07.07.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1696
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasining qarori, 07.07.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1696
Дата вступления в силу
17.07.2007
Hujjat 17.07.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
“OʻZBEKISTON TEMIR YOʻLLARI” DAVLAT AKSIYADORLIK TEMIR YOʻL KOMPANIYASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XALQARO TEMIR YOʻL ALOQALARIDAGI HISOB-KITOBLARDA TEMIR YOʻL MAʼMURIYATLARI OʻRTASIDAGI OʻZARO HISOBLASHISHLAR TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 7-iyulda 1696-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi, “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi faoliyatini tashkil qilish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi hisob-kitoblarda temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro hisoblashishlar tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab, oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 30-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 30-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-36-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK raisi A. RAMATOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 30-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
151-N-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasining
2007-yil 30-maydagi 61, 2007-36, 151-N-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi hisob-kitoblarda temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro hisoblashishlar tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”, “Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi qonunlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi faoliyatini tashkil qilish masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 14-noyabrdagi 551-son qaroriga muvofiq, xalqaro temir yoʻl aloqalarida temir yoʻl tashishlari va hisob-kitoblarni tartibga soluvchi xalqaro bitimlar, shartnomalar va qoidalarda ishtirok etadigan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda matnda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK deb yuritiladi) va boshqa temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro hisoblashishlar tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom talablari “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATKning — Xalqaro yuk va yoʻlovchi temir yoʻl aloqalarida hisob-kitoblar qoidalari toʻgʻrisida shartnoma, Xalqaro yuk va yoʻlovchi temir yoʻl aloqalarida hisob-kitoblar toʻgʻrisida qoidalar, Xalqaro yoʻlovchi aloqalari toʻgʻrisida kelishuv, Xalqaro temir yoʻl yuk aloqalari toʻgʻrisida kelishuv, MDH, Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi kompleks hisob-kitoblar qoidalari, boshqa davlatlar mulki boʻlgan yuk tashuvchi vagonlardan foydalanganlik uchun hisob-kitoblar, raqamli hisob va ekspluatatsiya qoidalari, Xalqaro aloqalarda vagonlardan foydalanish qoidalari va Xalqaro aloqalarda vagonlardan foydalanish qoidalari toʻgʻrisida shartnoma, Iqtisodiy javobgarlik toʻgʻrisida kelishuv va xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi hisob-kitoblarda temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro hisoblashishlarni tartibga soluvchi boshqa xalqaro qoidalar va kelishuvlar (keyingi oʻrinlarda matnda Xalqaro Qoidalar deb yuritiladi) ishtirokchilari bilan xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi hisoblashishlarni amalga oshirishda tatbiq qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK va boshqa temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama shartnomalarda Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hujjatlarni tuzish va taqdim etish tartibi va muddatlari, akseptlash, toʻlov valyutasi turi, oʻzaro hisoblashishlar tartibining alohida holatlari belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xalqaro aloqalardagi temir yoʻl xizmatlari uchun temir yoʻl maʼmuriyatlari bilan oʻzaro hisoblashishlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATKning tarkibiy boʻlinmasi — “Oʻztemiryoʻlhisob” markazi amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) temir yoʻl maʼmuriyati — bir davlat hududida joylashgan barcha temir yoʻllar boʻyicha masʼul hisoblangan, davlatning vakolatli tegishli tarkibiy tuzilmasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xalqaro temir yoʻl aloqalari — ikki davlat hududida joylashgan ikki bekatlar oʻrtasidagi temir yoʻl tashuvlari yoki bitta davlatda joylashgan, biroq qatnash yoʻnalishi hamkor davlatlar temir yoʻl hududlarini qamrab olgan bekatlar oʻrtasidagi temir yoʻl tashuvlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) hisob-kitob moddalari — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatiladigan xizmat turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) koʻrsatilgan xizmatlar summasi — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda ikki tomonlama shartnomaga va/yoki Xalqaro Qoidalarga muvofiq buxgalteriya koʻchirmasi yoki qoldiq vedomostiga kiritilgan, hisob-kitob moddalari boʻyicha xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) hisob-kitob hujjatlari — xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar summasini aks ettiruvchi va Xalqaro Qoidalarga muvofiq, hisob-kitoblarning muayyan moddalari uchun tuzilgan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) qoldiq vedomosti — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda ikki tomonlama shartnomaga va/yoki Xalqaro Qoidalarga muvofiq, xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar summasi qoldigʻi chiqariladigan, hisob-kitob hujjatlari asosida tuziladigan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) buxgalteriya koʻchirmasi — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda ikki tomonlama shartnomaga va/yoki Xalqaro Qoidalarga muvofiq, xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisob-kitob hujjatlari asosida tuzilgan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) toʻlov (qoldiq) vedomosti — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda ikki tomonlama shartnomaga va/yoki Xalqaro Qoidalarga muvofiq, koʻrsatilgan xizmatlar summasi qoldigʻini chiqaradigan temir yoʻl maʼmuriyatining buxgalteriya koʻchirmasiga asosan tuzilgan hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) toʻlov qoldigʻi — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda ikki tomonlama shartnomaga va/yoki Xalqaro Qoidalarga muvofiq olinadigan yoki toʻlanadigan yakuniy qoldiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) oʻzaro hisoblashishlarni amalga oshirish — Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda ikki tomonlama shartnomada va/yoki Xalqaro Qoidalarda belgilangan tartibda toʻlov qoldigʻi summasini toʻlash yoki olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) koʻp tomonlama qoplash — oʻzaro manfaatdor temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida oʻzaro qarzdorliklarni qoplash toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq oʻzaro qarzdorliklarni qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
m) joriy qarzdorlik — xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha oxirgi toʻlov qoldigʻiga asosan maʼlum sanada hosil boʻlgan debitorlik yoki kreditorlik qarzlari summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
n) debitor temir yoʻl maʼmuriyati — toʻlov qoldigʻini toʻlovchi temir yoʻl maʼmuriyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o) kreditor temir yoʻl maʼmuriyati — toʻlov qoldigʻini oluvchi temir yoʻl maʼmuriyati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida hisob-kitob hujjatlarini tuzish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK va boshqa temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi hisob-kitoblar Xalqaro Qoidalarda nazarda tutilgan hisob-kitob moddalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida temir yoʻl xizmatlari koʻrsatilganda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK va temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida hisob-kitob hujjatlari tuziladi va taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Hisob-kitob hujjatlarini tuzish va taqdim etish huquqi 1 yil muddat bilan chegaralanadi va u ish bajarilgan yoki xizmat koʻrsatilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblanadi, harakatdagi tarkibning yoki temir yoʻlning boshqa vositalari yoʻqolganligi yoki shikast yetkazilgani uchun hisob-kitoblarda – mazkur harakatdagi tarkib yoki boshqa vositalar berilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblanadi. Hisob-kitob hujjatlarining taqdim etilgan kuni deb faks, telegramma, teleks joʻnatilgan sana yoki pochta aloqasining xatni joʻnatish uchun qabul qilgan sanasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK har bir hisob-kitob moddasi boʻyicha alohida hisob-kitob hujjatlarini har oyda tuzadi va tegishli temir yoʻl maʼmuriyatlariga joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar qoldigʻini hisoblash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun hisob-kitob hujjatlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar qoldigʻi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoldiqni hisoblash hisob-kitob hujjatlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar summasini qoldiq vedomostiga kiritish yoki hisob-kitob hujjatlari asosida tuzilgan buxgalteriya koʻchirmasining yakuniy summasini toʻlov (qoldiq) vedomostiga kiritish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK va boshqa temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) har oyda qoldiq vedomosti boʻyicha — bevosita ikkita manfaatdor temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) har oyda buxgalteriya koʻchirmalari boʻyicha — bevosita ikkita manfaatdor temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Buxgalteriya koʻchirmasi yoki qoldiq vedomosti asosida hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK va manfaatdor temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama shartnomada belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Akseptlash tartibi boʻyicha hisob-kitoblar amalga oshiriladigan hisob-kitob moddalari qoldiq vedomosti yoki buxgalteriya koʻchirmasiga temir yoʻl maʼmuriyati tomonidan aksept olingandan soʻng kiritiladi. Belgilangan muddatlarda akseptlanmagan hollarda, temir yoʻl maʼmuriyati joʻnatilgan, lekin akseptlanmagan hisob-kitob hujjatlarini ikki tomonlama shartnomalarda va/yoki Xalqaro Qoidalarda koʻrsatilgan tartibda va muddatlarda qoldiq vedomosti yoki buxgalteriya koʻchirmasiga kiritishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qoldiq vedomostiga temir yoʻl maʼmuriyati tomonidan qoldiq vedomostini tuzish sanasigacha tuzilgan va joʻnatilgan hisob-kitob hujjatlari va ushbu muddatgacha olingan boshqa temir yoʻl maʼmuriyati tomonidan akseptlangan hujjatlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qoldiq vedomosti har oyning oxirgi sanasiga tuziladi va hisob-kitob moddalarining yakuniy summalari qoldigʻini chiqargan holda ikki tomonlama shartnoma va/yoki Xalqaro Qoidalarga muvofiq belgilangan muddatlarda tegishli temir yoʻl maʼmuriyatlariga joʻnatiladi. Shundan soʻng qoldiq vedomostini tuzgan temir yoʻl maʼmuriyati tomonidan toʻlov qoldigʻi chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Buxgalteriya koʻchirmalariga buxgalteriya koʻchirmalarini moddalar boʻyicha tuzish muddatlarigacha rasmiylashtirilgan va temir yoʻl maʼmuriyatlariga taqdim etilgan akseptsiz tartibda qoʻshiladigan hisob-kitob hujjatlari va ushbu muddatgacha boshqa temir yoʻl maʼmuriyatlaridan olingan akseptlangan hisob-kitob hujjatlari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Buxgalteriya koʻchirmalari har oyning oxirgi sanasiga tuziladi va Xalqaro Qoidalarda belgilangan muddatlardan kechikmagan holda tegishli temir yoʻl maʼmuriyatlariga joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Debitor temir yoʻl maʼmuriyati olingan va joʻnatilgan buxgalteriya koʻchirmasi asosida Xalqaro Qoidalarda belgilangan muddatlardan kechikmagan holda toʻlov (qoldiq) vedomostini tuzadi va kreditor temir yoʻl maʼmuriyatiga joʻnatadi, va shundan soʻng toʻlov qoldigʻini chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha oʻzaro hisoblashishlarni amalga oshirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK va boshqa temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi toʻlov qoldigʻi summalari boʻyicha oʻzaro hisoblashishlar quyidagicha amalga oshiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) debitor temir yoʻl maʼmuriyati tomonidan kreditor temir yoʻl maʼmuriyati schyotiga toʻlov qoldigʻini oʻtkazish yoʻli bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) koʻp tomonlama qoplash yoʻli bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) oʻzaro qarzdorliklarni ikki tomonlama qoplash Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan hukumat kelishuvi boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Xalqaro Qoidalarga zid boʻlmagan temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvlarning boshqa usullari bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK oʻziga tegishli summalarni quyidagicha olishi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) buxgalteriya koʻchirmalari orqali hisob-kitob qilinganda toʻlov (qoldiq) vedomosti tuzilgan oyning oxirgi sanasidan kechikmagan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qoldiq vedomosti boʻyicha hisob-kitob qilinganda qoldiq vedomosti joʻnatilgan oyning oxirgi sanasidan kechikmagan holda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bir nechta qoldiq yoki toʻlov (qoldiq) vedomostlari boʻyicha qarzdorliklar mavjud boʻlsa, ularning qoplanishi vujudga kelish tartibida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Toʻlovni amalga oshirish uchun asos boʻlib toʻlov (qoldiq) vedomosti, qoldiq vedomosti, hamda oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomalari xizmat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Temir yoʻl maʼmuriyatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama yoki koʻp tomonlama shartnomalar bilan toʻlov qoldigʻining qisman toʻlovi tartibga solinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Oʻrnatilgan muddatlarda toʻlovlarni amalga oshirmagan debitor temir yoʻl maʼmuriyati kreditor temir yoʻl maʼmuriyatiga oʻzaro qarzdorliklarni qoplash Shartnomasida koʻrsatilgan tartibda oʻz vaqtida toʻlanmagan umumiy summadan barcha kechiktirilgan kunlar uchun yoki koʻp tomonlama qarzlarni qoplashning barcha toʻlanmagan kunlari uchun belgilangan miqdorda tegishli foizni (penyani) toʻlashi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Toʻlovlarni kechiktirganligi uchun hisoblangan penyaning hisob-kitob vedomosti, mazkur vedomost boʻyicha belgilangan muddatlarda javob olinmasa, kreditor temir yoʻl maʼmuriyati tomonidan ikki tomonlama shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda va tartibda buxgalteriya koʻchirmasi va qoldiq vedomostiga kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK xalqaro temir yoʻl aloqalarida debitor (kreditor) temir yoʻl maʼmuriyatining vagonlarini qabul qilishni rad etishi mumkin emas, Xalqaro Qoidalarda koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha daromadlar va xarajatlarning buxgalteriya hisobi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATKning xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatgan xizmatlarini sotishdan daromad deb xizmatlarning haqiqatda koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hisob-kitob hujjatlari boʻyicha taqdim etilgan va tasdiqlangan summasi tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar toʻlangan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qatʼi nazar, qaysi davrga taalluqli boʻlsa, oʻsha hisobot davrida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Buxgalteriya koʻchirmasi yoki qoldiq vedomostiga oʻrnatilgan tartibda kiritilgan xalqaro temir yoʻl aloqasida taqdim qilingan (olingan) hisob-kitob hujjatlari boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun summalar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATKning daromadlari va xarajatlarini hisobga oluvchi tegishli schyotlarida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha debitorlik va kreditorlik qarzlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Toʻlov qoldigʻi amalga oshirilgan oʻzaro hisoblashishlarni hisobga olgan holda joriy debitorlik yoki kreditorlik qarzdorlikni yuzaga keltiradi va buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi tashishlar boʻyicha joriy qarzdorlik, amalga oshirilgan oʻzaro hisoblashishlarni hisobga olgan holda oxirgi qoldiq vedomosti yoki toʻlov (qoldiq) vedomosti tuzilgan sanada yuzaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Debitorlik va kreditorlik qarzlarni buxgalteriya hisobining schyotlarida aks ettirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha Yoʻriqnoma”ga (2002-yil 23-oktabr, roʻyxat raqami 1181 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 20-son) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Xalqaro temir yoʻl aloqalarida koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha chet el valyutasidagi tushumni majburiy sotish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi tashishlar boʻyicha chet el valyutasidagi tushumni majburiy sotish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 29-iyundagi 245-son qarori bilan tasdiqlangan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish Tartibi”ga (OʻzR QT, 2000-y., 6-son, 33-modda) muvofiq qonunchilikda belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ga (2004-yil 21-may, roʻyxat raqami 1364 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 20-son, 246-modda) hamda “Chet el valyutasidagi operatsiyalarning buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2004-yil 17-sentabr, roʻyxat raqami 1411-son — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 37-son, 419-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK xalqaro temir yoʻl aloqalaridagi oʻzaro hisob-kitoblarni oʻz vaqtida va toʻgʻri olib borilishi uchun Xalqaro Qoidalarda va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Agar xalqaro Kelishuvlar, Shartnomalar va Qoidalarda mazkur Nizomda va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilansa, u holda xalqaro qoidalar, kelishuvlar va shartnomalar qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 291-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 30.06.2025-y., 10/25/1696-1/0553-son)