Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2007-YILDA PAXTA YETIShTIRIShNING PROGNOZ HAJMLARI VA GʻOʻZANI NAVLAR BOʻYIChA JOYLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Gʻoʻzaning paxta tolasi sifati boʻyicha jahon standartlari va talablariga javob beradigan tezpishar va yuqori hosilli seleksiya navlarini yanada oqilona joylashtirish, 2007-yil hosili uchun gʻoʻza ekish boʻyicha barcha ishlar kompleksining oʻz vaqtida tashkil etilishini taʼminlash maqsadida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining:
2007-yilda 1-ilovaga* muvofiq paxta yetishtirishning prognoz hajmlari;
* 1-ilova rus tilidagi matnda beriladi.
roʻzaning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlarini 2-ilovaga* muvofiq joylashtirish;
* 2-ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2007-yil uchun gʻoʻzaning asosiy seleksiya navlarini istiqbolliligi va iqtisodiy ragʻbatlantirilishi boʻyicha 3-ilovaga* muvofiq guruhlarga ajratish;
* 3-ilova rus tilidagi matnda beriladi.
chigitni 4-ilovaga* muvofiq plyonka ostiga ekish va xoʻjaliklarni polietilen plyonkalar bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
* 4-ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. 2007-yilda davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta tolasi hajmi uning amalda yetishtiriladigan hajmining 50% miqdorida saqlab qolinsin.
Paxta yetishtirishning 1-ilovada koʻrsatilgan hajmlari 2007-yil hosili uchun paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar va tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalari tuzishda nazorat koʻrsatkichlari sifatida qaralsin.
3. Belgilansinki, qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari:
tumanda ikkitadan ortiq boʻlmagan, xoʻjaliklarda esa bitta tavsiya etilgan gʻoʻza navi ekilishini hisobga olgan holda gʻoʻza navlarini joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga rioya qilinishi;
respublika ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar boʻyicha har bir seleksiya navlari uchun gʻoʻzani parvarish qilish agrotexnikasiga qatʼiy amal qilinishi uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
4. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
2007-yil 20-fevralgacha urugʻlik paxtani tozalashni, 27-fevralgacha esa — ehtiyot zaxirasini hisobga olgan holda, urugʻlik chigit tayyorlashni tugallasin, shuningdek urugʻchilik korporatsiyalari va kompaniyalarini tuksizlantirilgan chigitlar bilan 5-ilovaga* muvofiq hajmlarda taʼminlasin;
* 5-ilova rus tilidagi matnda beriladi.
xoʻjaliklarga yuqori sifatli urugʻlik chigitning faqat dorilangan va sertifikatlar mavjud boʻlgan holda, seleksiya navlarini 50%dan kam boʻlmagan miqdorda oldindan toʻlash sharti bilan joylashtirishning tasdiqlan-gan tartibiga qatʼiy muvofiq ravishda berilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
urugʻlik chigit ekish uchun paxta ekadigan xoʻjaliklar roʻyxatini bir oy muddatda tanlov asosida qayta koʻrib chiqsinlar;
gʻoʻzaning yangi navlarini sinashni faqat ilmiy-tadqiqot institutlarining eksperimental bazalarida, bazaviy xoʻjaliklarda, yangi navlarni oldindan koʻpaytirish xoʻjaliklari va davlat nav sinash uchastkalarida amalga oshirsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev:
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari-oʻrtasida kontraktatsiya shartnomalarining oʻz vaqtida tuzilishi ustidan nazoratni;
tuzilgan shartnomalarga muvofiq paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga mineral oʻgʻitlarni oldindan 75% haqini toʻlash sharti bilan oʻz vaqtida yetkazib berish ishlarining muvofiqlashtirilishini;
yoqilgʻi-moylash materiallarining belgilangan tartibda haqini toʻlash sharti bilan uzluksiz yetkazib berilishini;
gʻoʻzani parvarish qilishda agrotexnika tadbirlarining sifatli oʻtkazilishini, moddiy resurslarni yetkazib berishda shartnoma majburiyatlariga amal qilinishini taʼminlamayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan qattiq intizomiy javobgarlik choralari koʻrilishini taʼminlasin.
7. Quyidagilar, istisno tariqasida:
Shoʻrtan gaz-kimyo kompleksi 2007-yilda chigit ekish uchun polietilen plyonka ishlab chiqaruvchi zavodlarga xomashyo (granulalar)ning barcha hajmini sotishda;
“Jizzax plastmassa” aksiyadorlik jamiyati va “Andijonpolietileni” qoʻshma korxonasi - tayyor polietilen plyonkalarni paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga sotishda;
ekish uchun moʻljallangan urugʻlik chigiti - tizim ichida harakatlanganda va 2007-yil hosili uchun “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining hududiy boʻlinmalari tomonidan sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
8. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 27-dekabr,
PQ-543-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 12-son, 721-modda)