Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida
1. Quyidagilar:
Rossiya Federatsiyasidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan migrant ishchilar va Oʻzbekiston Respublikasidagi Rossiya Federatsiyasi fuqarolari boʻlgan migrant ishchilarning mehnat faoliyati va ularning huquqlarini himoya qilish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 2007-yil 4-iyulda Toshkent shahrida imzolangan Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 2007-yil 4-iyulda Toshkent shahrida imzolangan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda hamkorlik qilish haqidagi Bitim;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 2007-yil 4-iyulda Toshkent shahrida imzolangan readmissiya haqidagi Bitim tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida readmissiya toʻgʻrisidagi Bitimni amalga oshirish uchun vakolatli organlar etib belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirliklar hamda idoralar rahbarlari mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan soʻng belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 31-oktabr,
PQ-719-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 44-son, 445-modda)