Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 10.08.2007 yildagi PQ-685-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-YILDA GʻOʻZANI DEFOLIATSIYA QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻoʻzani defoliatsiya qilishni samarali oʻtkazish, dalalarni paxta hosilini erta muddatlarda yigʻishtirib olishga oʻz vaqtida tayyorlash va paxta terish mashinalaridan foydalanish darajasini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 2007-yilda gʻoʻza defoliatsiya qilinadigan 1-ilovaga* muvofiq maydonlar va uning maqbul muddatlari toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari gʻoʻzaning ekilgan muddatlari, yetilish, paxtaning ochilish davri, navi va joylardagi ob-havo — iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, tumanlar va paxta yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari boʻyicha gʻoʻzani 1-ilovada belgilangan muddatlarda defoliatsiya qilish yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri zimmalariga gʻoʻza belgilangan muddatlarda sifatli defoliatsiya qilinishi va defoliantlarni ishlatish normalari va tavsiyalariga qatʼiy rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi defoliatsiya oʻtkazilishi, eng avvalo defoliantlarni solish muddatlari va belgilangan meʼyorlariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. Mirziyoyev):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yilning 15-avgustigacha defoliatsiyaga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishga oid jami ishlar kompleksini olib boruvchi respublika ishchi komissiyasini, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarda xuddi shunday ishchi komissiyalarini tashkil qilsin, ularning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston “Sifat” markazi, “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari mutaxassislari kiritilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi komissiyalar bilan birgalikda defoliatsiya ishlari boʻyicha kompleks chora-tadbirlar oʻtkazilishi ustidan qattiq va doimiy nazoratni taʼminlasin hamda agrotexnika tadbirlarini oʻtkazishning belgilangan muddatlari va normalariga rioya etishni taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qattiq shaxsiy javobgarlik choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyalari, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari joriy yilning 20-avgustigacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fermer xoʻjaliklari boʻyicha defoliatsiya oʻtkazish maydonlarini aniqlab, har bir tuman boʻyicha defoliantlar bilan taʼminlash, defoliatsiyani maqbul muddatlarda sifatli oʻtkazilishini tashkil etish va oʻtkazish tadbirlarini ishlab chiqsinlar. Gʻoʻza defoliatsiya qilinadigan maydonlarni aniqlashda urugʻlik ekin maydonlari hisobga olinmasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
defoliatsiyani yerda bajariladigan usullar bilan oʻtkazish uchun texnik vositalar va apparatlar tayyorlanishini tugallasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maydonchalarni tayyorlashni taxt qilib qoʻysinlar va ularda defoliantlar eritmasini tayyorlash uchun zarur idishlar va boshqa texnik vositalar mavjud boʻlishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi “Oʻzkimyosanoat” AK buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish uchun samolyotlar ajratsin va ularning mintaqalarga 2-ilovaga* muvofiq 2007-yil 18-avgustgacha yetib borishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatlar hokimliklari joriy yilning 18-avgustiga qadar maxsus aerodromlar tayyorlanishini, shu jumladan uchuvchilar uchun zarur maishiy shart-sharoitlar yaratilishini tugallasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 2-ilova rus tilidagi matndaberilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda purkagichlar va samolyotlar ishini taʼminlash uchun gʻoʻzani defoliatsiya qilish davrida ularning belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi bir hafta muddatda, asosli buyurtmanomalarga binoan, tijorat banklariga fermer xoʻjaliklari uchun gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazishga zarur kredit mablagʻlarini, keyinchalik ulardan defoliantlar xarid qilish hamda “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari va “SAR” aviakompaniyasi xizmatlariga haq toʻlash uchun foydalanish maqsadida, belgilangan tartibda ajratib bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 10-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-685-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 8-son, 406-modda)