Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.01.2018 26.02.2007 yildagi PF-3857-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.01.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XALQ TAʼLIMI MUASSASALARINI MOLIYALAShTIRISh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy masalalarni hal etishda taʼlim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish va masʼuliyatini oshirish, budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek taʼlim-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlik qilishni kuchaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xalq taʼlimi muassasalarini hisob-kitob — moliyaviy jihatdan taʼminlash, ularning sarf-xarajatlarini hisobga olish va nazorat qilish funksiyalari hamda tuzilmalarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari, xalq taʼlimi tuman va shahar boʻlimlaridan tegishli hududiy moliya organlariga topshirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, xalq taʼlimi muassasalarining faoliyatini moliyalashtirish bevosita hududiy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda hududiy moliya organlari tuzilmasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari, xalq taʼlimi tuman va shahar boʻlimlarining topshirilayotgan markazlashtirilgan buxgalteriyalari va markazlashtirilgan xoʻjalik xizmati koʻrsatish guruhlari negizida xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish boʻlimlari tashkil qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy moliya organlari zimmasiga qoʻshimcha ravishda quyidagi asosiy vazifa va funksiyalar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq taʼlimi muassasalari bilan birgalikda xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ishlab chiqish, ularni moliyalashtirish, shuningdek ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni hisoblash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
gʻaznachilik hududiy boʻlinmalari bilan hamkorliqda xalq taʼlimi muassasalarining topshiriqlari boʻyicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek ularning faoliyati boʻyicha hisob va hisobotlarni yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq taʼlimi muassasalarida budjet mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanishni hamda budjet intizomiga rioya etishni, shu jumladan xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimi talablarini bajarishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq taʼlimi muassasalarining xarajatlar smetasi doirasida xalq taʼlimi muassasalarining buyurtmalariga muvofiq va ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlar xarid qilish va xizmatlar koʻrsatish uchun shartnomalar tuzish, shuningdek isteʼmol limitlari va sarf-xarajat normalariga rioya etilishini monitoring qilib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqarmalari, xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman va shahar boʻlimlari maktabgacha tarbiya, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalaridagi uslubiy va taʼlim-tarbiya ishlarini takomillashtirish masalalarini oʻz faoliyati markazida tutsin va bunda quyidagilarga asosiy eʼtiborni qaratsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PF-4309-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 22-23-son, 220-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq taʼlimi muassasalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni qoidalariga hamda umumiy oʻrta taʼlimning belgilangan davlat taʼlim standartlariga rioya etilishi monitoringini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qati nazar, taʼlim muassasalariga uslubiy rahbarlikni takomillashtirish, zamonaviy taʼlim shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning samarali shakl va usullarini taʼlim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika yetakchi oʻkituvchilari va umumtaʼlim muassasalarining ijobiy ish tajribasini oʻrganish va umumlashtirish hamda uning umumtaʼlim maktablari oʻquv-uslubiy va tarbiyaviy ishida keng ommalashuviga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning viloyatlar, shahar va tumanlarda roʻyobga chiqarilishini taʼminlash borasidagi tadbirlar kompleksini amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 26-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-3857-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 2-son, 81-modda; 2011-y., 22-23-son, 220-modda)