Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 21.05.2007 yildagi PQ-640-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2010 YILGAChA BO‘LGAN DAVRDA XIZMAT KO‘RSATISh VA SERVIS SOHASINI RIVOJLANTIRIShNI JADALLAShTIRIShGA OID QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ta’kidlansinki, “Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini 2006—2010-yillarda rivojlantirish dasturi”ni amalga oshirish natijasida 2006-yilda aholiga ko‘rsatilgan pulli xizmatlar hajmi 19,3 foiz o‘sdi, respublikada ishlab chiqarilgan yalpi ichki mahsulotning 39,5 foizi xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keldi, bu esa dasturda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlaridan ancha ko‘p. Xizmatlarning zamonaviy, ilg‘or turlari — telekommunikatsiya xizmatlari, uyali telefon aloqasi, moliya-bank xizmatlari va sug‘urta, sayyohlik-ekskursiya va boshqalar jadal sur’atda rivojlanmoqda. 2006-yilda xizmatlar ko‘rsatish sohasida 137 mingga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni paytda mavjud salohiyat hamda xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini jadal sur’atda rivojlantirish imkoniyatlari hali to‘liq ishga solingani yo‘q. Mamlakat hududlari bo‘yicha olganda aholiga xizmat ko‘rsatish darajasi va sifatida sezilarli farq bor. Qishloq aholisiga xizmatlar ko‘rsatish tizimi ham o‘sib borayotgan talablarga javob bermayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirish darajasini yanada oshirish, aholiga yangi zamonaviy va sifatli xizmat turlari ko‘rsatish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va aholi, birinchi navbatda, qishloq joylarida bandlik masalasini hal etishda xizmatlar ko‘rsatish sohasining rolini kuchaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining 2006-yilda xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga doir amalda erishilgan ko‘rsatkichlarni hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini 2006—2010-yillarda rivojlantirish dasturi”ning asosiy parametrlari va tadbirlariga o‘zgartish va tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasida 2007—2010-yillarda xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirishning yangilangan asosiy parametrlari, 1-ilovaga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007—2010-yillarda respublika hududlarida xizmatlarning asosiy turlarini rivojlantirishning maqsadli parametrlari, 2—11-ilovalarga* muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini 2007—2010-yillarda rivojlantirish dasturi”ning mavjud ehtiyojni hisobga olib aniqlashtirilgan va to‘ldirilgan asosiy yo‘nalishlari va tadbirlari, 12-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1—12-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir hafta muddatda 2007—2010-yillar uchun tuzatilgan asosiy yo‘nalishlar va tadbirlarni hisobga olib, xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish tarmoq va hududiy dasturlariga tegishli o‘zgartishlar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish hududiy va tarmoq dasturlari bajarilishi ustidan doimiy monitoring o‘rnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Markaziy bankining 2007—2010-yillarda xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning hajmini Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi va “Mikrokreditbank” tijorat banki mablag‘lari hisobidan oshirish to‘g‘risidagi taklifi 13-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratilayotgan kredit resurslari xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan korxonalarni faqat texnologik jihozlash maqsadlariga yo‘naltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit resurslarini olishda qishloq joylarida xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlariga ustuvor huquq beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 13-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining qishloq joylarida telekommunikatsiya operatorlari uskunalariga asoslangan va kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan axborot-servis infratuzilmasini yaratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq joylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan aloqa va axborotlashtirish tizimining telekommunikatsiya sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar uchun olinadigan davlat bojlari hajmi qisqartirilsin va 14-ilovaga** muvofiq belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
** 14-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini 2007—2010-yillarda rivojlantirish dasturi”ning ijrosi ustidan tizimli monitoring olib borsin va uning ijrosi natijalarini chorak, yarim yillik va yillik yakuniy majlislarda ko‘rib chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturning amalga oshirilishi natijalarini chuqur va tanqidiy tahlil qilish asosida har yili uning asosiy parametrlari va tadbirlariga keyingi yil uchun xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida uning ulushini oshirishga qaratilgan tuzatishlar kiritib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Qonunchilikka muvofiq, kichik biznes subyektlariga xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasida keng soliq imtiyozlari va preferensiyalar berilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-son “O‘zbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan soliq imtiyozlariga amal qilish muddati 2014-yil 1-yanvargacha uzaytirilsin.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 561-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-son qarorining 7-bandida ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlari sanatoriylar, axborot-resurs markazlari, bolalar sog‘lomlashtirish muassasalari, axborot-kutubxona markazlari, shuningdek, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari xizmatlariga ham tatbiq etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 2007-yilning 1-yanvaridan statistika ishlari amaliyotiga xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan faoliyat turlari bo‘yicha Yangi Umumdavlat xizmatlar tasniflagichi joriy etilgani e’tiborga olinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari hududiy iqtisodiyot hamda statistika organlari bilan birgalikda hisobga olish va hisobdorlikni tashkil etishni takomillashtirish, statistika hisobotlarida kichik biznes subyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini aks ettirgan holda, tasdiqlangan tasniflovchiga muvofiq xizmatlarni hisobga olishning statistika standartlariga qat’iy amal qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 17-apreldagi PQ-325-son “O‘zbekiston Respublikasida 2006—2010-yillarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 1—3-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va boshqa manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida taklif kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 21-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-640-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 21-son, 213-modda; 2008-y., 14-15-son, 99-modda,52-son, 515-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda)