O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“OLMALIQ KON-METALLURGIYA KOMBINATI” OAJNING TAShKILIY TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3280-sonli “Olmaliq KMK” AJning boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish va buning asosida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni hamda bir qator qimmatbaho metallar va polimetall ruda konlarini kombinat balansiga o‘tkazish hisobiga uning mineral-xomashyo bazasini kengaytirishni nazarda tutgan holda rangli va qimmatbaho metallar qazib chiqarish hamda qayta ishlashni barqaror rivojlantirishni ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ ijro etuvchi apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 175 kishidan iborat tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning bo‘linmalariga rahbarlik qilish sxemasi 3-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
* 1a—3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ boshqaruvi raisiga Kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda xodimlarning belgilangan shtat soni doirasida kombinat boshqaruvi tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Belgilansinki, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ boshqaruvi raisi — bosh direktori aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida saylanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tasdiqlanadi, bosh direktorning o‘rinbosarlari esa lavozimga bosh direktor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilangan tartibda tayinlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi PQ-1340-sonli qarori tahririda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini aksionerlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida”gi 1997-yil 10-fevraldagi 71-sonli qarori 6-bandining birinchi xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 25-aprel,
PQ-628-son
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJning tashkiliy tuzilmasi
1. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ ijro etuvchi apparati
2. Qalmoqqir ruda boshqarmasi
3. Angren ruda boshqarmasi
4. Chodak ruda boshqarmasi
5. Qauldi ruda koni
6. Uchquloch ruda koni
7. Mis boyitish fabrikasi
8. Qo‘rg‘oshin-rux boyitish fabrikasi
9. Mis eritish zavodi
10. Rux zavodi
11. Markaziy ta’mirlash-mexanika zavodi
12. Ixtisoslashgan emulsiyaviy portlovchi moddalar ishlab chiqarish korxonasi
13. Ohaktosh qazib chiqarish va qayta ishlash sexi
14. Texnikaviy nazorat xizmati
15. Yangi texnologiyalarni tatbiq etish markaziy laboratoriyasi
16. Markaziy ekspert-tahlil laboratoriyasi
17. Avtomatika va geofizika markaziy laboratoriyasi
18. Markaziy metrologiya laboratoriyasi
19. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi
20. Avtomobil transporti boshqarmasi
21. Sanoat temiryo‘l transporti boshqarmasi
22. Moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi
23. Elektr tarmoqlari boshqarmasi
24. Neft mahsulotlari ta’minoti boshqarmasi
25. Issiqlik elektr markazi (TES)
26. Sanoat suv ta’minoti sexi
27. Kapital qurilish boshqarmasi
28. Loyiha ishlari boshqarmasi
29. “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti
30. Idoraviy harbiylashtirilgan soqchilik va qo‘riqlash xizmati
31. Fuqaro muhofazasi otryadi
32. O‘quv markazi
33. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish boshqarmasi
34. Ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega obyektlarni saqlash boshqarmasi
35. Uy-joy ta’mirlash-ekspluatatsiya boshqarmasi
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 177-modda)