10.09.2007 yildagi 190-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM TIZIMIDA MAGISTRATURA FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH, UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq respublikada oliy taʼlim tizimining ikkinchi bosqichi sifatida magistraturaning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqildi, oʻquv jarayonini tashkil etishning asoslari belgilandi va oʻquv-metodika kompleksi, axborot taʼminotining yangi avlodi joriy etildi, ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibi shakllantirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv jarayonini, oliy taʼlim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini taʼminlaydigan normativ-metodik hujjatlar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish maqsadida malaka amaliyoti hamda Davlat attestatsiya komissiyalari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining zamonaviy texnika va texnologiyalarga ega boʻlgan ishlab chiqarish bazalarida, ilmiy laboratoriyalarida, tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida tashkil etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magistrlarning qiziqishlarini oshirish hamda ularning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun muntazam ravishda ilmiy konferensiyalar oʻtkazilmoqda, ularga chet tillar oʻrgatilmoqda, oʻquv jarayoniga zamonaviy axborot va pedagogika texnologiyalari jalb etilmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan ikki oʻquv yili mobaynida magistraturada oʻrganilayotgan predmetlarning oʻquv dasturlari qayta ishlab chiqildi va yangilandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasalarida magistraturaning 20 tadan ortiq yangi mutaxassisliklari ochildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, bugungi kunda magistratura faoliyatini tashkil etish, shuningdek kadrlar va axborot resurslari bazalari bilan taʼminlash bilan bogʻliq muammolar mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chunonchi, kadrlardan foydalanuvchilar (ish beruvchilar)ning aksariyati magistraturani bitiruvchilarga nisbatan qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisida toʻliq va toʻgʻri tasavvurga ega emas. Magistraturani bitiruvchilardan belgilangan maqsadda foydalanmaslik hollari mavjud.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻqitishning zamonaviy texnik vositalari bugungi kun talablariga muvofiq emas, ilmiy va maxsus adabiyotlarning yetishmasligi sezilmoqda, fan va texnologiyalarning yangi yutuqlari oʻquv jarayoniga tezkorlik bilan joriy etilmayapti, taʼlim, fan va ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash toʻliq darajada amalga oshirilmayapti, buyurtmachilarning magistrlar tayyorlash jarayonidagi amaliy ulushi mavjud emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magistratura taʼlimi sifatini oshirishga muayyan ulush qoʻshayotgan yuqori malakali professor-oʻqituvchi kadrlarni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashning samarali metodlaridan toʻliq foydalanilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq magistratura faoliyatini tashkil etishni tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning sifatini hamda raqobatbardoshliligini oshirishni kuchaytirish, yuqori malakani va maʼnaviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, shuningdek magistraturada taʼlim-tarbiya jarayonini normativ-huquqiy va ilmiy-metodik jihatdan taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 30-maydagi PQ-645-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Magistraturani isloh qilish va yanada rivojlantirishning maqsadli dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, magistrlar tayyorlash jarayoniga eng yuqori malakali oʻqituvchilar hamda fan doktori va fan nomzodi ilmiy darajalariga, professor va dotsent ilmiy unvonlariga ega boʻlgan olimlar, shuningdek davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish, bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni axborotlashtirish sharoitlarida ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislar jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar, “Isteʼdod” jamgʻarmasi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻqituvchilar va yosh olimlarning mamlakatimiz va chet ellardagi yetakchi universitetlarda va ilmiy markazlarda tajriba orttirishlarini (ularning natijalaridan biri magistraturada oʻqitish sifatini oshirishdan iborat), xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda magistratura dasturlari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari nashr etilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikaning oliy taʼlim muassasalariga pedagogik ishlarga yuborilgan magistratura bitiruvchilariga ularning universitetlarda va ilgʻor texnologiyali ilmiy markazlarda malaka oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni, shuningdek magistratura oʻquv predmetlari boʻyicha oʻquv-metodik materiallar ishlab chiqilishini hamda oʻquv jarayoniga zamonaviy ilm-fan yutuqlari joriy etilishini taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning istiqbolli dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistrlar tayyorlash bilan band boʻlgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifati monitoringini, shuningdek ularning malaka darajasini baholashni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistrlarni oʻqitish va tayyorlash sifati oʻrganilishini tashkil etsin va uning sifati nazorat qilinishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalarida magistratura mutaxassislari roʻyxatini qayta koʻrib chiqsin va har yili 1-martgacha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga magistraturaga qabul qilish parametrlari boʻyicha asoslangan takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2008-yil 1-yanvardan boshlab respublika oliy taʼlim muassasalarida oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga ish haqi fondi va maʼmuriy-boshqaruv xodimlari soni doirasida 2-ilovaga muvofiq magistratura boʻlimlari tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magistratura boʻlimlariga kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagilar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistrlar tayyorlash boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish va taʼminlashga, ulardagi taʼlim va oʻqitish sifatini nazorat qilishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy taʼlim muassasalari barcha boʻlinmalarining magistrlar tayyorlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistrlarni oʻqitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish, magistrlar tayyorlash masalalarini muntazam ravishda tahlil qilish va ular yuzasidan hisobotlar tayyorlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirliklar, idoralar va kadrlardan asosiy foydalanuvchilar boʻlgan boshqa tashkilotlar magistrlar tayyorlash jarayonida faol qatnashsinlar hamda ularning mehnatidan samarali foydalanilishini taʼminlasinlar, magistrantlarning amaliy mashgʻulotlarda qatnashishlari, yetuk mutaxassislarning magistrlik tayyorgarligiga rahbarlik qilishlariga jalb etilishi, real topshiriqlar boʻyicha dissertatsiyalar tayyorlashga, ularning taʼlim-kasbiy faoliyatini tashkil etish uchun ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda magistratura taʼlim jarayonini fundamental va amaliy fanlar bilan real integratsiyalash, Fanlar akademiyasining yetakchi olimlarini hamda uning moddiy-texnika bazasini magistrantlarni oʻqitish va ular tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, ularning natijalarini amaliyotga jalb etish boʻyicha Harakatlar dasturini ishlab chiqsin hamda uni 2008-yildan boshlab amalga oshirishga kirishsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Magistratura toʻgʻrisidagi Nizomga ushbu qaror talablariga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 10-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
190-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Magistraturani isloh qilish va yanada rivojlantirishning maqsadli dasturi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r Tadbirlar mazmuni Bajarish sanasi Bajarish uchun masʼullar Moliyalashtirish manbalari Kutilayotgan natija
1.‎ Quyidagilarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish:
‎— magistraturaning faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini tartibga soluvchi normativ-metodik hujjatlar;
‎— “Magistratura toʻgʻrisida nizom” va uni belgilangan tartibda tasdiqlash;
‎— Bakalavriat va oliy taʼlim magistraturasi mutaxassisliklari klassifikatori
2007-yil dekabr Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Koʻzda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida Magistraturada oʻquv jarayonini boshqarish, tashkil etish, oʻquv-metodik taʼminlashning yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi yangalangan normativ-metodik baza
2.‎ Magistratura mutaxassisliklari uchun davlat taʼlim standartlari tuzilmasi va mazmunini takomillashtirish 2007-yil dekabr Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Koʻzda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida Tarkibiy jihatdan takomillashtirilgan, mazmuni yangilangan, kadrlarning asosiy buyurtmachilari bilan kelishilgan Davlat taʼlim standartlari
3.‎ Magistraturaning oʻquv rejalarini modernizatsiya qilish va taʼlim dasturlari mazmunini yangilash 2007-yil dekabr Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Koʻzda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida Yangilangan va predmetlar roʻyxati buyurtmachilari bilan kelishilgan oʻquv rejalari. Fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari asosida tuzilgan, ishlab chiqarish mutaxassislari ekspertizasidan oʻtkazilgan oʻquv dasturlari
4.‎ Magistraturani zamonaviy oʻquv, ilmiy, maxsus adabiyotlar va metodik materiallar bilan taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq magistratura uchun oʻquv va metodik adabiyotlar mualliflarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish 2007-2008 oʻquv yili Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari. Oliy oʻquv yurtlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Yanada chuqur va keng koʻlamli bilim beradigan oʻquv adabiyotlari
5.‎ Magistrlar tayyorlash tizimini qayta koʻrib chiqish hamda magistraturani respublika oliy taʼlim muassasalarida oqilona va samarali joylashtirishni taʼminlash 2007-2008 oʻquv yili Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Koʻzda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida Oliy oʻquv yurtlarida magistrlar tayyorlash mutaxassisliklari roʻyxatini maqbullashtirish
6.‎ Holatini puxta tahlil qilish asosida magistraturaning moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashni taʼminlash, zamonaviy oʻquv va laboratoriya anjomlari, kompyuter texnikasi hamda dasturiy maxsulotlar bilan jihozlash 2008-2009 oʻquv yili Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari. Oliy oʻquv yurtlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Zamonaviy laboratoriya anjomlari, kompyuter texnikasi bilan jihozlangan oʻquv-laboratoriya bazasi
7.‎ Magistraturada oʻquv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishning samarali va obyektiv mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish 2007-2008 oʻquv yili Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Koʻzda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida Haftalik yuklamalarni maqbul rejalashtirgan holda magistraturada oʻquv jarayonini tashkil etish, auditoriyadagi va mustaqil mashgʻulotlarni taqsimlash. Kafedralarning professor-oʻqituvchilar va laboratoriya tadqiqotlari salohiyatini hisobga olgan holda tanlov asosida magistrlik dissertatsiyalarini bajarish. Mutaxassislar tayyorlash sifati nazorat qilinishini taʼminlash
8.‎ Magistratura tizimining professor-oʻqituvchilar tarkibi hamda boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. Magistratura oʻqituvchilarining va yosh olimlarning mamlakatimizdagi va chet ellardagi yetakchi universitetlarda va ilmiy markazlarda tajribasini oshirish. Ilgʻor texnologiyaga ega boʻlgan universitetlar va ilmiy markazlarda respublikaning oliy taʼlim muassasalariga pedagogik ishga yuborilgan magistratura bitiruvchilarining malaka oshirishi uchun ustuvor shart-sharoitlar yaratish. Ilmiy yutuqlar, oʻqitishning faol pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va taʼlim jarayoniga joriy etish, magistraturaning oʻquv predmetlari boʻyicha oʻquv-metodik materiallar yaratish uchun oʻqituvchilarga shart-sharoitlar yaratish 2007-2008-yillar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Isteʼdod” jamgʻarmasi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Koʻzda tutiladigan budjet mablagʻlari doirasida, oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari, “Isteʼdod” jamgʻarmasi Magistraturada dars berish va oʻqitish sifatini oshirish, xorijiy professorlar bilan birgalikda magistrlik dasturlari uchun darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari nashr etish
9.‎ Magistrlar tayyorlashni ishlab chiqarish, akademik va tarmoq fani, yetakchi xorijiy universitetlar bilan samarali integratsiyalash shakllari va mexnizmlarini joriy etish 2007-2008-yillar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari Oliy oʻquv yurtlari akademik institutlar, magistrlar tayyorlashdan manfaatdor boʻlgan korxonalar va tashkilotlarning birgalikdagi harakat dasturlari. Magistrlarni ilmiy tadqiqotlarga, shu jumladan oliy taʼlim, oʻrta va kichik biznesni modernizatsiya qilish bilan bogʻliq iqtisodiyot tarmoqlari muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarga jalb etish
10.‎ Magistratura faoliyatini axborotlar bilan taʼminlashni takomillashtirish va uning axborot makonini rivojlantirish:
‎Internetga va oliy oʻquv yurtlariaro tarmoqlarga, vazirliklar va idoralarning portallariga, oliy taʼlim muassasalari saytlariga va shu kabilarga chiqishning maxsus shakl va yoʻllarini taʼminlash asosida magistrlarning mustaqil mashgʻulotlarini axborotlar bilan qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash;
‎magistrlarning markaziy va tarmoq kutubxonalari fondlarida ishlashi uchun maxsus shart-sharoitlarni taʼminlash;
‎shaxslararo axborotlar almashish, forumlar, munozara klublari va shu kabilarni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish
2007-2008-yillar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari Magistrlar tayyorlash axborot makonini rivojlantirish
11.‎ Magistrlar tayyorlashning davlat va jamoat boshqaruvi shakl va metodlarini takomillashtirish. Bitiruvchilarni samarali ravishda ishga joylashtirish boʻyicha taʼsirchan chora-tadbirlar yaratish 2007-2008-yillar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari Magistrlar tayyorlash sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish. Ushbu jarayonga manfaatdor idoralarni, korxonalarni jalb etish
12.‎ Moliyalashtirish tizimi samaradorligini oshirish, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlardan foydalanish shakllari va mexanizmlarini takomillashtirish 2007-2008-yillar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy taʼlim muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar Oliy oʻquv yurtlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari Magistrlar tayyorlashni rivojlantirishga sarflash uchun (turli budjetdan tashqari manbalardan tushadigan) mablagʻlarni koʻpaytirish
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 10-sentabrdagi 190-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasasi magistratura boʻlimining shtat birliklari roʻyxati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r‎ Lavozimlar nomi* Shtat birliklari soni‎ Yagona tarif setkasi boʻyicha razryad‎ Tarif koeffitsiyenti‎ Lavozim maoshi (soʻmlarda)‎
1.‎ Boʻlim boshligʻi‎ 1‎ 9‎ 4,797‎ 74473‎
2.‎ Metodist‎ 1‎ 5‎ 3,467‎ 53825‎
Hammasi:‎ 2‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: * — magistrlar soni 200 kishigacha boʻlganda 0,5 stavka belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 384-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)