T/r | Axborot taqdim etuvchi vazirlik, idora | Axborot olish manbai | Axborot mazmuni | Taqdim etishning muddati va davriyligi | Qayerga taqdim etiladi |
1. | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | Uy xo‘jaliklarini aholi bandligi masalalari bo‘yicha har chorakda o‘rganish | Chet ellarda mehnat yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning hududlar, yoshi, jinsi va ketgan mamlakatlari bo‘yicha soni | Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha | Milliy statistika qo‘mitasi |
Mehnat emigratsiyasi masalalari bo‘yicha har yillik chuqurlashtirilgan maxsus sotsiologik o‘rganishlar | Hududlar bo‘yicha mehnat emigratsiyasi omillari, sabablari, asoslari, yo‘nalishlari va shakllari. Mehnat migrantlari mehnat faoliyatini amalga oshirish sharoitlari | Har yili, 15-dekabrgacha | Milliy statistika qo‘mitasi | ||
2. | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi | Chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalar | Chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalarning hududlar va ketgan mamlakatlar bo‘yicha soni | Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi |
3. | O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti | O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi ma’lumoti | Safar maqsadi, davlati, yoshi va hududi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidan ketayotgan va O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan fuqarolarining soni | Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha | Milliy statistika qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
4. | Tashqi ishlar vazirligi | Chet ellardagi konsullik muassasalaridan axborotlar | Borgan mamlakatida mehnat yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan konsullik muassasalarida hisobda turgan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar | Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha | Milliy statistika qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
O‘zbekiston Respublikasining chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolari soni to‘g‘risida borilgan mamlakat vakolatli organlari taqdim etadigan ma’lumotlar | Tashqi ishlar vazirligi orqali erishilgan kelishuvlarga muvofiq | Milliy statistika qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | |||
5. | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Milliy statistika qo‘mitasi bilan birgalikda | Integratsiyalashgan axborotlar | Chet ellarga mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun ketayotgan shaxslarni hisobga olish bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlar | Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 30 (31)-kunigacha | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.05.2007 yildagi 97-son
Дата вступления в силу
15.05.2007
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MEHNAT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH UCHUN CHET ELLARGA KETAYOTGAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINI HISOBGA OLISHNI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
Mehnat va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan shaxslarni hisobga olishni takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mamlakatimiz tashqarisida bo‘lgan davrda ularning muhofazasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan shaxslar sonini hisoblab chiqarish bo‘yicha integratsiyalashgan axborotlarni tayyorlash va taqdim etish moduli sxemasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketgan va O‘zbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar to‘g‘risida ularning borish maqsadlari, mamlakatlar, yoshi va mintaqalar bo‘yicha har choraklik statistika hisoboti yuritilishini ta’minlasin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligining ma’lumotlari ketgan va kelgan shaxslar to‘g‘risidagi axborot manbai hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 814-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/814/0099-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi, Milliy statistika qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
joriy yilning 1-iyuligacha bo‘lgan muddatda mehnat emigratsiyasini har chorakda o‘rganish bo‘yicha savolnoma ishlab chiqsin va uni 2007-yilning uchinchi choragidan boshlab uy xo‘jaliklarini aholi bandligi masalalari bo‘yicha o‘rganish dasturiga belgilangan tartibda kiritsin;
joriy yildan boshlab har yili, ma’lumotlarning respublika, mintaqa va tuman darajalarida muvofiqligini ta’minlagan holda, O‘zbekiston fuqarolarining mehnat emigratsiyasi masalalari bo‘yicha chuqurlashtirilgan maxsus sotsiologik o‘rganishlar o‘tkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat emigratsiyasi masalalari bo‘yicha o‘rganishlarni o‘tkazish xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 37-son, 990-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari orqali mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish munosabati bilan chet ellarda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining monitoringini olib borsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda fuqarolarga chet ellarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish tartibotlarini soddalashtirish yuzasidan ikki oy muddatda takliflar kiritsinlar, ularda ko‘rsatib o‘tilgan ruxsatnomani olish uchun to‘lov miqdorini ancha kamaytirishni va uni olish tartibini nazarda tutsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 15-may,
97-son
Mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan shaxslar sonini hisoblab chiqarish bo‘yicha integratsiyalashgan axborotlarni tayyorlash va taqdim etish moduli sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 19-20-son, 197-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda; 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09/17/814/0099-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)