OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUGʻI
AKTUARIY MALAKA SERTIFIKATINI BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 10-oktabrda 1725-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 11-maydagi 28-sonli ““Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1725-3, 24.05.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 13-iyuldagi 101-sonli (roʻyxat raqami 1725-1, 17.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 717-modda)
1. Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-sentabr,
82-son
Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-son “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq aktuariy malaka sertifikatini berish, amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatish va bekor qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 13-iyuldagi 101-sonli (roʻyxat raqami 1725-1, 17.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 717-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Aktuariy malaka sertifikati — jismoniy shaxsga, agar u aktuar tashkilot shtatida boʻlsa yoki u bilan aktuar tashkilot oʻrtasida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan boʻlsa, aktuar xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi hujjat.
2. Aktuariy malaka sertifikati daʼvogar tomonidan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan beriladi. Malaka imtihonini topshirishga mazkur Nizom bilan belgilangan malaka talablariga javob beradigan daʼvogarlar qoʻyiladi.
3. Aktuariy malaka sertifikatini berish, amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish uchun, shuningdek uning dublikatini berish uchun daʼvogar mazkur Nizomda belgilangan miqdorlarda yigʻim toʻlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrsatilgan mablagʻlar Moliya vazirligining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi va malaka imtihonlarini oʻtkazish, aktuariy malaka sertifikatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi.
(3-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 13-iyuldagi 101-sonli (roʻyxat raqami 1725-1, 17.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 717-modda)
II. Malaka talablari
4. Aktuariy malaka sertifikatini olish uchun daʼvogar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq oliy taʼlim yoʻnalishlari va ixtisosliklaridan biri boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalarida olingan hamda qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy maʼlumotga ekvivalent deb tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlish yoxud Oʻzbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda (qonun hujjatlariga muvofiq nostrifikatsiyadan oʻtgan taqdirda) olingan fizika-matematika yoki iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlish;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 14-sonli (roʻyxat raqami 1725-2, 27.02.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/1725-2/0822-son)
b) soʻnggi oʻn yil ichida kamida 5 yil sugʻurta, matematika, statistika, informatizatsiya sohalarida ish amaliyoti (shu jumladan oʻrindoshlik asosida) yoki shu sohalarda dars berish stajiga ega boʻlish.
III. Aktuariy malaka sertifikatini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
5. Aktuariy malaka sertifikatini olishga daʼvogar Moliya vazirligiga mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda topshiradi:
a) mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq toʻldirilgan anketa;
b) oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom yoxud fizika-matematika, iqtisodiyot fanlari boʻyicha ilmiy daraja olganligi toʻgʻrisidagi hujjat (nusxasi olinib, asli qaytariladi), yoxud oliy maʼlumot yoki ilmiy daraja toʻgʻrisidagi xorijiy hujjatning ekvivalentligini tan olish toʻgʻrisidagi vakolatli davlat organi guvohnomasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 14-sonli (roʻyxat raqami 1725-2, 27.02.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/1725-2/0822-son)
v) mehnat daftarchasidan notarial tasdiqlangan koʻchirma (oʻrindoshlik boʻyicha ish staji mavjud boʻlgan taqdirda bu haqida mehnat daftarchasiga qayd qilingan holda);
g) toʻrtta fotosurat (3 x 4);
d) aktuariy malaka sertifikatini berish uchun tegishli yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati.
Koʻrsatilgan hujjatlar bitta nusxadan taqdim qilinadi.
IV. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilish tartibi
6. Moliya vazirligi ariza kelib tushgan kundan boshlab 10 kunlik muddatda daʼvogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Moliya vazirligi daʼvogarni 3 kunlik muddatda rad etish uchun asoslarni koʻrsatgan holda qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganda Moliya vazirligi malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan daʼvogarlarning roʻyxatlarini imtihon komissiyasiga topshiradi.
7. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan daʼvogarlar malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida u oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qilinadi.
8. Moliya vazirligi daʼvogar tomonidan tegishlicha rasmiylashtirilmagan hujjatlar taqdim qilinishi, shuningdek, daʼvogarning mazkur Nizomning 4-bandida bayon etilgan malaka talablariga muvofiq kelmasligi sababiga koʻra daʼvogarga malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etishga haqlidir.
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan daʼvogar, Moliya vazirligi tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyingina, ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin.
V. Imtihon komissiyasi
9. Malaka imtihonlarini tashkillashtirish va oʻtkazish uchun Moliya vazirligi tomonidan imtihon komissiyasi tashkil qilinadi. Imtihon komissiyasi rais, rais oʻrinbosari, kotib va kamida uch aʼzodan iborat.
Imtihon komissiyasi tarkibiga Moliya vazirligi xodimlari va zaruratga koʻra aktuar hisob-kitoblar va sugʻurta sohalaridagi mutaxassislar kiritiladi.
10. Imtihon komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom, uning shaxsiy tarkibi va ish reglamenti Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Imtihon komissiyasi uchdan ikki qismi ishtirok etgan tarkibda va rais yoki rais oʻrinbosarining majburiy ishtirokida malaka imtihonini oʻtkazishga haqlidir.
11. Imtihon komissiyasi ishi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imtihon komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi va barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi.
VI. Malaka imtihonini oʻtkazish tartibi
12. Daʼvogarlar pasport yoki ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etgan taqdirda malaka imtihonini topshirish uchun ruxsat beriladi. Yonida pasport yoki ularning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat boʻlmagan yoki malaka imtihoniga kechikkan daʼvogarlar imtihonga kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonini topshirishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxatiga kiritiladi.
13. Malaka imtihoni kamida uch kishidan iborat guruhning shakllanishiga koʻra, lekin kamida uch oyda bir marta oʻtkaziladi. Malaka imtihonini oʻtkazish sanasini Moliya vazirligi belgilaydi.
14. Malaka imtihoni ikki bosqichda oʻtkaziladi:
test sinovi (3 akademik soat davomida yozma shaklda). Uning natijasiga koʻra daʼvogarga yozma-ogʻzaki imtihonni topshirish uchun ruxsat beriladi;
imtihon biletlari boʻyicha yozma-ogʻzaki imtihon (masalalarni yechish va ogʻzaki javobga tayyorlanish uchun 3 akademik soat beriladi).
Malaka imtihonining ikkala bosqichini bir kun davomida oʻtkazishga ijozat berilmaydi.
15. Test va imtihon biletlari Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Imtihon komissiyasi raisining imzosi qoʻyilmagan test blanklari va imtihon biletlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Testlar va imtihon biletlari mazmuni qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni hisobga olgan holda davriy ravishda qayta koʻrib chiqiladi.
16. Malaka imtihonini oʻtkazishga ajratilgan vaqt ichida daʼvogarlar imtihon komissiyasiga test, imtihon biletlari va javoblarni topshirishlari shart. Ushbu talablarni buzgan daʼvogarlar malaka imtihonini topshirmagan hisoblanadi.
17. Imtihon testlari quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 40 nazariy savollardan iborat:
a) aktuar matematika (10 savol);
b) statistika va ehtimollar nazariyasi (10 savol);
v) sugʻurta ishi va tavakkalchilik nazariyasi (10 savol);
g) investitsiya faoliyati va moliyani boshqarish (10 savol).
Har bitta toʻgʻri javob uchun bir ball beriladi.
Test sinovlari natijalarini ijobiy deb eʼtirof etish uchun asos boʻladigan toʻplangan ballar yigʻindisi 30 dan kam boʻlmasligi kerak.
Test sinovlari natijalari salbiy deb eʼtirof etilganda (30 balldan kam toʻplangan ball) daʼvogar yozma-ogʻzaki imtihonni topshirishga qoʻyilmaydi.
18. Imtihon bileti quyidagi taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha 4 nazariy savol va amaliy masalalardan iborat:
a) aktuar matematika;
b) statistika va ehtimollar nazariyasi;
v) sugʻurta ishi va tavakkalchilik nazariyasi;
g) investitsiya faoliyati va moliyani boshqarish.
Imtihon bileti savollarining har biri boʻyicha javoblar (masalalarni yechish bilan birga) besh ballik tizim boʻyicha baholanadi.
Imtihon bileti boʻyicha kamida 15 ball olgan daʼvogarlar malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.
19. Malaka imtihoni oʻtkazilayotgan vaqtda qonun hujjatlari va yoʻriqnomaviy materiallardan, maʼlumotnomalardan va maxsus adabiyotlardan foydalanish, boshqa daʼvogarlar bilan gaplashish, shuningdek, aloqa vositalaridan foydalanish man qilinadi. Ushbu talablarni buzgan daʼvogarlar auditoriyadan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonini topshirmagan deb hisoblanadi.
Malaka imtihonida begona shaxslar va kuzatuvchilarning ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi.
20. Malaka imtihoni natijalari imtihon komissiyasi tomonidan u oʻtkazilgandan soʻng ikki kundan kechiktirilmagan holda eʼlon qilinadi.
Malaka imtihoni natijalari imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan soʻng 3 kunlik muddat ichida Moliya vazirligiga topshiriladi.
Imtihon komissiyasi bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
imtihon komissiyasi tarkibi;
malaka imtihonining birinchi bosqichida ishtirok etgan daʼvogarlar va toʻplagan ballari koʻrsatilgan roʻyxati;
malaka imtihonining birinchi bosqichiga kelmagan daʼvogarlar roʻyxati;
malaka imtihonining ikkinchi bosqichida ishtirok etish uchun ruxsat berilgan daʼvogarlar roʻyxati;
malaka imtihonining ikkinchi bosqichida ishtirok etgan daʼvogarlar va toʻplagan ballari koʻrsatilgan roʻyxati;
malaka imtihonining ikkinchi bosqichiga kelmagan daʼvogarlar roʻyxati;
malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan daʼvogarlar roʻyxati;
malaka imtihonini topshira olmagan daʼvogarlar roʻyxati.
21. Malaka imtihonini topshirish boʻyicha yozma ishlar (testlar, biletlar va ularga javoblar), shuningdek, imtihon komissiyasining bayonnomalari Moliya vazirligida belgilangan tartibda saqlanadi.
22. Malaka imtihonini topshira olmagan daʼvogar malaka sertifikatini olish uchun yigʻimni toʻlash sharti bilan, malaka sertifikatini olish uchun hujjatlarni belgilangan tartibda qayta taqdim etishga haqlidir.
Malaka imtihonini topshira olmagan daʼvogarlarga yigʻim qaytarilmaydi.
VII. Apellatsiyalarni koʻrib chiqish
23. Malaka imtihoni natijalariga koʻra ularga nisbatan salbiy qaror chiqarilgan daʼvogarlar malaka imtihoni natijalari eʼlon qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kun mobaynida Moliya vazirligiga apellatsiya berish huquqiga egadir. Apellatsiya yozma shaklda taqdim etiladi.
24. Moliya vazirligi bir haftalik muddat ichida berilgan apellatsiyani koʻrib chiqadi va apellatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
imtihon komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish;
imtihon komissiyasining qarorini bekor qilish va malaka imtihonini qaytadan topshirish toʻgʻrisida.
25. Imtihon komissiyasining qarorini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
apellatsiya mazkur Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan boʻlsa;
apellatsiyada keltirilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmasa.
26. Imtihon komissiyasining qarorini bekor qilish va qayta malaka imtihonini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror malaka imtihoni mazkur Nizom talablari buzilgan holda oʻtkazilgan taqdirda qabul qilinadi.
27. Malaka imtihonini qaytadan topshirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan taqdirda Moliya vazirligi malaka imtihonini topshira olmagan deb topilgan daʼvogar uchun qayta imtihon topshirish kunini belgilaydi.
Agar dastlab malaka imtihonini topshira olmagan deb topilgan daʼvogar qaytadan malaka imtihonini topshirish natijalariga koʻra malaka imtihonini topshirgan deb eʼtirof etilsa, unga umumiy asoslarda aktuariy malaka sertifikati beriladi.
28. Qayta apellatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
VIII. Aktuariy malaka sertifikatini berish, amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish va dublikat berish tartibi
29. Aktuariy malaka sertifikati mazkur Nizomning 4-ilovasidagi shaklga muvofiq sertifikatning maxsus blankida rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yuridik kuchga ega boʻladi.
Aktuariy malaka sertifikati blanklari hisobga olish seriyasi, raqami va himoya darajasiga ega boʻlgan qatʼiy hisobotdagi hujjatlar hisoblanadi va Moliya vazirligi buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosma usulda tayyorlanadi.
Aktuariy malaka sertifikati 5 yil muddatga beriladi.
Aktuariy malaka sertifikatini berish uchun daʼvogar tomonidan toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yigʻim toʻlanadi.
30. Aktuariy malaka sertifikati Moliya vazirligi tomonidan imtihon komissiyasining bayonnomalari tuzilgan va imzolangan sanadan 10 kunlik muddat mobaynida rasmiylashtiriladi va malaka sertifikatining egasiga yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida boshqa shaxsga aktuariylar reyestriga imzo chektirib beriladi.
31. Agar daʼvogar aktuariy malaka sertifikati rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch oy mobaynida uni olish uchun uzrsiz sabablarga koʻra kelmasa, Moliya vazirligi aktuariy malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishga haqlidir.
32. Aktuariy malaka sertifikatining egasi aktuariy malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashidan uch oy oldin va olti oydan ilgari boʻlmagan muddatda Moliya vazirligiga sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
mazkur Nizomning 2-ilovasidagi shaklga muvofiq ariza;
mazkur Nizomning 3-ilovasidagi shaklga muvofiq anketa;
notarial tasdiqlangan malaka sertifikatining koʻchirma nusxasi;
akutariy malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun tegishli yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati.
33. Aktuariy malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish mazkur Nizomning 32-bandida koʻrsatilgan talablarga rioya qilingan va aktuariy malaka sertifikatining egasi tomonidan malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Aktuariy malaka sertifikatining amal qilish muddati daʼvogar arizasida koʻrsatilgan va 5 yildan oshmagan muddatga uzaytiriladi. Aktuariy malaka sertifikatining amal qilish muddati aktuariy malaka sertifikati blankida koʻrsatilgan amal qilish muddati tugagan sanadan uzaytiriladi.
Aktuariy malaka sertifikati muddatini uzaytirish uchun daʼvogar tomonidan toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida yigʻim toʻlanadi.
34. Aktuariy malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish, dastlab berilgan aktuariy malaka sertifikati blankiga maxsus belgi qoʻyish yoʻli bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Malaka sertifikati blankining amal qilish muddatini uzaytirishga tegishli boʻlgan rekvizitlar toʻlgan taqdirda aktuariy malaka sertifikatining egasiga reyestr boʻyicha dastlab berilgan tartib raqam bilan yangi aktuariy malaka sertifikati beriladi. Dastlab berilgan aktuariy malaka sertifikatining blanki belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
35. Familiyasi, ismi, otasining ismi yoki pasport maʼlumotlari oʻzgargan taqdirda aktuariy malaka sertifikatining egasi darhol, ammo 3 kundan kechikmagan holda, Moliya vazirligiga qayta rasmiylashtiriladigan aktuariy malaka sertifikatini va tegishli oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalarini, shuningdek malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjatini ilova qilgan holda aktuariy malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi arizani topshirishi shart.
36. Aktuariy malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish aktuariy malaka sertifikati egasi tomonidan tegishli ariza topshirilgan sanadan boshlab 5 kun davomida amalga oshiriladi. Bunda dastlab belgilangan amal qilish muddati bilan yangi aktuariy malaka sertifikati blanki beriladi.
Dastlab berilgan aktuariy malaka sertifikatining blanki belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Aktuariy malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun daʼvogar tomonidan toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida yigʻim toʻlanadi.
37. Yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan aktuariy malaka sertifikatining oʻrniga aktuariy malaka sertifikati egasining arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin. Bunda yoʻqotilgan aktuariy malaka sertifikatining egasi matbuotda aktuariy malaka sertifikatining yoʻqolgani haqida eʼlon qilishi va nashr nusxasini Moliya vazirligiga taqdim qilishi shart.
Yaroqsiz holga kelgan aktuariy malaka sertifikati Moliya vazirligiga qaytarilishi va belgilangan tartibda yoʻq qilinishi kerak.
Aktuariy malaka sertifikatining dublikati reyestr boʻyicha dastlabki tartib raqami va amal qilish muddati, hamda aktuariy malaka sertifikatining yangi blankida “Dublikat” yozuvi qoʻyilgan holda beriladi.
Aktuariy malaka sertifikati dublikatini berish uchun daʼvogar tomonidan toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqining 0,5 baravari miqdorida yigʻim toʻlanadi.
IX. Aktuariy malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish va uni bekor qilish tartibi
38. Quyidagilar aktuariy malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish uchun asos boʻladi:
aktuariyning malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi arizasi;
aktuar xizmatlarni koʻrsatish davomida aktuariy tomonidan olingan maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga aktuar xizmatlari buyurtmachisining ruxsatisiz taqdim etish faktining aniqlanishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
aktuar xizmatlarni koʻrsatishda qonun hujjatlari talablarini muntazam ravishda buzish;
aktuariy malaka sertifikatining amal qilish muddati mobaynida uch yil davomida aktuar xizmatlarni koʻrsatmaslik;
aktuariy malaka sertifikatini boshqa shaxsga oʻz nomidan aktuar xizmatlarni koʻrsatish uchun ushbu hujjatdan foydalanishi maqsadida berish faktining aniqlanishi;
moliya-xoʻjalik munosabatlari sohasida muayyan lavozimlarni egallash yoki muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish koʻrinishidagi jazoni nazarda tutuvchi qonuniy kuchga kirgan sud hukmi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarori.
39. Aktuariy malaka sertifikati quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Moliya vazirligining aktuariy malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qarori noqonuniy boʻlganda;
qalbaki hujjatlardan foydalangan holda sertifikatni olish fakti aniqlanganda;
qonun hujjatlarida koʻrsatilgan boshqa hollarda.
40. Aktuariy malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish yoki uni bekor qilish uchun asoslar aniqlangan taqdirda Moliya vazirligi tegishli qaror qabul qiladi va uni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
41. Moliya vazirligining aktuariy malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori 5 kunlik muddat ichida aktuariy malaka sertifikatining egasiga va u aktuar xizmatlarni amalga oshiradigan aktuariy tashkilotiga yuboriladi.
Aktuariy tomonidan aktuariy malaka sertifikatining amal qilishini toʻxtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror olingan kundan boshlab 10 kun davomida sertifikat belgilangan tartibda yoʻq qilinishi uchun Moliya vazirligiga qaytarilishi kerak.
42. Malaka sertifikatlarining amal qilishi yoʻl qoʻyilgan xatolari uchun bekor qilingan yoki toʻxtatilgan aktuariylar uning amal qilishi bekor qilingan yoki toʻxtatilgan paytdan boshlab uch yil mobaynida aktuariy malaka sertifikatini qayta olish uchun malaka imtihonlarini topshirishga qoʻyilmaydilar.
X. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan aktuariylar reyestrini yuritish
43. Moliya vazirligi malaka sertifikatiga ega boʻlgan aktuariylar reyestrini yuritadi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
aktuariy malaka sertifikatini olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, olgan sanasi va imzosi;
pasport maʼlumotlari va yashash joyi;
aktuariy malaka sertifikatining raqami, berilish sanasi;
aktuariy malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
44. Aktuariylar reyestridan aktuariy malaka sertifikatining raqami, berilish sanasi, qayta rasmiylashtirilishi, amal qilish muddatining uzaytirilishi va amal qilishi toʻxtatilishi, shuningdek, aktuariy malaka sertifikatining bekor qilinishi va dublikatining berilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻchirmalar koʻrinishida manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga taqdim etilishi mumkin.
45. Aktuariylar reyestridan bitta aktuariyga oid axborot taqdim etish uchun toʻlov kunidagi eng kam ish haqining 0,5 baravari miqdorida haq toʻlanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga aktuariylar reyestridan maʼlumot bepul taqdim etiladi.
46. Reyestrdan maʼlumot taqdim etilganligi uchun haq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kirim qilinadi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 13-iyuldagi 101-sonli (roʻyxat raqami 1725-1, 17.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda— OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 717-modda)
47. Reyestrdan maʼlumotlar taqdim etish muddati tegishli ariza berilgan sanadan boshlab (maʼlumotlarni taqdim etish uchun haq toʻlangani toʻgʻrisidagi hujjat taqdim etilgan holda) uch kundan oshmasligi lozim.
XI. Yakuniy qoidalar
48. Moliya vazirligining aktuariy malaka sertifikatini berish, amal qilishini toʻxtatish va bekor qilish masalalari boʻyicha qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
49. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
50. Mazkur Nizom Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari assotsiatsiyasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston sugʻurta bozori professional ishtirokchilari assotsiatsiyasi bosh direktori M. MIRSODIQOV
Toshkent sh.,
2007-yil 4-sentabr
Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va ixtisosliklari
ROʻYXATI
1. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
2. Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
3. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha)
4. Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
5. Moliya
6. Bank ishi
7. Sugʻurta ishi
8. Matematika
9. Amaliy matematika va informatika.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 31-yanvardagi 14-sonli (roʻyxat raqami 1725-2, 27.02.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/1725-2/0822-son)
Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
| | |
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ______________________ __________________ dan |
| |
|
|
| Meni aktuariy malaka sertifikatini olish, amal qilish muddatini uzaytirish (keraksizi oʻchirilsin) uchun malaka imtihoniga kiritishingizni soʻrayman. Arizaga ilova qilinadi: 1. 2. 3. va h. k. | ||
| |
“____” __________ 20___ y. | |
| Shaxsiy imzo ______________________ |
| |
Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
ANKETA
daʼvogar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Birinchi qism. Anketani toʻldirish qoidalari
Anketa qoʻlyozma ravishda, tushunarli yozuv, qora, koʻk yoki siyohrang rangdagi ruchka bilan toʻldiriladi. Barcha sanalar arab sonlarida keltirilishi lozim. Anketaning barcha savollariga toʻliq javob berilishi lozim, Anketaning birorta ham qatorlari toʻldirilmasdan qolmasligi kerak. Bitta toʻldirilmagan qatorning mavjudligi butun anketaning toʻldirilmaganligini anglatadi va u daʼvogarga toʻliq toʻldirish uchun qaytarib beriladi. Zaruratga koʻra anketa savollari boʻyicha batafsil maʼlumot berish uchun anketaga qoʻshimcha varaqlar ilova qilinishi mumkin.
Ikkinchi qism. Anketa
1. Daʼvogar shaxsi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
| Kod | Savollar | Javoblar | Fotosurat uchun |
| 1. | Familiya | | |
| 2. | Ism | | |
| 3. | Otasining ismi | | |
| 4. | Oldingi familiya (agar familiya oʻzgargan boʻlsa) | | |
| 5. | Tugʻilgan sana | | |
| 6. | Pasport seriyasi va raqami | | |
| Pasportning berilgan vaqti va kim tomonidan berilganligi | | ||
| 7. | Turar joyi (pasportdagi qayd boʻyicha) | | |
| Turar joyi (yashash manzili boʻyicha) | | ||
| 8. | Telefon: aloqa uchun: | Faks: | |
| uy: | |||
2. Maʼlumoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
(faqat oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim koʻrsatiladi, har bir OTM boʻyicha alohida)
(faqat oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim koʻrsatiladi, har bir OTM boʻyicha alohida)
| Kod | Savollar | Javoblar |
| 7. | Oliy taʼlim muassasasi nomi | |
| 8. | Ushbu oliy taʼlim muassasasining daʼvogarga maʼlum boʻlgan soʻnggi manzili | |
| 9. | Taʼlim shakli (keraklisining tagiga chizilsin) | a) kunduzgi b) sirtqi v) kechki |
| 10. | Oʻqishga kirish sanasi | |
| 11. | Oʻqishni tugatish sanasi | |
| 12. | Olingan daraja | |
| 13. | Olingan mutaxassislik | |
| 14. | Diplom yoki oliy taʼlim muassasasining bitirganlik toʻgʻrisidagi boshqa hujjat seriyasi va raqami | Seriya ______ Raqam ______ |
3. Ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
(mehnat daftarchasidan)
(mehnat daftarchasidan)
| № | Davr | Ish joyi | Lavozim | |
| kirish | ketish | |||
| 1. | | | | |
| 2. | | | | |
| 3. | | | | |
| 4. | | | | |
| 5. | | | | |
| ... | | | | |
| Men oʻz tomonimdan mazkur anketada keltirilgan maʼlumotlar haqiqiyligi va toʻliqligini tasdiqlayman. Anketani toʻldirish sanasi “___” _______________ 200__ y. Shaxsiy imzo ___________ | ||||
Aktuariy malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
| | | |
NAMUNA |
|
| |||
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI | |||
|
Seriya: |
| № _________ | Fotosurat |
| Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “___” ________ 200__ yildagi ___-sonli buyrugʻiga muvofiq ushbu sertifikat bilan ____________ ________________________________________________________________ ga | |||
|
(aktuariy F.I.O.) | |||
| __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ | |||
|
(pasport raqami va seriyasi, kim tomonidan va qachon berilgan) | |||
| Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan aktuar tashkilot nomidan aktuar xizmatlarni koʻrsatish huquqi tasdiqlanadi. ��Mazkur sertifikat berilgan sanadan boshlab besh yil davomida haqiqiydir. Sertifikat berilgan sana: “___” __________ 200__ yil Reyestr boʻyicha tartib raqam: ___________________________________ | |||
| Vakolatli shaxs: ___________________________________ |
| ||
| |
(F.I.O.) |
(imzo) | |
|
M.Oʻ. |
| | |
Aktuariy malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirildi: “___” ___________20__y. dan “___” __________20__y. gacha. | |||
| Vakolatli shaxs: ___________________________________ |
| ||
| |
(F.I.O.) |
(imzo) | |
|
M.Oʻ. |
| | |
| “___” ___________20__y. dan “___” __________20__y. gacha. | |||
| Vakolatli shaxs: ___________________________________ |
| ||
| |
(F.I.O.) |
(imzo) | |
|
M.Oʻ. |
| | |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 41-42-son, 423-modda; 2017-y., 29-son, 717-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2018-y., 10/18/1725-2/0822-son)