, kafelar, restoranlar va boshqa jamoat joylarida matnli yoki matnsiz musiqa asarlari ijrosi uchun (asarlar ijrochilar tomonidan ijro etilganda hamda asarlar ovozli yozuvda takrorlanganda)

5 (butun dastur uchun)

24.‎

Kirish pulli bo‘lgan sport musobaqalari, sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, o‘yinli attraksionlar, modalar namoyishlarida, shuningdek ko‘rgazmalar, yarmarkalar, festivallar, tanlovlar, auksionlarda va boshqa jamoat joylarida jo‘rlik sifatida matnli yoki matnsiz musiqa asari uchun

2 (butun dastur uchun)

25.‎

Ketma-ket syujetli teatrlashtirilgan estrada, yangi yil archa tomoshalari:

kirish tomoshabinlar uchun pulli bo‘lganda

5 (butun dastur uchun)

kirish tomoshabinlar uchun bepul bo‘lganda

5 (ijrochilarga to‘lanadigan haq summasidan).

2) Audiovizual asarlar (kino-, tele- va videofilmlar va hokazolar)ni ommaviy nashr etishda (namoyish qilishda) kinoteatrlarda, videosalonlarda va boshqa jamoat joylarida matnli yoki matnsiz musiqa asarlaridan foydalanilganligi, shuningdek audiovizual asarlar efirga uzatilganligi, kabel orqali uzatilganligi uchun mualliflik haqi stavkalari.

26.‎

Audiovizual asarlar (kino-, tele- va videofilmlar va hokazolar) kinoteatrlarda, videosalonlarda va boshqa jamoat joylarida ommaviy ijro etilganda matnli yoki matnsiz musiqa asarlardan foydalanganlik uchun, shuningdek audiovizual asarlar efirga uzatilganligi, kabel orqali uzatilganligi uchun:

a) tomoshabinlar pulli tomosha qilganda (kinoteatrlar, videosalonlar va boshqa jamoat joylarida)

3 (butun asar uchun)

b) tomoshabinlar bepul tomosha qilganda (aeroportlarda, samolyotlarda, vokzallarda, poyezdlarda, do‘konlarda va hokazolarda)

0,5 (to‘lovchi daromadining umumiy summasidan), biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan ortiq emas

v) efirga uzatish yoki kabel orqali uzatish yo‘li bilan audiovizual asardan foydalanganlik uchun

5 (abonentlarda to‘plangan summadan yoki litsenziyada (shartnomada) belgilangan shartnomaviy summa)

3) Kirish tinglovchilar uchun bepul bo‘lganda matnli yoki matnsiz musiqa asarlari, adabiy asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi stavkalari.

27.‎

Kirish tomoshabinlar uchun bepul bo‘lganda matnli yoki matnsiz musiqa asarlari, adabiy asarlar kinoteatrlarda, kafelarda, restoranlarda, barlarda, ko‘rgazmalarda va boshqa jamoat joylarida ijro etilganligi uchun:

a) ijrochilar tomonidan ijro etilganda

7 (ijrochilarga to‘lanadigan haq summasidan yoxud to‘lovchining asosiy faoliyatidan olingan daromad summasidan 0,5)

b) ovozli yozuvda takrorlanganda

0,1 (to‘lovchining asosiy faoliyatidan olingan daromad summasidan)

4) E’lon qilingan adabiyot va san’at asarlaridan efirga uzatish yoki kabel orqali uzatish yo‘li bilan foydalanganlik uchun mualliflik haqi stavkalari

28.‎

E’lon qilingan asarlar efirga uzatilganligi uchun (radio, televideniye)

1 (daromadning umumiy summasidan)

29.‎

E’lon qilingan asarlar kabel orqali uzatilganligi uchun

5 (daromadning umumiy summasidan)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izohlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Reklama, musiqa asarlaridan foydalanganlik uchun tushgan summa, homiylik mablag‘i shaklida tushgan summa, kabel orqali uzatilgan taqdirda esa — shuningdek, abonent to‘lovi ham mualliflik haqini hisoblab yozish uchun ushbu Nizomga tatbiqan efir yoki kabel orqali uzatuvchi tashkilotning daromadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Foydalanuvchining daromadini aniqlash qiyin bo‘lgan hollarda, mualliflik haqi stavkalari mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan foydalanuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida qayd etilgan summada yoki bazaviy hisoblash miqdorida belgilanishi mumki.
(I bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-oktabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bo‘lim. Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi stavkalarini qo‘llash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha mualliflik haqi tomoshabinlar uchun o‘rinlar sonidan va sotilgan kirish chiptalari sonidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha teatr-tomosha korxonalari va tashkilotlari tomonidan, shuningdek adabiyot va san’at asarlarini efirga uzatish yoki kabel orqali uzatish yo‘li bilan ulardan foydalanadigan barcha tashkilotlar tomonidan asarlar va dasturlar ommaviy ijro etilganligi uchun hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha mualliflik haqi asarlar yaratilganligi uchun mualliflik haqidan qat’i nazar, to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan va himoya qilinmaydigan asarlardan (shu jumladan dramatik asarlarga jo‘r bo‘ladigan musiqa) iborat bo‘lgan dasturlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi ushbu Nizomda nazarda tutilgan to‘liq stavka bo‘yicha hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan qismlardan iborat bo‘lgan asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi (ushbu Nizomning I bo‘limi 4—13-bandlari) asarning faqat mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan qismi uchun hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning I bo‘limi 1—16-bandlarida ko‘rsatilgan, hammualliflar tomonidan bitta bo‘linmas bir butun asar sifatida yaratilgan asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi faqat mualliflik huquqi himoya qilinadigan hammualliflarga (ularning huquqiy vorislariga) hisoblab yoziladi. Bunda hisoblab yoziladigan haq miqdori mualliflik haqini hammualliflar o‘rtasida belgilangan stavkaga proporsional tarzda taqsimlashga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mualliflik haqini hisoblab yozishda quyidagilar mualliflik huquqi bilan himoya qilinmaydigan asarlar jumlasiga tegishli bo‘ladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xalq ijodiyoti asarlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) agar merosxo‘rlar bo‘lmasa yoki qonunda belgilangan muddat tamom bo‘lgandan keyin ular mualliflik huquqini yo‘qotgan bo‘lsalar, vafot etgan mualliflarning asarlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xorijiy davlatlar fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va xalqaro shartnomalari bilan himoya qilinmaydigan asarlari;
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qonunchilikka muvofiq boshqa asarlar.
(5-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mualliflik haqi asarlar va dasturlar ijrochilar ijrosida yangrashidan yoki ovozli yozuvda takrorlanishidan qat’i nazar, hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Asar kamida ikki aktga ega bo‘lsa, ko‘p aktli deb e’tirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aktlar soni belgilanmagan asar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining xulosasi bo‘yicha ko‘p aktli asar deb e’tirof etilishi mumkin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agar sahnada aytiladigan matnning kamida yarmi she’r shaklida bayon qilingan bo‘lsa (qofiyalangan, oq yoki erkin she’r), asar she’rda yozilgan deb e’tirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Asardagi aktlar soni va she’riy matn hajmi muallifdan yoki asar ro‘yxatdan o‘tkazilgan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaradigan tashkilotdan olingan ma’lumotlar bo‘yicha, shuningdek ushbu Nizomning II bo‘limi 7-bandi ikkinchi xatboshiga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Spektaklda tanaffuslar (antraktlar) mavjudligi asardagi aktlar sonini aniqlashga ta’sir qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Agar spektakl bir necha bir aktli yoki bir aktli va ko‘p aktli asarlarni o‘z ichiga olsa, haq har bir asar uchun uning uchun belgilangan stavka bo‘yicha alohida hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bir aktli asar butun bir bo‘limni egallagan konsert dasturida ijro etilsa, ushbu asar uchun haq uning uchun belgilangan stavka bo‘yicha hisoblab yoziladi va, bundan tashqari, tegishli konsert dasturi uchun nazarda tutilgan stavkaning yarmi hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar konsertda dasturda butun bir bo‘limni egallagan ko‘p aktli asardan (opera, balet, operetta, pyesadan) bir akt ijro etilsa, ushbu bo‘lim uchun mualliflik haqi aktlar soniga bo‘lingan tegishli ko‘p aktli asar uchun haq stavkasiga teng miqdorda hisoblab yoziladi va, bundan tashqari, tegishli konsert dasturi uchun nazarda tutilgan stavkaning yarmi hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar spektakl ko‘p aktli asarni va konsert dasturini o‘z ichiga olsa, ko‘p aktli asar uchun haq uning uchun belgilangan stavka bo‘yicha hisoblab yoziladi va, bundan tashqari, konsert dasturi uchun nazarda tutilgan stavkaning uchdan bir qismi hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bolalarga mo‘ljallangan pyesa uchun mualliflik haqi stavkalari (ushbu Nizomning I bo‘limi 2-bandi) nafaqat bolalar teatrlari, balki boshqa teatrlar tomonidan ijro etiladigan pyesalarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Boshqa asarlarning, shu jumladan xalq ijodiyoti asarlarining motivlari bo‘yicha yozilgan pyesalar ham inssenirovka qilingan pyesalarga tegishli bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Xalq ertaklari motivlari bo‘yicha yozilgan bolalarga mo‘ljallangan pyesalar asl nusxa asarlarga (pyesalarga) tenglashtiriladi. Adabiy ertaklar motivlari bo‘yicha yozilgan, mualliflik huquqi bilan himoya qilinmaydigan bolalarga mo‘ljallangan pyesalar faqat O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining xulosasi bo‘yicha asl nusxaga tenglashtiriladi. O‘z asarlari motivlari bo‘yicha yozilgan inssenirovkalar haq to‘lash bo‘yicha, agar inssenirovka hammuallifsiz amalga oshirilgan bo‘lsa, asl nusxa asarlarga tenglashtiriladi.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agar asar mualliflar tomonidan qaysi matn asl nusxa ekanligi, qaysi matn tarjima matni ekanligi qayd etilmasdan ikki yoki bir necha tilda yaratilgan bo‘lsa, asar ushbu tillarning har birida asl nusxa deb e’tirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ushbu Nizomning I bo‘limi 1—16-bandlarida nazarda tutilgan mualliflik haqi stavkalari asar konsertda ijro etilgan hollarda ham qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Agar opera, balet yoki operetta librettosi mualliflik huquqi himoya qilinadigan boshqa adabiy asar asosida yozilgan bo‘lsa, ushbu asar muallifiga opera yoki balet ijro etilganligi uchun libretto muallifi uchun belgilangan haq stavkasining to‘rtdan bir qismi va operetta ijro etilganligi uchun uchdan bir qismi miqdorida haq to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar uning asosida libretto yozilgan asar mualliflik huquqi bilan himoya qilinmasa, bunday asar muallifiga berilishi kerak bo‘lgan haq ulushi tarjima muallifiga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Rassom-ssenograflar va kostumlar bo‘yicha rassomlar uchun mualliflik haqi stavkasi ular o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha taqsimlanadi, biroq bunda kostumlar bo‘yicha rassomga stavkaning kamida uchdan bir qismi berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Dramatik spektaklga yozilgan musiqa uchun mualliflik haqi musiqa nomerlari sonidan, shuningdek musiqa ijrochilari tomonidan ijro etilishidan yoki ovozli yozuvda berilishidan (mexanik yozuv) qat’i nazar, musiqa jo‘rligidagi spektaklning har bir akti uchun hisoblab yoziladi. Agar spektaklning alohida aktlari musiqa jo‘rligisiz yoki butunlay mualliflik huquqi bilan himoya qilinmaydigan musiqa jo‘rligida berilsa, ushbu aktlar uchun mualliflik haqi hisoblab yozilmaydi. Agar pyesada va spektaklda aktlar soni o‘rtasida tavofut bo‘lsa musiqa jo‘rligi uchun mualliflik haqi spektakldagi aktlar soni bo‘yicha to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Agar konsert dasturida estrada asarlari bilan birgalikda hech bo‘lmaganda bitta yirik simfonik yoki vokal-simfonik asar (simfoniya, oratoriya, kantata, simfonik poema yoki uvertyura, orkestr bilan instrumental konsert va hokazolar), yoxud yirik shakldagi kamer asar (trio, kvartet, kvintet, sonata), yoxud xalq cholg‘u asboblari uchun ko‘p qismli asar ijro etilsa, bunday konsert dasturi uchun mualliflik haqi ushbu Nizomning I bo‘limi 17-bandida nazarda tutilgan stavka bo‘yicha hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ham simfonik, vokal-simfonik va kichik shakllardagi kamer asarlar, xalq cholg‘u asboblari uchun asarlar, ham boshqa asarlar (adabiy, estrada asarlari va hokazolar) kiradigan yig‘ma konsert dasturi ijro etilishining qolgan barcha hollarida — mualliflik haqi ushbu Nizomning I bo‘limi 18-bandida nazarda tutilgan stavka bo‘yicha hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Agar yangi yil archa tomoshasi dasturiga dramaturgik yoki musiqali-dramaturgik asar kiritilsa, bunday asar uchun mualliflik haqi ushbu Nizomning I bo‘limida dramatik va musiqali-dramatik asarlar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha va ushbu Nizomning II bo‘limi 10-bandida bayon qilingan qoidalarga rioya qilingan holda hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sirkdagi yangi yil archa tomoshalari, agar ular sirk uchun maxsus yozilgan bo‘lsa, to‘lov bo‘yicha pantomimaga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yangi yil archa tomoshalari chiptalari qiymatiga sovg‘alar qiymati kiritilsa, u holda sotilgan chiptalar uchun yalpi tushum summasidan to‘lovni hisoblab chiqishda sovg‘alar qiymati yalpi tushum summasidan chiqarib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu Nizomning I bo‘limi 19-bandida nazarda tutilgan stavka bo‘yicha sirk dasturi uchun mualliflik haqi, agar dastur sirk arenasida ijro etilsa yoki konsert faqat sirk nomerlaridan iborat bo‘lsa hisoblab yoziladi; qolgan barcha hollarda yig‘ma dastur tarkibida sirk chiqishlari uchun ushbu Nizomning I bo‘limi 18-bandida nazarda tutilgan stavka bo‘yicha haq hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qo‘g‘irchoqli spektaklga jo‘r bo‘ladigan musiqa (adabiy matnsiz) va original janrlar ijrochilari (illyuzionistlar, psixoeksperimentatorlar va hokazolar)ning chiqishlari uchun mualliflik haqi butun spektakl uchun yoki mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan musiqa yangraydigan konsertning har bir bo‘limi uchun yalpi tushum summasining 0,6 foizi miqdorida hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adabiy matn jo‘rligidagi original janrlar ijrochilari (illyuzionistlar, psixoeksperimentatorlar va hokazolar)ning chiqishlari uchun adabiy matn muallifiga mualliflik haqi ushbu Nizomning I bo‘limi 18-bandida nazarda tutilgan stavka bo‘yicha hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bo‘lim. Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqini hisoblab yozish va undirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Asarlar ommaviy ijro etilishini amalga oshiradigan yoki tashkil etadigan barcha jismoniy va yuridik shaxslar (mulkchilik shakllaridan qat’i nazar): teatrlar (shu jumladan teatr-studiyalar, havaskorlik jamoalari va teatrlar), konsert va sirk birlashmalari, ijrochi jamoalar, sirklar, madaniyat markazlari, ofitserlar uylari, harbiy ansambllar va orkestrlar, modalar uylari, diskotekalar va raqs maydonchalari, istirohat bog‘lari, bog‘lar, stadionlar, sport va kinokonsert zallari, kinoteatrlar, videosalonlar, barlar, kafelar, restoranlar va umumiy ovqatlanishning boshqa korxonalari, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylari, turistik bazalar, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari, yo‘lovchi tashish transporti tashkilotlari va boshqa korxonalar, shuningdek e’lon qilingan adabiyot va san’at asarlaridan efir yoki kabel eshittirishlari va ko‘rsatuvlarida foydalanadigan boshqa tashkilotlar asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi to‘lovchilar hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 199-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi asar va dastur ijrochilar ijrosida yangrashidan yoki mexanik yozuvda yangrashidan qat’i nazar, kiruvchilar (tomoshabinlar, tinglovchilar) uchun pulli, pulsiz bo‘lgan barcha hollarda to‘lovchi tomonidan hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tomoshabinlar (eshituvchilar)ning kirishi pulli bo‘lganda ijrochilar tomosha ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha yoki bino (maydoncha) ijarasi to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha ijro etishidan qat’i nazar, asarlarning ommaviy ijrosi o‘z ijrochilarining, shuningdek tashqi ijrochilarning kuchi bilan amalga oshiriladigan binolar (maydonchalar)ning egalari mualliflik haqi to‘lovchilar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda mualliflik haqi ushbu Nizomning I bo‘limidagi stavkalar bo‘yicha ushbu summa to‘lovchining kassasiga tushishi yoki tushmasligidan qat’i nazar, chiptalar sotuvidan yalpi tushum summasidan foizlarda hisoblab yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar chiptalar sotuvidan yalpi tushum summasi to‘lovchining (ommaviy ijro etilayotgan binolar (maydonchalar egasining) kassasiga tushmasa, bino (maydoncha) egasi va yalpi tushum summasi tushadigan shaxs ijara shartnomasida o‘z munosabatlarini ushbu Nizomning I bo‘limi stavkalari bo‘yicha hisoblab yozilgan mualliflik haqi summasi keyinchalik mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotga o‘tkazish uchun to‘lovchi (bino, (maydoncha) egasi)ning tasarrufida qoladigan tarzda tuzishlari shart. Bunda yalpi tushum summasi o‘ziga tushadigan shaxs to‘lovchiga yalpi tushum summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart va ularning ishonchliligi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Musiqa ansambllari birlashmalari, konsert-estrada birlashmalari o‘z faoliyati zonasida joylashgan har xil maydonchalarda shartnomalar bo‘yicha ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqini o‘zi joylashgan joy bo‘yicha markazlashtirilgan tartibda to‘laydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kirish tomoshabinlar (tinglovchilar) uchun bepul bo‘lganda quyidagilar mualliflik haqini to‘lovchilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ijrochilarning ijro etishi to‘g‘risida buyurtmachi bilan shartnoma tuzgan shaxs, — shartnomada nazarda tutilgan summadan, agar ushbu summa shartnoma tuzgan shaxsga tushsa, va to‘lov ijrochilarga ushbu shaxs tomonidan to‘lanadi. Bunda shartnoma bo‘yicha summa yalpi tushumga tenglashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ijrolarning buyurtmachisi — ijrochilarning chiqishi to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan summadan, agar ushbu summa ijrochilarga bevosita ijrolarning buyurtmachisi tomonidan to‘lansa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ommaviy tadbirlar o‘tkazish tashkilotchisi — ijrochilarga haq to‘lash uchun nazarda tutilgan summadan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ommaviy ijro tomoshabinlardan (tinglovchilardan) alohida to‘lov undirilmasdan amalga oshiriladigan binoga (maydonchalarga) pulli kirishda (kinoteatrlar foyesi, kafe va restoranlar, istirohat bog‘lari, bog‘lar va stadionlardagi ochiq maydonchalar va hokazolar) quyidagilar mualliflik haqini to‘lovchilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bino (maydonchalar) egasi, agar ijrochilarga haq bevosita bino (maydonchalar) egasi tomonidan to‘lansa, — ijrochilarga haq to‘lash summasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ijrochilarning rahbari, agar ijrochilarga haq ushbu shaxs tomonidan to‘lansa, — ijrochilarning chiqishi to‘g‘risidagi shartnomada nazarda tutilgan summadan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mualliflardan olingan vakolatlar doirasida ish ko‘ruvchi nomidan o‘zi vakillik qilayotgan shaxslarning huquqlarini va qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini himoya qilish uchun da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘lgan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot amaldagi qonunchilikka muvofiq asarlar ommaviy ijro etilishiga ruxsatnoma berish, mualliflik haqi hisoblab yozilishi va to‘lanishi masalalari bo‘yicha mualliflar (ularning huquqiy vorislari)ning vakili hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Asarlardan barcha foydalanuvchilar muallif (mualliflar) yoxud mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan asarlardan foydalanish uchun litsenziya shartnomalari tuzishlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. To‘lovchi (foydalanuvchi):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) o‘zi foydalanadigan asarlarning aniq hisobini yuritishga va mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotga uning talabi bo‘yicha amalda ijro etilgan asarlar, mualliflar (shu jumladan musiqa, matn va tarjima mualliflari), yig‘im summasi (kirish pulli bo‘lganida), daromadlar summasi, shartnoma summalari yoki ijrochilarning chiqishlari uchun to‘lov summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) mulkiy huquqlarni jamoaviy asosida boshqaruvchi tashkilotning zarur tarzda vakolat berilgan vakiliga (keyingi o‘rinlarda “inspektor” deb yuritiladi) to‘lanishi kerak bo‘lgan mualliflik haqi summasi hisob-kitobini tekshirish, shuningdek ko‘rib chiqish uchun asarlar ommaviy ijro etilganligi uchun mualliflik haqi bo‘yicha hisob-kitoblar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlarni taqdim etishga; mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotning inspektorini nazorat tartibida eshitish (ko‘rish) uchun o‘zi o‘tkazayotgan tadbirlarga bepul qo‘yishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot tomonidan belgilangan to‘lov muddatlariga (har oyda, har chorakda) muvofiq asarlardan foydalanilganligi uchun mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotga to‘lov ajratmalarini o‘tkazishga majburdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mualliflarga yoxud ularning merosxo‘rlariga nazarda tutilgan to‘lovni to‘plash, taqsimlash va to‘lash mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. To‘lov bevosita mualliflarga yoxud ularning merosxo‘rlariga to‘lanadi, bunda to‘lovning boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarning bank hisob raqamlariga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Asarlarni noqonuniy ommaviy ijro etish, shuningdek haq to‘lash muddatlarining buzilishi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka olib keladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2008-yil 19-yanvardagi 10-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asarlar fonogrammada takrorlanganligi, fonogrammalar va audiovizual asarlar nusxalari prokatga berilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
(ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bo‘lim. Fonogrammalarni qayta ko‘paytirganlik, audiovizual asarlarni qayta ko‘paytirganlik uchun, fonogrammalar va audiovizual asarlar nusxalarini prokatga topshirganlik uchun mualliflik haqi stavkalari
(1-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r‎ Asarlardan foydalanish turi‎ Mualliflik haqi stavkalari (foizlarda)‎
1.‎ Fonogramma asarlarini sanoat usulida tayyorlashda ularni qayta ko‘paytirish‎ Fonogrammaning qayta ko‘paytirilgan har bir nusxasini sotish narxining 8 foizi (ovoz yozish manbaida yozilgan asarlar sonidan qat’i nazar)‎
2.‎ Yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha fonogrammalarning yagona nusxalarini tayyorlash‎ Fonogrammalarning yagona nusxalarini prokatga topshirishdan olingan daromadning 8 foizi ‎
3.‎ Yakka tartibdagi buyurtma bo‘yicha audiovizual asarlar (kino-, videofilmlar, videodasturlar)ning yagona nusxalarini tayyorlash‎ Audiovizual asarlarning yagona nusxalarini tayyorlashdan olingan daromadning 8 foizi‎
4.‎ Fonogrammalar nusxalarini prokatga topshirish‎ Fonogrammalar nusxalarini prokatga topshirishdan olingan daromadning 8 foizi‎
5.‎ Audiovizual asarlar (kino-, videofilmlar, videodasturlar)ni prokatga topshirish‎ Audiovizual asarning prokatga topshirilgan har bir nusxasi uchun olingan daromadning 5 foizi*
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Mexanik qurilmalar yordamida qayta ko‘paytirish imkonini beradigan ovozni har qanday shaklda (gramplastinkalarda, magnitofon tasmalarida, lazerli disklarda, kompakt-kassetalarda, kompakt-disklarda, videokassetalarda va shu kabilarda) qayta aks ettirish fonogramma asarini qayta ko‘paytirish hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayyorlovchi tomonidan fonogramma nusxalari sotiladigan narx sotish narxi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi buyurtmachi (mijoz)dan olingan summa daromad hisoblanadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bo‘lim. Fonogramma asarlarini qayta ko‘paytirganlik, audiovizual asarlarni qayta ko‘paytirganlik uchun, fonogrammalar va audiovizual asarlar nusxalarini prokatga topshirganlik uchun mualliflik haqini hisoblab yozish va undirish tartibi
(2-bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan mualliflik haqi stavkalari eng kam stavkalar hisoblanadi va ular agar foydalanuvchi bilan muallif, uning huquqiy vorisi yoxud muallif va mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot o‘rtasidagi shartnomada boshqacha hol belgilanmagan bo‘lsa, ulardan olingan vakolatlar doirasida qo‘llaniladi va mualliflik haqi miqdori manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi nizo mavzusi hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar mualliflik haqini to‘lovchilar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
himoya qilinadigan va/yoki himoya qilinmaydigan fonogramma (fonogrammalarni tayyorlovchilar) ularni tarqatish maqsadida qayta ishlab chiqarish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi buyurtmalar bo‘yicha audiovizual asarlar yoki fonogrammalarning yagona nusxalarini tayyorlovchilar;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fonogrammalar va/yoki audiovizual asarlar (kino-, videofilmlar, videodasturlar) nusxalarini prokatga topshiruvchilar.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 12-son, 130-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Nomidan o‘zi vakillik qilayotgan shaxslarning huquqlarini va qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlarini himoya qilish uchun da’vo qo‘zg‘atish huquqiga ega bo‘lgan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot mualliflarning yoxud ular merosxo‘rlarining fonogramma asarlarini qayta ko‘paytirishga ruxsatnomalar berish, fonogrammalar va audiovizual asarlar nusxalarini prokatga topshirish, mualliflik haqini qonunchilikka muvofiq hisoblab yozish va yig‘ish masalalari bo‘yicha vakili hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mualliflik haqini to‘lovchilar mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotdan asarlardan tegishli ravishda foydalanishga ruxsatnoma (litsenziya) olishi, foydalanilgan asarlarning aniq hisobini yuritishi hamda mualliflik haqi bo‘yicha hisob-kitoblar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlar va hisob raqamlarini tekshirish uchun vakolatli inspektorga zarur tartibda taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
To‘lovchilar ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi uchun javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Asarlardan noqonuniy foydalanish (fonogramma asarlarini qayta ko‘paytirish, fonogrammalarni va audiovizual asarlar nusxalarini prokatga topshirish), shuningdek haqni to‘lash muddatlarining buzilishi amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka olib keladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2008-yil 19-yanvardagi 10-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tasviriy san’at asarlari takrorlanganligi va dekorativ-amaliy san’at asarlari nusxalari sanoatda ko‘paytirilganligi uchun mualliflik haqining eng kam stavkalari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bo‘lim. Tasviriy san’at asarlari takrorlanganligi va dekorativ-amaliy san’at asarlari nusxalari sanoatda ko‘paytirilganligi uchun mualliflik haqi stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r‎ Tasviriy san’at asarlarining turi‎ Buyumning har bir nusxasini sotish narxiga nisbatan foizlardagi mualliflik haqi stavkalari‎
1.‎ Kam nusxada ko‘paytirilgan haykaltaroshlik asarlari‎
50 nusxagacha‎ 5‎
51 nusxadan 200 nusxagacha‎ 3‎
ko‘p nusxada ko‘paytirish:‎
200 nusxadan ortiq‎ 2‎
2.‎ Tasviriy san’at asarlari, shu jumladan sanoat buyumlaridagi surat (sovg‘alarda, attorlik, to‘qimachilik va trikotaj buyumlarida va shu kabilarda)‎ 0,5‎
3.‎ Dekorativ-amaliy san’at asarlari:‎
a) dekorativ-amaliy utilitar maqsaddagi asarlar (servizlar, polga qo‘yiladigan vazalar, lagan (tovoq)lar, kosalar, yoritgichlar, idishlar, koshinlar, kiyim ilgichlar, ko‘zgular va shu kabilar)‎ 4‎
b) kichik va oddiy utilitar dekorativ va sovg‘a buyumlari, kichik attorlik buyumlari (shu jumladan ko‘krak nishonlari, medallar, plaketkalar, breloklar va shu kabilar)‎ 4‎
v) utilitar maqsaddagi, dekorativ-amaliy tusga ega bo‘lgan buyumlar (g‘iloflar, qutilar, dekorativ kosmetika flakonlari va shu kabilar)‎ 1‎
g) to‘quvchilik buyumlari (dasturxonlar, choyshablar, sochiqlar va shu kabilar)‎ 7‎
d) gazlamalar‎ 2 (bir pogon metrning sotish narxidan)‎
e) trikotaj, to‘qima kiyimlar, to‘rlar, choklab tikilgan buyumlar, poyabzallar* 5‎
j) mebel* 1‎
z) o‘yinchoqlar‎ 4‎
i) bezaklar, shu jumladan zargarlik buyumlari:‎
qimmatbaho bo‘lmagan materiallardan‎ 1
qimmatbaho materiallardan‎ 0,05‎
k) gulqog‘ozlar, kleyonkalar va shu kabilar‎ 1 (parchasining, pogon metrining sotish narxidan)‎
l) gilam buyumlari:‎
mashinada to‘qilgani‎ 1‎
qo‘lda to‘qilgani‎ 4‎
m) to‘qimachilik attorlik buyumlari‎ 7‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Kichik plastik va miniatura haykaltaroshlik asarlarini ko‘paytirganlik uchun haykaltaroshlik asarlarini qayta ko‘paytirganlik uchun belgilangan stavkalar qo‘llanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bo‘lim. Tasviriy san’at asarlarini qayta ko‘paytirganlik va dekorativ-amaliy san’at asarlaridan sanoatda nusxa ko‘paytirganlik uchun mualliflik haqi stavkalarini qo‘llanish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tasviriy san’at asarlarini qayta ko‘paytirganlik va dekorativ-amaliy san’at asarlaridan sanoatda nusxa ko‘paytirganlik uchun mualliflik haqi asarlarni yaratganlik uchun mualliflik haqidan tashqari to‘lanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta ko‘paytirish va sanoatda ulardan nusxa ko‘paytirish maqsadida tasviriy va dekorativ-amaliy san’at asarlari yaratganlik uchun mualliflik haqi miqdori tomonlarning kelishuvi bo‘yicha belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan mualliflik haqi stavkalari eng kam stavkalar hisoblanadi va ular agar to‘lovchi bilan muallif, uning huquqiy vorisi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnomada o‘zgacha hol belgilanmagan bo‘lsa, ulardan olingan vakolatlar doirasida qo‘llaniladi va mualliflik haqi manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi nizo mavzusi hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qayta ko‘paytirish yoki sanoatda nusxa ko‘paytirish uchun tasviriy yoki dekorativ-amaliy san’at asari namunasini xizmat topshirig‘ini bajarish tartibida yaratgan muallifga bunday asarni qayta ko‘paytirganlik yoki undan nusxa ko‘paytirganlik uchun mualliflik haqi, agar muallif bilan ish beruvchi o‘rtasidagi shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Nizomda nazarda tutilgan normalar bo‘yicha to‘lanadi. Tasviriy (dekorativ-amaliy) san’at asarini qayta ko‘paytirishni (undan nusxa ko‘paytirishni) amalga oshirgan yuridik yoki jismoniy shaxs mualliflik haqini to‘lovchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha to‘lovchilar asarlarni qayta ko‘paytirish (ulardan nusxa ko‘paytirish)ga mualliflardan, ularning huquqiy vorislaridan yoxud mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotdan ruxsatnoma (litsenziya) olishi, ularning aniq hisobini yuritishi va zarur tarzda vakolat berilgan inspektorga uning talabiga ko‘ra bunday asarlarni qayta ko‘paytirish (ulardan nusxa ko‘paytirish) to‘g‘risidagi barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizomning I bo‘limida nazarda tutilgan stavkalar bo‘yicha mualliflik haqi miqdori to‘lovchi tomonidan sotish uchun topshiriladigan buyumning har bir nusxasining sotish narxidan foizlarda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Asarning muallifi buyumning tannarxi bo‘yicha haq to‘lagan holda uning nusxa ko‘paytiriladigan bitta namunasini olish huquqiga ega, qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan tayyorlangan buyumlar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muallif metrlab o‘lchanadigan materiallar (gazlamalar, kleyonkalar va shu kabilar) namunalarini ularni ko‘rgazmada namoyish qilish uchun zarur miqdorda, ko‘rgazma shartlariga muvofiq sotib olishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 3-4-son, 12-modda; 2011-y., 36-son, 367-modda; 2012-y., 12-son, 130-modda; 2013-y., 38-son, 491-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/199/2729-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.10.2025-y., 09/25/662/0964-son)