OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
QARORI
SOLIQ MASLAHATChISI MALAKA SERTIFIKATINI OLISh UChUN MALAKA IMTIHONLARINI TAShKIL ETISh VA OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 17-dekabrda 1749-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022-yil 4-noyabrdagi 59-son va Davlat soliq qoʻmitasining 2022-yil 27-oktabrdagi 2022-34-sonli ““Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1749-4, 08.11.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 20-martdagi 55-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 12-son, 111-modda.) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
108-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 17-dekabr,
2007-63-son
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining
2007-yil 17-dekabrdagi 108, 2007-63-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 17-dekabrdagi 108, 2007-63-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi “Soliq maslahati sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 55-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 12-son, 111-modda) muvofiq soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Malaka imtihoni soliq maslahatini berish faoliyatini amalga oshirish uchun soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olishga daʼvogar boʻlgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — daʼvogarlar deb yuritiladi) bilimlarini tekshirish vositasi hisoblanadi.
2. Malaka imtihonini topshirishga mazkur Nizom bilan belgilanadigan malaka talablariga javob beradigan daʼvogarlar qoʻyiladi.
II. Malaka talablari
3. Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olishga daʼvogar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
b) soliq maslahatchilarini tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini oʻtagan boʻlishi;
v) oliy taʼlim muassasasini tamomlaganidan keyin kamida besh yil ish stajiga, shu jumladan, kamida ikki yil iqtisodiy yoki yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajiga ega boʻlishi.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 18, 2012-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1749-2, 06.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 107-modda)
4. Soliq maslahatchilarini tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kursini belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan davlat va nodavlat taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Moliya vazirligi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv Dasturi asosida amalga oshiradilar.
III. Malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
5. Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olishga daʼvogar Moliya vazirligiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur Nizomning 1-ilovasidagi shaklga muvofiq malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish toʻgʻrisida arizani taqdim etadi:
a) toʻldirilgan anketa (mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq);
b) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoxud vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning ekvivalentligini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi guvohnomasi (nusxalar olinadi, asllari qaytariladi);
(5-bandining “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 22-fevraldagi 31, 2018-10-sonli (roʻyxat raqami 1749-3, 27.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/1749-3/0827-son)
v) mehnat daftarchasi (nusxa olinadi, asli qaytariladi) yoki ish joyida tasdiqlangan nusxasi;
(5-bandining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 22-fevraldagi 31, 2018-10-sonli (roʻyxat raqami 1749-3, 27.02.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/1749-3/0827-son)
g) 3 x 4 oʻlchamida ikki dona rangli fotosurat (soʻnggi 12 oy mobaynida qilingan);
d) Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda akreditatsiyadan oʻtgan taʼlim muassasasida soliq maslahatchilarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini oʻtaganligi toʻgʻrisidagi hujjatning asl nusxasi yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi (agar oʻqish tugagan sanadan boshlab hujjatlarni topshirish sanasiga qadar uch yildan koʻp vaqt oʻtmagan boʻlsa, u haqiqiy deb topiladi). Agar dasturning ayrim boʻlimlari turli taʼlim muassasalarida oʻrganilgan boʻlsa, u holda tegishli oʻquvlarni oʻtaganligi toʻgʻrisida hujjatlarning asl nusxalari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari taqdim etiladi;
(5-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 18, 2012-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1749-2, 06.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 107-modda)
e) malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati.
j) pasport yoki uni oʻrnini bosuvchi hujjat nusxasi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 18, 2012-10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 1749-2, 06.03.2012-y.) asosan “j” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 107-modda)
Koʻrsatilgan hujjatlar bir nusxada, imzolangan holda oʻzi tomonidan yoki yetkazilganligi toʻgʻrisida xabar qilgan holda buyurtma xat bilan taqdim etiladi.
IV. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish tartibi
6. Moliya vazirligi ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
7. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda Moliya vazirligi malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganlar roʻyxatini imtihon komissiyasiga taqdim etadi.
8. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilganlar daʼvogarlar malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida u oʻtkazilishidan kamida oʻn kun oldin yozma ravishda xabardor qilinadi.
9. Moliya vazirligi tegishlicha rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim qilinganda, shuningdek, daʼvogar mazkur Nizomning 3-bandida bayon etilgan malaka talablariga muvofiq kelmasa, daʼvogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etishga haqlidir.
10. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Moliya vazirligi qaror qabul qilingan sanadan boshlab, uch ish kunidan kechiktirmay rad etish asoslarini koʻrsatgan holda qabul qilingan qaror toʻgʻrisida daʼvogarni xabardor qiladi va taqdim etilgan hujjatlarni qaytaradi.
Daʼvogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan taqdirda, daʼvogar faqat rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgandan soʻng, ariza bilan qayta murojaat qilishga haqlidir.
11. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgandan soʻng daʼvogar bir yil ichida qayta murojaat etsa malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun toʻlov qayta toʻlamaydi.
V. Imtihon komissiyasi
12. Malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun Moliya vazirligi tomonidan imtihon komissiyasi tashkil etiladi. Imtihon komissiyasi rais, rais oʻrinbosari, kotib va kamida beshta aʼzodan iborat boʻladi.
Imtihon komissiyasi tarkibiga Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi ishchilari va zaruriyat boʻlgan taqdirda soliq maslahatini berish sohasi mutaxassislari kiritiladi.
13. Imtihon komissiyasi nizomi, uning shaxsiy tarkibi va ish yuritish reglamenti Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Imtihon komissiyasi imtihon komissiyasi 50 foizi ishtirok etgan tarkibda va rais yoki rais oʻrinbosarining majburiy ishtirokida malaka imtihonlarini oʻtkazishga haqlidir.
14. Imtihon komissiyasining ishlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar imtihon komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va uning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
VI. Malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
15. Malaka imtihoni guruhlar shakllanganda, ammo chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Daʼvogarlar soni 10 dan ortsa, guruh shakllangan deb hisoblanadi.
16. Imtihon oʻtkazish joyi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Imtihon oʻtkaziladigan xona (auditoriya) daʼvogarlar soniga mos joylar soni va tegishli sharoitlar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
17. Malaka imtihoni uch astronomik soat ichida yozma shaklda test oʻtkazish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
18. Imtihon testlari savollari soliq maslahatchilarini tayyorlash boʻyicha maxsus oʻqitish kurslarining tasdiqlangan dasturlari asosida ishlab chiqiladi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Testlar mazmuni qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda davriy qayta koʻrib chiqiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
19. Malaka imtihoni paytida daʼvogarlarga beriladigan imtihon materiallari quyidagilardan iborat:
imtihon kartochkasi;
imtihon moduli;
javoblar bukleti.
20. Imtihon kartochkasi daʼvogarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, uning identifikatsiya raqami (IR) hamda imtihon oʻtkazilish qoidalarini oʻz ichiga oladi. Daʼvogarning ismi, familiyasi, otasining ismi faqatgina imtihon kartochkasida ifodalanadi, boshqa imtihon materiallarida (imtihon moduli va javoblar bukletida) daʼvogarning identifikatsiya raqami (IR) koʻrsatiladi.
21. Imtihon modullarida test savollari koʻrsatiladi. Imtihon modullari 60 ta test savollaridan iborat boʻladi, jumladan:
yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish — 25;
buxgalteriya hisobi va hisoboti — 15;
soliq huquqi, iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish va soliq maslahati berishning huquqiy asoslari — 20.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 18, 2012-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1749-2, 06.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 107-modda)
22. Imtihon moduli va javoblar bukleti bitta tartib raqam ostida raqamlanadi.
23. Daʼvogarlarni roʻyxatga olish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin boshlanadi va 10 daqiqa oldin tugatiladi.
24. Daʼvogarlar malaka imtihonini topshirishga pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat taqdim etilganda ruxsat beriladi. Daʼvogar oʻzini roʻyxatga olinganligini malaka imtihonini topshirish uchun hozir boʻlgan daʼvogarlarning roʻyxatga olish roʻyxatiga imzo qoʻygan holda tasdiqlaydi.
25. Pasporti yoki uning oʻrnini bosadigan hujjati boʻlmagan yoxud malaka imtihoniga kechikkan daʼvogarlar malaka imtihoniga kelmagan deb hisoblanadilar va navbatdagi malaka imtihonini topshirishga ruxsat etilgan shaxslar roʻyxatiga oʻtkaziladi.
26. Roʻyxatga olish tugagandan soʻng daʼvogarlar (imtihon rasmiy boshlanishga qadar 10 daqiqa oldin) imtihon xonasiga taklif etiladilar.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 18, 2012-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1749-2, 06.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 107-modda)
27. Begona shaxslarga va kuzatuvchilarga malaka imtihonida qatnashishga ruxsat berilmaydi.
28. Malaka imtihoni boshlanishidan oldin imtihon komissiyasi raisi yoki rais oʻrinbosari malaka imtihonini oʻtkazish tartibi va testlarni toʻldirish tartibi toʻgʻrisida daʼvogarlarni xabardor etadi.
29. Malaka imtihoni komissiyasi raisi yoki rais oʻrinbosari imtihon komissiyasi aʼzolarining va daʼvogarlarning ishtirokida testlar boʻlgan maxsus muhrlangan paketni ochadi.
30. Imtihon modullari va javob bukletlari daʼvogarlarga imtihon boshlanishidan oldin tarqatiladi.
31. Imtihon moduli va javob bukletida daʼvogar oʻz qoʻli bilan oʻzining identifikatsiya raqamini (IR) qoʻyib chiqishi shart.
32. Test savollariga javoblar daʼvogar tomonidan javoblar bukletiga yoziladi.
33. Malaka imtihoni vaqtida normativ-huquqiy hujjatlardan, maʼlumot va maxsus adabiyotdan foydalanish, soʻzlashuvlar oʻtkazish, texnik vositalardan foydalanish taqiqlanadi, arifmetik kalkulyatorlar bundan mustasno.
34. Daʼvogarlar tomonidan malaka imtihonini oʻtkazish qoidalarini buzish hollari bayonnomada qayd etiladi.
35. Malaka imtihonini oʻtkazishga ajratilgan vaqt tugashi bilan daʼvogarlar imtihon komissiyasiga quyidagilarni topshirishlari shart:
a) imtihon kartochkasi, imtihon oʻtkazish qoidalari daʼvogar tomonidan imzolangan holda;
b) imtihon moduli;
v) toʻldirilgan javoblar bukleti.
36. Mazkur Nizom talablarini buzgan daʼvogarlar malaka imtihonini topshirmagan deb hisoblanadilar va ular tomonidan toʻldirilgan testlardagi javoblar baholanmaydi.
37. Imtihon kartochkalari malaka imtihoni tugagach, konvertga solinib muhrlanadi. Imtihon modullari va javob bukletlari toʻliq tekshirilguniga va malaka imtihoni natijalari baholangunga qadar alohida saqlanadi.
38. Javoblarning toʻgʻriligini tekshirish va baholash identifikatsiya raqami (IR) boʻyicha javob bukletlari asosida imtihon komissiyasi aʼzolari tomonidan amalga oshiriladi.
39. Soliq maslahatchisi sertifikatini olish uchun daʼvogar boʻlimlar boʻyicha kamida quyidagi miqdordagi savollarga toʻgʻri javob berishi lozim:
yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish — 15;
buxgalteriya hisobi va hisoboti — 9;
soliq huquqi, iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish va soliq maslahati berishning huquqiy asoslari — 12.
Bunda test natijalarini ijobiy deb eʼtirof etish uchun asos boʻlib hisoblanadigan toʻgʻri javoblar miqdori imtihon testlaridagi mavjud savollar umumiy miqdorining kamida 75 foizini tashkil etishi kerak.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 18, 2012-10-sonli qarori (roʻyxat raqami 1749-2, 06.03.2012-y.) tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 10-son, 107-modda)
40. Imtihon javoblarining toʻgʻriligi va baholash natijalari imtihon komissiyasi tomonidan tegishli bayonnomada identifikatsiya raqami (IR) va modul nomeri koʻrsatilgan holda aks ettiriladi.
41. Mazkur Nizomning 40-bandidagi bayonnomaning rasmiylashtirishi bilan imtihon komissiyasi aʼzolarining biri imtihon kartochkalari paketini ochadi va identifikatsiya raqami orqali imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan, hamda malaka imtihonidan oʻtmagan daʼvogarlarni aniqlaydi.
42. Malaka imtihonining natijalari imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan keyin uch ish kuni ichida Moliya vazirligiga beriladi.
Malaka imtihonining natijalari imtihon komissiyasi tomonidan oʻtkazilgandan soʻng uch ish kunidan kechikmasdan eʼlon qilinadi.
43. Imtihon komissiyasining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
imtihon komissiyasi tarkibi;
imtihonni oʻtkazish joyi, sanasi, vaqti (boshlanishi va tugashi);
toʻplangan ballar miqdorini koʻrsatgan holda malaka imtihonida qatnashgan daʼvogarlar roʻyxati;
malaka imtihoniga kelmagan daʼvogarlar roʻyxati;
malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan daʼvogarlar roʻyxati;
malaka imtihonini topshirmagan daʼvogarlar roʻyxati;
aniqlangan eʼtirozlar va tartibbuzarliklar.
44. Daʼvogarlar tomonidan toʻldirilgan javob bukletlari, shuningdek, imtihon komissiyasi bayonnomalari Moliya vazirligida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
45. Malaka imtihonini topshirmagan daʼvogarlarga malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun toʻlov qaytarilmaydi.
46. Malaka imtihonini topshirmagan daʼvogar malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish uchun toʻlov toʻlash sharti bilan qonunchilikda belgilangan tartibda malaka sertifikatini olish uchun hujjatlarni qayta taqdim etishga haqli.
47. Agar daʼvogar Moliya vazirligiga hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab olti oy ichida malaka imtihonini topshirish uchun kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar daʼvogarga qaytariladi. Hujjatlarni qayta topshirish mazkur Nizomning III bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
VII. Apellatsiyalarni koʻrib chiqish
48. Malaka imtihoni natijalari boʻyicha ularga nisbatan salbiy qaror qabul qilingan daʼvogarlar malaka imtihoni natijalari eʼlon qilingan sanadan boshlab 30 kalendar kuni ichida Moliya vazirligiga apellatsiya qilish huquqiga egadirlar. Apellatsiya arizasi yozma shaklda taqdim etiladi.
49. Apellatsiya arizasi Moliya vazirligi buyrugʻi bilan tuziladigan Apellatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
50. Apellatsiya komissiyasi bir hafta muddatda topshirilgan arizani koʻrib chiqadi va apellatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
imtihon komissiyasi qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
imtihon komissiyasi qarorini bekor qilish va malaka imtihonini qayta topshirish sanasini belgilash.
51. Imtihon komissiyasi qarorini oʻzgarishsiz qoldirish yoki apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror agar:
apellatsiya mazkur Nizom talablarini buzgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
apellatsiyada keltirilgan dalillar tasdiqlanmasa, qabul qilinadi.
52. Imtihon komissiyasi qarorini bekor qilish va malaka imtihonini qayta topshirish sanasini belgilash toʻgʻrisida qaror malaka imtihoni mazkur Nizom talablarini buzgan holda oʻtkazilgan taqdirda qabul qilinadi.
53. Malaka imtihonini qayta topshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Moliya vazirligi malaka imtihonini topshirmagan deb topilgan daʼvogar uchun qayta imtihon kunini belgilaydi.
Agar ilgari malaka imtihonini topshirmagan deb topilgan daʼvogar malaka imtihonini qayta topshirish natijalari boʻyicha imtihonni topshirgan deb hisoblangan taqdirda unga malaka sertifikati umumiy asoslarda beriladi.
54. Qayta apellatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
| |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi |
|
| |
| Soliq maslahatchisining malaka sertifikatini olish uchun menga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishingizni soʻrayman. Arizaga ilova qilinadi: 1. 2. 3. v. b. 20__ yil “__”___________ Shaxsiy imzo _____________ | |
Soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
| | | | | |
|
ANKETA |
Fotosurat uchun | |||
| 1. | Familiyasi | __________________________ | ||
| | Ismi | __________________________ | ||
| | Otasining ismi | __________________________ | ||
| | | | | |
| 2. | Tugʻilgan vaq�i: | __________________________ | | |
| | |
(sana, oy, yil raqamlarda yoziladi) |
| |
| 3. | STIR | __________________________ | | |
| 4. | Pasport seriyasi | __________________ № ___________________ | ||
| | Berilgan vaqti | __________________________ | | |
| | Kim tomonidan berilgan | ________________________________________ | ||
| 5. | Maʼlumoti: | ________________________________________ | ||
| | |
(oʻquv muassasasi) | ||
| | Fakulteti | ________________________________________ | ||
| | Bitirgan yili |
______________ |
Diplom № |
____________ |
| | Diplom boʻyicha malaka | ________________________________________ | ||
|
6. |
Qoʻshimcha maʼlumot | ________________________________________ | ||
| | | |
(oʻquv muassasasi) | |
| | Fakulteti | ________________________________________ | ||
| | Bitirgan yili |
____________ |
Diplom / sertifikat № |
____________ |
| | Diplom boʻyicha malaka | ________________________________________ | ||
| | 2)___________________________________________________ | |||
| |
(oʻquv muassasasi) | |||
| | Fakulteti | _____________________________________ | ||
| | Bitirgan yili | ____________ | Diplom / sertifikat № | ____________ |
| | Diplom boʻyicha malaka | ________________________________________ | ||
| 7. | Ish staji toʻgʻrisida maʼlumot: | |||
| № | Davrlar | Ish joyi | Lavozimi | |
| joylashishi | boʻshab ketishi | |||
| 1. | | | | |
| 2. | | | | |
| 3. | | | | |
| 4. | | | | |
| 5. | | | | |
| ... | | | | |
8. |
Uy manzili |
________________________________________ | ||
| |
______________________________________________________________ | |||
| 9. | Aloqa telefoni: | ____________ |
Faks: |
____________ |
| | | (kod, raqam) | | (kod, raqam) |
| | Uy telefoni: | ____________ | | ____________ |
| | |
(kod) |
|
(raqam) |
| | Elektron pochta adresi ___________________________________________ | |||
| 10. | Anketa toʻldirilgan sana “____” _____________ 20___ y. | |||
| | Shaxsiy imzo | _______________________ | ||
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 50-51-son, 530-modda; 2008-y., 39-son, 405-modda; 2012-y., 10-son, 107-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/1749-3/0827-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)