Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2017 20.02.1997 yildagi 79-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.12.2017
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoyishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

 LexUZ sharhi
Mazkur farmoyish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi 1030-sonli “O‘zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining ““O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qarorini bajarish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Aholiga kinovideoxizmati ko‘rsatish qoidalari” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Aholiga kinovideoxizmati ko‘rsatish qoidalari”ga amal qilinishini ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 20-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79-f-son

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-fevraldagi 79-f-son farmoyishiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholiga kinovideoxizmati ko‘rsatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoidalari

1. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 12-iyuldagi 247-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qoidalar aholiga kinovideoxizmati ko‘rsatuvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar — Kinovideotomosha muassasalari va ushbu xizmat iste’molchilari — kinotomoshabinlar o‘rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mulkchilik shaklidan va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, belgilangan tartibda kinovideofaoliyati bilan shug‘ullanuvchi yoki kinovideo xizmatini amalga oshiruvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Yuridik va jismoniy shaxslar Vazirlar Mahkamasining 215-son qarorida belgilangan kinovideofaoliyati turlari bilan “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar asosida shug‘ullanishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faqat O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qaroriga muvofiq respublika hududiga keltirilgan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan va belgilangan nusxadagi ijara berish ruxsatnomasiga ega bo‘lgan kinovideofilmlar ko‘paytirilishi, tarjima qilinishi, sotilishi, namoyish etilishi, ijaraga berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Badiiy, ilmiy-ommabop, o‘quv, multiplikatsion kinovideofilmlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga davlat ijara ruxsatnomasi berish va Davlat ro‘yxat daftarini olib borishni “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kinovideofilmlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish, ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga davlat ijara ruxsatnomasini berish “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. KINOVIDEOTOMOShA MUASSASALARINING MAJBURIYATLARI VA ISh TARTIBLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kinovideotomosha muassasalari o‘z nomi, ish tartibi, yuridik manzili yozilgan ko‘rsatkichga ega bo‘lishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kinovideotomosha muassasalari tomoshabinlarga mazkur qoidalar bilan tanishish imkoniyatini yaratishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Kinovideotomosha muassasalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— kinovideofilmlarning sifatli namoyish etilishini, texnik jihatdan yuqori darajada jihozlanilishini, tomoshabinlar uchun barcha qulayliklarni, xizmat ko‘rsatish xavfsizligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— kinovideotomosha muassasalari va unga yondosh hududlarda yong‘in xavfsizligi, sanitariya holatiga rioya etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— namoyish etilayotgan va namoyish etilishi rejalashtirilgan filmlar haqidagi ma’lumotni — uning suratga olingan vaqti, studiyasi, mualliflari va bosh rollar ijrochilari hamda filmning qaysi yoshdagi tomoshabinga mo‘ljallanganligi, chiptalar bahosi, tomosha zali rejasi, namoyishlarning boshlanish vaqti, davomiyligi, tomoshabinlarga qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish turlari va ularning narxlari, ayrim toifadagi tomoshabinlarga beriladigan imtiyozlar, bolalar uchun namoyish etish rejasi, narxlarni arzonlashtirish tartibi va boshqa ma’lumotlar bilan tanishtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— tomoshabinlarga nisbatan xushmuomala va e’tiborli bo‘lishni ta’minlashlari kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Kinovideotomosha muassasalari tomoshabinlarga film namoyish etilishidan oldin qo‘shimcha xizmatlarni — musiqiy tomoshalar va artistlarning chiqishi, kinojurnallar namoyishini uyushtirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kinovideotomosha muassasalarida badiiy, xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, multiplikatsion kinovideofilmlar “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi tomonidan belgilangan daraja ko‘rsatkichiga muvofiq narxlardagi chiptalar tarqatish yo‘li bilan namoyish etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Namoyish etish dasturidagi film nusxasi ishdan chiqqan yoki yo‘qolgan holda boshqa kinovideofilm bilan almashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Dasturda rejalashtirilgan kinovideofilm tomoshabinlar soni kamida olti kishidan iborat bo‘lsa namoyish etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Chiptalarni sotish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— chiptada — kinovideotomosha muassasasi nomi, chipta bahosi, o‘rindiq raqami, namoyish kuni va vaqti ko‘rsatilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— kassalar, namoyish etish boshlanishidan kechi bilan 30 daqiqa oldin ish boshlaydi, chiptalarni avvaldan sotish esa bir hafta ilgari boshlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— tomoshabinlar va kinovideotomosha muassasalari o‘rtasida hisob-kitob so‘mda, naqd va pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— chipta sotilgan vaqt kinovideoxizmati to‘g‘risida shartnoma tuzilgan vaqt hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— kundalik namoyishlar (oddiy yoki uzaytirilgan dastur)ga chiptalarni sotish kinojurnal namoyish etilgach to‘xtatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Ikkinchi jahon urushi nogironlari, qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES fojiasi oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlar (“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish haqida”gi Qonunga asosan), “Kinematografiya a’lochisi” nishoniga sazovor bo‘lganlar, O‘zbekiston Respublikasining Qahramonlari navbatsiz chipta sotib olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tomoshabinlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— kinozalga chiptalar asosida namoyishdan 30 daqiqa avval kiritila boshlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— namoyishga kech qolganlar kinojurnal yoki uzaytirilgan kinovideodasturdan keyingi tanaffus paytida zalga kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— chiptada ko‘rsatilgan joyga o‘tirishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kinojurnal va asosiy kinovideofilm o‘rtasida tanaffus bo‘lishi kerak. Kinovideotomosha muassasasi huzuridagi bufet kinovideofilmga uchinchi qo‘ng‘iroq chalinganda yopiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar kinovideozalga namoyishi eng kechi bilan soat 21.30 da tamom bo‘ladigan seanslarga kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— bolalar seansiga 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar maxsus mo‘ljallangan chiptalarni sotib oladilar. Kattalar esa bunday chiptalarni belgilangan miqdorda sotib olishlari mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— katta yoshdagi tomoshabin maktabgacha yoshdagi bir nafar bolani tomosha zaliga bepul olib kirishi mumkin, bunda bolaga alohida joy belgilanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— o‘n olti yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar shu yoshdagi tomoshabinga taqiqlangan filmlarga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. O‘zbekiston Respublikasining “Aholiga kinovideoxizmati ko‘rsatish qoidalari” talablariga rioya etilishini nazorat qilish, kinovideoxizmati ko‘rsatish ishlarini tashkil etish “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasining kinovideoxizmati hududiy organlari, hokimiyat ijroiya organlari va boshqa tegishli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. KINOTOMOShABINLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Tomoshabin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— kinovideoxizmatining barcha turlaridan erkin foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— kinovideotomosha muassasasi va ko‘rsatilayotgan kinovideoxizmati turlari haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— namoyish bekor qilinganda, film o‘zgartirilganda yoki kinovideotomosha muassasi aybi bilan film sifatsiz namoyish etilganda, shuningdek, kinovideofilmning ko‘rigida yosh bo‘yicha cheklanish haqidagi ma’lumot to‘liq berilmaganda, yoxud boshqa sabablar bilan namoyishga kirishdan bosh tortsa chipta bahosi qiymatini qaytib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— kinovideotomosha muassasasidan kinovideo faoliyatiga tegishli litsenziyani va kinofilmga berilgan davlat ijara ruxsatnomasini talab qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tomoshabin Kinovideotomosha muassasasi ish faoliyatining qoidalariga rioya qilishi, muassasa jihozlari va mebelini asrab-avaylashi, jamoat tartibiga rioya qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Jamoat tartibini buzgan yoki muassasa mulkiga zarar yetkazgan tomoshabinni kinovideotomosha ma’muriyati namoyish zaliga kiritmaslikka yoki zaldan chiqarib yuborishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Muassasa mulkiga zarar yetkazgan tomoshabin qonunlarda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tomoshabin chiptani seans oxirigacha saqlab qolishi va nazoratchi yoki ma’muriyat talabi bilan ko‘rsatishi lozim.