OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
YOʻLOVChILAR VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUGʻULLANAYOTGAN YuRIDIK ShAXSLARNING XODIMLARIGA VA YuKLARNI AVTOMOBIL TRANSPORTIDA TAShISh BILAN ShUGʻULLANAYOTGAN XUSUSIY TADBIRKORLARGA QOʻYILADIGAN MALAKAVIY TALABLAR TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 14-iyunda 1626-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining 2021-yil 21-sentabrdagi 13-sonli ““Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1626-11, 30.09.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom”ga asosan, buyuraman:
1. Yoʻlovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shugʻullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qoʻyiladigan malakaviy talablar toʻgʻrisidagi nizomga (2006-yil 5-oktabr, roʻyxat raqami 1626) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab, oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Boshliq A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 2-may,
46-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 24-son, 255-modda)